O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT CHET-TILLAR INSTITUTI “SHARQ TILLARI” fakulteti “Uzoq sharq tillari” kafedrasi “Asosiy shar tili” fanidan KURS ISHI Mavzu: Koreys tilida ishlab chiqarishga oid terminlar
Bajardi: Radjabova B
Ilmiy rahbar:Murodova V.B Guruh:402
Samarqand – 2022
MUNDARIJA: KIRISH……………………………………………………………………………3 1.YANGI SO’ZLAR (MAVZUGA OID TERMINLAR)…………………………6
2. MATN……………………………………………………………………………8
3. GRAMMATIK MAVZU…………………………………..…………………..10
4.MASHQLAR TIZIMI…………………………………………………………..12
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………...………….15
KURS ISHI UCHUN TAQRIZ……………………………………………..…..16
K I R I S H
“Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish vaqti-soati keldi. Biz raqobatdosh davlat qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bundan buyon maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurti bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart. Bu qat’iy talab har bir ta’lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim,” – Shavkat Mirziyoyev.1 Uch mingyillik boshlariga kelib, inson huquqlari muammosi kutilmagan sur’atda keskinlashib ketdi. Hozirgi kunga qadar bir savol muammoni hal qilishda ko’ndalangligicha turibdi: inson huquqlari bo’yicha halqaro huquq normalari nimani anglatadi va uning zamirida yuzaga kelgan milliy qonunchilikka kiritish jarayoni qanday darajada bo’lishi lozim? Mustaqillik yillarida mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini himoya qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Istiqlolga erishgandan so‘ng O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan dastlabki xalqaro hujjatlardan biri Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi edi. Konstitutsiyaviy sud, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi kabi tashkilotlar bevosita inson huquqlarini muhofaza qilishga qaratilgan milliy demokratik institutlar sifatida tan olindi. Mana shunday institutlar himoya qiladigan inson huquqlaridan biri bu saylov huquqidir. Hozirgi kunda olib borilayotgan siyosiy-ijtimoiy hayotdagi o’zgarishlar saylov tizimimizda ham bir qancha o’zgartirishlar kiritilishini taqozo etmoqda.