Saylov-2021: kelajak xalq tanloviga bog`liq!



Download 17,96 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi17,96 Kb.
#302295
Bog'liq
M.S.G`ofurova -Saylov


“SAYLOV-2021: KELAJAK XALQ TANLOVIGA BOG`LIQ!”

M.S.G`ofurova

Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti

3-bosqich talabasi


Barchamizga ma`lumki, saylov har bir mamlakatning siyosiy va ijtimoiy hayotida muhim o`rin tutadigan jarayonlardan biridir. Buni biz uzoq o`tmishga nazar solganimizda ham yaqqol ko`rishimiz mumkin. O`tgan asrlarda ham xalq o`zlari ishongan, har jihatdan iqtidori kuchli bo`lgan odamni o`zlariga boshliq etib saylashgan. Bunday saylovlarni hattoki qabila va urug`chilik zamonlarida ham uchratganmiz. Xalqni va mamlakatni yuqori marralarni zabt etishga bo`lgan ishonchin oshirishda, jamiyatda adolat va tinchlik-osoyishtalik o`rnatishda saylangan shaxsning o`rni katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham bu borada har bir saylovchining ovozi ertangi kunimizni, kelajagimizni belgilab berishi shubhasiz.

Mamlakatimizda bugungi kunda saylov qonunchiligi milliy qadriyatlarimiz, davlatchilik tariximiz asosida, fuqarolarning huquq va erkinliklarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. Xalqning davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etishlari ham bevosita ishtirok etishlari, o`zlari loyiq deb bilgan nomzodga ovoz berishlari orqali amalga oshiriladi.

2021-yil 24-oktabr sanasida respublikamizda muhim siyosiy-tarixiy jarayon-saylov bo`lishi rejalashtirilgan. Saylov jarayonlarida saylov kunigacha 18 yoshga to`lgan har bir fuqaro ishtirok etishlari mumkin. Bundan bilinadiki, yurtimiz aholisining 50 foizini 30 yoshgacha yoshlar tashkil qilayotgan O`zbekistonda erkin demokratik saylovlarda yoshlarning ishtiroki salmoqlidir.

Yoshlarning ijtimoiy faolligi davlat ahamiyatiga molik masalalardan hisoblanadi. Nafaqat saylov yoshidagi, balki hali saylov yoshiga yetib ulgurmagan yoshlar ham saylov haqidagi eng zarur tushunchalarni bilishlari foydali. Saylov tizimimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar haqida tushunchalar, saylov jarayonlari bilan hozirdan tanishishlari mumkin. Zero, bugungi maktab o`quvchisi ertaga yosh saylovchiga aylanadi.

24-oktabrda bo`lib o`tadigan muhim ahamiyat kasb etadigan saylov – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayonlari, unda yoshlarning, aholining ishtirokining ahamiyati borasida turli xil matbuot nashrlarida, ijtimoiy tarmoqlarda, televidenye va radiolarda ham axborotlar berib borilmoqda. Bunga misol qilib, mamlakatimizda bugungi kunda 14ta saylov okrugi o`z faoliyatini olib borayotganligini, har bir saylov jarayonida bevosita ishlaydigan shaxslarga huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida o`quv-seminarlar, treninglar va uchrashuvlar tashkil etilayotganligini ko`rsatishimiz mumkin. Saylovning xolis tarzda bo`lib o`tishi uchun har bir saylovchi yashirin ovoz berish imkoniyatiga ega.

Markaziy saylov komissiyasi, Yoshlar ishlari agentligi saylov bilan bog`liq barcha muammoli savollarga yechim topib bermoqda. Jumladan, saylovchilarning ko`p qismini talaba-yoshlar tashkil etganligi uchun uzoq hududlarda , viloyatlarda tahsil olayotgan yoshlar uchun o`z saylov uchastkasini vaqtinchalik turar joyidagi saylov uchastkasiga ko`chirish imkoniyatini yaratilganligi, 14-20-oktabr kunlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish o`tkazilishini aytishimiz mumkin.



Aholining Prezidentlik saylovida qay bir nomzodga ovoz berishlarini tanlashlari uchun 2021-yil 20-sentabrdan boshlab har bir Prezidentlikka nomzodlar o`z saylovoldi tashviqotlarini boshlab yuborishganligi yurtimizda saylov jarayonining qizg`in tusda kechayotganligidan dalolat beradi. Bu saylovoldi tashviqotlar ya`ni har bir partiyaning o`z nomzodini yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyatlar, ovoz berishga bir kun qolganda to`xtatiladi. Prezidentlikka nomzodlar va ularning ishonchli vakillari turli joylarda saylovchilar bilan uchrashuvlar o`tkazishib, o`zlarining saylovoldi dasturlarini xalqqa tanishtirishmoqda. Bu chiqishlar albatta, ommaviy axborot vositalarida, oyinayi jahon orqali belgilangan jadval asosida tenglikka amal qilgan holda keng yoritib borilmoqda.

Bizning mamlakatimizda beshta partiya o`z faoliyatini olib borishi va har bir partiyadan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar kim ekanligidan yaxshi xabardormiz. Bu qizg`in va mas`uliyatli saylov jarayonida ishtirok etib, o`zimiz munosib deb bilgan nomzodga ovoz berish biz fuqarolarning huquqlarimiz sirasiga kiradi. Shunday ekan, jamiyat hayotiga befarq bo`lmasdan, har bir nomzodning saylovoldi dasturlari bilan kengroq tanishib chiqib, o`zimiz munosib deb bilgan nomzodga ovoz berishimiz, bizning ertangi kunimizni belgilaydi.Ishonamanki, o`zbek xalqi Vatanimizni har tomonlama o`sishga olib keladigan eng munosib lider nomzodni tanlay oladi. Men ham o`zim munosib deb bilgan, ertangi kunim, kelajagimni ishongan nomzodga ovoz berishga tayyorman. Saylov jarayonida loqaydlik ketmaydi. Shuning uchun ham atrofimdagi insonlarni ham saylov jarayonida faol ishtirok etishga chorlab qolaman!
Download 17,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish