Savollar Korrupsiyaga qarshi kurash borasida xalqaro huquqiy hujjatlar. 2008 yil iyul oyida O‘zbekiston Respublikasini bmtning “Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasi”ga qo‘shilishi



Download 31.48 Kb.
Sana21.06.2021
Hajmi31.48 Kb.



Savollar

1. Korrupsiyaga qarshi kurash borasida xalqaro huquqiy hujjatlar.

2. 2008 yil iyul oyida O‘zbekiston Respublikasini BMTning “Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasi”ga qo‘shilishi.

3. Korrupsiyaga qarshi kurash ishlarida fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirok etishi ahvoli haqida fikringiz…



4. Korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha farmon (2016) hamda qarorning (2019) vazifalari va maqsadi.

Javoblar


  1. “Korrupsiya” lotincha “corrupo” so’zidan olingan bo’lib, “aynish”, “poraga sotilish” degan ma’nolarni anglatadi. Ya’ni korrupsiya mansabdor shaxslarning mansabini suiste’mol qilgan holatda shaxsiy boyish yoki shaxsiy manfaatlarini ko’zlab amalga oshirgan ishlari hisoblanadi. Mansabdor shaxslar pora oluvchilar bo’lsa, ularga pora taklif qiluvchilar pora beruvchilar deb ataladi va korrupsiyaning vujudga kelishga sababchi vositalar sanaladi. Korrupsiyaning asosiy maqsadi biror bir mashg’ulotni noqonuniy tarzda amalga oshirish yoki qisqa qilib aytsak moddiy ehtiyojni qondirish. Korrupsiya bor joyda shaffoflik bo’lmaydi. Ko’zbo’yamachilik avj oladi. Korrupsiya bor joyda o’sish bo’lmaydi desak adashmagan bo’lamiz. Chunki korrupsiya shaffoflikni yo’qotadi. Shaffoflik bo’lmagan joyda esa o’sish va rivojlanish sur’ati pastlab ketadi, ko’zbo’yamachilik avj oladi. Bir so’z bilan aytadigan bo’lsak, tarraqiyot yo’liga g’ov bo’ladi. Hozirgi kunda rivojlanib kelayotgan mustaqil O’zbekiston Respublikasidagi ayrim sohalarining tarraqiy etishiga to’sqinlik qilayotgan korrupsiya sekin astalik bilan yo’qolib boryapti desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. Zero, yurtimizda korrupsyaga qarshi kurashish uchun bir qancha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda, qonunlar va farmoyishlar qabul qilinmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomidan 2017-yil 2-fevralda qabul qilingan PQ-2752 sonli qarori korrupsiyaga qarshi kurashish uchun yana bir turtki vazifasini bajardi. Bu qarorga muvofiq 2017-2018-yillarga mo’ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha davlat dasturi ishlab chiqildi, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tuzildi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalarni tuzildi va amalga oshirilgan ishlar O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Milliy axborot agentliklari tomonidan yoritib borildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasiga ko‘ra davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. Korrupsiya o‘z mazmun mohiyati bilan mazkur konstitutsiyaviy qoidaga mutalaqo ziddir. Shunday ekan davlat va uning organlari davlatning konstitutsiyaviy asoslariga rahna solishi mumkin bo‘lgan bunday huquqbuzarliklarga qarshi barcha kuch imkoniyatini ishga solishi kerak. Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashda juda muhim bo‘lgan ikki hujjat, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va uning asosida davlat rahbarining 2017-yilning 2 fevralidagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatlar o‘z mazmun mohiyati, maqsadi bilan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashning yangi bosqichini boshlab berdi deyishimiz mumkin. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev o‘zining saylovoldi ma’ruzalaridan birida “Bugungi kundagi yana bir ustuvor vazifamiz – mamlakatimiz rivojiga to‘siq bo‘layotgan yovuz illat, ya’ni, korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarlikning oldini olish masalalarini samarali hal etishdan iborat”ligini ta’kidlagan edi. Mazkur qonun hujjatlarining qabul qilinishi e’lon qilingan maqsadlarni amalga oshirishga qaratilagan izchil harakatlarning yana bir namunasidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida ham korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha tadbirlar belgilanganligi bunga yana bir yaqqol misol.

  2. O‘zstandart” agentligining Toshkent shaxar sinov va sertifikatlashtirish markazida "Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida Toshkent shaxar prokuraturasi xodimlari ishtirokida markaz xodimlari bilan ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. Unda Toshkent shaxar prokuraturasi xodimi so‘zga chiqib, korrupsiyaning tushunchasi va uning mohiyati, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash ahvoli va uning ijtimoiy xavfliligi, xalqaro jamoatchilikni birlashib, korrupsiya muammosiga qarshi kurashish masalalari, 2003 yilning 31 oktyabr kuni BMTning korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasi imzolanishi, 2008 yil 7 iyul kuni birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasiga (Nyu-York 2003 yil 31 oktyabr) qo‘shilishi to‘g‘risida”gi Qonuni imzolanishi, korrupsiyaning salbiy oqibatlari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Maxsus qismi normalarini tahlil qilib, korrupsiya bilan bog‘liq jinoiy qilmishlar uchun javobgarlik belgilanganligi to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shuningdek, korrupsiyani oldini olishning choralari va uning asosiy yo‘nalishlari, korrupsiyaning iqtisodiy-ijtimoiy, ma’naviy-ruhiy va tashkiliy-boshqaruv va huquqiy omillari hamda korrupsion jinoyatlar sodir etishini qiyinlashtiruvchi, korrupsion jinoyatlar sodir etishning xatarli bo‘lishini ta’minlovchi va korrupsion faoliyatdan keladigan foydani kamaytirishga qaratilgan choralar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

  3. Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ijtimoiy sherikligi samaradorligini quyidagi chora-tadbirlar yordamida oshirish:

— korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ijtimoiy sheriklik mexanizmlaridan keng foydalanish, shu jumladan davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida kelishuvlar va shartnomalar tuzishni nazarda tutadigan mexanizmlardan keng foydalanish;

— davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.



  1. 2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi ishlab chiqildi. Unga ko’ra:

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi tasdiqlandi;

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar ikki oy muddatda Davlat dasturining har bir bandi boʻyicha maqsadlarga erishishda samaradorlik indikatorlarini ishlab chiqildi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari boʻyicha qoʻmitalar tashkil etildi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlarining tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalarini tashkil etish tavsiya qilindi;

2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat organlari zimmaga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan korrupsiya xavf-xatarlarini vaqti-vaqti bilan majburiy baholab boradi, uning yakunlari boʻyicha:

korrupsiya xavf-xatariga eng koʻp duch keladigan davlat xizmatchilarining faoliyat sohalari va lavozimlari, shuningdek, ularning funksiyalari (vakolatlari)ning roʻyxatini shakllantiradi;

idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlari ijrosining har choraklik monitoringini amalga oshiradi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimum darajaga tushirish choralarini koʻradi;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari korrupsiya xavf-xatarlarini oʻz vaqtida aniqlamaganliklari va tegishli baho bermaganliklari, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni takroran sodir etish holatlariga yoʻl qoʻyganliklari yuzasidan shaxsan javobgar boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda:

yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy taʼlim berish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va 2019-yil 1-sentyabrdan boshlab tatbiq etsin;

umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlarida korrupsiyaga qarshi mavzular yanada kuchaytirilishini taʼminlasin.

2019-yil 1-avgustdan boshlab eksperiment tariqasida, jamoatchilik va yetakchi ekspertlarni, shu jumladan, xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda dastlabki bosqichda kapital qurilish va oliy taʼlim sohalarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishni tashkil etildi, 2020-yil 1-apreldan boshlab loyihani boshqa sohalarga ham bosqichma-bosqich joriy etishga qaror qilindi;

har yili 1-aprelga qadar tegishli sohalarda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish yakunlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritsin.

Quyidagilar maxsus komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

korrupsiyaga qarshi kurashishga yoʻnaltirilgan jamoatchilik nazoratining amaliy choralarini va qoʻllanilayotgan huquqiy mexanizmlarning joriy holatini tahlil qilish;

korrupsiyaga va boshqa jinoyatlarga qarshi tizimli kurashish sohasida huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, shu jumladan, ichki idoraviy nazoratni amalga oshiradigan boʻlinmalar faoliyatini tanqidiy oʻrganish;

korrupsiyaga qarshi kurashish va mazkur sohada idoralararo hamkorlik qilish, shuningdek, korrupsiya koʻrinishlarini sodir etish sabab va sharoitlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqishda foydalanilayotgan mexanizmlarni tubdan qayta koʻrib chiqish;

korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar va chet el ijobiy tajribasini oʻrganish.

2019-yil 1-sentyabrga qadar maxsus komissiya:

huquqni muhofaza qilish organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini, shu jumladan, umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar va chet el ijobiy tajribasini inobatga olgan holda ushbu faoliyatni tashkil etish va mazkur yoʻnalishdagi funksiyalarini optimallashtirishda yagona yondashuvlarni joriy etish orqali tubdan takomillashtirish boʻyicha takliflarni;



korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jamoatchilik nazorati mexanizmlarini samarali qoʻllashga yoʻnaltirilgan, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar boʻyicha “Yoʻl xaritasi” loyihasini ishlab chiqildi;
Download 31.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat