3-kazus
Siyosiy liderchilik inteluktual salohiyati yuqori, tashkilotchilik qobilyatlari va kuchli siyosiy intuatsiyaga ega, ko‘pchilik fuqarolar manfaatiga mos siyosiy dasturlarning ijodkori, o‘ta mas’ulyatli, kuchli notiq shaxs sifatida namoyon bo‘ladigan fenomen hisoblanadi.
Savol: siyosiy lider tushunchasi va uning asosiy funksiyalarini tahlil eting.
Liderlik so‘zi bilan yetakchi so‘zi bitta tushuncha bo‘lib, “yetakchi” so‘zining ingliz tilidan tarjimasi (leader) “boshlovchi”, “rahbarlik qiluvchi” ma’nolarini anglatadi.
Siyosatshunoslikda liderlikning bir necha tushunchalari mavjud:
Siyosiy lider – yo‘l ko‘rsatuvchi ma’nosini anglatadi. Lider boshqalarga ta’sir eta olish, muayyan maqsadlarga erishish uchun ularning birgalikdagi faoliyatlarini tashkil eta olish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Lider va uning izdoshlari o‘rtasidagi munosabatlarda tengsizlik mavjud bo‘lib, u liderdan guruh a’zolariga qarab doimo bir tomonlama yo‘nalgan bo‘ladi.
Liderlik – bu boshqaruvchanlik maqomi, qarorlar qabul qilishbilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy pozitsiyadir
Siyosiy liderlik – bu siyosat bozorida amalga oshiriladigan maxsus tadbirkorlik shaklidir. Bunda siyosiy tadbirkor, ya’ni liderlikka da’vogar shaxs raqobat kurashida ijtimoiy vazifalarni hal etishga oid dasturini rahbarlik amaliga almashtiradi. Bu yerda siyosiy tadbirkorlikning mohiyati shundaki, «siyosiy tovar» potensial yetakchi shaxsi bilan bir narsa deb qaraladi hamda ushbu tovarni «umumiy boylik», baxtsaodat sifatida reklama qilish ro’y beradi.
Siyosiy liderlik siyosiy faoliyat turi bo‘lib, u ikki tomonning o‘zaro aloqalarini anglatadi: birinchi tomon – liderlar o‘z izdoshlarining manfaatlarini va ehtiyojlarini biladilar va bayon etadilar, ikkinchi tomon esa shu manfaatlarni ifodalash va amalga oshirish uchun o‘z vakolatlarining bir qismini yetakchiga ixtiyoriy ravishda topshiradilar.
Adabiyotlarda liderlikning asosan quyidagi 6 funksiyasi korsatiladi:
1) Jamiyatni jipslashtirish va birlashtirish. Lider ozida va boshqa davlatlar bilan munosabatda milliy birlikni gavdalantirishi va namoyish qilishi, fuqarolarni umumiy maqsadlar va qadriyatl
2) Eng maqbul siyosiy qarorlarni ishlab chiqishi va qabul qilishi. Liderlar xatolar qilishdan kafolatlanmagan bolsa ham, kopincha yaxshi say-harakatlar korsatmasa ham, baribir ijtimoiy vazifalarni hal qilishning eng maqul yoliii topa olishlik qobiliyatlari odatda ularning rahbarlik lavozimlarini egallashlarini oqlaydi.
3) Ijtimoiy hakamlik va patronajlik, qoriqchilik, ommani qonunsizlikdan, amaldorlarning ozboshimchaligidan himoya qilish, tartibot va qonunchilikni nazorat, ragbatlantirish va jazolash choralari bilan saqlab turish.
4) Hokimning va ommaniig muloqot, siyosiy va hissiy aloqa kanallarini mustahkamlash va shu bilan fuqarolarning siyosiy rahbarlikdan begonalashuvining oldini olish. Ommaviy axborot vositalari, ayniqsa televidenie, shuningdek saylovchilar bilan ozaro uchrashuvlar va boshqa tadbirlar orqali prezidentlar va boshqa siyosiy rahbarlar xalq bilan bevosita aloqada bolishi uchun keng imkoniyatlarga ega boladilar.
5) Yangilanish tashabbuskori bolish, optimizm va ijtimoiy energiyani toplash, ommani siyosiy maqsadlarini amalga oshirishga safarbar qilish. Lider xalq ananalarini avaylab asrashi, oz vaqtida yangiliklarni ilgay olishi, jamiyat taraqqiyotini taminlashi, xalqda ijtimoiy ideallar va goyalarga ishonch uygotish lozim.
6) Tizimni legitimlashtirish. Bu funksiya asosan totalitar jamiyat liderlariga xosdir. Siyosiy rejim tarixiy xalq ananalarida va demokratik tartiblarida oz-ozini oqlay olmaganida, u buni xarizmatik liderning alohida xususiyatlaridan izlashga harakat qiladi. Bunda liderlarning qobiliyatlari haddan tashqari borttiriladi.
Yetakchining vazifalarini yanada aniqroq tavsiflash jihatlarga quyidagilarni kiritish mumkin.Yetakchi boshqa davlatlar bilan munosabatlarda milliy birlikni o‘zida namoyon qilishi, umumiy maqsadlar va qadriyatlar yo‘lida fuqarolarni birlashtirishi, Vatanga, davlatga, xalqqa xizmat qilishda o‘rnak bo‘lishi lozim.Yetakchi xato qilishdan kafolatlanmagan bo‘lsa ham, ijtimoiy vazifalarni hal qilishning eng maqbul yo‘lini topa olishlik qobiliyati odatda uning rahbarlik lavozimini egallashini oqlaydi. Ommaviy axborot vositalari, ayniqsa televideniye, shuningdek saylovchilar bilan o‘zaro uchrashuvlar va boshqa tadbirlar orqali siyosiy yetakchilar omma bilan bevosita aloqada bo’lishning keng imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.Yetakchi xalq an’analarini avaylab saqlashi, o‘z vaqtida yangiliklarni ilg‘ay olishi, jamiyat taraqqiyotini ta’minlashi, xalqda ijtimoiy ideallar va g‘oyalarga nisbatan ishonch uyg‘otishi lozim.Bu vazifa asosan totalitar davlatlar yetakchilariga xosdir. Siyosiy rejim o‘zini o‘zi oqlay olmaganida u buni xarizmatik yetakchining alohida xususiyatlaridan izlashga urinadi. Masalan, bolsheviklar hokimiyatning ko‘p asrlik an’analarini shafqatsiz vayron etganda Marks, Lenin, Stalin shaxsini ilohiylashtirish orqali totalitar tizimni legitimlashtirishga uringan edilar. Lekin bu urinish butun tarixda bo’lganidek, siyosiy tizim legitimligini emas, balki faqatgina uning legalligini ta’minlagan edi.
Yetakchilik hodisasini yetakchining yuksak fazilatlari asosida tushuntirish ushbu nazariyaning mohiyatini tashkil etadi. Yetakchining yuksak fazilatlariga o'tkir zakovat, fahm-farosat, temir iroda, qaynoq energiya, yuksak tashkilotchilik, kishilarga yoqa bilish, bilimdonlik, mas’uliyatni o‘ziga ola bilish kiritiladi. Hozirgi demokratik davlatlarda siyosiy yetakchilarning zaruriy sifatlariga xushsuratlik, notiqlik xususiyatlari ham asosiy talablar sifatida qo‘yilmoqda.
Yetakchi boshqa odamlarga ta’sir o‘tkaza olish, ularni ma’lum maqsadga erishish yo‘lida birlashtirishi zarur. Ana shu qatorda siyosiy yetakchilik hodisasi alohida ajralib turadi. Bu — siyosiy yetakchilik qandaydir alohida xususiyatlarga ega ekanligi bilan emas, ijtimoiy hayotda uning yaqqolroq namoyon bo‘lishi, siyosiy yetakchilar faoliyati natijalari butun jamiyat manfaatlari, taqdiriga ta’sir ko‘rsatishi bilan belgilanadi. Jamiyatda siyosiy yetakchilikning roli nihoyatda kuchli. U xalq, jamiyat faoliyatini tinchlik, barqrorlik, rivojlanish yo‘liga safarbar etishi ham mumkin, urush, nizolar, vayronagarlik domiga ham tortishi mumkin. Rahbar va uning izdoshlari, hayrixohlari munosabati ikki tomonlama ta’sirga ko‘rilgan. Yetakchi o‘z faoliyatida guruhga, tashkilotga yoki butun jamiyatga tayanadi. Ammo u quyidan kelayotgan ta’sirlar domiga tushmasdan, bir qadam ilgarida borib, o‘z guruhi, tashkiloti yoki jamiyatga oshkora ustun ta’sirga ega bo‘lishi kerak. Va nixoyat, yetakchining tasiri kuch, zo‘rlik, qo‘rquv emas, ishonch, avtoritetga asoslanishi lozimdir. Siyosiy yetakchining saralanishi, odatda, bosqichma-bosqich boradi. Avval, ijtimoiy xarakat shakllanib, uning ichida yetakchilar ajralib chiqadi, so‘ngra dasturlar, tashkiliy tamoyillar, intizom iyerarxiyasi ishlab chiqiladi, va nihoyat, hokimiyat uchun kurash, hokimiyatga egalik, mamlakatni boshqarishda ishtirok, rahbarlarning yetishib chiqishi kuzatiladi.
Siyosiy yetakchilik institutini ham demokratik tamoyillar asosida tashkil etishni talab etadi, ya’ni jamiyatning turli manfaatlarga ega turli qatlamlarga bo‘linishini masalan, tadbirkorlar, fermerlar, ziyolilar, ishchilar, yoshlar, ayolar singari, bu qatlamlar o‘z manfaatlarini yaxshi anglashlari va uyushishlari va shu asosda, shu qatlamlar manfaatlarining ifodachilari sifatida turli xil, bir-biriga o‘xshamaydigan, siyosiy yetakchilarning paydo bo‘lishi. Ushbu jarayonlarsiz demokratik jamiyat qurish mumkin emas. Chunki demokratiya turli xil manfaatlarning ijodiy baxsi, siyosiy hamjihatlik, hokimiyat sari qonuniy xarakatdir.
Hozirgi zamon siyosatshunosligida siyosiy yetakchilar u yoki bu mezonlarga ko‘ra xilma-xil turlarga ajratiladi. Rahbar ostidagilariga munosabatiga ko‘ra avtoritar va demokrat yo‘lboshchilarga ajratiladi.
Avtoritar yetakchilik – tanho yo‘naltirilgan ta’sir etish xususiyatiga ega bo‘lib, taqiqlovchi choralar, kuch ishlatishni nazarda tutadi.
Demokratik yetakchilik – rahbar tomonidan guruh yoki tashkilot barcha a’zolarining fikrlari, manfaatlarini hisobga olishda, ularni boshqaruvga jalb etishda ifodalanadi. Siyosatshunoslikda siyosiy yetakchilikni turlarga ajratishning keng tarqalgan ko‘rinishlaridan biri M. Veberning hokimiyatni legitimlashtirish usullari haqidagi ta’limotiga borib taqaladi. Unga muvofiq yetakchilar an’anaviy, xarizmatik va ratsional-legal yetakchilarga bo‘linadi. Birinchi turdagi yetakchilik asosida odatlar, ikkinchisida e’tiqod va hissiyotlar, uchinchisida esa tafakkur yotadi.
Yetakchilik fenomenining negizi aslida inson va jamiyat tabiatining o‘zidadir. Jamiyatda ham yetakchilik ehtiyoj mahsuli sifatida maydonga chiqadi, chunki o‘z-o‘zini tashkil etish, hayotiy va funksional qobiliyatlarni ta’minlash uchun odamlarning xulq-atvorini tartibga solish zarurati paydo bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, siyosiy yetakchi siyosiy jarayonlar bilan birga, butun jamiyat, siyosiy tashkilot yoki harakatni ham boshqaradi. U voqealarning borishi va siyosiy jarayonlar yo‘nalishini o‘zgartira oladi. Siyosiy yetakchilar jamiyatdagi siyosiy jarayonlarni jonlantiradilar, jamiyatning tarixiy rivojlanishini belgilovchi dasturlarni, g‘oyalarni ilgari suradilar.
Foydalanilgan adabiyodlar:
1.Odilqoriyev X. T, Razzoqov D. X. Siyosatshunoslik -Toshkent 2012.
2.Muxamedova L.P. Mirzaqulov B.T.Siyosatshunoslik.
3.Siyosatshunoslik Qarshi-2012.
4.Wikpediya.uz.
Do'stlaringiz bilan baham: |