Saponinlar mavzusida test



Download 11,2 Kb.
Sana17.04.2022
Hajmi11,2 Kb.
#558474
Bog'liq
SAPONINLAR MAVZUSIDA TEST


SAPONINLAR MAVZUSIDA TEST.
1.Glikozidlari suvda eritilganda turg’un birikmalar(ko’pik) hosil qiladigan birikmalar o’simliklarning qaysi qismida ko’p uchraydi?
A.Yer osti organlarida hujayra shirasida erigan holda.
B.Yer usti organlarida to’qimalarda amorf holda.
C.Hujayra shirasida Kristal holda.
D.Meva et hujayralarida erigan holda.
2.Saponinlar 90% li etil spirit bilan qanday holatda reaksiyaga kirishadi?
A.Qaynatilgan holda reaksiyaga kirishib eriydi.
B.Sovutilganda reaksiyaga kirishadi.
C.Reaksiya oddiy sharoitda olib boriladi.
D.Vanilinning 1%lieritmasi orqali reaksiyaga kirishadi.
3.Saponinlar qanday guruhlarga bo’linadi?
A.Triterpenli saponinlar,steroid birikmali saponinlar.
B.Izopren hosilali saponinlar,pentatsiklik saponinlar.
C.Tetratsiklik saponinlar,pentatsiklik saponinlar.
D.Panoksodiol va panoksatriollarga.
4.Sapotaksinlar qanday zarar yetkazadi?
A.Qon hujayrasi eritrotsitlarini eritib yuboradi,gemolitik zahar.
B.Nafas olish organlarini yallig’lanishiga sabab bo’ladi.
C.Yurakning ishlashini tezlashtirib,qonning yopishqoqligini pasaytiradi.
D.Ildizmevalardagilari iste’mol qilinganda oshqozonni shilliq qavatini zararlaydi.
5.Saponinlar faolligi qachon yo’qoladi?
A.Xolestirin bilan birikkanda.
B.Fenollar va steroid moddalar bilan birikkanda.
C.Etil va metil spirit bilan birikkanda.
D.Efir va xloraform bilan birikkanda.
6.Saponinlar qaysi moddalar ta’sirida glikon(monasaxaridlar aralashmasi)va aglikon(sapogenin)ga gidrolizlanadi?
A.Fermentlar va suyiltirilgan kislotalar ta’sirida.
B.Xolestirin va fermentlar ta’sirida.
C.Konsentrlangan va suyultirilgan kislotalar ta’sirida.
D.Steroid gormonlar ta’sirida .
7.Brutsellyoz va kuydurgi kasalliklariga qarshi vaksinalar tayyorlashda qaysi moddalardan foydalaniladi?
A.Toza saponinlar va ularning aralashmalaridan.
B.Kumarinlar va ularning birikmalaridan.
C.Flavanoidlar aralashmalaridan.
D.Yurak glikozidlaridan.
8.Fenollar va steroid spirtlar bilan hosil qilgan saponin molekulyar birikmalari qanday maqsadda ishlatiladi?
A.Saponinlarni o’simliklardan ajratib olishda va ular miqdorini aniqlashda.
B.Xolestirin hosil qilishda va uni ishlatishda.
C.Gemolitik zahar tayyorlab zararli umurtqalilarni nobud qilishda.
D.Yurak qon tomir sistemasini barqarorlashtirishda.
9.Ilon,asalari va zulk zahari tarkibida uchrovchi birikmalardan tayyorlangan porashok qanday ta’sir ko’rsatadi?
A.Burun va tomoq shilliq qavatlarini qichishtiradi va yo’taltiradi.
B.Me’da ichak shilliq qavatini zararlaydi.
C.Qondagi qon hujayralarini eritib yuboradi.
D.Terida allergik toshmalar paydo qiladi.
10.SHirinmiya ildizidan tayyorlangan mahsulot tarkibida qanday birikmalar bo’ladi?
A.24%gacha glitserrizin saponini bo’ladi.
B.24%gacha tigonin saponini bo’ladi.
C.23%gacha mono va disaxarid aralashmasi bo’ladi.
D.23%gacha flavanoidlar bo’ladi.
11.Nima uchun saponinlar haqiqiy glikozidlar hisoblanmaydi?
A.Gidrolizlanganda haqiqiy qand modda ajralmaganligi uchun.
B.Tarkibida mono va disaxaridlardan boshqa moddalar ham bo’lganligi uchun.
C.Glitserrizin turg’un ko’pik hosil qilganligi uchun,
D.Glitserritin kislota gemoliz reaksiyasini berganligi uchun.
12.Eritrotsitlarni asosan glitserrizinning qaysi qismi eritadi?
A.Aglikon qismi gemoliz qiladi.
B.Glikon qismi gemoliz qiladi.
C.Turg’un ko’pik hosil qiluvchi qismi.
D.Triterpen unumli qismi.
13.Triterpen va steroid saponinlar qaysi o’simliklarda uchraydi?
A.Qizilmiya va temirtikon.
B.Qizilmiya va g’ozpanjada.
C.Shirinmiya va soxta kashtanda.
D.Na’matak va temirtikon.
14.Tribusponin preparati nimaga qarshi ishlatiladi?
A.Miya va yurak sklerozini davolashda ishlatiladi.
B.Qand miqdorini nazorat qilishda.
C.Nafas yo’llari kasalliklariga qarshi.
D.Vena qon tomirlarining yallig’lanishiga qarshi ishlatiladi.
15.Saponinlar hosilalari nima hisoblanadi?
A.Steroidlar va terpenoidlar.
B.Siklopergidrofenantrenlar.
C.Izapren (C5H8)6 hosilalari.
D.Tionin va digitoninlar.
16.Diskoreya o’simligidan olingan diostin saponin guruhlaridan qaysi biriga tegishli?
A. Siklopergidrofenantrenlar.
B. Steroidlar va terpenoidlar.
C.Izapren (C5H8)6 hosilalari.
D.Tionin va digitoninlar
17.Steroid va triterpenlarning hosilasi bo’lgan saponinlar tirik organizmlarga qanday ta’sir ko’rsatadi?
A.Sovuqqonli hayvonlar uchun zaharli hisoblanadi.
B.zaharli organizmlarda toksinni neytrallaydi.
C.Gemotsipoez jarayoniga ta’sir ko’rsatadi.
D.Umurtqali hayvonlarda qon hujayralarini tiklaydi.
18.Triterpen saponinlar keltirilgan qatorni toping?
A.Qizilmiya,jenshen,soxta kashtandan olinadigan saponinlar.
B.Diskoreya,marvaridgul ,temirtikondan olinadigan saponinlar.
C.Soxta kashtan,diskoreya,temirtikondan olinadigan saponinlar.
D.Agavalar,marvaridgul,temirtikon.
19.Triterpen saponinlarning aglikonlari(ursol,oleanol kislota) o’simliklarning qaysi qismida uchraydi?
A.Hujayra kutikulasi va peridermada.
B.Hujayra kamponentlarining ayrim qisimlarida.
C.Ildizning o’tkazuvchi qismidagi hujayralari orasida.
D.Barg eti hujayralarida va epidermis ostidagi qavatda.
20.Qizilmiyadan tayyorlangan ildiz bo’laklari floemasida nimalar joylashgan?
A.Elaksimon naylar va ko’pgina tolalar(steridlar).
B.Kristal hujayralar bilan o’ralgan sklerenxima.
C.Traxeid bilan o’ralgan suv naylari.
D.Gruppa bo’lib joylashgan sklerenximalar.
21.Flavanoidlar yig’indisi nimalarda ishlatiladi?
A.Me’da ichak yallig’lanishiga qarshi va dorilar ta’mini o’zgartirishda .
B.Nafas olish organlari shilliq qavatlarini yallig’lanishiga qarshi.
C.Allergen dermatit,astma,ekzemalarga qarshi.
D.Limonadlar va kvarslar tayyorlashda ishlatiladi.
22.Arterosklerozga qarshi,xolestirin miqdorini kamaytirish va siydik haydashda ishlatiladigan saponinlar qaysi o’simlikdan olinadi?
A.Yerbag’ir temirtikondan.
B.Soxta kashtan o’simligidan.
C.Marvaridguldan.
D.Astragaldoshlar vakillaridan.
Download 11,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish