Sanoatning milliy iqtisodiyot rivojidagi roli va o‘rni



Download 44,77 Kb.
bet1/6
Sana22.03.2022
Hajmi44,77 Kb.
#505509
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sanoatning milliy iqtisodiyot rivojidagi roli va o


Sanoatning milliy iqtisodiyot rivojidagi roli va o‘rni



2.1 Sanoatning milliy iqtisodiyot rivojidagi roli va o‘rni
Sanoat – moddiy ishlab chiqarishning eng yirik, yetakchi tarmog‘idir. Unda mehnat qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va xalq iste’mol tovarlarining ko‘pchilik qismi yaratiladi; mashina va mexanizmlarning barcha turlari, bino va inshootlarning konstruktiv elementlari ishlab chiqariladi; yer osti boyliklari qazib olish amalga oshiriladi; mineral, o‘simlik va hayvon xom ashyosiga ishlov beriladi, keng iste’mol mollari tayyorlanadi va h.k.lar.
Sanoat iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari bilan ta’minlaydi. Milliy iqtisodiyot, fan, maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport, turizm va boshqa sohalar rivoji sanoatning taraqqiyot darajasiga bog‘liq. Ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari taraqqiyotida sanoatning tarixiy roli beqiyosdir. Shu sababli uning rivoji va samaradorligi qanchalik yuqori bo‘lsa, davlatning mavqei shunchalik kuchli bo‘ladi va aholi turmush darajasi yanada yaxshilanib boradi. Sanoat jamiyatning yetakchi kuchi bo‘lgan ishchilar sinfini o‘zida birlashtiradi. Sanoat rivoji tufayli unda band bo‘lgan xodimlarning soni ko‘payadi, ularning bilimi va ilmi, mahorati ortadi, kadrlar salohiyati yuqori darajaga ko‘tariladi. Sanoat sohasida mehnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi bo‘lgan konsentratsiyaning yuqori darajasi va shu asosda ijtimoiy ishlab chiqarishni uyushtirshning ilg‘or usullari - mahalliylashtirish, ixtisoslashtirish va diversifikatsiyalash, kooperativlashtirish va kombinatlashtirish sohasida ustunlik qiladi. Faqat yirik mashina industriyasigina fan va texnika hamda innovatsiyaning barcha yutuqlarini mujassamlashtirib, mehnatni texnika bilan qurollantirishi va 15 unumdorligini yuqori darajaga ko‘tara oladi. Sanoat va ayniqsa, uning eng muhim sohasi bo‘lgan og‘ir sanoat mamlakatda kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosi hisoblanadi. U moddiy-texnika vositalarini o‘zi va boshqa tarmoqlar uchun takror ishlab chiqarish bilan bir vaqtda jamiyat a’zolari o‘rtasidagi ijtimoiy-ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirib ham boradi.
Sanoat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini qayta qurishning negizi hisoblanadi. Uni yangi texnika bilan ta’minlash orqali fermer, shirkat, dehqon xo‘jaliklarini va boshqa shakllarda faoliyat ko‘rsatayotgan sub’ektlarni iqtisodiy va madaniy jihatdan yuqori darajaga ko‘tarishga, shahar bilan qishloq o‘rtasidagi muhim tafovutlarni yo‘qotishga, dehqon mehnatini industrial mehnatga aylantirishga yordam beradi. Sanoat mamlakat mudofaa qobiliyatining moddiy manbai, dunyoda tinchlikni saqlashning muhim omili, mamlakatlar mustaqilligini va birdamligini ta’minlovchi muhim sohadir. Chunonchi, mamlakatimiz mudofa qobiliyatini mustahkamlashda sanoatning roli va ahamiyati beqiyosdir. Barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy intilishlari, xo‘jalik jihatidan hamkorligi sanoat sohasida ham o‘z ifodasini topadi. Tabiiy va mehnat resurslaridan, fan va texnika yutuqlaridan foydalanish imkoniyatlari kengayishida sanoatning ahamiyati kattadir. Sanoat uchun fan-texnikaning uzluksiz taraqqiyoti va ishlab chiqarishning yutuqlari bilan qurollanishi darajasining o‘sishi xarakterlidir. Unda elektrlashtirish va elektronizatsiyalash, kompyuterlashtirish va kimyolashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta qurish sohasidagi ilg‘or 16 yutuqlardan keng foydalaniladi. Ularni faqat tinchlik maqsadlarida qo‘llaydi. Sanoat moddiy ishlab chiqarishning bosh tarmog‘i, iqtisodiyotning poydevoridir. Milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qayta qurishga qodir bo‘lgan yirik mashinalashgan sanoatgina mustaqillikning birdan - bir moddiy negizi bo‘lishi mumkin. Mamlakat aholisining ish bilan bandligini oshirishda sanoatning roli beqiyosdir.
O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholining 13 foizi sanoat ishlab chiqarishida band. Bu o‘rinda ta’kidlash kerakki, respublika sanoatining jadal sur’atlar bilan ta’minlanishi yanada yaxshilanib, mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg‘ul bo‘lishi, ya’ni bandlik darajasi anchagina yuksaladi. Tarmoqning yanada jadal rivoji sanoat kadrlari soni va ularning jamiyatdagi mavqei yanada oshishiga olib keladi. Mamlakatimiz sanoatining taraqqiyoti yuqori malakali ishchi kadrlar, muhandis va texnik xodimlar safini kengaytirdi. Hozirgi paytda O‘zbekiston sanoatida 1,6 millionga yaqin xodim ishlamoqda. Ulardan 650 ming nafari oliy, 950 ming nafardan ortig‘i o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotli xodimlardir. Taraqqiyot qonunlari xodimlarning madaniy texnik saviyasi o‘sishini, ishlab chiqarish malakasi va tajribasi tinmay oshib borishini ta’minlaydi. Bu O‘zbekiston sanoatida ham namoyon bo‘lmoqda. Ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyot jadallashuvini ta’minlovchi kuch raqobat ham avvalo, respublika sanoatida vujudga keldi va rivojlana boshladi. Tadbirkorlar, ishbilarmonlar bellashuvning asosiy faol qismi bo‘lib maydonga chiqdi. Respublika sanoatida ham raqobat o‘zining oddiy bosqichidan eng yuqori bosqichiga ko‘tarilib, chinakam umumiy dastakka aylanmoqda. Mustaqillikning afzalliklari davlat iqtisodiy siyosatining yetakchilik rolini yanada oshirmoqda. Oliy Majlis Senatining qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, eng avvalo, sanoat sohasida amalga oshirilmoqda va sezilarli samara bermoqda. Sanoat tabiatda uchraydigan moddiy boyliklarni qazib chiqarish va tayyorlashni, ularni va qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlashni o‘z ichiga qamrab oladi. Sanoat barcha iqtisodiyot tarmoqlari uchun ishlab chiqarish kuchlarining asosiy elementlaridan biri hisoblangan jamiyatning tabiat ustidan hukmronligini birmuncha orttiradigan, texnika taraqqiyotini belgilaydigan, inson mehnatining unumdorligini oshirishga imkon beradigan mehnat va ishlab chiqarish qurollarini yaratadigan sohadir. Sanoat taraqqiyoti ishlab chiqarish kuchlarining bir tomonlama rivojlanishiga xotima beradi, mamlakat va uning ajralmas qismi bo‘lmish viloyatlarda tabiiy boyliklardan, xom ashyo va mehnat resurslaridan kengroq va har tomonlama foydalanish imkoniyatini yaratadi. Bizga ma’lumki, sanoat ishlab chiqarishining milliy iqtisodiyotdagi roli yildanyilga oshib bormoqda.





Download 44,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish