O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
RAQAMLI-TEXNOLOGIYA FAKULTETI 5A130202 – «AMALIY MATEMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI» MUTAXASSISLIGI MAGISTRANTI
BERDALOV JONIBEKNING
1-semestr davomida magistrlik dissertatsiyasining bajargan ishlari
Talaba: Berdalov J.
Ilmiy rahbari: t-f.n. Urunbayev E.
Hisobot kafedraning 2021y. __- fevraldagi yig’ilish №__- bayonnomasi bilan tasdiqlangan. Hisobot himoyasi _____ ball bilan baholandi.
Samarqand – 2022 ______ oyida o`quv yili boshida menga dots. Urunbayev E. ilmiy rahbar bo`lib tayinlandi. Biz ilmiy rahbarim bilan birga magistrlik dissertatsiya mavzusini tanladik. Mening dissertasiya ishim mavzusi. Kaskad mantiqiy sxemalar quruishning matematik modeli va uni tadqiq qilish dasturiy vositalari. Ishning maqsadi va vazifasi: Ushbu magistrlik dissertatsiya ishining maqsadi ma’lum bir fan doirasida fanning mustaqil ish topshiriqlarini bajarish uchun didaktik interaktiv kurs yaratish loyihasini ishlab chiqish hamda natijarini avtomatik nazorat qilish dasturiy vositalarini yaratish va ta’lim jarayoniga qo’llashdan iborat. Mavzuning dolzarbligi: Ta’limda talabalarning mustaqil ishlari natijalarini nazorat qilishning avtomatlastirilgan tizimini yaratish va uni natijalarini tahlil qilish dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu magistrlik dissertatsiya ishida “Diskret matematika va matematik mantiq” fanining amaliy topshiriqlarini bajarish natijarini avtomatik nazorat qilish uchun interaktiv dasturiy ta’minot yaratiladi va ta’lim jarayoniga qo’llanadi. Dissertasiya ishi bo’yicha ma’lumotlar to’plash hamda tadqiqot ishlari olib borish manbalari va joylari (ilmiy kutubxona, ilmiy laboratoriya, internet tarmog’i, tashkilot, korxona, Fanlar Akademiyasi tarmoq institulari va boshqa ta’lim muassasalari)
1) SamDU ilmiy va o’quv kutubxonalaridagi hamda Samarqand shahar kutubxonalarida adabiyotlar to`planadi. 2) Internet manbalardan zaruriy adabiyotlar, laboratoriya ishlari, referatlar va dasturiy ta’minotlar olinib tahlil qilinadi. 3) Fakultet kompyuter sinflaridan tadqiqot ishlarini bajarishda va dasturiy ta`minotni yaratishda foydalaniladi. Magistrlik dissertatsiya ishini bajarishda rahbarim bilan birga kalendar ish reja va shaxsiy ish rejalarni tuzib chiqdik.