Salom “Marifat ” gazetasi tahririyati. So’ngi yillarda “Marifat” gazetasi ta’lim sohasidagi haqiqiy jonkuyar , fidoiylarning minbariga aylanib ulgurdi. Gazeta sahifalarida muhokama qilinayotgan mavzular , fikr-mulohaza, taklif va dolzarb maqolalar millatimiz ilm-fani , ma’naviyatini yuksaltirish borasida , yaxshi ma’noda “jang qilayotgan” ma’rifatparvarlar janggohiga o’xshaydi. Maqsad bitta: Yurtimizda ilm-fan, ma’rifat, ta’lim taraqqiyotini yuqori cho’qqilarga ko’tarish.
Gazetaning 2019-yil 16-mart sonida berilgan filologiya fanlari doktori Nusratilla Jumaxo’janing “Qaro ko’zum” g’azalini o’rganish haqida maqolasini o’qib juda ta’sirlandim. O.Mavlonovning 8-sinf “Qaro ko’zum” g’azalini o’rganish maqolasi bilan tanishgan edim. To’g’risi , hazrat Navoiyning ushbu mashhur g’azali tahlilida muallifning fikrlari darslikdagi tahlil bilan ancha farqlanishini sezgan edim. Ammo, filologiya fanlari doktori N.Jumaxo’janing “Qaro ko’zum” g’azalini o’rganish bo’yicha raddiya maqolasini o’qib , ulug’ mutafakkir g’azallari tahlilida naqadar mas’uliyat bilan yondashish kerakligini yana bir bor his qildim.
Chindan ham, A.Navoiy ijodi shu qadar sehrli va sirli xazinalar ummoniki , bu ummon sinoatlarini o’rganish nucha asrlar o’tsa ham poyoniga yetmaydi. Ulug’ so’z san’atkori ijodini tadbiq etish va uni yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyati borasidagi targ’ibotlar yuqori bosqichga ko’tarilgan bir davrda, ona tili va adabiyot o’qituvchilaridan ham o’ta ziyraklik va vadiiy tahlil salohiyatini talab etadi.
“El deva Navoiyni” (Toshkent “Cho’lpon” 1991. To’plovchi M.Jo’rayev) kitobida “Nuqtaning qudrati” degan rivoyat keltiriladi. Umga ko’ra , A.Navoiy o’z g’azallarini zamonaning eng zo’r bilimdon hattotlariga ko’chirtirar ekan shaxsiy hattotining tobi qochib qolgach , o’zini mashhur hattot deb hisoblaydigan biri kishi shoir g’azalidagi “ko’z” so’zini “ko’r” deb ko’chiribdi. (arb imlosida “z” nuqtasiz yozilsa “r” bo’lib qladi) shuarodan malomatga qolib , xafa bo’lgan Navoiy: “Ko’zimni ko’r qilgan ko’r bo’lsin!”-degan ekan.
Bundan ko’rinadiki , shoir g’azallaridagi so’zga naqadar yuksak e’tibor va sinchkovlik bilan qarash lozim ekan.
Keyingi yillarda o’quvchi yoshlar o’rtasida “Navoiy vorislari” respublika g’azalxonlik tanlovi bo’lib o’tyapti. Ushbu tanlovda o’quvchilar “Navoiy ijodidan eng ko’p g’azal yoshlash ”, “Gazal nasriy bayonini yaratish ”, “Tushunishi qiyin bo’lgan so’zlar lug’atini tuzish” shartlarinini bajaradilar va bu shartlarning 2-,3-lari, albatta, o’quvchilar uchun ancha murakkab hisoblanadi. Shuningdek , o’quvchilarni tanlovga tayyorlash jarayonida o’zimiz ham biro z qiyinchiliklarga duch kelamiz. Shu o’rinda savol tug’iladi. Nega o’quvchilarning yoshiga mos, Navoiy g’azallari (asarlari) lug’atini topish mushkul ? Yana bir savol. Shoir g’azallari tahlilida har bir g’azalda bitta barqaror tahlil bo’lishi kerak mi? Yoki, darslik, adabiyotlarda tahlili berilmagan g’azallarni tahlil qilib o’rganishda nimalarga, qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozim? Shu kabi savollar bo’yicha “Adabiyot o’qituvchisiga yordam” rukni tashkil etilib, metodik tavsiyalar berib borilsa, nur ustiga a’lo nur bo’lar esi.
Po’latova Mohidil Shofirkon tumanidagi 40-umumiy o’rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |