1. “Motivasiya” va “motiv” tushunchasi.
2. S.L.Rubinshteyning motivlashgan tizimi.
3. G’arb psixologiyasida motivatsiya muammolari.
Motiv (psixologiyada) — inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab boʻluvchi omil, vaj. M. shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo boʻluvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot, ideal va boshqa M.lar jumlasiga kiradi. Hozirgi zamon psixologiyasida M. atamasi subʼyektni faollashtiruvchi turli hodisa va holatlarni ifodalash uchun qoʻllanadi. Xatti-harakat va faoliyat M.larining majmuasi motivatsiya deyiladi. M. ehtiyoj negizida vujudga keladi va shakllanadi. Ehtiyojning barqarorlashuvi motivatsiyaning samarali shakllanishini taʼminlaydi. Harakat faoliyatning tarkibi boʻlganligi tufayli u faoliyatning maqsadi va M.i orqali boshqariladi. Baʼzan "M." tu-shunchasini "emotsiya", "maqsad", "ustanovka" atamalari bilan almashtirish hollari uchraydi. Goho turtki, qoʻzgʻovchi, undovchi tushunchalari bilan aynanlashtiriladi. Motiv - inson xulq-atvorning ichki barqarorligi, harakatta undovchi tushunchadir.
Motivatsiya esa xulq-atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni bo’lib, unga tashabbus, yo’nalganlik tashkilotchilik, qo’llab-qo’vvatlash qiradi. Ta’lim jarayonida o’hish motivlari "nima uchun” "nimaga?', "qanday maqsad bilan?" kabi savollar asosida yuzaga keladi. Motivlar birinchidan, o’quv faoliyatiga undasa, ikkinchidan, maqsadga erishish uchun zarur yo’l va usullar tanlashga yordam beradi. O’quv faoliyatida o’quv motivlar o’quvchilar tomonidan tanlanib, ular o’quvchining maqsadi, qiziqishi, kelajak rejalari bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o’quv motivlari turli yosh davrlarida turlicha bo’ladi.
Motivatsiya inson xulq-atvori uning bog’lanishi, yo’nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo’lganda ishlatiladi. Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o’zini tutishi sabablarini o’rganish tarbiyaviy ahavmiyatga ega bo’lgan narsa bo’lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi;
a) ichki sabablar, ya’ni xatti-harakategasining sub’yektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo’ljallar, istaklar, qiziqishlar).
b) tashqi sabablar, ya’ni faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari. Bular ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo’ladigan tashqi stimunlardir.
2. Bir qator psixologlar motiv va motivatsiyani energetik; ma’noviy tomonlarini o‘zaro solishtiradilar, tadqiqotchilar ularni tub ma’nodagi energetik bioquvvat faolligining manbai sifatida talqin qilib, ma’noviy va ma’naviy jabhalarni hisobga olmay turib tushuntirishga intiladilar. Sobiq ittifoq psixologiyasida motiv va motivatsiya tizimi inson hayoti va faoliyatiga uzluksiz ravishda yo‘naltirilgan murakkab tuzilishga ega bo‘lgan boshqaruvchisi (regulyatori) sifatida tushuniladi. Jumladan, S.L.Rubinshteyn motivlashgan tizimning inson borliqni aks ettirishdagi rolini ko‘rsatib,shunday mazmundagi mulohazalarni ta’kidlab o‘tadi: birinchi bo‘lib kuzatish ob’ektlari emas, balki ehtiyoj ob’ektlari va shaxs xatti-harakatlari beriladi. Motivlashgan ustanovkalarning faollikka oid o‘ziga xosligi ham shunday tuzilishga ega va u o‘zi xohlagan borliq elementlari va holatini belgilashga xizmat qiladi. Ularning fikricha, tashqi olamga munosabatning faol motivatsion xususiyatini ko‘rsatib o‘tishning o‘zi kifoya. S.L.Rubinshteyn “ong- bu faqatgina aks etish emas, balki insonning tashqi muhitga nisbatan munosabati hamdir” deb yozadi.
S.L.Rubinshteyn ongning rolini ko‘rsatish bilan bir qatorda psixikaning ko‘p qirraliligi nuqtai nazaridan turli bosqichlarda ruhiy jarayonlarning vujudga kelishi, kechishi holatlarini tushuntirib berishga erishgan. Har qanday shaxsning xulqatvorini psixologik jihatdan tushuntirishda qo‘zg‘atuvchilar (qo‘zg‘ovchilar)ni turli bosqichlarda o‘zaro murakkab bog‘liqlikda olib qarash, ko‘rish lozim, deb ta’kidlaydi. Bizningcha, bu ko‘p bosqichli tuzilma boshqaruvning anglanilgan bosqichi singari anglanmagan motivatsion tendensiyalarni o‘z ichiga oladi. Sobiq ittifoq psixologlari motiv va motivatsiya tuzilishining bosqichli konsepsiyasini ishlab chiqishda quyidagilarga tayanganlar: 1) ongning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayoni bilan inson xulq-atvorini boshqarishning murakkab tizimiga ega ekanligi; 2) ontogenezda shaxsning individual shakllanish jarayoni bo‘lmish genetik dalillarga asoslanganligi va hokazo.
3. G’arb psixologiyasida motivatsiya muammolari Spinoza,Gobbs, Dekart asarlaridayoq o‘z ifodasini topgan. Ushbu masalalar bilan assotsionistik, introspektiv, bixeviorizm, geshtaltpsixologiya, psixoanaliz psixologiya maktablarining namoyandalari keng ko‘lamda shug‘ullanganlar(U.Djeyms, E.Tolmen, K.Xall, K.Levin, Z.Freyd va boshqalar). Bixeviorizm nazariyasiga binoan xulq motivi tashqi ta’sirga tana a’zolarining javob reaksiyasi sifatida vujudga keladi(A+SH). Jahonga mashhur bo‘lgan “Stimul-reaksiya” formulasiga asoslangan bixevioristlar instinktiv xulq motivini insonning fe’l-atvoriga mexanik ravishda ko‘chirishni anglatib keladi. Ularning talqiniga qaraganda, inson xulqi ongsizlikdan iborat bo‘lib, tashqi qo‘zg‘atuvchi “stimul” tufayli tana a’zolarining javob reaksiyasi tariqasida yuzaga keladi. G’arb psixologiyasida motivatsiya muammolari Spinoza,Gobbs, Dekart asarlaridayoq o‘z ifodasini topgan. Ushbu masalalar bilan assotsionistik, introspektiv, bixeviorizm, geshtaltpsixologiya, psixoanaliz psixologiya maktablarining namoyandalari keng ko‘lamda shug‘ullanganlar(U.Djeyms, E.Tolmen, K.Xall, K.Levin, Z.Freyd va boshqalar). Bixeviorizm nazariyasiga binoan xulq motivi tashqi ta’sirga tana a’zolarining javob reaksiyasi sifatida vujudga keladi(A+SH). Jahonga mashhur bo‘lgan “Stimul-reaksiya” formulasiga asoslangan bixevioristlar instinktiv xulq motivini insonning fe’l-atvoriga mexanik ravishda ko‘chirishni anglatib keladi. Ularning talqiniga qaraganda, inson xulqi ongsizlikdan iborat bo‘lib, tashqi qo‘zg‘atuvchi “stimul” tufayli tana a’zolarining javob reaksiyasi tariqasida yuzaga keladi. Bixevioristlarning fikricha, psixologiyaning predmeti psixika emas, balki reaksiyalar majmuasi bo‘lmish xulqdir. Hozirgi zamon bixevioristlari stimulni tashqi qo‘zg‘atuvchi sifatida qaraydilar, tana a’zosining ichki quvvatini faollashtiradi deb tushunadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |