Robert Shuman – I simfoniyasi Op.38 (Bahor simfoniyasi) B major Robert Shuman o’zining birinchi simfoniyasini ya’ni “BAHOR” simfoniyasini (1841-yil 23-26 yanvar oralig’ida) birinchi eskizini to’rt kun ichida yozib tugatgan. 20-fevralga kelib esa yakunlangan. Shuman o’z kundaligida shunday degan edi: “ Men ushbu simfoniyadan ko’p baxtli lahzalarni oldim. Ko’pincha meni juda oson va qizqa vaqt ichidajuda katta muvaffaqiyatga erishishimga imkon bergani uchun mehribon taqdirga minnatdorlik bildiraman”
Asarning birinchi namoyishi 31-mart kuni Feliks Mendelson rahbarligida Leypsigdagi “GEVANDXAUS” da bo’lib o’tdi.
Ushbu simfoniyani yozishda Shuman shoir Adolf Buttgerning “ Bahor va muhabbat ohanglari “ she’rini ta’siri bor.