Reja: Yer qa‘ridan foydalanganda soliqqa tortish zarurligi



Download 18,68 Kb.
Sana21.07.2022
Hajmi18,68 Kb.
#831657
Bog'liq
Yer qardan soliq


Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq
Reja:
1. Yer qa‘ridan foydalanganda soliqqa tortish zarurligi

2. Soliq to‘lovchilar, soliqqa tortish ob‘ekti va bazasi



3. Soliq stavkalari va soliqdan imtiyozlar
1. Yer qa‘ridan foydalanganda soliqqa tortish zarurligi. Tabiiy resurslardan samarali va oqi­lona foydalanishni ta’minlashga qa­ra­tilgan muhim vosita – bu davlat to­mo­nidan tabiiy resurslardan foydala­nish bilan bog‘liq turli xil to‘lovlardir.
Jahon amaliyotida tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlar tizimini bonuslar, rentals, royalti va soliqlar tashkil etadi. Bonuslar – bir martalik to‘lov bo‘lib, davlat uchun soliqlar kabi unchalik muhim moliyaviy resurs bo‘lmasada, davlat byudjeti daromadlarini oshirishning zarur elementlaridan biri hisoblanadi. Bonuslar hajmi har bir mamlakatning qonunchiligi bilan belgilanib, ular tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha kelishuvlar predmeti hisoblanadi.
O‘zbekistonda ham xo‘jalik yurituvchi subyektlar tabiiy resurslardan foydalanishi jarayonida bonuslar to‘laydi. Respub­likamiz qonunchiligiga muvofiq, bonuslar – bu bitim tuzilgan vaqtda yoki muayyan natijaga yerishilgach bitim shartlariga muvofiq belgilangan bir martalik to‘lovlar hisoblanadi.70
O‘zbekistonda yer qa‘ridan foydalanuvchilar ikki xil bonusni to‘laydilar. Bular imzoli bonus hamda tijoratbop topilma bonusi.
Rentals tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlarning ikkinchi ko‘rinishi hisoblanib, davlat tomonidan tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha shartnoma tuzish vaqtida undiriladigan to‘lov hisoblanadi. Rentals kelishuv davri davomida yoki qazib olish boshlanishidan avval undiriladi.
Royalti tabiiy resurslardan foydalanuvchining yalpi daromadidan foiz ko‘rinishida undirilib, davlat tomonidan tabiiy resurslarning egasi sifatida ishlab chiqarilgan mahsulotning qat’iy ulushi o‘zlashtiriladi. Respublikamiz qonunchiligiga muvofiq, royalti – bu mineral xom-ashyoni qazib olish hajmiga yoki ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbatan foiz hisobida bitim shartlariga muvofiq belgilangan va investor tomonidan pul shaklida yoki qazib olingan mineral xom-ashyoning bir qismi tarzida to‘lanadigan muntazam to‘lovlardir71.
Jahon amaliyotida tabiiy resurslardan foydalanishni soliqqa tortish odatda foyda solig‘i va tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun maxsus soliqlar, ya’ni renta soliqlari sifatida undiriladi. Shuningdek, ayrim xorijiy mamlakatlar soliq amaliyotida tabiiy resurslardan foydalanish hisobiga yuqori rentabellikka yerishadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun aksiz soliqlari ham amal qiladi.
O‘zbekiston mustaqillikka yerishgandan keyin respublikamiz hududidagi barcha tabiiy, yer osti boyliklari davlatimiz tasarrufiga o‘tdi. O‘zbekiston zaminida juda ulkan va noyob, hali ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral xom-ashyo resurslari to‘plangan.
O‘zbekistonda 100 ga yaqin mineral xom-ashyoni o‘zida mujassam etgan 2700 ta kon aniqlangan. Amalda Mendeleev davriy jadvalidagi barcha elementlar respublikamizda mavjud. Mamlakatning umumiy xom-ashyo salohiyoti 3,3 trillion AQSh dollari miqdorida baholanmoqda. Mavjud konlardan har yili 5,5 mlrd. AQSh dollariga teng foydali qazilmalar qazib olinmoqda.
Respublikamiz qonunchiligiga ko‘ra mavjud yer osti boyliklari umumdavlat mulki hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 23 sentabrdagi «Yer osti boyliklari to‘g‘risida» gi Qonuniga muvofiq 1995 yildan boshlab yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq joriy etildi va yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar ularning xajmidan kelib chiqqan holda maxsus soliq to‘lay boshladilar.
Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etilishidan asosiy maqsad – umumdavlat mulki hisoblangan yer osti boyliklaridan oqilona tarzda butun jamiyat a‘zolarini va kelajak avlod manfaatlarini hisobga olgan holda foydalanish samaradorligini oshirish hisoblanadi.
O‘zbekistonda 2002-yil 13-dekabrda «Yer osti boyliklari to‘g‘risida» gi Qonunning yangi tahriri tasdiqlandi va ushbu qonunning asosiy vazifasi bo‘lib, yer osti boyliklariga egalik qilish, ulardan foydalanish va tasarruf etishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi belgilandi.
Soliq kodeksining 23-moddasiga muvofiq yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq umumdavlat soliqlari tarkibiga kiradi. Ushbu soliq tabiiy boyliklardan foydalanishning samaradorligini ta’minlash bilan birga sof fiskal vazifani ham bajaradi.
Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq 2004 yilda davlat byudjeti daromadlarining 1,7 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2006 yilga kelib 11,5 foizni, 2008 yilda 10,5 foizni, 2010 yilda esa 9,6 foiz bo‘lgan. 2018 yilgi davlat byudjeti parametrlari bo‘yicha ushbu soliq davlat byudjeti daromadlarining 10 foizini, mol-mulk solig‘i va resurs to‘lovlaridagi salmog‘i esa 63.9 foizni tashkil etmoqda
Soliq stavkalari

Qo‘shilgan qiymat solig‘i (15 foiz), foyda solig‘i (15 foiz, ayrim toifalar uchun — 20 foiz), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (12 foiz), yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i (2 foiz), qishloq xo‘jaligi yerlari uchun yer solig‘i (0,95 foiz), ijtimoiy soliq (xo‘jalik yurituvchi subyektlar — 12 foiz, budjet tashkilotlari — 25 foiz) va aylanmadan olinadigan solig‘i (bazaviy stavka — 4 foiz) bo‘yicha stavkalar saqlanib qolinmoqda. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq


Metallar bo‘yicha (qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallar, nodir elementlar va nodir yer elementlarini) soliq bazasi quyidagicha aniqlanadi:

  • oltin, kumush, platina, palladiy, mis, rux, qo‘rg‘oshin va molibden bo‘yicha – o‘rtacha arifmetik birja narxi va o‘rtacha olingan realizatsiya qilish narxi o‘rtasida olingan eng yuqori narxdan kelib chiqib.

  • boshqa metallar bo‘yicha – ularga ishlov berish (ularni boyitish), qayta ishlash (affinaj) va (yoki) transport xarajatlari chegirib tashlangan holda o‘rtacha olingan realizatsiya qilish narxidan kelib chiqqan holda.

Download 18,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish