Reja: VIII-IX asrlarda Movarounahrdagi ilmiy muhit



Download 79 Kb.
bet1/2
Sana10.08.2021
Hajmi79 Kb.
#144030
  1   2
Bog'liq
Ahmad Al Farg'oniy va uning merosi

Ahmad Al Farg'oniy va uning merosi

Reja:


  1. VIII-IX asrlarda Movarounahrdagi ilmiy muhit




  1. Ahmad Al-Farg’oniyning tabiiy va ilmiy qarashlari




  1. Ahmad Al-Farg’oniy tabiiy va ilmiy qarashlarining falsafiy tahlili

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



VIII va IX asrlarda Movaronnahrda ijtimoiy-madaniy hayot

O’rta Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishiga qadar arab lashkarlari bu yerga Amudaryo janubidagi Xuroson tuprog’idan turib tez-tez hujum qilar, o’ljalarni qo’lga kiritib yana qaytib ketar edilar.

Arablarning nisbatan yengil muvaffaqiyat qozonganliklari O’rta Osiyoda yagona markazlashgan davlatning yo’qligi bilan izohlanadi. Chunki o’sha davrda O’rta Osiyo ko’pgina mayda davlatlarga bo’lingan bo’lib, ularning har biri uncha katta bo’lmagan hududdagi bir necha mustahkamlangan shaharlardan iborat edi.

Xalqlarning islomga qadar bo’lgan madaniyatining yo’q qilinishi uning islom aqidalariga mos kelmasligi bilan bog’liq edi.

Aniqlanishicha, O’rta Osiyo arablar tomonidan istilo qilinganidan bir asr keyin yangi madaniyat shakllana boshladi, uning gullab-yashnash davri IX-XII asrlarga to’g’ri keladi. Uning barcha sohalarida dastlab arab islom madaniyatining kuchli ta’siri, shuningdek, arab va mahalliy an’analarning o’zaro ta’siri ham sezilar edi. Mafkura sifatida faqat islom, ilm va ilohiyot tili hukmron edi.

Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, O’rta Osiyoga kirib kelgan davrda islom hali tugallangan diniy tizim bo’lib shakllanmagan edi, buning uchun undan to’rt asrdan (VIII-XI) ko’proq vaqt kerak bo’ldi. Bu davrdagi islom ilohiyot adabiyotini tahlil etish islomning tugallangan diniy tizim sifatida shakllanish jarayoni Eron, Xuroson, O’rta Osiyo, Kavkaz orti istilo qilingandan so’ng sodir bo’lganidan dalolat beradi. Qur’onni talqin qilish, hadislarni to’plash, IX-XI asrlarda shariat qonunlarini ishlab chiqish O’rta Osiyodagi Buxoro, Samarqand, Termiz va boshqa shaharlarda sodir bo’ldi.

Ta’lim va maorif masalasida ham islom ma’lum rol o’ynagan. Madrasa va maktablarda bolalarni o’qitish asosan diniy bo’lib, oddiy savod chiqarilgan. Jamiyatda umuman dinning, xususan islomning xalq ommasiga axloqni singdirishdagi va targ’ib qilishdagi roli g’oyat kattadir.

Bundan tashqari Qur’on, hadis va shariatda kishilarning hayoti va turmushini adolatli boshqarishga qaratilgan ko’pgina tadbirlar: chunonchi, o’z mehnati, hunari bilan yashash, boshqalar mulkiga xiyonat qilmaslik, ota-onalar, bevalar, yetim-yesirlar haqida g’amxo’rlik qilish, o’z bolalarini boqish va tarbiyalash qonun qilingan, manmanlik, adovat, hasad, xasislik, munofiqlik, takabburlik va hokazolar qoralangan.

Movarounnahr va, jumladan, Farg’ona arab xalifaligi tarkibiga kirganidan so’ng bu yerlarda xalqning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida biror muddat turg’unlik yuz beradi. Bu yerda kushonlar davridayoq boshlangan feodallashish jarayoni arab fathi davrida biroz to’xtab qoladi. Bu davrda xalifalikning markaziy qismlari – Iroq, Suriya va Misrda feodal munosabatlar jadal rivojlanadi. VII asr boshida arab jamiyati hali ijtimoiy tuzumning qabila-urug’chilik bosqichida turgan bo’lsa, markazlashgan yagona xalifalik shakllanishi bilan xalifalikning ilg’or viloyatlarining xo’jalik, iqtisodiy va madaniy yutuqlarini o’zlashtirish natijasida u feodal munosabatlarga to’laqonli ravishda kirishadi. Shunga ko’ra VIII asr o’rtalarida xalifalikning markaziy viloyatlarida feodalizm Movarounnahrdagiga nisbatan ancha yuqori pog’onaga ko’tarilgan edi. Lekin xalifalikning yagona iqtisodiy doirasiga kirish, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining rivojlanishi, xalifalikning boshqa viloyatlari bilan faol savdo munosabatlari olib borish natijasida VII asr oxirlaridan shaharlar rivojlanib va ishlab chiqarish kuchlari taraqqiy topib, Markaziy Osiyo hududa ham, xalifalikning boshqa yerlaridagi kabi taraqqiy etgan feodalizm bosqichi boshlanadi. Markaziy Osiyoning boshqa yerlaridagi kabi, Farg’onada ham fan va madaniyat yangi tarixiy sharoitda taraqqiy etadi. IX asrda butun xalifalikda fan va madaniyatning qudratli rivojlanishi yuz beradi. Markaziy Osiyo xalqlari ham bu jarayonda xalifalikning boshqa xalqlari kabi faol ishtirok etadilar. Bu payt xalifalik tarkibiga kirgan xalqlar “islom madaniyati”, deb ataladigan, lekin aslida turli xalqlar madaniyatlarining o’zaro singishi natijasida yuzaga kelgan yagona madaniy harakatning qatnashchilari bo’lib qoldilar.

Afsuski, shuhrati butun olamga tanilgan, Muhammad Xorazmiylar bilan bir qatordan joy olgan buyuk bobokalonimizning ulug’ kashfiyotlari haqida ma’lumotlarning hozirga qadar o’z Vatanida va o’z ona tilida yo’qligi,mahrum qilib turibdi. O’z xalqini uning merosidan Ahmad Farg’oniyning ijodi ham boshqa allomalarimiz kabi ko’p qirrali bo’lganligida hech shak- shubha yo’q.

O’ylaymizki, Al-Farg’oniyning ijodi va ilmiy merosiga kelsak, uning asarlari nomlari dalolat berishicha, ular asosan astronomiyaga bag’ishlangan.

Ahmad Farg’oniy asarlaridan astronomiyaga oid bo’lgan faqat quyidagi sakkiz asarning yetib kelganligi, ularning zamonaviy tillardagi tarjimasining yo’qligi yana ham achinarli. Ular quyidagilardir: “Astronomiya asoslari haqida kitob”, “Astrolyabiya yasash haqida kitob”, “Astrolyabiya bilan amal qilish haqida kitob”, “Al-Farg’oniy jadvallari”, “ Oyning Yer ustida va Yer ostida bo’lish vaqtlarini aniqlash haqida risola”, “Quyosh soatini yashash haqida kitob” va “Al –Xorazmiy zijining nazariy qarashlarini asoslash ”. Bu qo’lyozmalarning va ulardan ayrimlarining chet tillardagi tarjimasining ham bizda yo’qligi nihoyatda achinarlidir.

Manbalardan ma’lum bo’lishicha, Ahmad Farg’oniyning hozircha ma’lum bo’lgan va yuqorida nomlari keltirilgan asarlaridan faqat ikkitasi, “Astronomiya asoslari haqida kitob” va “Astrolyabiya yashash haqida kitob” XII asrdan boshlab dastlab ispan va lotin tillariga tarjima qilingan.

Shunday qilib, xalifalikda VIII asr oxiri va IX asrda fan hamda madaniyat sohasidagi ulkan ko’tarilish asosan xalq ommasi ongi va tafakkuridagi progressiv o’zgarishlar tufayli yuz bergan edi.

Al-Farg’oniy yashagan davr – ijtimoiy-siyosiy hayotda suronli voqealar, fan va madaniyatda ulkan ko’tarilish davri edi.

Olimning o’ziga kelsak, al-Farg’oniy nomi tarixda ma’lum bo’lishiga qaramay, uning haqida ma’lumot deyarli saqlanmagan. Uning hayoti haqida faqat bir sana – 861 yil eslatiladi: al-Farg’oniy o’sha yili xalifa al-Mutavakkil farmoni bilan Qohirada Nil daryosidagi Ravzo orolida miqyos – suv sathini o’lchovchi asbob yasaydi.

Abu Rayhon Beruniyning bir xabariga ko’ra, Bag’dod rasadxonasining ishida Yahyo ibn Abu Mansur, al-Xorazmiy va boshqa olimlar, Damashq rasadxonasida esa Xolid ibn Abdumalik va al-Farg’oniy Suriya shimolida, Sinjor sahrosida 832-833 yillarda Tadmur va ar-Raqqa oralig’ida yer meridiani bir darajasining uzunligini o’lchashda ishtirok etganini ham aytgan. Al-Farg’oniyning hayoti haqidagi eng so’nggi va eng aniq xabar 861 yil bilan bog’lanadi. U shu yili Qohira yaqinidagi Ravzo orolida nilometrni, ya’ni Nil daryosi suvi sathini belgilovchi uskunani yasagan yoki ta’mirlagan.

Bilshimizcha, Ahmad al-Farg’oniy ko’plab qomusiy asarlar muallifi ekanligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Biroq uning ba’zi ishlari bizgacha yetib kelmagan. Shunga qaramasdan, mavjud asarlarning o’zi ham olimning yirik ilmiy salohiyatidan darak beradi. Jumladan, al-Farg’oniyning osmon jismlarini o’rganuvchi usturlob qurulmasi haqida qisqa risolasi, “Kitob usul al-falak”, “Kitob al-fusul ixtiyor al-Majistiy”, “Kitob javome ilm an-nujum val-harakat as-samoviya” singari asarlari ma’lum.

Ahmad al-Farg’oniyning “Kitob javome’ ilm an-nujum val-harakat as-samoviya” asari uning eng muhim ilmiy ishlaridan biri hisoblanadi. Bu asarni al-Farg’oniy 840 yil atrofida yozgan, chunki kitob ichida shu sana qalamga olingan. Asar XII asrda ikki marta lotin tiliga va bir marta yahudiy tiliga tarjima qilingan. Birinchi lotincha tarjimani 1145 yili seviliyali Ioann va ikkinchisini 1175 yili kremonalik Gerardo bajargan. Yahudiycha tarjimani Yakob Anatoli bajargan. Asr Ovrupo Renessansi davrida va undan biroz so’ng bir necha marta nashr etilgan va u yerda uzoq muddat astronomiyadan asosiy qo’llanma vazifasini bajargan. Bu asar arab olimi Ibn an-Nadimning “Kitob al-Fihrist” risolasi bibliografiyasiga kiritilgan va sharhlangan. Al-Farg’oniyning mazkur asari taxminan 5000 sahifadan iborat bo’lgan. Uninng nusxasi hozirda Istanbuldagi Ayo Sofiya muzeyida saqlanadi. Bu asarga allomaning zamondoshi Abdulaziz al-Qubaysiy batavsil sharh yozgan.

O’ylaymizki, Ahmad al-Farg’oniy o’zining falakiyot ilmiga oid asarlari bilan G’arbda astronomiya maktabining shakllanishi jarayoniga katta ta’sir ko’rsatdi. Uning osmon jismlari harakatlariga bag’ishlangan risolalaridan foydalangan g’arblik olimlar keyinchalik astronomiya sohasida katta kashfiyotlar qilib, olamshumul nazariyalar yaratishdi.

Ta’kidlaganimizdek, Amad al-Farg’oniy arab tilida astronomiya, jug’rofiya va matematikaga oid bir necha asarlar yozgani va ular yuqori ilmiy ahamiyatga ega bo’lishiga qaramay, ko’pchiligi bizgacha yetib kelmagan, deb ta’kidlaymiz. Olim ilmiy merosidan qo’lyozma shaklida yetib kelganlari quyidagilar bo’lib, ular Sharq va G’arbning yirik kutubxonalarida saqlanmoqda.

“Kitob fi javome’ ilm an-nujum va usul harakat-is-samoviya” (“Yulduzlar ilmining jami’va samoviy harakatlar usuli haqida kitob”). Bu asar “Kitob ilal al-aflok” (“Falaklar sabablari kitobi”) nomi bilan ham yuritiladi. U yana “Almajistiyga bag’ishlangan astronomik risola”, “Falak sferalari sababiyati”, “Almajisti”, “Ilm al-hay’a” (“Astonomiya ilmi”) nomlari bilan ham ataladi. Kitob lotin tiliga tarjima qilinib, 1669 yili nashr etilghan. Uning qo’lyozmalari Berlin, London, Parij, Mashhad, Tehron, Marokosh, Misr, Sank-Peterburgda saqlanmoqda.

“Kitob al-kolmil fi-l-usturlob” (“Usturlob haqida mukammal kitob”). Bu asarning uchta qo’lyozma nusxasi Berlin qirollik kutubxonasida saqlanmoqda. V.Alvardning 1893 yili Berlinda chop etilgan Berlin qirollik kutubxonasida saqlanayotgan arabcha qo’lyozma fihristida bu risola haqida shunday deyilgan: Bu asarning birinchi qo’lyozma nusxasi “Al-Farg’oniyning usturlob haqida mukammal kitobi” deb nomlangan. Al-Farg’oniy bu asarini xalifa Al-Ma’mun davrida taxminan 815 yili yozgan bo’lib, unda hali hech kim tomonidan maxsus asar yozilib, mufassal yoritilmagan “astrolyabiya” asbobi va bu asbob bilan bog’liq bo’lgan masalalar yetti bobda yoritilgan. Bu birinchi nusxa noma’lum kotib tomonidan taxminan 1494 yili ko’chirilgan. Asarning ikkinchi nusxasi “Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg’oniyning astrolyabiya san’ati haqida kitobi”, bo’lib, birinchi nusxadan kamroq farq qiladi. Bu nusxani 1376 yili Muhammad ibn Yoqut ibn Ali al-Molikiy ko’chirgan. Risolaning uchinchi nusxasi “Usturlob san’ati va uning dalillari haqida kitob” deb atalib, bu nusxada V- bobdan oldin jadvallar, jadvallardan so’ng qolgan V-VII - boblar keladi. Bu nusxa 1381 yili Ali ibn Homid Abu Bakr al-Buvaytiy tomonidan ko’chirilgan.

Jumladan, “Risolat fi ma’rifat-il-avqot al-lati yakunu-l qamar fiho favq al-arzi av tahtiha” (“Oy yer ustida yoki uning ostida bo’lgan paytdagi vaqtlarni o’rganish haqida risola”). Asarning bir nusxasi Qohirada saqlanmoqda.

“Hisob al-aqolim as-sab’at” (“Yetti iqlim hisobi”). Bu asarning ham bir qo’l yozmasi Gotada, biri Qohirada saqlanmoqda.

“Kitob amal-il ruxomot” (“ Astronomik asboblarda marmarning xizmat kitobi”) kabi asarlari bor.

Yuqorida ko’rinib turibdiki, al-Farg’oniyning birorta asari O’zbekiston kubxonalarida yo’q.

Ahmad Farg’oniy asarlari u yashagan davrdan boshlab hozirgacha Sharq va G’arb olimlari tomonidan yuqori baholanib, ulardan ko’pchilik olimlar o’z ilmiy asarlarida foydalanadilar. 903-913 yillari ijod etgan eronlik geograf Abu Ali Ahmad ibn Umar ibn Rusta “Al-A’loq an-nafis” (“Nafis javohirlar”) asarida al-Farg’oniy asarlariga suyangan.

Damashq va Bog‘dod shaharlarida zikr qilingan va boshqa iste’dodli olimlarning jo‘g‘rofiy vaziyatlar nuqtalari haqidagi ilmiy ma’lumotlar, shuningdek al-Ma’mun davrida Bog‘dod hamda Damashqdagi ilmi falakkiyot bo‘yicha kuzatishlari “Az-zij ul-Ma’mun al-Mumtaxana” (al-Ma’munning tekshirilgan jadvallari) nomi ostida butun Ovro’pa va boshqa chet mamlakatlarda belgili. Bu asar haqida Ahmad Farg‘oniy “Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob”da xabar bergan. Shu mo‘tabar ma’lumot orqali Ovro’pa olimlari “Ma’mun ziji” asarining ma’no va mazmuni, ilmiy-nazariy yo‘nalishi, tadqiqot maqsadi va hal qilingan fan muammolarini bilib olishgan.

Shunigdek, Ahmad Farg‘oniy falakkiyot ilmi bilan muttasil shug‘ullandi va qator ilmiy-nazariy asarlar yaratdiki, ular ilm olamining diqqat-e’tiborini tortdi. Olimning “Kitobu amal ar-Ruxomot”, “Kitobu ilal-al aflok” (“Falakda bo‘ladigan sabablar haqida kitob”), “Al-madhal ila ilmi hay’at al-aflok va an-nu-jum” (“Falakkiyot va ilmi nujum faniga kirish”) singari risolalari shular jumlasidandir.

Ayrim tadqiqotchilarning xabar berishiga qaraganda, Ahmat Farg‘oniy faqat ilmiy kuzatuvchi va tadqiqotchi bo‘lib qolmay, balkir rasadxona uchun kuzatuvchi va tadqiqotchi bo‘lib qolmay, balki rasadxona uchun maxsus asbob-uskunalar ham yaratilgan. Shu ishlar natijasi o‘laroq olim va amaliyotchi muhandis “Al-komil fi-usturlob” (“Astrolyubiya haqida mukammal bilimlar”), “Fi-san’at va usturlob” (“Astrolyubiya yasash san’ati haqida”) kabi amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ikki asar yozgan. Risolalar mavzu va mazmunlaridan Ahmad Farg‘oniyning chizmachilik san’ati va sir-sinoatini puxta bilgani yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki asbob-uskunalar dastlab qog‘ozga chizma holda tushiriladi, keyin amaliy mehnat va tajribalar orqali jism sifatida shakllantirildi.

Aniqrog‘i, Ahmad Farg‘oniy “Falakkiyot asoslari” nomli ilmiy-nazariy jihatdan mukammal kitobi bilan shuhrat qozondi. Akademik T.N.Qori-niyoziy so‘zlari bilan aytganda, o‘sha asar “astronomik bilimlarning o‘ziga xos qomusidir”.

Yana bir narsani ta’kidlash lozimki, “Falakkiyot asoslari” nomli asarida muallifning va boshqa olimlarning shu sohadagi namunali ishlari va ularning muvaffaqiyatlari asosli ravishda izchil yoritilgan. Shuningdek, Ahmad Farg‘oniy tomonidan muqaddam ahli ilm tadqiq ishlari qiyosiy o‘rganilgan. Demak, bu risoladan Ahmad Farg‘oniyga qadar yashab ijod etgan olimlar asarlari to’g’risida ham tegishli ilmiy va nazariy ma’lumotlar olish mumkin.

Ahmad Farg‘oniyning har qanday maqtovlarga muhtoj bo‘lmagan asarlari o‘zidan keyingi dunyo olimlariga qo‘llanma sifatida xizmat qildi va xizmat qilmoqda. Xuddi shu ma’noda buyuk olimni ajib muallif va pedagog sifatida qadrlaymiz.

Yevropada Al-Farg‘oniyning ilmiy asarlari Xorazmiy, beruniy, Ibn Sinolarningqatorida ijod qilgan degan fikr tug‘ilgan. Farg‘oniyshunoslik asrlar davomida fanda muhim ilmiy ishlar qatorida o‘irn tutadi. Al-Farg‘oniyning fikrlari Attor, Brauniul, Videman, Vist, Vernett, Gavani, Gerxard, Gool, Golius, Zuter, Dante, Delembr, Kampagni, Karmodi, Kennedi, Karistman, Mjik, Regiomontan, Reynaud, Sarton, Sevil, sezgin, Frank, Xispalensis, Xogeydaik, Shener, Shiller, Shneynshneyder, Yakubes kabi buyuk olimlar e’tiborini qozongan. Bizning asrimizda Al-Farg‘oniy ijodi bilan V.Bartold, I.Kraskovskiy, T.Qori-Niyozov, I. Muminov, P.Bulgakov, B.Rozenfeld,A.Yushkevich, B. Axmedov, G.Matvievskaya, I.Dobrovolskiy,M.Xayrullaev,N.Senrgeyeva,A.Axmedov,A.Qayumov,F.Sulaymonov shug‘ullanganlar va shug‘ullanib kelmoqdalar.

Guvohi bo’lganimizdek, Ahmad al-Farg’oniy tabiiy va ilmiy qarashlari nihoyatda boy. Uning tabiiy va ilmiy qarashlaridagi falsafiy mushohadalarning ahamiyati katta. U tabiatshunoslik falsafasiga ham o’z hissasini qo’shgan.

Guvohi bo’lganimizdek, Ahmad al-Farg’oniyning tabiiy va ilmiy qarashlari juda ham boy. Uning asosiy tadqiqot mavzusi astronomiya, jug’rofiya va geodeziya sohalarida edi. U ilmiy ishlar bilan bir qatorda, muhandislik, me’morlik va irrigatsiya sohalarida ham katta tadbirga bosh bo’ldi. U me’mor, suv injeneri, to’g’on qurish mutaxasisi bo’lmasada, uning boshchiligida qilingan ishlar o’sha davr fanining eng ilg’or g’oyalariga asoslangan edi. O’z tadqiqotlarining natijalarini arab, eron, yunon, fors, Misr va boshqa mamlakat olimlarining ilmiy xulosalari bilan solishtiradi. Farg’oniy fikricha, osmon doiraga o’xshashdir, negaki samoviy jismlarning burchakli harakatlari tezligi bir xildir. Yer ham doiradir. Uning kattaligi osmon diametriga nisbatan ozginadir. Bu shu bilan tasdiqlanadiki, inson hamisha osmonning teng yarmini ko’radi.

Aniqlanishicha, Ptolomeyda Quyosh va Oy bilan Yer orasidagi masofa haqida ma’lumot berilganligi al-Farg’oniyga ma’lum edi. Al-Farg’oniy sayyoralar va yulduzlar masofalarini ularga qo’shdi. Oy va Quyosh tutilishlarini tatbiq qilib, voqealar vaqt oralig’ini aniqlab berdi. Shundan so’ng astronomiya fani kelgusida sodir bo’ladigan voqealar ilmiga aylana boshladi.

Hali geliotsentrizm sharpasi yo’q zamonda al-Farg’oniy, Yer eng kichik yulduzdan ham kichikdir, degan fikr bilan maydonga chiqdi va unga asos qilib, Yer radiusi Osmon radiuslaridan juda ozligini aytdi. Yer shari go’yo bir nuqta bo’lib, uning kata kichikligini bilish uchun yerning diametrini, binobarin, uning meridian uzunligini o’lchash nihoyatda murakkab nazariy va amaliy masala ekanligi aniq edi. Al-Farg’oniyning bu ishiga Beruniy ham yuqori baho bergan.

Jumladan, u Dajla daryosiga tutashgan, tarixda Ja’fariya nomi bilan atalgan kanalning qazilishida rahbarlik qilgan. Shuningdek, 861 yida Fustotda (Qohira shahrining qadimiy nomi) barpo etilgan nilometr (Nil daryosi sathini o’lchash uchun mo’ljallangan inshoot) ham o’z davrida tengi yo’q edi. Alloma bu qurilishga o’zining shaxsiy mablag’larini ham sarfladi. Vujudga kelgan inshoot Misrda dehqonchilik, soliq tizimi sohalarida islohotlarni amalgam oshirishga sharoit yaratdi. Hokimiyat nilometrdan dehqonlardan olinadigan soliq miqdorini belgilashda foydalandi.

Ahmad al-Farg’oniy va Xristofor Kolumb o’rtasida o’ziga xos sirtqi munosobat vujudga kelgan. Xristofor Kolumbning shaxsiy kutubxonasida Farg’oniyning kitoblari va chizgan xaritalari ham mavjud bo’lgan. Bunga sabab Kolumbning xotini Portugal sayyohlaridan birining qizi bo’lgan. Portugallar azaldan arab xaritalaridan foydalanishgan. Umuman, Yevropa sayyohlari orasida al-Farg’oniy tuzgan xaritalar o’z mufassalligi va aniqligi bilan shuxrat qozongan hamda e’tiborli manbalardan bo’lgan.

Al-Farg’oniy Bag’doddagi Ma’mun akademiyasidagi faoliyati davomida rasadxonada ishlaydi. 1022 dan ortiq yulduz va sayyoralar ro’yxatga olinib, ularga xarita tuziladi. Olim koinotni ilmiy o’rganish va tahlil etishning yangi usullarini o’ylab topadi, ularni amaliy qo’llash bobida katta muvaffaqiyatlarga erishadi.

Astronomik tadqiqotlar olib borishda olim o’zidan avval o’tgan barcha allomalarning mavjud asarlarini ilmiy tahlildan o’tkazadi. Shu bilan birga qadimgi yunon olimlarining asarlarini mukammal egalladi, ularga tanqidiy yondashib, xatolarni asosli ravishda tuzatib chiqdi hamda mazkur fanlar rivojini yanada yuqori bosqichga ko’tardi. Ayniqsa, Klavdiy Ptolomeyning “Sintaksis Majesta” (“Ulug’ tartibot”) asari unga ko’mak beradi. Olim mazkur kitobni ilmiy o’rganib, tahlil etibgina qolmay, balki unga sharhlar ham yozadi. Ahmad al-Farg’oniy qadimgi yunon olimlari amalga oshira olmagan ishni bajaradi, ya’ni Yer va boshqa sayyoralar o’rtasidagi masofani aniqlab beradi.

Ma’lum bo’lishicha, samoviy jismlar harakatini Nyuton va Laplas massa harakatining dinamikasi shaklida, Kepler geometrik yo’sinda bayon etishgan bo’lsa, al-Far’oniy jadvallar shaklida izohlagan. Jadvalning fazilati – uning jonli mushohadalik tabiatidir.

Stereografik proyeksiyalar nazariyasining kashfiyotchisi al-Farg’oniydir. Quyosh, Oy, sayyoralar, yulduzlarning, binobarin, osmonning kelajak manzarasini bilish uchun geometrik – kinematik usul qabul qilib olinishida usturlob(astrolyabiya) asbobining ahamiyati katta bo’lgan. Osmon gumbazida mavhum ravishda joylashtirilgan meridian, ekvator, ekliptika, azimut, koordinata o’qlari va tizimlari, burchaklar, nuqtalarning doira asbobga proyeksiyalarini tushirish ancha qulayliktug’dirdi. Bu asbob oldin ham bor edi, lekin uning nazariyasini faqat al-Farg’oniy kashf etadi.

Shuningdek, Sinjor sahrosida al-Farg’oniy va Movarounnahrlik boshqa qator olimlar ishtirokida olib borilgan o’lchashlar natijasida hozirgi ilm nuqtai nazaridan katta aniqlikda bo’lmasa ham, bu ish xalifa al-Ma’mun davrida astronimiya va matematik geografiyaning barcha masalalari bo’yicha muntazam ilmiy izlanishlar olib borilgan. Al-Fa’rgoniy bu izlanishlar, o’lchash va kuzatishlarning faol qatnashchisi bo’lib, ularga maxsus asarlar bag’ishlagan.

Atoqli rus sharqshunosi I. YU. Krachkovskiy manbalarni sinchkovlik bilan tahlil qilib chiqargan xulosaga ko’ra, al-Farg’oniy ishtirokida Sinjor sahrosida Yer meridiani bir daraja uzunligi o’lchash ishlari 827 yilga yaqin olib borilgan. Lekin bu haqda xabar bergan Beruniy va Ibn Yunus aniq sanani k’orsatmaganlar.

Beruniy Sanad ibn Ali topgan Yer radiusining son qiymatini keltirmagan. Lekin aniq matematik qoida bilan Yer radiusining topilishining o’zi al-Ma’mun davridagi olimlarning, jumladan, al-Farg’oniyning katta yutug’i edi.

Misr mamlakati Nil havzasida joylashgan bo’lib, uning dehqonchilikka qulay qismi daryoning quyilishidagi yunonlarning delta harfi, ya’ni uchburchak shaklidagi kichik parchasini tashkil qiladi. Misrliklar juda qadim zamonlardan boshlab o’z hayotini Nilning “hulq-atvoriga” moslashtirganlar, ya’ni daryoning suv rejimi bilan muvofiqlashishiga uringanlar. Buning uchun ular har doim daryoning suvi ko’tarilish vaqtlarini bilishga harakat qilganlar. Bunday urinidhlar to Abbosiy xalifa al-Mutavakkil (847-861 yillar) davrigacha behuda ketavergan. Al-Mutavakkil Misrliklarni Nilning suv rejimi haqida ogohlantiruvchi bir qurilma uskuna yasashni al-Farg’oniyga topshiradi. Bag’doddagi “Bayt ul-Hikma” olimlarining eng ko’zga ko’ringani Ahmad al-Farg’oniy edi. Shuning uchun xalifa Nil suvi sathini o’lchovchi miqyosni barpo etish vazifasini unga yuklagan, lekin qurilma bitmasidan xalifa vafot etgan.

Nil miqyosini al-Farg’oniy al-Fustot shahridagi Ravzo orolida barpo etadi. Keyinchalik al-Fusto undan shimolroqda barpo etilgan Qohiraning tarkiby qismi bo’lib qoladi. Miqyos silindr shaklidagi bino ichida joylashgan bo’lib, uning tomi konus shaklidagi qubbadan iborat.

Ahmad al-Farg’oniy, shuningdek, o’z tadqiqotlarida islom kalendarini sharhlab beradi. U o’zining astronomiyaga bag’ishlangan risolasining so’ngida Yer kurrasining xaritasini beradi. Bu xaritaning o’ziga xos tomoni shundaki, bir davrda, bir akademiya doirasida yashab, ijod etgan ikki olim, al-Farg’oniy va al-Xorazmiy tuzgan Yer suratlari tamoman bir-biridan farq qiladi, ya’ni al-Farg’oniy al-Xorazmiy g’oyalarini rivojlantirgan bo’lib, o’ziga xos ilmiy salohiyati, qudratini namoyish qildi.
Xulosa

Xulosa qilib shuni aytish joizki, bitiruv-malakaviy ishimda Ahmad al-Farg’oniyning shaxsiyati, ijodi, tabiiy ilmiy qarashlari va ularning falsafiy tahlilini tadqiq etar ekanman, uning ulug’ nomini xalqimizga yaqindan tanitish, amalga oshirgan ishlari, yutuqlari bilan faxrlanishimiz lozim. Al-Farg’oniy kabi buyuk bobokalonlarimizning nomlarini va asarlarini tiklashimiz milliy qadriyatlarimizni anglashda, o’zligimizni idrok etishimizda ibratli saboq bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida, xalqaro hamjamiyatda o’zimizning munosib mavqeimizni egallashimizda muhim o’rin tutadi.

O’ylaymanki, yuqorida keltirilgan ma’lumotlarning o’ziyoq mashhur al-Farg’oniyning haqiqatdan ham fan va madaniyat tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk olim ekanligini ko’rsatadi. Ilk o’rta asrlarda hali ko’p mamlakatlar va xalqlar qoloqlik va g’aflat uyqusida yotgan bir paytda, bu olimning ilmlarning yuksak cho’qqilariga va avvalo dunyo miqyosida ilm shuhratiga erisha olgani kishini hayratda qoldiradi.

Ahmad al-Farg’oniy birinchilar qatorida osmonning sfera shaklida ekanligi, undagi harakatlar aylanma ekanligini aniqlaganiga qoyil qolish mumkin, chunki o’sha davrda hozirgidek texnika rivojlanmaganini hisobga olish lozim.

Bitiruv-malakaviy ishimda Al-Farg’oniyning misolida biz Vatanimizning o’tmish tarixi va madaniyatiga, uning tabiiy va ilmiy qarashlarining falsafiy jihatlari, hamda tabiatshunoslik falsafasiga qo’shgan hissasi haqidagi qarashlariga nazar tashladim. Dunyoga al-Farg’oniy va al-Xorazmiy, Beruniy va Ulug’beklarni bergan bu Vatan qadimgi boy va buyuk madaniyatga ega bo’lganligiga yana bir bor guvoh bo’ldim.

Ahmad al-Farg’oniy tabiatshunoslik falsafasiga katta hissa qo’shganligi, uning rivojlanishiga o’z bilimlari bilan hissa qo’shib boyitganiga ushbu bitiruv-malakaviy ishimni yozishda bunga yana bir bora amin bo’ldim.Bilishimcha, Ahmad al-Farg’oniy ko’plab qomusiy asarlar muallifi ekanligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Biroq uning ba’zi ishlari bizgacha yetib kelmagan.




Download 79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish