Reja: Tojik xalqining etnogenezi va etnik tarixi



Download 16,95 Kb.
Sana13.02.2022
Hajmi16,95 Kb.
#445930
Bog'liq
Tojik-etnograf


3-mavzu: Tojik xalqi etnologiyasi.


Reja:
1. Tojik xalqining etnogenezi va etnik tarixi.

2. Tojik xalqining xo’jaligi (chorvachilik, dehqonchilik, kiyim-kechaklar va taomlar).

3. Tojik xalqining madaniyati.

Tojikiston Respublikasi xududidan so’ngi paleolit davriga oid ko’plab qurollar topilgan. Bu xududlar Qadimgi Baqtriya davlati tarkibiga kirgan. Keyinchalik Tojikiston xududida Ahamoniylar xukmronligi o’rnatildi. 329 yilda makedoniyalik Aleksandr qo’shinlari bostirib keldi, xalq unga qattiq qarshilik ko’rsatdi. Natijada Tojikiston xududining bir kismi Salavkiylar davlati tarkibiga, so’ng xududning aksariyat qismi Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga kirdi. Kushonlar davrida yirik so’g’orish kanallari qurildi, shaharsozlik, xunarmandchilik yuqori darajaga ko’tarildi, ayniqsa, mamlakatlar bilan savdo-sotiq va ijtimoiy aloqalar rivojlana bordi. Yunon yozuvi asosida kushon yozuvi paydo bo’ldi. V-VI asrlarda O’rta Osiyoning sharqiy qismini ko’chmanchi xiyoniy qabilalari, so’ngra eftaliylar egalab oldi. VI asr ikkinchi yarmida Tojikiston xududi Turk xoqonligi tarkibiga qo’shib olindi. VIII asr o’rtalarida arablar bostirib kelishi natijasida islom dini joriy qilina boshlandi. IX-X asrlarda Tojikiston xududi Toxiriylar va Somoniylar davlati tarkibida, IX-XII asrlarda Gaznaviylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Qoraxitoylar, Xorazmshoxlar davlatlari tarkibida bo’lgan. Tojikiston xududiga bostirib kirgan Chingizxon qo’shinlari (1219-21) aholining qattiq qarshiligiga duch keldi (Xo’jandda Temur Malik boshchiligidagi xalq qarshiligi va boshq.). Mo’gullar istilosi iqtisodiy ijtimoiy va madaniy xayotga jiddiy zarar etkazdi. XIV asrning ikkinchi yarmiga kelib, xo’jalik qaytadan tiklana boshladi. Tojikiston xududi bu davrda Amir Temur va temuriylar, XVI asrda esa Shayboniylar saltanati tarkibida bo’ldi. So’ngra Buxoro amirligi qo’l ostiga o’tib, XIX asrning boshlarida Buxoro amirligi va Quqon xonligi o’rtasida taqsimlandi5. XIX asrning ikkinchi yarmida podsho Rossiyasi tomonidan zabt etildi. Rossiyada Oktyabr to’ntarishi (1917 y) dan so’ng axolining jiddiy qarshiligiga (Ibroximbek, Eshon Sulton, Davlatmandbiy, Fo’zayl Maxsumlar boshchiligida) qaramasdan, Tojikiston bolsheviklar tomonidan bosib olindi.


1917 yil noyabr - 1918 yil fevralda Shimoliy Tojikistonda sho’ro xokimiyati o’rnatildi va u Turkiston ASSR tarkibiga kirdi. Tojikistoning qolgan xududi Buxoro amirligi tarkibida bo’ldi. 1920 yil Buxoro bosqinidan keyin BXSR tashkil etildi. 1924 yil O’rta Osiyo respublikalarini "milliy-davlat chegaralanish" deb atalgan bo’lib tashlash siyosati natijasida Tojikiston O’zbekiston SSR tarkibida muxtor respublika, 1929 yil esa SSSR tarkibida ittifokdosh respublikaga aylantirildi.

1991 yil 9 sentyabrda mustaqillik to’grisida deklaratsiya e’lon qilindi va "Tojikiston Respublikasi" nomi tasdiqlandi.

Markaziy Osiyo xalqlari orasida Eroniy til turkumiga kiruvchi eng qadimgi xalqlardan biri tojiklar bo’lib, murakkab ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy va geografik sharoitida shakllangan.

Tojiklar O’zbekistonning Buxoro, Samarqand shaharlari, Urgut atroflarida, Surxondaryo, Shyeroboddaryo, Katta va Kichik Uradaryo buylari, Qashqadaryoning yo’qori oqimi, Qarshi voxasi, Nurota toglari, Jizzax shaxri, Fargona vodiysining So’x daryosi bo’ylari, Fargona, Quqon janubiy qismlari, Namangan tog tizmalari etaklarida yashaydi. Qirgizistonning Tojikiston bilan chegaradosh xududlarida ham tojik qishloqlarini uchratish mumkin. Shuningdek tojiklar Afgonistonda 3 milliondan ziyod, kichikroq guruxdari esa shimoli - sharqiy Eron va shimoli - garbiy Xitoyda yashaydi.

Tojiklarning kelib chiqishi miloddan avvalgi II ming yillikning oxiri - I ming yillikning boshlariga to’g’ri keladi. Bu davrda Orta Osiyoga Evroosiyodan Eroniy tillarda so’zlashuvchi qabilalar kelib tub maxalliy aholi bilan aralashib ketgan. Tojiklar shakllangan xududda (Baqtriya, Sog’diyona, Farg’ona) dexqonchilik bilan shugullangan elatlar bilan birgalikda ko’chmanchi saklar ham yashagan. Miloddan avvalgi II asrda Baqtriyaga yuechjilar va shak qabilalari bostirib kirib qo’dratli Kushon davlatiga asos soladi.

Tadqiqotchilar fikricha tojiklarning ajdodlari shak - massaget qabilalariga borib taqaladi. Davrlar o’tishi bilan bu qabilalarga yangi turk - qabilalar aralashib ketgan. So’gdiylar, parkanaliklar, qisman toharlar tojik xalqi shakllanishida ishtirok etgan. Yunon - makedonlar, yuechjilar, xioniylar, kidaritlar, eftalitlar, "ok gunnlar", so’ngra turkiy qabilalarning bir qismi maxalliy axoli bilan aralashib ketgan. Arablar xukmronligi davrida, Somoniylar davlati tashkil topgan vaqtga kelib (IX - X asrlarda) tojik xalqi shakllangan. Xozirgi tojik tili Somoniylar ho’kmronligi davrida qadimgi so’g’d va baqtriya tili asosida vujudga kelgan. O’sha davrda tojiklarning adabiy tili (doriy) paydo bo’ldi.

So’gdiy axoli o’z tili o’rniga tojik tilida gaplashadigan bo’lib qoladi. Tojiklar yashayotgan xududdarda tojik tili boshka sharqiy Eroniy tillarni siqib chiqara boshlaydi. IX asr oxiri - X asr boshlarida tojik xalqi etnik tarkibiga kirgan barcha guruxlarning umumiy va yagona tili bo’lib qoladi.

So’nggi davrlargacha tojiklar orasida turli etnografik guruxlar mavjud bo’lgan.Xozir ham joylar va voxalarda yashovchi tojiklar o’rtasida etnik tafovutlar saqlanib qolgan.

Tojiklar o’zlari yashaydigan joylariga qarab bir qancha guruxlarga bo’linadi. Yaxsuv va Qizilsuv daryolari atrofida, tog’ etaklari va tog’larda qadimdan yashab kelayotgan tojiklar o’zlarini tojik ko’lobi deyiladi. Yaxsuv daryosining yuqori qismidagi yerlarda joylashgan tojiklar yaxsuvliklar nomi bilan ataladi.

Obimozor daryosi soxillaridagi tojiklar xovalinglar, Shurobdaryo atrofidagi tojiklar shurobdaryodagilar, Baljuvon yerdagilar baljuvonlilar, Baljuvonning shimoli - sharqiy qismidagi daralarda yashayotgan tojiklar darachilar, Qizilsuv daryosining o’ng irmog’i atrofida joylashgan tojiklar dashtlilar deyiladi.

Gazimalak tog’ tizmasida joylashgan tojiklar gazimalaklilar, Vorzob xavzasidagilar vorzoblilar Qashqadaryo xavzasining janubi - sharqiy qismidagi tojiklar harduri tojiklar deb yuritiladi. Shuningdek tromiti tojiklari, kuxistoni tojiklari, yagnob tojiklari, rog’i tojiklari bor.

Qadimgi Sug’diyona va Baqtriya yerlarida yashab kelgan tojiklar ajdodlarining dexqonchilik azaliy mashg’ulotlaridan biridir. So’g’orma dexqonchilik qilinadigan va lalmikor yerlar bo’lgan.

Yerni xaydash uchun sipor va omoch ishlatilgan. Qushxo’kiz bilan yer xaydashgan. Xaydalgan yerni mola bilan tekislashgan. Yerni gung, kul, to’kilgan barg, loyqa bilan o’g’itlangan. Ayrim yerlarda eski devor, guvala, paxsa tuprogi o’g’it sifatida ishlatilgan. Lalmi yerlarda asosan arpa ekilgan. Gandum (bug’doy), arzan (tariq), juxori, loviya, nuxat, mosh, zigir, lavlagi, piyoz, sabzi, qovoq, qalampir va boshqa ekinlar yetishtirilgan.

Xosilni o’roq bilan o’rishgan. G’allani turli usulda yanchishgan. Ayniqsa g’allag’ov usuli ko’p qo’lanilgan (bir necha xo’kizni bir - biriga bog’lab, g’alla ustidan aylantirib yurishgan). Yanchilgan don panshaxa bilan shopirilgan.

G’alla tarami, xirmon oldiga xotin - qizlar, ayniqsa yosh juvonlarni yaqin yo’latishmagan. It va boshqa xayvonlar ham yaqinlashtirilmagan. Xirmon joyiga suv olib kelish ta’qiqlangan. Chunki suv g’alla yanchish vaqtida yomg’ir yog’ishini surash bilan baravar bo’lgan. Yanchilgan don ustidan sakrab o’tishga ham ruxsat etilmagan.

Tojiklar chorvachilik bilan ham shug’illanishmagan. O’t – o’lan ko’karishi bilan chorva mollarini yaylov, o’tloqlarga olib chiqib ketishgan. Chorvador tojiklarning xotin - qizlari birgalashib turib, navbatma - navbat sigir boqishib, quvi pishirishgan. Quvt yogi, qurut tayyorlangan, Quvi tojiklarda har xil kurinishda bo’lgan: guppi, tugl, kul (chagdek).

Aholi urtasida keng tarqalgan ajoyib xunarlardan eng kuxnasi yigiruvchilik va tukuvchilik xunarlaridir. Paxta tolasi, qo’y junidan ip yigirib gazlama tuqilgan. Tuqish uchun urchuk va charx ishlatilgan. Biz gazlamani asosan yerkaklar tukishgan. Har bir xonadon ayoli o'z oila a’zolari uchun zarur kiyim - kechakni o’zi tikkan. Ayollar uyda otirib do’ppi tikishgan.

Kulolchilik bilan shug’ullanuvchi xunarmandlarni deyarli har bir qishlokda uchratish mumkin edi. Ular qishlok axolisi uchun zarur xilma - xil idish - tovoq yasab byerar edilar. Ayniqsa Xujand, Gijduvon va Fargona vodiysining boshqa shahar, yirik qishlokdarida yashayotgan kulollarning mahsulotlariga talab juda ko’p bo’lgan.

Gazlama tukish bilan dong chikargan shahar va qishloklar ham bor edi. Masalan, Soratogning shoyi va alachasi Xujandning ipak gazlamasi, Uratepaning ragza movuti hammaga ma’lum edi.

Ma’dan qazib olish, olgin izlash, metal kuyish xunarlari bilan shugullanuvchi kosiblar ham kam emas edi. Temirchi, taqachi, kunchi, buyoqchi, yamoqchi va boshqa hunar egalari juda ko’p joylarda mavjud bo’lgan.

Tojiklarda juda qadimdan ardoqlab, e’zozlab kelinayotgan ajoyib, nafis hunarmandlardan yana naqqoshlik, zargarlik hisoblanadi.

Naqqoshlik san’atining xilma - xil turlari rivojlanib kelgan. Ganch uymakorligi, yog’och uymakorligi, tyerrakot (kuydirilgan sarg’ish - qizil loylar) ishlash hunarlari xalq kashtachilik hunarmandchiligi ommaviy amaliy san’at turlaridan bo’lgan. Kamdan - kam tojik ayoli kashta, gul tikishni bilmagan. Xususan Samarkand va Buxoro kashtachilarning maxoratiga teng keladigani yo’q. Buxoroda amir saroyida baxmalga zar tikish bilan mashxur bo’lgan bir guruh zargarlar ishlangan. Zarbon tun, do’ppi tikishning xilma - xil usullari qo’lanilgan.

So’zana, atlas va duxoba kurpa, har xil xalta, ko’ylak, belbog, salla va boshqa uy - ro’zgor buyumlari, kiyim - kechaklar ham chiroyli, rangba - rang gul, kashtalar bilan bezatilgan. Kelinchakpar yo’ziga tutiladigan nafis parda - ruband, shuningdek uchburchak shakldagi guldor tumorchalar nafis va go’zalligi bilan ajralib turadi.

Turli bino, imoratlarning ustuni, shipi, peshtoqlaridan islimiy, girix naqshlar kishi e’tiborini o’ziga tortadi.

Uy - joylari. Tojiklar nafaqat keng va obod vodiylarda, shu bilan birga tog’larda va tog’ etaklarida ham yashashadi. Shuning uchun ham ularning uy - joylari ham turlicha. Fargona vodiysining g’arbiy qismiga yaqin yalanglik va tog’ bag’irlarida. Tojikistonning shimoliy tekisliklarida joylashgan tojiklar bilan Kulob va XR atrofidagi yalanglik hamda tog’ etaklarida yashayotgan aholining uy - joylari bir - biridan ancha farq qiladi.

Fargona vodiysiga qo’shin yerlardagi tojiklarning uy - joylari bir necha imoratdan iborat bo’ladi. Har bir xonadonda ichkari (darun) va tashqari (byerun) bor. Lekin byerun bilan darunni bir - biridan ajratib turuvchi devor endilikda yo’q. Xonadonda yotar - turar xonalaridan tashqari albatta mexmonxona quriladi. Xovlining boshka tarafidan qator har xil xo’jalik xonalarini qo’rilgan6. Xonaning shipga yaqin yeridan bitta yo ikkita darcha ochiq panjara bilan tusilgan yoki eshikli bo’ladi. Xonaga yorug’ ana shu darchadan tushib turadi. Xonaga kiravyerishda daxdiz bo’ladi. Daxdizda obrez qo’riladi. Obrezning og’zi taxta bilan tusilgan bo’lib, taxtalar orasidan ozgina tirqish qoldiriladi. Suv ana shu tirqishdan pastga oqib tushib ketadi.

xar qaysi xonada bir necha katta va kichik taxmon hamda toqchalar qurilgan. Katta taxmonga sandiq o’rnatiladi, ustiga ko’rpa, yostiq taxlab qo’yiladi. Tokchalarga turli - tuman idish - tovoqdar va ro’zg’or buyumlari joylashtiriladi.

Imorat poydevorlari oralariga buyra tushalgan bir necha qator katta - kichik tog’ toshlaridan quriladi. Zamin poydevorga qalin g’ula yog’ochlar o’rnatib chiqiladi. Uyning devorlari har xil bo’lishi mumkin. Lekin baland tog’li yerlarda odatda sinch devorlar o’rnatiladi. Ba’zan yakkabinch ayrim xollarda qush sinchli qilinadi. Sinch oralariga guvala va sokin. Lekin baland tog’li yerlarda odatda sinch devorlar o’rnatiladi. Ba’zan yakka sinch, ayrim xollarda qush sinchli qilinadi. Sinch oralari guvala va somon suvoq bilan o’rib chiqiladi. Uyning devorlari har xil bo’lishi mumkin paxsa devorli uylar ham kuriladi. Uyning butun oldiga boshidan - oxirigacha ayvon tutashadi. Ba’zan ayvonning o’rta qismi nisbatan baland qilib quriladi.

Ko’p uylarda muri va sandal bo’lgan. Kulob va Xisor atrofidagi yerlarda uy ancha yengil, ixcham qilib quriladi. Aksariyat o’rtasi - ayvon dolonli ikki xonali uy solishni yoqtirishadi. Xovlining uyga tutash yerida supa quriladi. Uyning devorlari paxsa bilan tiklanadi. Bu yerda uylarning tomi qush nishabli qilinadi. Hamma uylarning poli tuprodan ishlanadi. Oyoq kiyimlar yechish uchun eshik oldi nisbatan chukurroq qilinadi.

Tog’i tojiklar uylarini butunlay boshqacha quradilar. Tog’li yerdagi uylarning xovlilari bo’lmaydi. Uyning devorlari qalin qilib kuriladi. Tomi ham ancha baquvvat, og’ir bo’ladi. Aks xolda qor kuchkilari, qattik shamol uchirib ketishi mumkin. Uning zamini poydevori katta, og’ir toshlar terib chiqiladi, sungra tosh yoki paxsadan devor quriladi. Osti keng, qalin, ust tarafiga torayib boradi. Uyning usti shox - butalar bilan yopilib, qalin tuprok solinadi, sungra somon suvoq bilan suvab chiqiladi.

Ba’zi yerlarda uyning bir xonasi ikkiga bulinadi. Birinchi bulagini satxi bir oz baland qilib quriladi. Bu bulakni ruyi bola deyiladi. Bu yer utirib ovkatlanadigan, dam oladigan, yotadigan joy hisoblanadi. Ikkinchi past bulagiga uchoq (murisi bilan omborxona va boshqa xo’jalik xonalari bo’ladi. Tojiklarning Zarafshon vodiysining yuqori qismidaga, Yagnob daryosi atrofidagi, Krategindagi uy - joylari ham bir - biridan ancha farq qiladi.

Kiyim-kechalari. Tojik yerkaklarining yozgi kiymi ko’ylak, cholvar, chopon, belbog’ va do’ppidan iborat. Yerkaklarning kuylagi kurtayi kitfak deyiladi. Ayollar kuylagiga qaraganda yenglari torroq va kaltaroq bo’ladi. Kukrak oldi yumalok kesiladi. Kurtayi yaxtagi deb ataladigan hili ham bor. Ishtonlari ayollariniki singari bog’ichli qilinadi. Ust tarafi keng, osti tor, ayollarnikiga nisbatan kaltarok qilib tikiladi. Ko’ylakni ishtonning ustidan tushurib yurishadi. Ustidan belbog’ - loki yoki chorsu bog’lanadi. Yozgi chopon o’zun, tizzadan tushib turadigan, yenglari qo’larini yopadigan qilib, satranji deb ataladigan, kupincha yul - yul matodan tikiladi. Sish kunlari qavilgan paxtali tun va chakmonda yuriladi. Norig’za nomli keng chorvor kiyiladi. Oyoqdariga ham tyeridan tikilgan choriq yoki oshlangan charmdan tayyorlangan mukki kiyiladi. Yog’och kovushlar kiyish xollari ham uchrab turadi. Bosh kiyimlari har joyda har xil buladi. Ko’pincha chukkaygan o’zun do’ppi kiyib yuriladi. Kitob do’ppilari, xozirda esa chuet do’ppi kiyishadi. Sovuq kunlarda do’ppi ustidan jun salla uraladi yoki jun telpak kiyiladi.

Tojik ayollarining kiyim - kechagi turli xil bichimda bo’lib yashayotgan joyiga karab har xil matodan turli ko’rinishda tikiladi. Ayollar ham ko’ylak, cholvar, qavilgan chopon kiyib, boshlariga rumol urashadi. Ayollar cholvorini ozor yoki poyjamo deb ham atashadi. Chopon, jamo, rumol, sobadaka deb yuritilgan. Ko’ylak ustidan kamzul kiyish odat tusiga kirgan. Ko’ylaklarning yoqasi qaytarzda tikilganiga karab bir necha xilga bo’linadi: peshchokak, par - pari, qozoqi, o’zbaki. Qiz bolalar bilan yosh juvonlar yoqasi, yenglarining uchi, etagiga har xil kashta tikilgan ko’ylak kiyishadi. Boshga rumol o’raydilar. Keyingi vaqtlarda ko’proq toki do’ppi kiyadigan bo’lib qolishdi. Tojik ayollari kiyadigan do’ppilar orasida Toshkent, Kitob, Samarqand, O’ratepa, Xo’jand, Darvoz do’ppilari uchraydi. Bu do’ppilar turli - tuman, ko’proq qizil,zangori, sariq, kuk pushti, oq iplardan tikilgan. Bir - biridan guli, bezagi bilan farq qiladi.

Oyoq kiyimi maxei, uchli kalish, tuflidan iborat. Sovuq kunlari xilma - xil rangli ipdan qo’lda tuqilgan paypoq - jurob kiyiladi.

Ayollarning bezak - taqinchoqlari asosan zirak, o’zukdan iborat. Sochlariga oddiy yoki qora ipdan yasalgan chura - kokil taqishadi. Kokil uchiga xilma - xil rangli ipdan popuk va munchoq osiladi.

Pomir xalqlari- Pomir tojiklari o’zlarini pomiri deb atashadi. Tojikiston Respublikasi tarkibidagi G’arbiy Pomirning baland tog’ vodiysidagi Tog’li Badaxshon viloyatida yashagan kichik xalqlar (yozgulomlar, o’z nomi - zgamik), rushonlar (o’z nomi - rixen, ruxni), maxaliy guruh xuflar (o’z nomi - xufik) bilan birga, birtanglar (o’z nomi bartanj) maxaliy guruh arosharlar bilan birga, shugnonlar (o’z nomi-xugni, xununi) mahaliy aholi bajuylar bilan birga, ishqashililar (o’z nomi - ishkoshumi, ishkashimi) voxanlar (o’z nomi - xik, vaxi) va vanjlar) guruhi. Shuningdek, pomir xalqlari Afgoniston Badaxshoni (rushonlar, shugnonlar, ishkoshimlar, voxonlar, zebaklar, munjonlar) da, Pokistoning Chitrol mavzei (munjonlar, yidgalar) da va Xunza daryosi vodiysi (voxonlar) da, Xitoyning Sinszyan- Uygur viloyatida (shugnonlar va voxonlarga qarindosh sarikullar) yashaydilar. Pomir xalqlari katta evropoid irkiga mansub bo’lib, xind-yevropa tillar oilasining sharqiy Eron tili kichik guruhiga kiruvchi til va laxjalarda so’zlashadilar7.

Pomir xalqlari tillariga to’xtaladigan bo’lsak, ularning tillari xind-yevropa tillari oilasining Eroniy tillar guruhiga mansub. G’arbiy va Janubiy Pomir vodiylarida (Tojikistoshshng Tog’li Badaxshon muxtor viloyatida va Afgoniston, Pokiston, Shimoliy Xindistonning unga tutash xududlarida) va Sari kul tog’ tizmalarida (Xitoyning Sinszyan-Uyg’ur muxtor viloyatida tarqalgan). Pomir tillariga vaxan, ishkashim, yozgulom tillari hamda shugnon, rushan, xuf, bartang, urutur, sarikul singari kardosh til va laxjalar kiradi.Hozirgi o’lik tili xisoblangan qadimiy vanj va sargulom tillari ham shu tillari guruhidagi hisoblanngai. Ayrim belgilariga ko’ra, munjon va unga yaqin bo’lgan iydgo tillari Pomir tillariga qo’shilsa-da, bu masala munozarali bo’lib qolmokda.

Pomir xalqlarning tarixiy-genetik tavsifi ularni boshqa sharqiy Eroniy tillardan farqlanuvchi oila sifatida o’rganish imkonini byermaydi. Bir kator shunday belgilar turli Pomir tillarini boshqa sharqiy Eroniy tillar bilan aloxida-aloxida yaqinlashtiradi. Barcha Pomir tillarining struktur o’xshashligi va katta umumiy lug’aviy fond ularning muayyan til jamoasida o’zaro yakin, o’xshash rivojlanganligini ko’rsatadi.

Pomir til yozuviga ega emas. Pomir tilida so’zlashuchilarning ko’pchiligi uchun yozuv va ta’lim tipi- tojik tili, sarikul tilida so’zlashuchilar uchun esa uyg’ur tili hisoblanadi

Dindorlari, asosan islom dinning shia, qisman esa sunna mazxablariga e’tikod qiladilar. Pomir tojiklari yashayotgan yerlarda qadim zamonlarda rushan, Shuganan, Vaxan nomli davlatlar bo’lgan. Uzoq asrlar mobaynida bu joylarni qanchadan - qancha chet el istilochilari bosib olib. Pomir xalqlari ustidan xukmronlik qilib kelishgan. VII asr oxiridan esa Pomir va Pomir bo’yi yerlari ikki asrdan ko’proq vaqt tibetliklar qo’l ostida bo’ladi. X asrdan Pomir bo’yidagi qadimiy davlatlar yana mustahkam bo’lib oladilar. Keyinchalik bu yerlar bir qancha shohliklar bo’linib ketadi. 30 yilga yaqin vaqt mobaynida Badaxshon afg’onlarga buysunib kelgan, 1878 yilda Buxoro amirligi qo’l ostiga o’tadi, sungra esa Rossiya o’ziga buysundigan.

Pomir xalqlari yashagan xududlarda qadim zamonlarda Rushon, Shugnon, Voxon davlatlari mavjud bo’lgan. Asrlar mobaynida bu hududlar chet el bosqinchilari tasarrufiga ham kirgan. VII asrning oxirida Pomir yerlari ikki asrdan ko’proq tibetliklar qo’l ostida bo’lgan. X asrning boshlarida Pomir davlati mustakilikka yerishgach, keyinchalik esa aloxida podsholiklarga bo’linib ketgan. Qariyb 30 yil mobaynida Afgoniston Badaxshonga buysungan. 1878 yilda Buxoro xonligi, sungra esa chor Rossiyasi tobeligiga o’tgan.

1925 yil 2 yanvarda Tojikiston muxtor Respublikasi tarkibida Togli Badaxshon muxtor viloyati tashkil etilgan. XX asrning 30-90 yillari va XXI-asrning boshlari davomida jamiyatda sodir bo’lgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlar natijasida Pomir xalqlari etno-madaniy jixatdan asta- sekinlik bilan tojiklarga o’zaro yaqinlashib va tobora singib bormoqda.

Pomir xalqlarining asosiy an’anaviy mashg’uloti chorvachilik, hunarmadchilik va qisman dehqonchilikdan iborat. Tojikistonning boshqa tog’li yerlaridagi singari Pomir bo’yi tojiklarining ham asosiy mashguloti chorvachilik va qisman dehqonchilikdan iborat. Juda kiyin geografik va iqlimiy shart - sharoitlar tufayli sug’orib dehqonchilik qilishgan yaroqli yerlar juda kamligi sababli bu yerlarda dehqonchilikni keng rivojlantirishning iloji bo’lmagan. Yeri omoch yordamida xo’qiz bilan xaydalgan. Ekin ekishdan oldin yerga ug’it solingan. Xaydalgan yerlarda arpa, bugdoy, nuxat, dukkakli ekinlar, zigir, makkajuxori, ayrim joylarda esa paxta yetishtirilgan.

Tog’ yon bag’irlariga mevali daraxtlar o’tkazib, bog’lar yaratganlar, Vaxan va Shoxdalaning ustki qismlari ko’p boqilgan va aksincha, baland tog’li yerlarda, chunonchi Xuf atrofida chorva kamroq saqlangan.

Pomir tojiklar daryolar atrofida yalangliklarda, tog’ etaklarida uy qurganlar. Uy - joylari darvozali tojiklarnikiga o’xshab tosh va yogochdan qurilgan. Yoz kunlari butun aholi ochik xavoda yashaydi. Tunash uchun uchtarafi devor bilan o’ralgan tomsiz joy qurishadi. Ko’p joylarda chivin ko’pligi sababli yog’och ustunlariga o’rnatilgan baland ayvonlarda, daryo bo’ylarida yotishadi.

Kiyim-kechaklari. Erkaklari yaxtak ishton - tambun, ustidan jun chopon "gilim", boshlarida toki do’ppi, oyoqqa yumshoq etik pex kiyishadi. Ayollari uzun yengli ko’ylak kiyishadi, cholvar, boshlariga rumol durracha, keksa ayollar qalpok kiyadilar. Taqinchokdar xalqa, mis bilak o’zuk, o’zuk, xilma - xil munchoq, mugo’z, soch popuklaridan iborat8.


Ko’pchilik no’xat shurva va arpa yoki tariq non iste’mol qilgan. Ba’zi xollarda atala bilan qanoatlanishga majbur bo’lganlar. Sut va sut mahsulotlari, bug’doy, meva kam bo’lgani uchun faqat bayram kunlari, tuy vaqtida yeyilgan. To’ni Badaxshondan olib kelishgan, choy ham kam bo’lgan.

Hunarmadchiligi. har turdagi ipdan paypoq to’qishgan. Bu odat Pomir buyi ayollarining juda qadimiy va ajoyib hunarlaridan hisoblanadi. Vaxan, Shugnon, Rushonda do’ppichilik taraqqiy etgan. Yog’ochdan sandiq, shamdon, turli idish - tovoq tayyorlash yaxshi yo’lga qo’yilgan.


Yashayotgan joyi, uning tibbiy va iqlimiy shart - sharoitlari mavjud imkoniyatlariga qarab taomlari turli yerda har xil bo’lgan. Chorva mollari ko’p, g’allakor yerlarda asosan non bilan sut iste’mol qilinadi. Sholikor yerlarda, yalangliklar va yashayotgan aholi guruch taomlarni ko’p iste’mol qiladi. Tog’li va etaklarida joylashgan tojiklar go’shtni kam iste’mol qilishadi.

Qishloqlarda, shuningdek ko’pchilik shahar xovlilarda yashayotgan tojiklar tandir non yeyishadi. Tog’li yerlarda yupka, chappoti non, patir, katta girlacha non, kulcha yopib qatlama pishirishadi.

Suyuq ovqatlardan oshi burida, oshi ord (uvra osh) ko’p iste’mol qilinadi. Go’sht, sabzi, qovoq somsalari juda shirin bo’ladi. Go’sht, sabzi, qovoq somsalari juda shirin bo’ladi. Sevimli ovqatlaridan tushbyera (chuchvara), mantilarni aytib utish mumkin.

Sut va sut mahsulotlari (qatiq, maska yogi, kurd, so’zma, pishloq - patir) kundalik asosiy taomlardan hisoblanadi.



Tojiklarning eng yaxshi kuradigan ovqati osh - palovdir, shuningdek qovurdoq, lag’mon, shurva, atala ham tayyorlashadi.

Tojikistonda tog’li joylar, dara, jar va toshqin daryolar ko’p. Bunrun keng, yaxshi yo’llar kam edi. Faqat yalanglikdagi vodiyda katta qishloqlar, shaharlarda yaxshi yo’llar qo’rilgan. Tog’lardagi ko’p qishloqlarda suqmoq yo’llardan osma ko’priklardano’tib borish mumkin edi. Shuning uchun asosiy transport vositasi ot bilan eshak bo’lgan.Tojikistonning shimoliy qismidagi yerlarda ikki g’ildirakli arava va yuk tashilgan
Download 16,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish