Mavzu: Murakkab atomlarda elektronlar sathlarining sturukturasi.Shtern va Gerlah tajribasi.
Reja:
1.Murakkab atomlarda elektronlar sathlarining sturukturasi.
2.Shtern va Gerlah tajribasi.
Atom (qadimgi yunoncha: ἄτομος – atomos – boʻlinmas) – kimyoviy elementning barcha xossalarini oʻzida mujassamlashtirgan eng kichik zarrasi. Dastlabki «boʻlinmas» nomini olgan bu zarraning ichki tuzi-lishi anchagina murakkab. A. Musbat za-ryadlangan negiz (yadro) va yadro atrofida harakatlanuvchi elektronlardan tash-kil topgan. A. Markazida barcha massasi jamlangan musbat zaryadlangan negiz (yadro) joylashgan; atrofida oʻlchovi 0.1 nm ga teng. Oʻlchovlarini ifodalay-digan elektron qobiklarini hosil qiluvchi elektronlar harakat qiladi. A. Yadrosi protonlar va neytronlardan tashkil topgan. A.dagi elektronlar soni yadrodagi protonlar soniga teng (A.dagi barcha elektronlar zaryadi yadro zaryadiga teng), protonlar soni elementning dav-riy tizimidagi tartib raqamiga teng. A. Elektronlarni tutib olib yoki berib, manfiy yoki musbat zaryadlangan ionlarga aylanadi. A.ning kimyoviy xossalari asosan tashqi qobikdagi elektronlar soni bilan aniqlanadi; kimyoviy qoʻshilib, A.lar molekulalar hosil qiladi. A.ning ichki energiyasi uning muhim koʻrsatkichi hisoblanadi. Ichki energiya ma’lum (diskret) qiymatlarga ega boʻlishi va u sakrashsimon kvant oʻtishlardagina oʻzgarishi mumkin. Ma’lum qiymatdagi energiyani yutib, A. Qoʻzgʻalgan holat (energiyaning yuqoriroq sathi)ga oʻtadi. A. Foton chiqarib, qoʻzgʻalgan holatdan kichik energiyali holat (energiyaning pastroq sathi)ga oʻtadi. A.ning eng kichik energiyasiga mos sathi asosiy sath, Atom markazida Ze musbat zaryadli mas-siv yadro joylashgan, yadro atrofida – Ze elektronlar aylanadi. Atomning de-761yarli hamma massasi yadroda toʻplangan. Qolganlari esa qoʻzgʻalgan sathlar deyi-ladi.A. tuzilishi haqidagi fan («Atom fi-zikasi» «Yadro fizikasi», «Elementar zarralar fizikasi» va boshqa yoʻnalishlar) nazariyasi ancha murakkab boʻlib, fizi-kaning deyarli barcha yutuqlariga va hozirgi zamon matematik apparat yutuqlariga ta-yanadi.Ad.:Bekjonov R. B., Atom yadrosi va zarralar fizikasi, T., 1995; Modda tuzi-lishi, T., 1997.[1] .
Atom (yunoncha ἄτομος – boʻlinmas) – kimyoviy unsur zarrachasi. Atamani yunon faylasufi Demokrit miloddan avvalgi V asrda kiritgan.
Hamma jismlar, shu jumladan oʻzimiz ham, atomlar deb ataluvchi juda mayda «gʻishtchalar» dan iborat. Tabiatda kimyoviy elementlar qancha boʻlsa, bunday«gʻishtchalar»turlari shuncha boʻladi. Kimyoviy element – ayni bir turdagi atomlar toʻplami.2 yoki undan ortiq elektronni o'z ichiga olgan atom nazariyasi vodorod atomi nazariyasidan tubdan farq qiladi, chunki bunday atomda bir-biri bilan o'zaro ta'sir qiluvchi bir xil zarralar – elektronlar mavjud. Ko'p elektronli atomdagi elektronlarning o'zaro itarilishi ularning yadro bilan bog'lanish kuchini sezilarli darajada kamaytiradi. Masalan, geliy ionidagi (He+) bitta elektronning ajralish energiyasi 54,4 eV ni tashkil qilsa, neytral geliy atomida elektronlarning qaytarilishi natijasida ulardan birining ajralish energiyasi 24,6 eV ga kamayadi. Og'irroq atomlarning tashqi elektronlari uchun ichki elektronlar tomonidan itarilish tufayli ularning bog'lanish kuchining pasayishi yanada muhimroqdir. Ko'p elektronli atomlarda muhim rol o'ynaydigan elektronlarning spini s = ½ bo'lgan bir xil mikrozarralar sifatidagi xossalari (Shaxsiy printsipga qarang), Pauli printsipi amal qiladi. Ushbu printsipga ko'ra, elektronlar tizimida har bir kvant holatida bittadan ortiq elektron bo'lishi mumkin emas, bu esa atomning elektron qatlamlarini shakllantirishga olib keladi. Ma'lum raqamlar elektronlar.
N=2n²
Do'stlaringiz bilan baham: |