Modal sõzlar.
Reja:
1. Modal sõzlar
2. Modal sõzlarning ma'no turlari
3. Modal sõzlarning kelib chiqishiga kõra turlari
I. Modal sõzlar
Ifodalayotga fikrga sõzlovchining munosabatini bildirgan sõzlar modal sõzlar deyiladi. Sõzlovchi õzi bildirgan fikrga qõshimcha munosabatini ifodalovchi sõzlar modal sõzlar deyiladi. '' Modal'' lotincha ''modus sõzidan olingan bõlib,'' õlchov'',''usul'' kabi ma'nolarini anglatadi.
Modal sõzlar baton qilinayotgana fikrga sõzlovchining ishonch, gumon, quvonch,afsuslanish munosabatini yoki fikrni tartibi, xulosasi kabilarni bildiradi.
1. Darhaqiqat, siz tõg'ri ish qildingiz.
2. Afsuski, rejadagi ishlar kõngildagiday bajarilmayapdi.
3. Kanizak, aftidan, shuni aytmoqchi emas edi shekili, noiloj ''ha'' dedi.
4. Xayriyat, daraning oxiriga yaqinlashgan saying asov soy sayozlashib, mix tobora yupqalashib bordi-yu, nihoyat qoyatoshlar chekinib yaylov kõrindi.
5. Xullas, Umidjon deyarli har kunni bitta yangi ibratli ertak õylab topdi.
6. Kattasi ham uyg'onib ketdi shekili, qõshilib yig'lashga tushdi.
7.Ehtimol,ertalab õziga isitib berish uchun shunaqa deyotgandir.
8. Tõg'ri, qishloq timings bir ikki qadam bosdim. Lekin, chamasi, kursdoshlar orasida yolg'izlanib qoldim
9. Avvalo, inson qalbi gõzal bõlsin
10. Afsuski, besh qõl barobar emas.
11. Ularga qarshi kurashishimiz hammamizning burchimiz,albatta.
12. Xayriyat, odamlarimizga kuch quvvat qaytib kelmoqda.
13. Xullas, biz buyuklar zuryodimiz.
II. Modal sõzlarning ma'no guruhlariga kõra turlari.
Ma'no guruhlari
|
Misollar
|
Quvonch
|
Xayriyat,yaxshiyam,shukurki,baxtimga, haliyam, Alhamdulillah
|
Achinish
|
Attang, afsuski, afsus, esiz, vodarig', voasafo, baxrga qarshi.
|
Ishonch
|
Albatta, shubhaziz, shaksiz, sõzsiz, shak- shubhaziz, aniq, tabiiyki,begumon, albat
|
Gumon
|
Ehtimol, balki, chamasi, aftidan, shekili
|
Tastiq
|
Darhaqiqat, haqiqatdan,filhaqiqat,darvoqe
|
Fikrni dalillash
|
Masala,misol uchun,jumladan,chunonchi.
|
Fikrni xulosalash
|
Demak,umuman, alqissa, xullas
|
Fikrni tartibi
|
Avvalo, avvalambor,birinchidan,ikkinchidan...
|
Istak
|
Koshki, qani edi, koshki edi, zora, shoyad
|
Modal sõzlar gap tarkibida boshqa sõzlardan vergul bilan ajratiladi.
Modal sõzlar gap boshida kelsa undan keyin,gap õrtasida kelsa ikki tomondan, gap oxirida kelsa modal sõzlar oldin vergul qõyiladi.
III. Modal sõzlarning kelib chiqishiga kõra turlari.
Modal sõzlar kelib chiqishiga kõra sof modal sõzlar hamda vazifadosh modal sõzlarga bõlinadi.
FAQAT modal ma'no uchun xoslangan sõzlar sof modal sõzlar deyiladi: Ham modal sõz ham boshqa vazifa bajaradigan sõzlar vazifadosh modal sõzlar deyiladi.
Sof modal sõzlar
|
Vazifadosh modal sõzlar
|
Haqiqatdan, darhaqiqat, afsuski, attang albatta, shekili, avvalo, avvalambor, xullas, koshki,masala, xayriyat, shukurki, Alhamdulillah,taassufki, hoynahoy, filhaqiqat, chunonchi, alqissa,alhosil,binobarin
|
Aftidan, chamasi, balki, shubhaziz, ehtimol, taxminan, umuman, yaxshiyamki, tasodifan, taxmin qilishimcha, haliyam, baxtimga, shaksiz, aniq sõzsiz, tabiiy, begumon, rostan, tõgri, chog'i,mazmuni,mayli,gõrga, ochig'i,õz-õzidan qõying,olaylik, aytaylik, ish qilib
|
Modal sõzlar ma'noli qismlarga bõlinmaydi.!
Modal sõzlar gap bõlagi bõlib kelmaydiva gap bõlagi bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |