Reja: Modal so‘zlar



Download 50,5 Kb.
bet1/3
Sana21.09.2022
Hajmi50,5 Kb.
#849723
  1   2   3
Bog'liq
1405681575 56213
ona tilidan Azimjonova Mumtozabegim galasari, 1-Mavzu Kurash turlarining texnikasi taktikasini o‘rgatish Reja, Innovatsiya faoliyatini moliyalashtirish, Qalandarov Javlonbek 1 topshiriq, 6-Tajriba ishi, Mavzu, Nodira xalikulova, 1 ON, Правила Грузы new-1, 1667022334, Ma\'lumotnoma (2), Виды контроля и организации занятий по математике, методы работы учащихся с тетрадями., МАЪЛУМОТНОМА, Xususiy umumiy iqtisodiy muvozanat

Modal so‘zlar, Undov so’zlar, Taqlid so‘zlar
Reja:

  1. Modal so‘zlar

  2. Undov so’zlar

  3. Taqlid so‘zlar

So‘zlovchining anglatayotgan fikrga munosabatini ifodalab, gapda kirish so‘z vazifasida qo‘llanadigan so‘zlar modal so‘zlar deyiladi.


Modal so‘zlar mustaqil so‘zlar kabi narsa, belgi, harakat va shu kabilarni atamaydi va gap bo‘lagi bo‘lib kela olmaydi. Shu bois ular gap bo‘laklari bilan sintaktik jihatdan bog‘lanmaydi: Demak, ishalasa bo‘ladi. Ehtimol, ketmon bilan yer ag‘darishga ham to‘g‘ri kelar.
Modal so‘zlar quyidagicha ma’noviy guruhlarni tashkil etadi:

  1. Fikrning aniqligiga ishonch: albatta, shubhasiz, haqiqatdan ham, haqiqatan, o‘z-o‘zidan, tabiiy, darhaqiqat, ma’lumki.

  2. Gumon, noaniqlik: ehtimol, balki, hoynahoy, shekilli, aftidan.

  3. Maqsad, talab, shart: kerak,lozim, zarur, darkor.

  4. Mavjudlik, tasdiq: bor, mayli, xo‘p, ( bazan to‘g‘ri, yaxshi, tuzuk sifatlari ham vazifadoshlik asosida shu ma’noda ishlatiladi).

  5. Mavjud emaslik, inkor ma’nosini: yo‘q.

  6. Ma’qullash: durust, bo‘pti.

  7. Yakunlash, ta’kid: demak, xullas, modomiki.

  8. Eslatish: darvoqe, aytganday, aytmoqchi.

  9. Achinish, taassuf: afsus, attang, essiz.

  10. Fikrning tartibi: avvalo, oxiri, nihoyat (ba’zan shu vazifada birinchidan, ikkinchidan…kabi tarib sonlardan ham foydalaniladi).

Modal so‘zlar, aslida, mustaqil so‘zlardan ajralib chiqqan bo‘lib, ularning bir qismi, ham mustaqil so‘z, ham modal ma’no ifodalovchi so‘z sifatida, ba’zilari esa hozirgi tilda faqat modal ma’no ifodalashga xoslanib qolgani sababli, o‘ziga xos ikki guruhni tashkil etadi: 1) sof modal so‘zlar: darhaqiqat, haqiqatan, afsuski, attang, albatta, avvalo, xullas; 2) vazifadosh modal so‘zlar: chamasi, ehtimol, shubhasiz, aftidan.
Modal so‘zlar quyidagi turkumga oid so‘zlardan ajralib chiqqan-ligi bilan ham o‘zaro farqlanadi: aftidan, ehtimol, haqiqatan, darhaqiqat kabilar otdan; shubhasiz, bor, yo‘q, so‘zsiz, tabiiy kabilar sifatdan; albatta ravishdan; o‘z-o‘zidan olmoshdan; chiqar, bo‘pti fe’ldan ajralib chiqqan.
Modal so‘zlarni u ajralib chiqqan mustaqil so‘zdan quyidagi belgilariga ko‘ra farqlash mumkin: a) modal so‘z mustaqil yasama so‘zdan ajralgan bo‘lishi mumkin. Bunday modal so‘z yasovchi qismlarga ajratilmaydi. Aynan shu ko‘rinishdagi mustaqil so‘z esa yasovchi qismlarga ajratiladi. Qiyoslang: Uning har qanday topshirig‘i so‘zsiz bajariladi(.So‘zsiz, bu kirdikorlarning boshida sen turibsan. Birinchi misoldagi so‘zsiz mustaqil so‘z bo‘lib, so‘z+siz qismlardan iborat, ikkinchi misoldagi so‘zsiz esa qismlarga ajratilmaydi, bir butun holda so‘zlovchining anglatilayotgan fikrni dallash munosabatini bildiradi; b) modal so‘z mustaqil so‘znig biror grammatik shaklidan kelib chiqqanda ham u morfemalarga ajralmaydi. Modal so‘z ko‘rinishidagi mustaqil so‘z esa morfemalarga ajraladi: Har bir ishning chamasi bor (egalik shaklidagi ot: chama+si). Ular, chamasi, bir yildan so‘ng uchrashdilar (modal so‘z).
Mustaqil so‘zning bu kabi o‘z ma’nosini yo‘qotgan holda yordamchi so‘zga aylanishi natijasida omonimlik yuzga keladi.
Modal so‘zlar gapda, asosan, kirish so‘z vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, ularning gapda quyidagi vazifalarda kelishini kuzatish mumkin: a) kesim yoki kesimning tarkibiy qismi vazifasida: Bu yoqqa keling, sizga gap bor. Inson uchun suv va havo zarur; b) so‘z gap vazifasini bajarishi ham mumkin: -Ertaga dam olish kunimi? -Yo‘q (yoki -Albatta).



Download 50,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
O'zbekiston respublikasi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
saqlash vazirligi
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti