Reja: Matematikada sinfdan tashqari ishlarning turlari va mohiyati



Download 124,38 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.06.2022
Hajmi124,38 Kb.
#629932
Bog'liq
7 ma'ruza mavzusi
didaktik, glossarylar, Vijdon erkinligi - Vikipediya, Vijdon erkinligi - Vikipediya, Ex, Content 9, Амалий Макроиқтисодий мувозанат, 2 5278617821574596322, 1 – Амалий машғулот, 1-СЕМИНАР, Dunyoqarash, Dunyoqarash, 13-Практическая работа, MAKTABGACHA PEDAGOGIKA, 9-informatika-15-talik


7-Ma’ruza: Boshlang’ich sinfda matematika o’qitishning darsdan tashqari shakllari 
Reja: 
1. 
Matematikada sinfdan tashqari ishlarning turlari va mohiyati 
2. 
O‘qitishni tashkil qilishning darsdan tashqari shakllari va mohiyati 
3. 
Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari tadbirlar rejasi. 
Matematikadan sinfdan tashqari ishlar deyilganda o‘quvchilarning darsdan tashqari 
vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog‘liq bo‘lgan material asosida ixtiyoriylik 
prinsipiga asoslangan mashg‘ulotlar tushuniladi. 
Sinfdan tashqari ishlarning asosiy vazifalari ushbulardan iborat: o‘quvchilarning 
bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini chuqurlashtirish va kengaytirish; 
o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, matematik ziyrakliklarini 
rivojlantirish; matematikaga qiziqishlarini orttirish; qobiliyatli va layoqatli 
bolalarni topish; talabchanlik; irodani tarbiyalash; mehnatga muhabbatni ; 
mustaqillikni; uyushqoqlikni va jamoatchilikni tarbiyalash. 
Sinfdan tashqari ish sinf-dars formasidagi ishga nisbatan bir qator xususiyatlarga 
ega: 
O‘z mazmuni bo‘yicha u davlat dasturi bilan cheklanmagan. Ammo matematik 
material o‘quvchilarning bilimlari va malakalariga mos ravishda bo‘lishi kerak. 
1. 
Maktabning boshlang‘ich sinflarida matematikadan sinfdan tashqari ishlarni 
sinfning hamma o‘quvchilari bilan birga bir vaqtda o‘tkaziladigan mashg‘ulot 
shaklida o‘tkazish maqul. 
2. 
Sinfdan tashqari mashg‘ulot ixtiyoriylik prinstipi asosida quriladi. 
3. 
Darslar 45 minutga rejalashtirilgani holda sinfdan tashqari mashg‘ulotlar 
mazmuniga va o‘tkazilish formalariga qarab 10-12 minutga ham, 1 soatga ham 
mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. 
4. 
Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlarining ko‘p xilligiga qarab 
mazmunining turli tumanligi bilan xarakterlanadi. 
Maktab amaliyotida matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning ushbu 
turlari uchraydi: matematik o‘n minutliklar, soatliklar va qiziqarli matematika 
kechalari, matematika to‘garaklari, ertaliklari, viktorinalar, konkurslar, 
olimpiadalar. Shuningdek, sinfdan tashqari ishga matematikadan gazeta chiqarish, 
matematika burchaklarini rasmiylashtirishlar ham kiradi. 


Oldin 1-sinfda sinfdan tashqari ishlar qanday tashkil qilinishi va o‘tkazilishini 
qarab chiqamiz.Bu sinfda sistemali ishning asosini matematik o‘n minutliklar 
tashkil qiladi. Odatda, o‘n minutliklar hafdasiga bir marta butun sinf bilan 
o‘tkaziladi. O‘n minutliklardagi mashg‘ulotlar sinf chegarasidan tashqariga 
chiqishi juda muhimdir. 
Topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matemetik topshiriqlarga o‘xshash 
bo‘lmasligi kerak: topshiriqlarning mazmunlari bolalarga tushunarli qiyinlik 
darajalari bolalarga mos bo‘lishi kerak: javoblar tez topilishi kerak, agar 
hisoblashlar zarur bo‘lsa , ular faqat og‘zaki bajarilishi kerak. 
Qiziqarli matematika soati darsdan keyin sinfning hamma o‘quvchilari bilan 
o‘tkaziladi. 1-sinfda bu mashg‘ulotlar epizodik ravishda o‘tkaziladi. 2-3-sinflarda 
sistemali ravishda (ammo oyiga 1-2 martadan ko‘pmas ) o‘tkaziladi, chunki ularni 
o‘tkazishga ko‘p vaqt talab qilinadi. Mashg‘ulotning davomiyligi 1-sinfda 20-25 
minut, 2-sinfda 25-35 minut 3-sinfda 35-40 minut, 4-sinfda 40-45 minut. 
Mashg‘ulot o‘tkazish uchun har hil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli 
masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir masalalar
qiziqarli kvadratlar, rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material bo‘lib hizmat 
qiladi. 
Matematik to‘garak matematikadan sistematik sinfdan tashqari ishlarning eng ko‘p 
tarqalganidan biri. Uning asosiy vazifasi – matematikaga alohida qiziqish 
ko‘rsatgan o‘quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish. 
Matematik to‘garak ishi qiziqarli matematika soatlari o‘tkazishdan ushbular bilan 
farq qiladi: 
1.
To‘garaklar ixtiyoriylik asosida tashkil qilinadi. Maktablarda ko‘pincha bir 
nechta to‘garak (har xil fanlardan) ish olib boradi. Bir o‘quvchining bir 
nechta to‘garaklar ishida qatnashishi maqsadga muvofiq emas, chunki bu 
o‘quvchiga zo‘riqish berib qo‘yishi mumkin. Shu sababli matematika 
to‘garagiga o‘quvchilar tanlashda ularning matematikaga nisbatan alohida 
qiziqishlarini, moyilliklari va imkoniyatlarini hisobga olish kerak. 
Tajriba birinchi sinfda birinchi yarim yillikdan keyin to‘garak ishlarini tashkil 
qilish va o‘tkazish mumkinligini ko‘rsatmoqda. Ammo, odatda, bunday ishni 3-4 
sinf o‘quvchilari bilan oyiga 2-3 marta o‘tkaziladi ( bir mashg‘ulot davomiyligi 30-
45 minut ). 
Bunday to‘garaklarni bir maktabning parallel sinflari o‘quvchilari (bazan bir sinf 
o‘quvchilari ) uchun yoki bir nechta maktab o‘quvchilari uchun ( bu holda u yosh 
matematiklar klubi deb ataladi) tashkil qilish mumkin. 
2.
Qiziqarli matematika soatlari o‘qituvchining o‘zi tayyorlaydi va o‘tkazadi. 
To‘garak mashg‘ulotini tayyorlash va o‘tkazishda o‘quvchilar katta 


mustaqqillik va tashabbus ko‘rsatadilar: ular qisqa xabarlar (masalan, 
matematika tarixiga oid materiallar) bilan chiqishadi; mustaqil ravishda 
ko‘rgazmali qurollar (abaklar, bazi o‘yinlar uchun misollar yozilgan 
kartochkalar va boshqalar) tayyorlaydilar, matematika kechalari o‘tkazishga 
tayyorgarlik ko‘radilar va hakazo. 
Shu bilan bir qatorda, qiziqarli matematika soatlari o‘tkazishdagida, o‘quvchilar 
matematikadan to‘garak mashg‘ulotlarida qiyin masalalar yechadilar, mantiqiy 
masalalar yechadilar, rebuslarni, topishmoqlarni topadilar, ular bilan didaktik 
o‘yinlar o‘tkaziladi va hakoza. 
To‘garak mashg‘ulotlari uchun material tanlashda eng avvalo dasturga amal qilish 
kerak. Malaka va ko‘nikmalar talab qiluvchi dasturdan tashqariga chiquvchi 
materiallar to‘garak uchun yaramaydi. Ammo to‘garak mashg‘ulotlarida dastur 
materialni chuqurlashtirish va xilma-xil qilish mumkin. 
Matematika to‘garagini o‘tkazish uchun oldindan uning ish rejasini tuzish kerak. 
Namuna uchun ikkinchi yarim yillikda 1-sinfda o‘tkazilgan bazi to‘garak 
mashg‘ulotlarining taxminiy rejasini keltiramiz. 
I mashg‘ulot. 
1. Rebuslarni o‘ylab topish. 
2. Qo‘shishga oid qiziqarli masalalar. 
3. 100 ichida nomerlashni bilganlikni tekshirishga oid mashqlar. 
4. Hazil masala. 
5. « Sonni to‘ldir, o‘zing angrayma » o‘yini. 
Reja belgilab olingandan keyin ishning eng masuliyatli qismi boshlanadi- har hil 
manbalardan aniq material tanlanadi . 
II mashg‘ulot 
1. Rebuslarni o‘ylab topish. 
2. Topqirlikni talab qiluvchi sheriy masalalar. 
3. Geometrik figuralarni analiz qilishga doir mashqlar. 
4. Hazil masala. 
5. «Sonni to‘ldir, o‘zing angrayma» o‘yini. 
Matematik konkruslar va olimpiadalar. Matematik konkruslar qiyin masalalar 
echish, o‘tkir zehn va tez tushuna olishni talab qiluvchi topshiriqlarni bajarish 


bo‘yicha o‘ziga xos musobaqalardir. Matematik konkruslar asosan yaxshi 
matematikni, tez tushunadigan, payqaydigan, ziyrak , yaxshi sinfni aniqlash 
maqsadida o‘tkaziladi. 
Konkrus mavzusi va uni o‘tkazish vaqti oldindan belgilanadi. Masalan: masalalar 
echish; og‘zaki va yozma hisoblashlar; geometrik topshiriqlar va hakozalar. 
Matematik olimpiadalar matematik konkurslardan farqli ravishda yirikroq 
masshtabda, maktabning bir sinfi emas, balki hamma sinflarini jalb qilgan holda 
o‘tkaziladi. Olimpiadalar yiliga bir marta matematik qobiliyati ko‘proq 
o‘quvchilarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. 
Maktab olimpiadasini maktab direktori tasdiqlagan komissiya boshqaradi. 
Komissiya topshiriqlarning mazmunini, qatnashchilarni tanlash shartlarini 
aniqlaydi, olimpiada o‘tkazilish vaqtini belgilaydi. Olimpiadalarni o‘tkazishdan 
oldin unga tayyorgarlik ishlari bajariladi. Matematik matbuot: boshlang‘ich 
sinflarda chiqariladigan gazetalar va o‘tkaziladigan viktorinalar mazmunini 
ko‘proq topishmoq, boshqotirgich, rebuslar va boshqa xildagi qiziqarli materiallar 
tashkil qiladi va ularning maqsadi o‘quvchilarning matematikaga qiziqishlarini 
orttirishdan iborat bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflarning matematika gazetasi rangli 
qilib bajariladi, masala va misollar rasmlarda beriladi va qiziqarli xarakterda 
bo‘ladi. 
Matematik viktorinalar gazetalardan farqli ravishda faqat o‘quvchilarga 
yechish uchun beriladigan masalalar va savollardan iborat bo‘ladi. Javoblar yozma 
ravishda ma’lum vaqt ichida o‘qituvchiga yoki shu ish topshirilgan o‘quvchiga 
beriladi. Muddat o‘tishi bilan olingan javoblar qaraladi va g‘olib o‘quvchilar 
aniqlanadi. Matematik devoriy gazeta, viktorinalar, odatda, matematik burchak deb 
ataluvchi joyga osib qo‘yiladi, bu burchakda bulardan tashqari matematikadan 
ko‘rsatmali qurollar, har xil gazetalardan qirqib olingan, Vatanimiz yutuqlarini 
ifodalovchi son ma’lumotlar, har xil mashinalarning tezliklari haqidagi, bolalarga 
ko‘proq tanish mollarning baholari, oziq-ovqatlar narxlari ifodalangan materiallar 
yopishtirilgan albomlar, «Bilasizmi?» nomi ostidagi qiziqarli matematik 
ma’lumotlar to‘plami bo‘lishi mumkin. Matematik ekskursiyalarning maqsadi- 
aniq hayotiy fakt va taassurotlarni talab qilish, bular o‘quvchilarni shu faktlar bilan 
turmushda uchrashtirish yo‘li bilan olinadi. Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari bilan 
ekskursiyalar o‘tkazish muhim qiyinchiliklarga bog‘liq va o‘qituvchidan puxta 
tayyorlanishni talab qiladi: o‘qituvchi ekskursiya o‘tkaziladigan joyga oldin borib, 
ko‘rib kelishi ekskursovodga qanday formada tushuntirib berish haqida, ekskursiya 
vaqti haqida ko‘rsatmalar berishi kerak. Ekskursiya o‘tkazishdan maqsad nimaligi 
bolalarga tushunarli bo‘lishi nihoyatda muhimdir, shunday bo‘lganda bolalar 
oldindan nima qilishlari kerakligini va o‘zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib 
oladilar. 



Download 124,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika instituti
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
tashkil etish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
toshkent davlat
vazirligi muhammad
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
saqlash vazirligi
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
fanidan tayyorlagan
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
coronavirus covid
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
vaccination certificate
covid vaccination
sertifikat ministry
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
moliya instituti
ishlab chiqarish
fanining predmeti