Reja: Kirish Kimyoviy texnologiya fani va vazifalari



Download 64,75 Kb.
bet1/5
Sana02.07.2022
Hajmi64,75 Kb.
#730735
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kimyoviy texnologiya fani mustaqil


Kimyoviy texnologiya fani, vazifalari, asosiy tushunchalari va ko‘rsatkichlari.
Reja:
1. Kirish
2. Kimyoviy texnologiya fani va vazifalari.
3. Kimyoviy texnologiyaning asosiy tushunchalari
4. Kimyoviy texnologiyaning ko‘rsatgichlari
5. Kimyo sanoatining texnika taraqqiyotidagi ahamiyati va axoli ehtiyojini qondirish
6. Kimyo sanoatida texnika rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari.

Kirish
Mamlakatimizda kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishlarda ta’lim sifati va ilm-fan natijadorligini oshirish “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili” Davlat dasturining ustuvor vazifalari qatorida belgilangan.Zero, o‘g‘il-qizlarimizni kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha chuqur o‘qitish hududlarda yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan farmatsevtika, neft, gaz, kimyo, tog‘-kon, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini jadal rivojlantirishga turtki beradi hamda pirovardida xalqimiz turmush sharoiti va daromadlarini oshirishga puxta zamin hozirlaydi. Shu bilan birga, umumta’lim maktablaridagi kimyo va biologiya fanlarini o‘qitish sifati bugungi davr talablariga javob bermasligini, o‘qitish metodologiyasi va laboratoriyalar ma’nan eskirganligini, o‘qituvchilarning mehnatini munosib rag‘batlantirish mexanizmlari joriy qilinmaganligini alohida qayd etish zarur. Shuningdek, o‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda sohadagi ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanish borasida uzviy bog‘liqlik, samarali muloqot va hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagan. Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, umumta’lim maktablarida ushbu fanlarni o‘qitishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ushbu yo‘nalishlarga malakali o‘qituvchi-murabbiylarni jalb etish, kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanishda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida: Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik), Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, kimyo, farmatsevtika, neft va gaz sanoati korxonalari, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha uzoq yillik tajribaga ega ustoz-murabbiylar, o‘qituvchi va ilmiy xodimlarning quyidagi takliflariga rozilik berilsin respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 14 ta tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar (keyingi o‘rinlarda — tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar)ni tashkil etish, bunda Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatini ushbu maktablar maqomiga moslashtirish; respublika tuman (shahar)larida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 150 ta maktablar (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan maktablar)ni tashkil etish; tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablarda kimyo va biologiya fanlarini samarali o‘qitishni muvofiqlashtirish uchun ularga oliy ta’lim muassasalarining 55 ta kafedralarini biriktirish; ishlab chiqarish tarmoqlari uchun o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan kimyo va biologiya yo‘nalishlariga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlaydigan 47 ta professional ta’lim muassasalariga ishlab chiqarish korxonalarini biriktirish; oliy ta’lim muassasalarida kimyo va biologiya yo‘nalishlarida samarali o‘quv jarayonini tashkil etish, fanlarni rivojlantirish uchun ularning 74 ta kafedralariga 11 ta Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari hamda ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.
Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning, ijtimoiy hayotning real talablaridan kelib chiqqan holda, yurtimizda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, unga o‘qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ixtisoslik yo‘nalishlarini takomillashtirish borasida katta ishlar qilindi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-oktyabrdagi farmoyishi asosida tuzilgan ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim tizimidagi mavjud holatni o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, qator oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-pedagogik salohiyat hanuz past darajada qolmoqda, ta’lim jarayonining o‘quv-metodik va axborot ta’minoti zamonaviy talablarga mos emas, moddiy-texnik baza tizimli ravishda yangilanishga muhtoj. Oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayoniga ilg‘or xalqaro tajribani keng joriy etish, yetakchi xorijiy turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish orqali pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish borasidagi ishlar talab darajasida olib borililishi yo’lga qo’yilgan.
Qabul qilingan qarorga ko‘ra, quyidagilar oliy ta’lim tizimini kelgusida kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari etib belgilandi:

  • har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yo‘lga qo‘yish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim dasturlari va o‘quv-metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali chet el o‘qituvchilari va olimlarini jalb etish;

  • oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlashning maqsadli mezonlarini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalaridagi ixtisoslik yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni hududlar va sohalar bo‘yicha joriy etilayotgan dasturlarning talab va ehtiyojlari, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni kompleks taraqqiy ettirish istiqbollarini inobatga olgan holda optimallashtirish;

  • yangi avlod o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va oliy ta’lim tizimiga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlarni sotib olish va tarjima qilish negizida axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish;

  • pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini sifat jihatdan muntazam oshirib borish, pedagog va ilmiy xodimlarning stajirovkadan o‘tishini yo‘lga qo‘yish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini PhD dasturi va xorijiy magistratura dasturlari asosida o‘qitish;

  • oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb etish;

  • oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, talaba-yoshlarning qalbi va ongiga milliy istiqlol g‘oyasini, xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘usini chuqur singdirish, biz uchun mutlaqo yot va begona bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan ularda mustahkam immunitet va tanqidiy munosabatni shakllantirish;

oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini ularning o‘quv va ilmiy-laboratoriya binolarini, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalarini qurish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish orqali yanada mustahkamlash, zamonaviy ilm-fan sohalarining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-ilmiy laboratoriyalar bazasini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash [1]
Texnologiya so‘zi–yunoncha so‘z bo‘lib, ikki ildizdan, ya’ni 1-texnos-«san’at va kasb» degan ma’noni bildiradi. Logiya esa-bilim, fan demakdir. Shunday qilib, texnologiya-bu kasbning sirlarini o‘rgatuvchi fanlardan biridir. Texnologiya xom ashyolarni turli xalq iste’mol buyumlariga va ishlab chiqarish vositalariga aylantirish jarayonlarini o‘rgatuvchi fandir. Texnologiyani 2 turga bo‘lish mumkin:
1-mexanik texnologiya;
2-kimyoviy texnologiya.
Mexanik texnologiya jarayonida xom ashyo tarkibida va xususiyati o‘zgarmasdan faqat uning shaklini o‘zgarishi mumkin. Masalan: yog‘ochdan mebel ishlash, metaldan turli metall buyumlari ishlash va xokozo.
Kimyoviy texnologiyada esa, moddaning shakligina emas, balki uning butun xossalari va tarkibi o‘zgarishi mumkin. shunday qilib, kimyo texnologiyasi kimyo reaksiyalari o‘tishi bilan borgan jarayonlarni o‘rganadi. Birorta xom ashyodan mahsulot olish jarayoni bir qancha bosqichlardan iborat. Ushbu bosqichlar (masalan: xom ashyoni boyitish, maydalash, ajratish, kuydirish va x.k.) texnologik operatsiyalar deb ataladi.
Texnologiyani asosiy vazifalaridan biri anna shu optimal qulay texnologik tizimlarni yaratishdan iborat. Har bir texnologik operatsiya ishlab chitqarish mobaynida aniq qulay sharoitda olib borilishi kerak (qulay temperaturada, bosimda, konsentratsiya va b.), shu qulay sharoitlarni aniqlash kimyo texnologiyaning asosiy vazifalaridan biridir. Bu sharoitlarni aniqlash uchun esa shu kimyoviy jarayonning nazariy asoslarini chuqur o‘rganib chiqish kerak. Kimyo texnologiyaning nazariy asoslarini ishlab chiqish kerak. Har bir texnologik operatsiyalarga lozim bo‘lgan optimal sharoit aniqlangandan so‘ng, shu operatsiyalarni o‘tkazish uchun texnika talablariga javob beradigan unumli reaktorlarni va apparatlarni tanlash kerak. Texnologik jarayonlarni to‘g‘ri olib borish va jarayonning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari shu apparatlarni to‘g‘ri tanlashga bog‘liqdir. Shu sababli texnologiyada kimyoviy reaktorning nazariyasiga, klassifikatsiyasiga, ularning ishlash maromiga katta e’tibor beriladi. Texnologiyaning vazifasi yuqoridagi ko‘rsatilgan vazifalar bilan cheklanib qolmay, balki yana ishlab chiqarishni tashkil qilish, ish kuchidan to‘g‘ri va xom ashyodan ratsional, kompleks foydalanish, maxsulotning va xom ashyoning sifatini uzliksiz kuzatib turish va boshqalardan ham iboratdir.
Tanlangan texnologiyaning afzalligini aniqlash uchun avvalambor uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlarini aniqlash kerak, buning uchun, maxsulotning tannarxini xisoblash, sarflangan kapital mablag‘lar miqdorini nazarda tutish kerak.
Bu fan tadqiqot va ishlab chiqarish sohasi bo'lib, u xom ashyoni o'zgartirishga mas'uldir; ya'ni inson ehtiyojlariga javob beradigan mahsulot yaratish maqsadida tabiiy va sun'iy moddalarni qayta ishlash bilan shug'ullanadi.
Siz ushbu sohaga birinchi navbatda tabiatning elementlari va ulardagi o'zgarishlarni o'rganadigan fan kimyoga murojaat qilmasdan murojaat qila olmaysiz. Biznes sohasida kimyo bilan bog'liq tadqiqotlar jamiyatni qo'llab-quvvatlashga va bevosita ta'sir ko'rsatishga qaratilgan proektsiyani aks ettiradi. Demak, kimyo butun sanoat sohasida doimiy rivojlanib boradigan fan. Ilm-fan bo'lib, u tabiiy va sintetik moddalarning, qayta ishlanadigan va yangi daromadli maqola tayyorlash uchun ishlatiladigan moddalarning kelib chiqishi va xususiyatlarini o'rganishga qaratilgan. Shu ma'noda kimyo sanoati nafaqat ijtimoiy taraqqiyot vositasi, balki u texnologik evolyutsiyani ifodalaydi. U ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etadi, chunki u yaratgan narsalari orqali shaxslarga va iqtisodiyotga foyda keltiradi va bu texnologik evolyutsiyadir, chunki bu kashfiyotlar ushbu sohada rivojlanish uchun juda muhimdir.
Ushbu texnik protsedura sohasi keng va murakkab hududga kiradi, chunki u ilmiy ixtirolarni, ma'muriy agentlarni, tabiiy resurslarni va atrof-muhitni o'z ichiga oladi. Kimyo sanoati javob berish va birinchi darajali va ikkilamchi mahsulotlarga loyiq bo'lishi mumkin bo'lgan mahsulotlarni etkazib berish maqsadiga ega.
Tarix davomida tabiiy o'zgarishlar va ularning insoniyatga ta'siri haqida so'rovlar muhim bo'lgan, chunki ular inson qanday rivojlanganligini tasdiqlaydi. Bu hayotiy hodisalar, shuningdek toshlar va minerallarni tashkil etuvchi materiallar o'rganila boshlangandan beri aniq bo'ldi. Shaxslar sayyoramizning ishlashini konditsionerlashtiradigan o'simliklar va hayvonlar bilan bog'liq, ammo ular ulardan farq qiladi, chunki mavjudot aql-idrok qobiliyatiga ega. Tarixdan oldingi davrlardan boshlab, bu oqilona belgi insonga yashash joyini yaxshilashga yordam beradigan vositalarni ishlab chiqishga imkon berdi.
Uning kelib chiqishidan boshlab odamlar o'z ehtiyojlariga mos keladigan narsalarni yaratishi kerak edi. Ushbu ob'ektlar tabiat ularga taqdim etgan resurslar orqali ishlab chiqilgan va ishlab chiqilgan. Avvaliga , aytish mumkinki, yong'inning kashf etilishi ishlab chiqarish jarayonini vujudga keltirdi; ya'ni tabiiy moddalarning o'zgarishi tobora kuchayib borishiga olib keldi va har bir artefakt uchun turli xil yordam dasturlari yaratildi.
Garchi bu fan hali nomlanmagan bo'lsa-da, bu voqealarni keyinchalik kimyo sanoatining dastlabki ko'rsatkichlari yoki taraqqiyoti sifatida qayd etish mumkin.
olovni kashf etish ajralib turdi, bu juda muhim yutuq, chunki bu odamga ovqat pishirishni va shu kungi bo'lmagan yorug'likni bilib olishga imkon berdi.
Biroq, bu kashfiyot odamlarning talablarini ko'payishiga ham sabab bo'ldi: kimdir yoqtirar ekan, boshqalari o'zini namoyon qildi. Shu tarzda uylarni qurish, transportdan foydalanish va kiyimni yangilash uchun matoni takomillashtirish g'oyalari paydo bo'ldi.

Download 64,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish