Reja: I kirish



Download 55,46 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi55,46 Kb.
#760605
Bog'liq
Kamola kurs


MAVZU: Tarbiyaviy ish va uni tashkil etish metodikasi

Reja:
I Kirish

II Asosiy qism
1. Tarbiya jarayonining xususiyatlari

2. Tarbiya qoidalari

3. Tarbiyaning umumiy usullari

4. Tarbiya jarayonida pedagogik maxorat


Xulosa
Foydalangan adabiyotlar
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Tarbiya metodlari bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish maqsadi bilan belgilanadi va tarbiya jarayoniga taaluqli ko'pgina tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi. Tarbiya metodlari ijtimoiy jamiyat tomonidan ta'lim muassasalari oldiga har tomonlama barkamol, erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi etib tarbiyalash vazifalari bilan belgilanadi.
Bu boradagi vazifalar yosh avlodni O'zbekiston Respublikasi mustaqilligini mustahkamlash. Vatan ravnaqi xalq farovonligi yo'lida faoliyat olib boruvchi shaxslarni tarbiyalash, ularni bu kurashga jalb ettirish orqali amalga oshiriladi. Ushbu g'oyaga tayangan holda. Tarbiya qonuniyatlariga muvofiq tarbiya metodlaridan foydalanib ish ko'rish lozim bo'ladi.
Tarbiya metodlari yunoncha («metodos»- yo'l)-bu o'qituvchi(tarbiyachi) va jamoa tomonidan g'oyaviy va ma'naviy e'tiqodlarini, ma'naviy his-tuyg'u va odatlarini tarkib toptirish maqsadida qo'llaniladigan shaxsga tarbiyaviy ta' sir ko'rsatish usullari demakdir. Tarbiya metodlari o'quvchi(tarbiyalanuvchilar)ning o'z shaxsini takomillashtirish borasidagi harakatni ham tashkil etishni nazarda tutadi. Shu bois hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya metodlari o'qituvchi va o'quvchilarning tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga qaratilgan o'zaro bog'langan, birgalikdagi faoliyati usuli sifatida qarab chiqiladi.
O'quvchilar u yoki bu tarbiyaviy ta'sirga turlicha munosabatda bo'ladilar. Bu ularning individual xususiyatlariga, tarbiyalangalik darajasiga. Tarbiya metodlarining qay darajada o'rinli va samarali tanlangani hamda mohirona qo'llanilganligiga bog'liq. Tarbiya metodlarini to'g'ri tanlash tarbiya vazifalarini ijobiy hal qilishda, o'quvchilarning o'z-o'zini tarbiyalash va faoliyatini rag'batlantirishda yordam beradi. Tarbiyaviy natijalarga erishishni istagan har bir o'qituvchi (tarbiyachi) tarbiya metodlari va ularning mohiyatini puxta o'zlashtirishib olish maqsadga muvofiqdir.
Tadqiqot maqsadi: O'quvchilarga tarbiyaning umumiy metodlar, mazmuni va mohiyatini o'rgatish va pedagogik omillarini aniqlash.
Tadqiqot vazifalari: Mavzuga oid ilmiy-pedagogik adabiyotlarni o'rganish, tahlil qilish, umumlashtirish asosida hozirgi vaqtda tarbiyaning umumiy metodlar, mazmuni va mohiyatiga qo'yiladigan talablarning didaktik asoslarini aniqlash. Bugungi kunda mamlakatimizda tarbiya jarayonlariga har qachongidan ham ko'proq e'ibor qaratillmoqda. Bunga misol qilib, 2020-yil 6-iyundagi Vazirlar Mahkamasining 422-son qarori asosida "Tarbiya" fani konsepsiyasi ishlab chiqilganini, Xalq ta'limi vazirining 2020-yil 10-iyuldagi 161-son buyrug'i asosida maktablarda tarbiya fanining o'qilishi joriy etilganini aytishimiz mumkin. Avvalo, tarbiya nima o'zi? degan savolga javob bersak.
Tarbiya - aniq maqsadga yo'naltirilgan ta'sir jarayoni: shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy, madaniy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan uzoq muddatli amaliy pedagogik jarayon. Insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan hissiyotlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora-tadbirlar yig'indisi hisoblanadi.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida tarbiya fani milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari g'oyasi asosida tashkil qilinmoqda. Bundan maqsad, XXI asr ko'nikmalarini shakllantirish, o'quvchilarni muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga tayyorlash, ma'naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, raqobatbardosh va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir.


Tarbiya metodlari - pedagog-o'qituvchilarning o'quvchilarga ta'sir ko'rsatish usullari, vositalari, tarbiyalanuvchilarga barkamol shaxs xislatlarini singdirish maqsadida tarbiya jarayonini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etish yo'llaridir.
Tarbiyaning maqsadi - ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, rivojlanishi, yo'nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol shaxsni tarbiyalab, voyaga yetkazishdan iborat. Kadrlar tayyorlash milliy modelimizning bosh muddaosi - barkamol shaxs va intellektual salohiyatli mutaxassis tayyorlashdan iborat bo'lib, O'zbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini ta'minlay oladigan, mustaqil fikr yuritadigan, tafakkurli, malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda insonning ichki sifatlari barq urib kamolotga yetgan kadrlar tayyorlashni ko'zlaydi. Mazkur maqsadni amalga oshiruvchi asosiy omillardan biri tarbiya jarayonidir. Tarbiyaning maqsad-natijasi barkamol avlodni tarbiyalashdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo'lib, uyushtirish va rahbarlikni, shuningdek, o'quvchi shaxsining o'zi tomonidan faollik ko'rsatishni taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog yetakchi vazifani bajaradi, chunki, u ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari, mohiyatini tushunadi, maqsad yo'lida amalga oshirilayotgan vazifalar tizimidan xabardor, tarbiya shakllari, metodlari va vositalarni asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va tarbiyaga tatbiq etadi.

SHAXS Biologik omillar (irsiyat) Ijtimoiy omillar (muhit) Maqsadli tarbiya


Mamlakatning moddiy va ma'naviy yuksalishida xalqimizning boy ma'naviy merosga, umumbashariy qadriyatlarga, zamonaviy madaniyatga ega bo'lgan, har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikr yuritadigan shaxsni tarbiyalash bugungi kunning dolzarb muammosidir. Bu borada qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da barkamol avlodni shakllantirish va yuqari malakali mutaxassislarni tarbiyalab voyaga yetkazish bosqichlari, shu bilan birga yuqori malakali mutaxassilar tayyorlashni jahon ta'limi darajasiga ko'tarish asosiy maqsad qilib qo'yilgan. Bu vazifalarni amalga oshirish barkamol avlodni har tomonlama tarbiyalab voyaga yetkazishdek istiqbolli muammoni hal etishni ta'lim tizimida faoliyat yurituvchi o'qituvchi-murabbiylar, shu yo'nalishda ijod qiluvchi mutaxassis olimlar, jamoat tashkilotlari, rahbar xodimlar oldiga qo'yilishi davr talabidir. O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, oldimizda turgan eng dolzarb va istiqbolli muammolardan biri -erkin fuqaro ma'naviyatini ozod va erkin shaxsni va shu asosda barkamol avlodni shakllantirish masalasidir. "Boshqacha aytganda, - deydi I.A.Karimov, - biz o'z haq-huquqlarini taniydigan, o'z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir
bo'layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg'un holda ko'radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak"
Yoshlarga har tomonlama puxta ta'lim-tarbiya berish, shu bilan birga milliy mentalitetni tiklashga qaratilgan milliy istiqlol mafkurasining mazmuni milliy turmush tarzimiz, xalqimizning qadim an'analari, ma'naviy axloqiy qadriyatlarimizni aks ettiradi. Milliy istiqlol mafkurasi: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya tamoyillariga asoslanadi; Xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma'naviyati, an'ana va udumlari, ulug' bobokalonlarimizning o'lmas merosidan oziqlanadi; Adolat va xaqiqat, erkinlik va mustaqillik g'oyalari hamda xalqimizning ishonch va e'tiqodini aks ettiradi; Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta'minlashga xizmat qiladi; Jamiyat a'zolarini, aholining barcha qatlamlarini O'zbekistonning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etadi; Millati, tili va dinidan qat'iy nazar mamlakatimizning har bir fuqarosi qalbida ona Vatanga muhabbat, mustaqillik g'oyalariga sadoqat va o'zaro hurmat tuyg'usini qaror toptiradi; Jamoatchilik qalbi va ongiga fikrlar xilma-xilligi, vijdon erkinligi tamoyillariga rioya qilgan holda ma'rifiy yo'l bilan singdiriladi. U har bir vatandoshimizning oilasi, jamiyat, el-yurt oldidagi burch va mas'uliyatini qay darajada ado etayotganini belgilaydigan ma'naviy mezondir. Bu O'zbekistonda istiqomat qiladigan va o'z taqdirini shu muqaddas zamin bilan bog'lagan har bir kishining «Vatanim menga nima berdi deb emas, men Vatanim ravnaqi uchun nima qilayapman» degan mas'uliyat tuyg'usi bilan yashashi kerak.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi plyuralizm, fikr va qarashlar erkinligi tamoyillarini to'liq ta'minlaydi. Asosiy qonunimizning 12 - moddasida bu qoida quyidagicha ifodalangan:
«O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o'rnatilishi mumkin emas».
Bu qoida O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan partiyalar, harakat va ijtimoiy-siyosiy guruhlardan birortasining dasturiy g'oyalari yagona davlat mafkurasi bo'la olmasligini anglatadi.
Mafkura inson tarbiyasini, shu asosda shakllanayotgan axloqi, bilimi, qobiliyati va iste'dodini belgilangan maqsadlar bilan bog'lash yo'lidir. Hech qachon ta'lim-tarbiya ishlari muayyan mafkurasiz bo'lmagan, bo'lishi ham mumkin emas.
Diniy, dunyoviy tarbiyaning barcha tizimlari zaminida ham ma'lum mafkura yotadi. Mafkuradan xoli bo'lgan tarbiya haqida gapirish tarix tajribasini to'la bilmaslik yoki biror mafkuraning o'rniga boshqasini olib kirishga harakat qilishdir.

Milliy istiqlol g'oyasi va mafkurasi jamiyat rivojlanishidagi yetakchi g'oyalarni o'zida mujassam etib, xalqimizning azaliy an'analariga, udumlariga, ruhiyatiga,


qadriyatlariga asoslanib, kelajakka bo'lgan ishonch tuyg'ularini tarbiyalaydi.
Bu g'oyalar bilan qurollangan insonlar o'z orzu intilishlari yo'lida birlashadilar.
II.1 TARBIYA JARAUONINING XUSUSIYATLARI

Tarbiya nazariyasi - pedagogika fanining bir qismi bo'lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, usuli va tashkil etilishi masalalarini o'rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtai nazardan yondashish o'sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog'liq jarayonni ham qaytadan ko'rib chiqishni taqozo etmoqda.


O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishishi ta'lim va tarbiyaning milliy shakllarini rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi. Tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o'z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya fanlari ma'lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo'limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta'lim nazariyasi bilan uzviy bog'langandir.
Tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo'lgan va muayyan qonuniyatlarda namoyon bo'ladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks ettiradi.
Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy ta'sir ko'rsatishi emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir-biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o'zara ta'sir ko'rsatishi ekanligi alohida ta'kidlanadi.
O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi oila, davlat oldidagi ma'suliyatini anglab etadigan har tomonlama etuk shaxsni shakllantiruvchi, intellektual va ilmiy kuchlarni taraqqiy ettirishdek yuksak madaniyatlarni belgilab berdi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sessiyasida ta'lim va madaniyatni rivojlantirish hamda isloh qilish, intellektual va ma'naviy kuchlarni mustahkamlash muhim ahamiyatga molikligi qayd etib o'tildi. Bugungi kunda shunchaki bilim egasi bo'lgan insonni emas, balki ijodkor, o'z iste'dodi bilan ajralib turuvchi ishbilarmon insonni tarbiyalash zamon taqozosidir.

Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojladi, g'oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi.


O'quvchi kattalaming tajribalarini sust holda emas, balki faol ravishda o'zlashtiradi: bu o'zlashtirishda uning ongli harakati, tirishqoqligi katta
ahamiyatga ega bo'ladi. Tarbiyalanuvchilar muayyan darajada faol faoliyat ko'rsatmasalar tajriba va bilimni o'zlashtira olmaydilar. Tarbiyalanuvchining yoshi ulg'aygani sari bu faollik tobora ko'proq mustaqil xususiyatlarga ega bo'lib boradi; tarbiyalanuvchilar o'zlarida dunyoqarashni tarkib toptirishga, o'z-o'zini takomillashtirish, tabiat, jamiyat va turmushda uchraydigan hodisalarni tushunishga hamda idrok etilgan narsalarga tanqidiy munosabatda bo'lishga ko'nika boradilar.
II.2 TARBIYA QOIDALARI
Tarbiya qoidasi - pedagog ta'lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlang'ich holat, rahbarlik asosidir. Tarbiya qoidalari o'qituvchi, tarbiyachilarga yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi qoidalar hisoblanadi, yangi kishini shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya qoidalari Sharq va Markaziy Osiyo faylasuf — donishmandlarining fikrlari va milliy pedagagika erishgan yutuqlarga asoslanadi. Tarbiya qoidalari mustaqil xarakterga ega bo'lib, tarbiyaning o'ziga xos xususiyatlarini va qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaviy jarayonda bu qoidalarga rioya qilish uning samarasini oshiradi, yaxshi natijalarga olib keladi.
Tarbiyaning mazmuni, tashkil etilishi, usullari va ularga qo'yiladigan talablar shu qoidalarda o'z ifodasini topadi.
Tarbiyaning mohiyati, mazmuni, qoidalari mamlakatimizda yangicha iqtisodiy munosabat sharoitlarining o'zgarganligi sababli kengayib bormoqda.
Tarbiyaviy jarayonni yaxshilash, uni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun deyarli barcha qoidalarni, usullarni, g'oyalarni qaytadan ko'rib chiqishimiz, shuningdek asosiy e'tiborni O'quvchi shaxsiga qaratishimiz, yillar davomida to'plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanishimiz zarur. Tarbiya qoidalariga quyidagilarni kiritish mumkin: tarbiyaning ma'lum maqsadga qaratilganligi, tarbiyaning insonparvarlik va demokratik qoidasi, tarbiyani hayot bilan, mehnat bilan bog'liqligi qoidasi, tarbiyada milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi qoidasi, tarbiyada o'quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish qoidasi, izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta'sirlarning birligi va uzluksizligi qoidasi va boshqalar.
Tarbiyaning maqsadga qaratilganligi qoidasi. Tarbiyadan ko'zlangan asosiy maqsad, har tomonlama ma'naviy rivojlangan aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Shunga ko'ra tarbiyaviy faoliyatning mazmuni, tashkiliy shakllari va usullari shu maqsadga erishishni ko'zda tutadi.
Zamonaviy O'quv yurtining asosiy vazifasi — shaxsning aqliy, axloqiy, his- tuyg'uli va jismoniy rivojlanishi, qobiliyatlarini har tomonlama kamol toptirish, imkoni boricha qulay sharoitlar yaratishdan iboratdir. Shuningdek, o'quvchilarda milliy g'urur va milliy axloq-odobni shakllantirishni ko'zda tutadi.
Tarbiyaviy ish ma'lum maqsadni ko'zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Ko'pincha bir necha maqsad va vazifa birdaniga bajariladi, bu esa o'quvchilar jamoasining aqliy va axloqiy o'sishini ta'minlaydi.
Maqsadga intilish va maqsad bir xil narsa emas. Yaxshi bir maqsad izhor qilingan bo'lsa-da, ammo bu maqsadni amalga oshirish uchun hech qanday ish qilinmagan bo'lishi mumkin. Shuning uchun maqsadni amalga oshirish uchun harakat qilish lozim.

Shaxsning shakllanish manfaatlari har bir pedagogik tadbirni tarbiyaning umumiy maqsadlari bilan bog'lashni, uni rejali tarzda va qat'iy sur'atda amalga oshirishga harakat qilishni talab etadi.


Ma'lumki, O'zbekiston o'tish jarayonini boshdan kechirmoqda. hozirgi sharoitda yoshlarni jamiyatimiz g'oyalarining kuchiga ishontirish, yangi jamiyatni barpo etishda o'z xissalarini qo'shishga ijtimoiy-foydali mehnatda bevosita ishtirok etishga rag'batlantirish juda muhimdir.
Tarbiyaning ma'lum maqsadga kiritilganlik qoidasi bolalar jamoasining rivojlanish istiqbollarini ko'ra bilishga yordam beradi. Har bir tarbiyaviy tadbir oldindan puxta o'ylangan, muayyan maqsadni amalga oshirishga bo'ysundirilgan bo'lsa, uning g'oyaviy-siyosiy darajasini ko'taradi, tanlangan usul va vositalar maqsadga muvofiq keladi, ularning tarbiyaviy ta'siri yuqori bo'ladi.
Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi. Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir tarbiyalanuvchining betakror va o'ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini hisobga olish lozim.
Tarbiyani demokratiyalash - tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o'rtasidagi o'zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o'zgartirish demakdir. Bu tarbiya ishiga jamoatchilikni jalb etish, uning rivojlanishiga jamoat omilini kiritish demakdir.
O'qituvchi o'quvchiga , avvalgidek, tarbiya ob'ekti emas, xuddi o'zi kabi sub'ekt deb qarashi darkor.
Tarbiyada izchillik, tizimlilik — tarbiyaviy ta'sirlarning uyg'unligi va uzluksizligi qoidasi. Tarbiyaga yaxlit tizimli yondashish tarbiyaning pedagogik harakatning
pirovard natijasiga yo'naltirilganlik darajasini belgilab beradi. Bunda pedagogik maqsad va vazifalar, uning mazmuni tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashchilari tomonidan tan olinishi shart.
Tarbiya ishida izchillik juda muhimdir. Tarbiyachi avvaliga tarbiyalanuvchilardan biror narsani talab qilib, so'ngra o'zining bu talabini unutib qo'ysa yoki o'zi bu talabga xilof ish tutsa, bu hol tarbiyaga juda yomon ta'sir qiladi. O'qituvchi bir sO'zli; o'z lafziga sobit bo'lishi kerak.
O'quvchilarga birdaniga juda ko'p talab va qoidalarni taqdim qilish mumkin emas. Tarbiya va ta'lim berishda uzluksizlik va tizimlilikka rioya qilish kerak.
Hamma tarbiyachilar o'quvchiga bo'lgan munosabatlarida bir-birlariga zid harakatda bo'lmasliklari, bir xil yagona talab qo'yishlari lozim. Tarbiyaviy ishda bunday izchilikka rioya etish juda ham muhimdir.
O'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishda izchillikka rioya qilish, muomalani avvalgicha davom ettirish va bir xil talab qo'yish muvaffaqiyat qozonishning eng muhim shartlaridan biridir. Afsuski, amalda ba'zan oila O'quv yurti talablarini qo'llab-quvvatlamaydigina emas, balki o'quvchiga teskari ta'sir ko'rsatadi. O'qituvchilar orasida ham talablarning bir xilligi hamisha ta'minlanavermaydi. Tarbiya uzoq muddatli, murakkab jarayon bo'lib, unda ota- ona, o'qituvchi, jamoatchilik va boshqalar qatnashadilar. Shu sababli ularning ishida izchillik va davomiylik bo'lishiga rioya etish, o'quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini, tarbiya usullari va shakllarini o'z vaqtida aniqlab olish juda muhimdir. Bu qoida tarbiya ishida tarbiyani amalga oshiradigan barcha bo'g'inlarning hamjihat va bamaslahat ish ko'rishini ko'zda tutadi. Chunki tarbiyaviy ta'sirdagi tizimlilik faqat yoshlarni emas, balki aholining barcha qatlamini qamrab olishi kerak.

III BOB. TARBIYANING UMUMIY USULLARI


O'quvchi o'qishni, tarbiya olishni istaydi, ulg'ayib jamiyat hayotida faol ishtirok etishni xoxlaydi. Pedagog uni qay usulda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday pedagogik jarayonda tarbiyalashi lozimligini bilishi kerak. Shu bilan birga O'quvchi o'zini o'zgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmayotligi lozim. O'quvchilar yaqin kishilarining munosabatlarini yaxshi bilsa, bu unga ishda yordam bersa, shundagina O'quvchi pedagogik ta'sir o'tkazishga ochiq va moyil bo'ladi. O'qituvchi - do'st, murabbiy, yo'l boshlovchi bo'lgandagina o'quvchilar o'zlarining ichki dunyosini ochib ko'rsatadilar.
Yuqorida aytganimizdek tarbiya — tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o'z ichiga olgan ikki yoqlama jarayon. Tarbiyachilar — bilim va tarbiyaga ega bo'lgan kishilar, tarbiyalanuvchilar — bilim va tajriba o'rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyan darajada faol faoliyat ko'rsatmasalar, tajriba va bilim o'rgana olmaydilar.
Demak, tarbiya usuli — tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyat va o'zaro ta'sir ko'rsatish usulidir. Ilmiy adabiyotlarda tarbiya usullari tarbiya metodlari deb ham nomlanadi.
«Metod» so'zi yunonchadan olingan bo'lib, yo'l, usul ma'nosini bildiradi.
Ta'lim usullari singari tarbiya usullari ham alohida qismlarga bo'linadi. Usul va uslub bir-biri bilan o'zaro bog'langan holda pedagogik jarayon mohiyatiga ko'ra bir-biriga o'tib turishi mumkin.
O'qituvchilarning jamoa va individual faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qilish uchun tarbiya shakllaridan foydalaniladi. Masalan: sinf majlisi, yig'ilishlar, ertalabki lineyka, klub ishlari va boshqalar.
Tarbiya vositalari biron-bir tarbiyaviy masalani maqsadga muvofiq yo'l bilan hal qilishni tashkil etish uchun ishlatiladi (ko'rsatmali qo'llanmalar, kitoblar, radio, televidenie). Bundan tashqari o'quvchilar jalb qilingan faoliyat turlari — kinofil'mlar, san'at asarlari, o'quvchining jonli so'zi, sport, badiiy havaskorlik to'garaklari va boshqa faoliyat turlari tarbiya vositalari bo'lishi mumkin. Tarbiya natijasi tarbiyaviy jarayonning usullari, uslubi, vositalari va shakllaridan mohirona foydalanishga bog'liq.
Tarbiyachilar ta'sir etishning O'quvchi shaxsiga mos usulini, eng maqbul usulni tanlab olishlari, uning shaxsini o'zgartirish uchun kerakli sharoit yaratishlari darkor.
Tarbiya usullari har bir tarbiya oluvchiga, turli yoshdagi o'quvchilar jamoasiga alohida munosabatda bo'lishni nazarda tutadi.
Shunday qilib, tarbiya jarayonida o'qituvchi yakka o'quvchi yoki sinf jamoasi manfaati yo'lida biron-bir tarbiyaviy masalani hal qilish uchun o'quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini, tarbiyalanganlik darajalarini, pedagogik vaziyat xarakterini hisobga olgan holda ta'sir etish shakllari majmuasiga tarbiya usuli deyiladi.
Tarbiya g'oyatda murakkab jarayon bo'lib, har davrning ijtimoiy-siyosiy hayotini o'zida aks ettiradi. Uning usullari, vosita va omillari asrlar davomida shakllanib takomillashadi, o'zini oqlagan urf-odatlar an'anaga aylanadi. Binobarin, tarbiyada har bir xalqning o'z udumi, usuli tarixan shakllangan va tajribada sinalgan dunyoqarashi tarbiya vositalari bo'ladi, shuning uchun tarbiya milliy va tarixiy zamindan uzilmasligi kerak.
Xalq pedagogikasida tarbiya usullari haqida. Xalq pedagogikasi o'zbekona axloq, odob va tarbiyaning barcha qirralarini o'zida mujassamlashtirgan. Xalq pedagogikasida turli xil tarbiya usullari va vositalaridan foydalaniladi, bu usul, vositalar nihoyatda rang-barang bo'lib, ko'p tomonlari bilan ilmiy pedagogikadan ustunlik qiladi. Chunki usullar ilmiy pedagogikaning shakllanishida ham o'z ta'sirini o'tkazgan.
Xalq pedagogikasida qo'llanilgan juda xilma-xil tarbiya usullarini quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin.
1. Tushuntirish (o'rgatish, odatlantirish, mashq qildirish).
2. Namuna (maslahat berish, uzr so'rash, yaxshiliklar haqida so'zlash, o'rnak bo'lish).
3. Nasihat berish, o'git (undash, ko'ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, ma'qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo'l tilash va hokazolar).

4. Qoralash va jazo (ta'qiqlash, ta'na, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, qo'rqitish, nafratlanish, ont-qasam ichirish, urish, kaltaklash va hokazolar). Agar sinchiklab qaralsa, yuqorida keltirilgan to'rt xil usul umum bir yaxlitlikni ifodalaydi. Oldin bolaga umumiy manzara tushuntiriladi. Bolalar narsa va hodisalarga tushunmaganlarida tarbiyachi namuna vositasini o'taydi, ya'ni yoshlarning mustaqil kuzatuvchanligiga e'tibor beriladi. Unda ham tushunmaganlar kattalarning nasihati, o'g'iti orqali narsa va hodisalarning mohiyatiga etadigan bo'lishadi. Bordi-yu bunda ham bolalar tushunishmasa yoki tushunishni istashmasa, unda qoralash va jazo usullaridan foydalanishga to'g'ri kelgan. Lekin bu so'nggi chora ekanligini xalq yaxshi tushungan. hozirgi zamon ilmiy pedagogikasi qoralash va jazoni so'nggi chora, aniqrog'i kam samara beradigan chora ekanligini isbotlagan.


Xalq pedagogikasining nodir namunalari, tarbiya usullari va tarbiyaviy ta'sirlar muayyan vositalar orqali amalga oshirilgan. Mehmon kutish, mehmonga borish, turli mehnat jarayonlari, hasharlar, turli gurunglar (choyxona, to'y marosimlari) sayillar, turli nishonlashlar (tug'ilgan kunni nishonlash, qizlar bazmi, yigitlar bazmi), musobaqalar, turli marosim va boshqalar o'ziga xos tarbiya vositasi vazifasini bajargan.


O'quvchi yoshlarni tarbiyalashda milliy an'analar, umuminsoniy qadriyatlar asos qilib olinishi kerak. Bular o'z navbatida, yangicha tarbiyaning uslub va shakllarini taqozo etadi.
Inson qalbiga bugun ekilgan yaxshilik urug'i oradan o'n yillar o'tgach unib chiqadi, buni ilmiy asoslab oldindan ko'ra bilish kerak.
Tarbiya usullarini o'rganish, tahlil qilish, bu usullardan pedagogik jarayonda foydalanish, ko'nikma va malakalarni egallashni osonlashtirish uchun ularni shartli ravishda bir necha guruhga bo'lib olamiz: ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar; faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq va tajribalarni shakllantirish usullari; o'z-o'zini tarbiyalash usullari hamda rag'batlantirish usullari va jazolash usullari.
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar. Bu guruhga o'quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e'tiqodni, ma'naviy va siyosiy g'oyalarni shakllantirish maqsadida ularning ongi, hislari va irodasiga ta'sir ko'rsatish usullari kiradi.
Bu guruh usullarining mohiyati shundaki, ular orqali jamiyat o'quvchilar ongiga qanday talablar qo'yayotgani etkaziladi. Yoshlarning dunyoqarashlarini shakllantirish, hayot mazmuninn tushunib olishlariga ko'maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar ishlatiladi.

O'quvchilarda siyosiy onglilik va ijtimoiy faollik, ya'ni davlatni ichki va xalqaro siyosati qoidalarini tushunish va idrok qilishni tarbiyalash lozim. Tushuntirish — bu ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko'p ishlatiladigan usuldir. Tushuntirishning vazifasi o'quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g'ururli qilib tarbiyalashda yordam berishdan iborat.


Tushuntirishda o'quvchilarga mamlakatimiz fuqarosining o'z davlatiga nisbatan huquqlar va burchlar bilan bog'langanligi borasida ma'lumotlar beriladi. Bunda davlat bayrog'i, gerbi, madhiyasi, konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiya berishning ahamiyati katta. Shu sababli o'quvchilarga bayroq, gerb, madhiya, konstitutsiya mohiyati tushuntiriladi.
Suhbat va hikoya. O'quvchi shaxsini g'oyaviy va axloqiy shakllantirishda o'qituvchining jonli so'zi eng ta'sirli usul hisoblanadi. Suhbat uchun mavzu tanlashda uning mazkur sinf uchun dolzarbligi, O'quvchilarda axloqiy ishonch uyg'otishning suhbat mazmuniga bo'lgan munosabatlarini va suhbatdan kutilayotgan natijani hisobga olish lozim.
Suhbat turli mavzularda uyushtirilishi mumkin: etik mavzular (kishilarning jamiyatdagi axloq mezonlari, o'zini tutish qoidalari), estetik mavzularda (tabiat go'zalligi, shaxslararo munosabatlar, inson go'zalligi), siyosiy mavzularda (davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqealari), ta'lim va bilishga oid mavzularda (koinot, hayvonot dunyosi).
Suhbat davomida o'quvchilarning dilidagini aytish jasoratini uyg'otish, o'quvchilarni fikrlashga majbur qiluvchi savollar berish juda muhimdir. Bu borada bahs-munozaralarning ahamiyati katta.
Hikoya. O'quvchilar odatda hayotdan va badiiy adabiyotdan olingan aniq misollar bilan to'liq hikoyalarni qiziqib tinglaydilar. Ularga axloq mezonlari, tarix qoidalari, Vatanimizning tabiiy boyliklari, ajoyib, mehnatkash kishilari, tarix, adabiyot, san'at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot, radio, televidenie, gazeta va jurnallardagi maqolalar ham qimmatli material bo'ladi. Suhbat ham, hikoya ham o'quvchilarning yoshiga mos mavzularda, ular tushunadigan so'zlar orqali o'zbek tilida o'tkazilishi kerak. Eng yaxshisi, suhbat va hikoya mavzusini o'quvchilarning o'zlari tanlasin, bunda suhbatning zavqi — shundan ta'minlanadi, o'quvchilar mavzuga befarq qaramaydilar.
Namuna. O'quvchilar o'z atroflaridagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni ko'rishlari va namuna olishlari nihoyatda muhimdir.
O'qituvchining shaxsan o'zi namuna bo'lishi, ayniqsa yoshlarga katta ta'sir ko'rsatadi. O'lar o'qituvchining darsda va hayotda o'zini qanday tutishini, atrofdagi kishilar bilan qanday muomala qilishini, o'z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib yuradilar.
O'quvchilar o'zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar. Xulq-atvorlar bolalarda yaxshi sifatlarning, ba'zan esa yomon sifatlarning ham tarkib topishiga ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun o'qituvchi va ota-onalar har qanday holatda ham o'zlarini tuta bilishlari kerak. Ular qaerda bo'lishmasin, atroflarida bolalar borligini his etishlari lozim. Kattalarning so'zi bilan yurish- turish va xatti-harakatlarida tafovut bo'lmasligi kerak.
Ilg'or kishilarning hayoti va faoliyatidan olingan yorqin ma'lumotlar, adabiiy asarlardagi, kinofil'mlardagi va spektakllardagi qahramonlar xatti- harakatidagi yaxshi namunalar bolalarning ongiga kuchli ta'sir qiladi.
Shuningdek, namunadan xalq pedagogikasida ham keng foydalanilgan. Ota-bobolarimiz o'z farzandlarini hamisha yaxshilardan, donolardan, ulug' kishilardan ibrat olishga da'vat qilib kelganlar. Masalan: «Qush uyasida ko'rganini qiladi». Juda oddiy jo'ngina xulosa. Shu oddiy ibora ostida qancha fikrlar jamlanib yotganligini hamisha ham fahmiga boravermaymiz. Bu bilan xalq, uyingda tartibli bo'l, aks holda bolang ko'chada tartibsiz bo'ladi. Bola oldida birovlarning g'iybatini qilma, bolang g'iybatchi bo'ladi, demoqchi.

Bunga o'xshash fikrlarni ko'plab keltirish mumkin.


Faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirish usullari. O'smir rivojlanishining, o'zligini anglashining asosiy omili — bu faoliyatdir.
Faoliyat o'quvchilarning bilimlarni mustaqil egallashga undaydi, ularni qaysi ixtisosga moyilliklarini aniqlashga, ijodiy faoliyat tajribasini, hissiy qadriyat munosabatlarini o'zlashtirishlariga yordam beradi.
O'quvchilarni birinchi sinfdan boshlab imkoniyat darajasidagi foydali mehnat bilan shug'ullanishlariga erishish lozim. Bunday mehnat ko'pchilik, jamoa bo'lib bajarilganida yaxshi natija beradi.
Mashq va o'rgatish usullari. Mashq bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq ravishda va har tomonlama tashkil qilish, ularni axloq mezonlari va xulq- atvor qoidalarini bajarishga odatlantirishdir. Odatlar bolalikda tarkib topadi va keyin mustahkamlanib boradi.
O'qituvchilar, ota-onalar bolalarda ijobiy odatlar shakllanishini kuzatib borishlari kerak. O'quvchilar odatlarni yaqinlaridan meros qilib olmaydi, balki ular bilan muntazam muloqotlari tufayli taqlid qilish, tarbiya orqali hosil qiladi. Oxir- oqibatda odat ehtiejga aylanadi.
Mashq muayyan xatti-harakatlarni ko'p marotaba takrorlashni o'z ichiga oladi. Mashq va odatlantirish o'quvchi uchun ongli, ijodiy jarayondir. Mashq natijasida ko'nikma, odat, yangi bilimlar hosil qilinadi, o'quvchining aqliy qobiliyati rivojlanadi, axloqiy tajribasi kengayadi. Odatsiz tarbiya — poydevorsiz binoga o'xshaydi, odat esa muntazam mashq orqali mustahkamlanadi.

O'rgatish — ijtimoiy xulq-atvorning odatiy shakliga aylantirish maqsadida tarbiyalanuvchilarning bajarishlari uchun rejali va izchil tarzda tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlardir.


O'rgatish bir necha izchil harakatlar yig'indisidir. O'qituvchi bu harakatlarni ko'rsatib berishi, tushuntirishi, kuzatishi lozim.
Tarbiya amaliyotida mashq qilishning turli xillari mavjud: faoliyatda mashq qilish; kun tartibi mashqlari, maxsus mashqlar.
Faoliyatda mashq qilish mehnat, ijtimoiy faoliyat, jamoadagi faoliyat va o'zaro munosabat odatlarini tarbiyalashga qaratilgandir. Kun tartibi mashqlari maktabda, oilada o'rnatiladigan kun tartibiga amal qilish, shu bilan bog'liq o'z istak va harakatlarni boshqarish, ish va bo'sh vaqtdan to'g'ri foydalanish odatiga o'rgatadi. Maxsus mashqlar madaniy xulq, malaka va ko'nikmalarni hosil qiladi va mustahkamlaydi.
Topshiriq. O'quvchilarning mehnat topshiriqlarini jamoa bo'lib bajarishlari ularda ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda alohida ahamiyatga egadir. O'quvchilar o'z kuchlarini umum ishiga sarflashga, jamoa uchun mas'uliyatni his etishga o'rganadilar. Mehnat qilish O'quvchi xarakterini shakllantiradi, mustahkamlaydi.
Pedagogik talab. Pedagogik talab tarbiyaning eng muhim usullaridan biridir. Talab — bu o'quvchining turli vazifalarni bajarishi; ijtimoiy xulq-atvor mezonlarini ifodalashi; u yoki bu faoliyatda qatnashib bajarilishi zarur bo'lgan aniq bir vazifa sifatida namoyon bo'lishi; turli ko'rsatma sifatida namoyon bo'lishi, u yoki bu harakatda rag'batlantiruvchi yoki uni to'xtatuvchi bo'lishi; oqilona harakatlarga undovchi bo'lishi mumkin.
O'z-o'zini tarbiyalash usullari. O'quvchida o'z-o'zini tarbiyalashga, ya'ni o'z ustida ongli, batartib ishlashga ehtiyoj paydo bo'lgandagina tarbiya jarayonini samaralideb hisoblasa bo'ladi. O'quvchilarni, ayniqsa, o'rta va katta yoshdagilarni o'z bilim va malakalarini mustaqil oshirishlariga yo'llash kerak.
O'z-o'zini tarbiyalash o'quvchilarning o'zini-o'zi idora qilish organlari faoliyatida qatnashishlari, ularning ijtimoiy faollik mavqeini shakllantirishning ta'sirchan vositasidir. O'quvchilar o'qishda, tarbiyada, dam olishda o'z-o'zini tarbiyalash usullaridan foydalanadilar, o'z-o'zini tarbiyalash tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydi.
O'quv yurtida O'quvchilarning mustaqil faoliyati, ishi pedagogik jamoa bu ishga ma'naviy tayyor bo'lsagina, o'qituvchilar va o'quvchilar o'rtasida o'zaro chuqur hurmat, xayrixoxlik, ishonch bo'lgan sharoitdagina tashkil topishi mumkin. Barcha o'zini o'zi idora qilish tashkilotlari o'z faoliyati yuzasidan vaqti-vaqtida hisobot berib turishi, so'z bilan ish birligi saqlanishi, har kim huquqlari va vazifalarini bajarishda ijtimoiy rag'batlantirilishi e'tiborda bo'lishi kerak.
O'z-o'zini tarbiyalash sifatlari O'quvchi bunga tayyor bo'lganda, u o'zini shaxs deb anglay boshlagach, amaliy ishlarda mustaqillik ko'rsata boshlagan vaqtda paydo bo'ladi. O'z-o'zini tarbiyalashda (axloqiy, jismoniy, hissiy-irodaviy va intellektual) maslahat va ko'rsatmalar berilishi lozim. Bunda o'quvchilarni o'zlariga, xatti-harakatlariga tanqidiy munosabatda bo'lishga o'rgatish juda muhimdir. O'quvchilar muayyan vaqtga belgilangan vazifalarni bajarish uchun majburiyat oladilar va ularni kun tartibiga yozib qo'yadilar.
Shundan keyin vaqti-vaqti bilan o'zlari va ota-onalari oldida olgan majburiyatlarini bajarilishi haqida hisobot beradilar. Bu esa ularning o'z xatti- harakatlari uchun javob berishga, mas'uliyatlarini his etishlariga yordam beradi.
O'z-o'zini tahlil qilish. O'z shaxsini, fazilatlarini tahlil qilishga, xatti- harakatlari haqida o'ylashga o'rgatadi.

O'z-o'zini nazorat qilish uchun o'quvchi o'zining yurish-turishi, intizomi, ijobiy odatlarining ortib borishi va, aksincha, salbiy odatlarining kamayib borishi haqida muntazam ravishda kundaligiga yozib boradi.


O'z-o'zini baholash. O'quvchining qobiliyatini o'z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashish zarur. O'z-o'zini baholash qiyin, lekin o'quvchini bunga etarli tayyorlash mumkin. Shu bois o'quvchi irodali bo'lishi, o'z burchini tushunishi, tahsil va tarbiya olish uchun sabablar, motivlar asos bo'lishi, ya'ni tahsil va tarbiyalanishni xoxlashi, o'zini o'rtoqlarining, yaqin kishilarining ko'zi bilan ko'rish va o'z-o'zini takomillashtirishga intilishi lozim.
O'z-o'zini baholash o'quvchi uchun o'zining imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, o'zidan qoniqish hosil qilishda yordam beradi.
Rag'batlantirish va jazolash usullari. O'quvchilarning har biri O'zining o'sib, ulg'ayib, kamol topib borayotganini bilishi kerak. Faqat shundagina O'quvchi o'zining olg'a siljib borayotgannni ko'ra biladi, o'z kuchiga ishonadi.
Uni hurmat qilishadi, unga ishonishadi, unga quloq solishadi, u jamoaga kerak, u o'qituvchisini qiziqtiradi. Bunga erishish uchun rag'batlantirish usulidan foydalanish lozim. Chunki rag'batlantirish bolaga ishonishga, unda bo'lgan ijobiy qobiliyat va fazilatlarning kuchini e'tirof etishga asoslangan. Rag'batlantirish o'quvchining ko'nglini ko'taradi, quvonch keltiradi, o'quvchini yanada tarbiyali bo'lishga yordam beradi. Amaliyotda rag'batlantirishning quyidagi turlari qo'llanadi:
1.O'quvchining kuchi etadigan, mas'uliyatli topshiriq berish
orqali bolaga ishonch bildirish; bunda o'quvchi o'z qadr-qimmati bilan faxrlanadi; 2. Maqtash (ota-onalar, bolalar jamoasi oldida);
3. Esdalik sovg'asi berish (kitob, ruchka, o'quv asbobi va boshqalar);
4. Maqtov yorlig'i berish;
5. Stipendiya bilan taqdirlash;
6. Hurmat taxtasiga fotosuratini qo'yish;
7. Qo'llab-quvvatlash;
8. Mas'uliyat va jamoaning minnatdorchiligi;
9. Safda birinchi o'rinda turish;
10. Musobaqalarda bayroq ko'tarish;
Gazetada, radioda e'lon va h. k.
Har qanday rag'batlantirish pedagogik talablarni hisobga olgan holda qo'llanishi lozim. Ya'ni, rag'batlantirish haqiqiy xizmatga muvofiq bo'lishi, ketma-ket bo'lmasligi, haddan oshirib maqtash, boshqa o'quvchilarga taqqoslab ularni kamsitishga yo'l qo'ymaslik, rag'batlantirishga bo'lgan talabchanlikni bo'shashtirmaslik va hokazo.
Jazolash — bu tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir.
Jazo ham o'quvchining va butun sinf manfaati uchun qo'llanadigan oxirgi tarbiya usuli. Jazo choralarini qo'llashda jismoniy jazo, urish, kaltaklash mumkin emas, bolani qo'rqitish, g'azablantirish ham yaxshi natija bermaydi. O'quvchi qo'rqqanidan yolg'on gapirishga o'rganadi, ikkiyuzlamachi bo'lib qoladi. Pedagogik talablarga javob beradigan jazo choralariga quyidagilar kiradi:
Tanbeh berish — eng engil jazo chorasidir. O'qituvchi bolaga yuzma-yuz turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo'yish mumkin.
Ogohlantirish — noma'qul xatti-harakatlarning oldini olish uchun qo'llaniladi.
Hayfsan berish — agar tanbeh va ogohlantirish kutilgan natijani bermasa, o'quvchi belgilangan intizomni buzaversa, o'quvchining aybi qay darajada va uning intizomini qanday sharoitda buzganini e'tiborga olib unga hayfsan e'lon qilish mumkin.
Uyaltirish. Odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-nomus, sharm- hayodir. Odatda, odamda izzat-nafs, odamiylik qancha kuchli bo'lsa, avvalo o'z- o'zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli bo'ladi. Tarbiyalashda shu hislarni ehtiyotkorlik bilan o'stirish lozim, lekin hadeb uyaltiraverish va qizartiraverish yaramaydi, Bundan oqilona va o'z o'rnida foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin.
Jazo yaxshi o'ylab qo'llanishi lozim, qizish ustida tinimsiz jazolash ham mumkin emas. Jazolar yakka xarakterli, ya'ni bitta bo'lsin, o'quvchilarning aybiga mos, muvofiq bo'lsin, tez-tez qo'llanilmasin, jazolanuvchi ongida jazoni haqqoniy ekanligi aniq bo'lsin va ular o'z ayblarini sezsinlar. Jamoada muhokama qilish va jamoa tomondan qo'llab-quvvatlangan jazo berilsa, uning ta'sir kuchi yana oshadi. Barcha hollarda ham jazo tarbiyalanuvchining jismoniy va ruhiy azob-uqubatlarga solmasligi, uni tahqirlamasligi, sha'nini bukmasligi kerak.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqorida ta'riflab berilgan tarbiyaning umumiy usullari o'quvchilarga pedagogik ta'sir ko'rsatish sohalarining hammasini qamray olmaydi.
Pedagogika fani va amaliyoti har doim rivojlanib boradi, shuning uchun tarbiya jarayoni ham takomillashib boraveradi.
Tarbiyaning muvaffaqiyatli qo'llanishiga, bu vosita mazkur sinf jamoasining tarbiya tizimidan qanchalik o'rin olganiga, qo'llanilayotgan tarbiya vositalari va usullari qo'yilgan tarbiya vazifalari va maqsadlariga qanchalik javob berishiga bog'liqdir.
4. Tarbiya jarayonida pedagogik maxorat
Pedagogika tarbiya ilmi hisoblanadi. Tarbiya - o'sib kelayotgan yosh avlodni mazkur muhit, jamiyat talablari asosida hayotga tayyorlashdan iborat. Tarbiya jarayonida o'sib kelayotgan yosh avlod o'zidan oldingi avlod tomonidan to'plangan bilim, urf - odat, madaniyat va mehnat ko'nikmalarini o'zlashtiradi, jamiyatda o'zining munosib o'rnini egallash va hayotiy tajribaga ega bo'lish uchun o'z saviyasi va dunyoqarashini shakllantiradi. Demak, tarbiya yosh avlodni hayotga va mehnatga tayyorlaydi. Bu faoliyat bilan tarbiyachilar shug'ullanadi.
Tarbiyalanuvchilar yoshiga ko'ra maktabgacha yoshdagi, maktab yoshidagi va katta yoshdagilar deb guruhlarga ajratish qabul qilingan. Har bir guruhlarga tarbiyachilar rahbarlik qilar ekan ulardan mahorat talab qilinadi.
Tarbiyachilar qanday xislatlarga ega bo'lishlari lozim? Bu savolga buyuk pedagog A.S.Makarenkoning quyidagi so'zlari bilan javob bermoqchimiz:
Yuz xarakatlarini yaxshi egallamagan, o'z yuziga zarur manolarini berib bilmaydigan yoki kayfiyatini ushlab turolmaydigan kishi yaxshi tarbiyachi bo'lishi mumkin emas. Tarbiyachi tashkil qila bilishi, yura bilishi, hazillasha bilishi, quvnoq, jahldor bo'la olishi lozim. Tarbiyachi o'zini shunday tutishi lozimki, uning har bir harakati tarbiyalansin. U ayni vaqtda nimani istashini va nimani istamasligini har doim bilishi kerak.
Agar tarbiyachi buni bilmasa, u kimni tarbiyalashi mumkin?
Tarbiyalanuvchilar yoshiga ko'ra guruhlarga ajratilishini bilamiz va quyida maktab yoshidagi va litsey, kollej talabalari guruhlari tarbiyachilarining mahorati haqida so'z yuritamiz.

Tarbiyachilardan quyidagilar talab kilinadi: o'z - o'zini tarbiyalash, dunyoqarashining kengligi, o'zini tarbiyalashi uchun ko'proq ilm olishi, intellektual qobiliyatini rivojlantirishi, estetik jihatdan tarbiyalanganligi, mehnatsevarligi va mehnatga layoqatliligi. Tarbiyachilar har qanday muammoli vaziyatdan chiqa olishi, tarbiyalanuvchilar bilan samimiy munosabatda bo'lishi lozim. Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini, ularning har biridagi o'ziga xos xarakterini doimo hisobga olishi kerak. Tarbiyachi mehnatining mashaqqati shundaki, u maktabdagi ishlarni tashkil etishda albatta uning uy sharoiti, uni mahallasida, ko'chasida qurshab turgan muhitni yaxshilab o'rganmog'i lozim. V.A.Suxomlinskiy takidlab o'tganidek, pedagog, bolalar ayniqsa katta yoshdagi tarbiyalanuvchilar o'rtasidagi ziddiyatlarga juda ehtiyotkorlik bilan aralashuvi lozim. U shuningdek, ziddiyatlarning shunday sohasi borki, unda pedagogning aralashuvi nihoyatda cheklangan bo'lishi, hamma kelishmovchiliklar va ziddiyatlar ham kollektivda muhokama qilish obekti bo'lmasligi mumkin va lozim deb hisoblagan edi. Aftidan, yirik pedagogning bu fikri tarbiyachining yo'l - yo'riqlaridan biri bo'lib qolishi u tarbiyachiga pedagogik nazokat muammosini hal qilishda yordam berishi lozim.



Tarbiyachining muhim ijtimoiy yo'l - yo'riqlaridan biri dilkashlikdir. Ananaviy dilkashlik yoki odamlarga aralashmaslik shaxsning o'ziga xos xususiyatlari deb qaraladi, bu butunlay konuniy holdir. U dilkashlik odamlarga aralashmaslik shaxsning o'ziga xos xususiyatlarigina bo'lib qolmay, shu bilan birga odamning u yoki bu vaziyatdagi muayyan xulk - atvori xamdir, yani ijtimoiy yo'l -yo'rig'idir. Shaxsning xususiyatiga bo'lgan dilkashlikni atrofdagilar bilan barqaror, kuchli rivojlangan aloqalarga intilish sifatida tariflash mumkin, bu intilish odamlar bilan tez aloqa o'rnatish bilan birga qo'shib olib boriladi.
Tarbiyachilar bilan munosabatlar sohasidagi eng muhim ijtimoiy yo'l yo'riqlarning ayrimlari ana shulardan iboratdir. Tarbiyachida ularning mavjudligi uning pedagogik nazokatga rioya qilishining zamini va sharti hisoblanadi.
Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi har tomonlama barkamol
intellektual salohiyatga ega bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashga
bog‘liq. O‘zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar
oldin yashagan bo‘lib, ular yuksak va o‘ziga xos madaniyatni
vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan.
Bugungi kunda ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida
yaratib kelingan ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni
tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan muhim vazifa bo‘lib
qoldi. Bu borada Prezidentimiz Islom Karimov o‘z ma’ruzalarida
quyidagicha fikr bildirganlar. „Xalqimiz tayanchi — ajdodlarimiz
qoldirgan ma’naviy merosning o‘zi bir xazina. Bu xazinadan
oqilona foydalanishimiz lozim“. Zero ajdodlarimiz tomonidan
yaratilgan asarlarda xalqimizga xos bo‘lgan insonning axloqiy
ruhiy kamolot masalasi yetakchi o‘rin tutadi. Insoniyat yaratgan
ma’naviy boyliklar bisotida donishmandlarning pand-nasihatlari
va o‘gitlari, tarbiya haqidagi fikrlari alohida o‘rin egallaydi.
Donishmandlarning pand-nasihatlari umrboqiy ma’naviy boylik
hisoblanadi. Chunki ular hayotdan, hayot tajribalaridan kelib
chiqqan va ezgu orzu niyatni ifodalaydi. Shuni ta’kidlash lozimki,
eng qadimgi tarbiya haqidagi fikrlar bizgacha bevosita
yetib kelmagan. Bu fikrlar insonning shakllanishida moddiy va
ma’naviy madaniyatning yillar davomida rivojlanishi natijasidan
dalolat beradi. Shuning uchun ham har bir davrda yashab ijod
etgan mutafakkir allomalarimiz „tarbiya“ so‘zini turlicha izohlaganlar.
Tarbiya — arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, parvarish
qilmoq, ta’lim bermoq, o‘rganish, odob o‘rgatish, mehribonlik
ko‘rsatish, himoya qilish singari ma’nolarni anglatadi. Bu o‘rinda
tarbiyaviy manba sifatida Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi
bo‘lmish „Avesto“ katta ahamiyatga ega. „Avesto“da insonning
barkamol bo‘lib yetishishida uning so‘zi, fikri, ishi birligiga katta
e’tibor berilgan. Bu axloqiy uchlik eng qadimgi davrlardan boshlab,
undan keyin yaratilgan barcha ma’rifiy asarlarga asos bo‘lgan,
desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Mana shunga asosan, „Avesto“
ning eng asosiy manbasi bo‘lgan Zardushtiylik to‘g‘risida so‘z
borganda u to‘g‘rilik bilan yashash va axloqiy unsurlarga asoslanganligini
ta’kidlash lozim. Ayniqsa, „Avesto“da inson tarbiyasiga,
insonlarning jamiyatda tutgan o‘rniga munosabati to‘liq
yoritilgan. Zardusht ta’limotida tarbiya haqida quyidagicha fikr
bildirilgan. „Tarbiya —hayotning eng muhim tirgagi (tayanchi)
bo‘lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash
zarurki, u, avvalo, yaxshi o‘qishni va so‘ngra esa yozishni o‘rganishi
bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin va yana yaxshi ovqat14
lanadigan xalqdan yaxshi nasl — sog‘lom avlod qoladi“, deb
ta’kidlanadi. Tarbiya ijtimoiy hodisa. Tarbiya kishilik jamiyatining
paydo bo‘lishi bilan vujudga keldi, taraqqiy etdi, jamiyatning
o‘zgarishi bilan tarbiya ham o‘zgarib bordi. Tarbiya xulqni
boshqarish va belgilash, bir-birini talab etadigan va belgilaydigan
tarkibiy qismlar — axloqiy ong, axloqiy faoliyat va axloqiy munosabatlarning
murakkab yig‘indisidir. Tarbiya shaxsni maqsadga
muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon
bo‘lib, tarbiyalanuvchilarning shaxsiga muntazam va tizimli
ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya — o‘sib kelayotgan avlodda
hosil qilingan bilimlar asosida aqliy kamolot — dunyoqarashni,
insoniy e’tiqod, burch va mas’uliyatni, jamiyatimiz
kishilariga xos bo‘lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni
ifodalaydi. Tarbiya deb tarbiyachi o‘zi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar
ongiga singdirishi uchun ularning ruhiyatiga
ma’lum maqsadga ko‘ra tizimli ta’sir ko‘rsatishiga aytiladi. Tarbiya
bola tug‘ilganidan umrining oxirigacha davom etadigan jarayondir.
Tarbiya —biror maqsadga qaratilgan jarayon, u doimo muayyan
rejaga ega bo‘ladi va buning uchun maxsus vakolati mavjud
bo‘lgan kishilar tomonidan amalga oshiriladi. Hamma davrlarda
ham tarbiyachilar yoshlarning axloqi va odobi, iymoni va vijdoni,
bilimi, malakasi, xatti-harakati, yo‘nalishi, tarixiy tajribasi,
davr talablari va ehtiyojlari, istiqlol vazifalari bilan uyg‘
unlashtirib shakllantirishga, rivojlantirishga harakat qilganlar.
O‘z oldiga inson kuchi, bilimi va irodasi bilan bajarilishi mumkin
bo‘lgan muayyan maqsadlarni qo‘ygan davlatlar ham ta’limtarbiya
ishlariga befarq qaramagan. O‘rta Osiyo mutafakkirlarining
tarbiya haqidagi fikrlari, o‘gitlari shunday kuchga egaki, ular
yoshlar qalbida insoniylik urug‘larining unishiga, katta hayot
yo‘liga olib chiqishiga yordam beradi. Shu bois biz uchun qadrli
bo‘lgan allomalarimizdan Bahovuddin Naqshband, Abu Nasr
Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Abu Rayxon Beruniy,
Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Abdurahmon
Jomiy, Jaloliddin Devoniy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy,
Hamza Hakimzoda Niyoziy, Asqar Zunnunov va boshqalarning
ta’lim-tarbiya va ma’rifat haqidagi g‘oyalaridan keng foy15
dalanish bugungi kun talabiga javob bera oladigan yoshlarni tarbiyalashda
muhim omil bo‘lib hisoblanadi.
Bahovuddin Naqshbandning ta’lim-tarbiya haqidagi fikrmulohazalari
va pand-u nasihatlari g‘oyat qimmatlidir. U barkamol
insonni tarbiyalash dastlab odobdan boshlanishini ta’kidlab,
shunday degan edi: „Adab xulqni chiroyli qilish, so‘z va
fe’lni soz qilishdir... Adab saqlash — muhabbat samarasi, yana
muhabbat daraxtining urug‘i hamdir. Agar adabdan ozgina nuqsonga
yo‘l qo‘ysangiz ham, nimaiki qilsang, beadablik ko‘rinadi.
Odam o‘zini bir xil sifat va ko‘rinishda olib yurishi lozimki, toki
odamlarda unga tasarruf (ta’sir qilish) ta’masi paydo bo‘lmasin“.
Abu Nasr Forobiy birinchi bo‘lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif
bergan olimdir. „Ta’lim so‘z va o‘rganish bilangina amalga
oshiriladi. Tarbiya esa, amaliyot, ish-tajriba bilan, ya’ni shu yo‘l
orqali amalga oshiriladi“, deydi u.
Abu Nasr Forobiyning fikricha, har bir shaxs munosib
odam bo‘lishi uchun unga ta’lim va tarbiya zarurdir. U ta’lim
orqali nazariy kamolotga erishadi. Tarbiya orqali esa kishilar bilan
muloqotni, axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni o‘rganadi.
Forobiy bolalarning fe’l-atvoriga qarab tarbiya jarayonida
„qattiq“ yoki „yumshoq“ usullardan foydalanish kerak, deb
hisoblaydi:
1. Tarbiyalanuvchilar o‘qish-o‘rganishga moyil bo‘lsa,
ta’lim-tarbiya jarayonida yumshoq usul qo‘llanadi.
2. Tarbiyalanuvchilar o‘zboshimcha, itoatsiz bo‘lsa, qattiq
usul qo‘llanilishi lozim, degan fikrni bildiradi.
Yusuf Xos Hojib tarbiyani juda murakkab jarayon deb tushunadi.
U tarbiya kishini ezgulikka o‘rgatmog‘i kerak. Ezguning
har ishi chiroyli, har bir qadami go‘zal. Ezgulik aslo qarimaydi.
Tarbiya beldan madorni, tandan quvvatni, ko‘zdan nurni, dildan
oromni talab qiladi, degan fikrni bildiradi.
Kaykovus bola tarbiyasida talabchanlik bilan mehribonlikni
birga olib borishni ta’kidlaydi: „Yosh bola ilm bilan adabni tayoq
bilan o‘rganur, o‘z ixtiyori bilan o‘rganmas. Ammo farzand beadab
bo‘lsa va sening ul sababdan qahring kelsa, o‘z qo‘ling
bilan urmagil, muallimlarning tayog‘i bilan qo‘rqitgil. Bolalarga
muallimlar adab bersinlar, toki sendan o‘g‘lingning ko‘nglida
gina qolmasin“.
Abu Rayxon Beruniy inson va axloqiy tarbiya haqida fikr
yuritar ekan, „Insonga yer yuzini obod etishi va uni boshqarib
turishi uchun aql-zakovat ato etilgan, Shuning uchun har bir
inson yuksak axloqli bo‘lishi lozim“, deydi.
Abu Ali ibn Sino bola tarbiyasi haqida fikr bildirar ekan,
bola tarbiyasini unga ism qo‘yishdan boshlashni lozim deb topadi.
„Bolaga munosib ism tanlash ota-onaning dastlabki oliyjanob
vazifasi, bola tarbiyasi bilan avvalo ota-ona shug‘ullanishi kerak“,
deydi.
Umar Xayyomning ta’kidlashicha, tarbiyaning maqsadi
„sog‘lom fikr, ziyrak aql va o‘tkir zehnga ega bo‘lgan insonni
shakllantirishdan iborat bo‘lmog‘i kerak“. Faqat chuqur zehngina
barkamol xalqni qondira oladigan ilhomga erishishi va uning
yordami bilan yuksak aql-idrok, farog‘atni hosil qilish mumkin,
lekin shuning o‘zi kifoya qilmaydi, inson yuksak axloqqa ega
bo‘lishi, yaqinlarini sevishi lozim.
Alisher Navoiy bola tarbiyasi bilan oila hamda maktabda
shug‘ullanish, shuningdek, bola tarbiyasini olib borish jarayonida
namuna uslubidan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligiga
alohida urg‘u beradi. Tarbiya va ta’lim ishlari o‘qituvchi hamda
ota-onalar tomonidan olib borilishi lozim. Mutafakkir bolalar
bilan munosabatda bo‘lish chog‘ida ular tomonidan yo‘l qo‘yilgan
xatoliklarni bartaraf etishda ularga jismoniy jazo berishdan
saqlanish, aksincha, hushmuomalalik bilan yo‘l qo‘yilgan xatolarning
mohiyatini ularga tushuntirish zarurligini, biroq bu
o‘rinda ma’lum me’yorga amal qilish zarurligini aytadi. Alisher
Navoiy o‘qituvchining, ayniqsa, talabchan bo‘lishi bolalarning
puxta bilim olishlari va ularda axloqiy sifatlarning shakllanishida
muhim ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. Alloma ma’lum fan
asoslari yoki muayyan kasb-hunar sirlarini o‘rganishga layoqatli,
iste’dodli bolalarni tarbiyalashga alohida ahamiyat berish
jamiyat uchun katta foyda keltiradi, qobiliyatsizni tarbiyalashga
urinish befoydadir, degan xulosaga keladi va bu o‘rinda quyidagilarni
bayon etadi: „Qobiliyatlini tarbiya qilmaslik zulmdir, qo17
biliyatsizga tarbiya —xayf. Qobiliyatlini tarbiya qilmaslik bilan uni
nobud qilma“,1 degan fikrni bildiradi.
Abdurahmon Jomiy, avvalo, tarbiya haqida fikr yuritar
ekan, har bir narsani ham parvarish etsa, undan yaxshi natija
chiqishini, insonni ham yaxshi tarbiya etsa, u barkamol bo‘lishini
alohida ta’kidlaydi.
Jaloliddin Devoniy „Bolaning tarbiya olishi, odob-axloqli
bo‘lishi uning keyingi tarbiyasiga bog‘liq. Chunki hayotda har
kuni bola ko‘radigan, muloqotda bo‘ladigan narsalar uning xulqiga
yaxshi va yomon tomondan ta’sir etadi. Bolada har kuni
insoniy xislatlar: yurish-turish qoidalari, xushmuomalalik, otaona
va boshqa katta yoshlilarni hurmat qilish, to‘g‘rilik va rostgo‘
ylikni o‘rganish, shirinsuxanlik, kamtarlik, so‘zlashuv odobiga
rioya qilish kundalik turmushda o‘rganiladi“, deydi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy ta’lim-tarbiya ishini ijtimoiy hayot,
jahon miqyosida sodir bo‘layotgan voqealar bilan bog‘liq holda
olib borishni talab etadi. U yoshlar tarbiyasida, oila, ota-onalar
alohida mavqega ega ekanini, maktab tarbiyasi bilan oila tarbiyasi
uzviy birlikda olib borilishi kerakligini ta’kidlaydi.
Munavvarqori bolalar tarbiyasida faqat ota-onalar emas,
balki muallim va keng jamoa javobgar ekanligini aytib, ulardan
bolalarni axloqli qilib tarbiyalashni talab etadi. U yoshlarni bilimlarni
puxta egallashga, mehnat qilishga, umuminsoniy qadriyatlarga
sadoqatli bo‘lishga chorlaydi, ota-onalarni farzandlarida
ma’naviyat, nafosat, go‘zallik tuyg‘ularini rivojlantirishga da’vat
qiladi. Munavvarqorining fikricha, yosh avlodni tarbiyalash bilangina
millatni uyg‘otish, Vatanni ozod qilish, xalq ma’naviyatini
yuksaltirish, turmushni farovonlashtirish mumkin. Adib
yoshligidan bolalarda mehnatga qiziqish, g‘ayrat, jasorat fazilatlarini
tarbiyalashni tavsiya etadi.
Abdulla Avloniyning fikricha, axloq bu xulqlar majmuyidir.
Xulq esa, kishida o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Ularning shakllanishi
uchun ma’lum bir sharoit, tarbiya kerak. Kishilar tug‘ilishida
yomon bo‘lib tug‘ilmaydilar, ularni muayyan sharoit yo-
1 Yuqorida nomi qayd etilgan asar, 17- bet.
mon qiladi. Avloniyning ta’kidlashicha, axloq tarbiyasi xususiy
ish emas. Bu tarbiya ijtimoiy ishdir. Har bir xalqning taraqqiy
qilishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p
jihatdan bog‘liqdir.
Hamza Hakimzoda fikricha, maktab bolalarni ilmli, odobli
qilib tarbiyalashi va hunarga o‘rgatishi kerak, maktabda dunyoviy
fanlar o‘qitilishi lozim. Aqliy tarbiyada bolalar tabiat va jamiyat
qonun-qoidalarini, tabiat hodisalarini, ularning o‘zaro bog‘liqligini
bilishlari kerak. Shundagina bolalar jamiyat va xalq farovonligi
uchun xizmat qiladigan bo‘lib yetishadilar. Zero, insonparvar
odamgina kishilarni, ota-onani qadrlaydi, insoniy huquqlarni
himoya qiladi, ularga hurmat-ehtiromda bo‘ladi. Uning
uqtirishicha, axloqiy tarbiyada bolalarda insonparvarlik tuyg‘usini
rivojlantirish, bolalarni barkamol inson, go‘zal axloqli bo‘lib
yetishishi uchun oilada sog‘lom muhit, tarbiya to‘g‘ri yo‘lga qo‘-
yilgan bo‘lishi kerak.
Asqar Zunnunovning fikricha, tarbiyada bilim va tajribaga
ega bo‘lgan, milliy qadriyatlardan xabardor o‘qituvchi bolalarni
bilimli, go‘zal xulqli qilib yetishtirishi shubhasizdir. Ammo ularning
bolalarga beradigan tarbiyasi tarbiyaning asosiy zamini
bo‘lgan oila, tarbiya ilmidan xabardor ota-ona, ayniqsa, iffat,
sharm-hayo, or-nomus, sabr durdonalaridan ziynatlangan,
baxt-saodat mujassam bo‘lgan ona tarbiyasi darajasida bo‘lmaydi.
Shu o‘rinda yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek,
„Farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega
bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish
ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi
lozim, deb qabul qilishimiz kerak“. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini
uyg‘un holda olib borishni talab etadi. Jamiyatimiz komil insonni
tarbiyalashda, uning ma’naviyatini shakllantirishda eng asosiy
o‘rinni egallaydi. Komil inson tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor
sohasi hisoblanadi. Komil inson deganda biz, avvalo, yuksak
ongli, mustaqil fikrlaydigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat
bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kshilarni tushunamiz. Tarbiya —
vijdon ishi; ta’lim esa fanning vazifasi. Keyinchalik, inson voyaga
yetgach, bilimning bu ikki turi biri-birini to‘ldiradi
Tarbiyaga jamiyat a’zolari o‘rtasida qaror topgan munosabatlarni
saqlab turish uchun juda zarur bo‘lgan bilimlarni uzluksiz
egallash, deb qarash mumkin. Tarbiya ishida har bir
kishining individual qobiliyatini rivojlantirish haqida g‘amxo‘rlik
qilish bilan, ayni chog‘da, ularda atrofdagilarga nisbatan mas’-
uliyat hissini tarbiyalashga ham e’tibor bermoq zarur. Davlatning
gullab-yashnashi, xalqning farog‘ati oliyjanob xulq-odobga
bog‘liq, oliyjanob xulq-odob esa tarbiya tufaylidir. Tarbiya, asosan,
bizning dilimizga jamiyat uchun foydali bo‘lgan fazilat
urug‘larini sochmog‘i lozim. Tarbiya faqat inson zehnini o‘stirish
va unga ma’lum hajmdagi bilimni singdirishgina emas, balki
u insonda mehnatga tom ma’nodagi chanqoqlik hissini uyg‘otmog‘
i lozim, busiz odam hayotda na e’tiborli va na baxtiyor bo‘la
oladi. Tarbiya, bu nisbatan keksaroq avlodning o‘z tajribasi, o‘z
ehtirosi, o‘z e’tiqodini yosh avlodga topshirishi demakdir. Tarbiyaning
bosh vazifasi odamni yaxshi qadam bosishga majbur
etishgina emas, balki bu yaxshi ishlardan huzurlanishga ham
o‘rgatishdir; faqat ishlabgina qolmay, ishni sevish ham kerak.
Tarbiya bizni yo‘ldan ozdirmay turishining o‘zi kifoya emas, u
tobora bizni yaxshilab bormog‘i lozim. Nazarimizda bolalarning
a’zoyi badani va ruhiyatini tabiat qanday yaratgan bo‘lsa, shundayligicha
qoldiraverishdan qoniqmaymiz, biz ularning tarbiyasi
va o‘qishi haqida g‘amxo‘rlik qilamiz, toki yaxshi yanada yaxshilanishi,
yomon esa o‘zgarib, yaxshi bo‘lishi kerak. Tarbiya
odamda mehnatga ko‘nikma va mehrni kuchaytirmog‘i lozim, u
insonga hayotda o‘ziga loyiq ish topa bilish imkoniyatini bermog‘i
zarur. Tarbiya qiyin ish va tarbiya shart-sharoitlarini yaxshilash
har qanday kishining ham muqaddas burchlaridan biridir. Zero,
o‘zini va tevarak-atrofdagilarni ma’lumotli qilishdan ham ko‘ra
muhimroq ish yo‘q. Har bir mamlakatda insonni voyaga yetkazish
san’ati idora etish uslubi bilan shu qadar chambarchas
bog‘lanib ketganki, ijtimoiy tarbiyaga doir u yoki bu muhim
o‘zgarishni davlat tuzumining o‘ziga o‘zgartirish kiritmasdan turib
amalga oshirish mumkin emas. Chinakam tarbiya yuksak ezgulikdir,
aks holda, u hech nimaga yaramaydi. Barcha kashfiyotlar
ichida eng go‘zali yaxshi tarbiya olgan insondir. Tarbiya
ikki negizga — axloq va oqillikka tayanmog‘i lozim; birinchisi
yaxshi fazilatni o‘stirsa, ikkinchisi o‘zgalar illatidan himoya
qiladi. Biz tarbiyalayotgan insonda axloqiy soflik, ma’naviy
boylik, jismoniy barkamollik uyg‘unlashib ketmog‘i lozim.
Xalq og‘zaki ijodida tarbiya haqidagi
hikmatli so‘zlar
Odamlar o‘z sirlarini jon-jahdlari bilan yashiradilar-u, boshqalarnikini
saxiylik bilan yoyadilar.
Nodon o‘tmishdan saboq olmaydi, kelajakni o‘ylamaydi, u
faqat bugungi kun bilan yashaydi.
Nodonning hatto haqiqati ham o‘z ziyoniga ishlaydi.
Yo‘qotish hamisha alamli.
Hayotda hammasi aks: istaganingga intilib yetolmaysan,
istamaganing oyog‘ingning ostidan chiqaveradi.
Xotirjam bo‘lmaguncha ishing unmaydi.
Ham baxt, ham davlat kamdan-kam hollarda birga bo‘ladi.
Kundalik tashvishlardan baland ko‘tarila olmagan ulug‘ bo‘-
lolmaydi.
Birovning boshiga ish tushsa, bir-biridan suyunchi oladigan
ko‘payadi.
Odamlar yaxshilikka bosh qo‘shishmasa ham, yomonlikda
bir jon-u bir tan.
Dushmanlik, ko‘pincha, biz sira kutmagan tomondan keladi.
Bizni, ko‘pincha, shubhalanish xayolimizga ham kelmaydigan
kishilar chuv tushirib yurishadi (Xalq og‘zaki ijodidan).
Zimmangda farz bo‘lgan narsani qarz va burch o‘rnida ko‘r.
Bu hol qalbing-u dilingga rohat baxsh etib, sharafing va obro‘
yingni saqlash uchun eng to‘g‘ri yo‘ldir.
O‘z vaqtidan kechikib berilgan in’om-ehson mahkam tortilgan
zanjir misoli qattiq bo‘g‘uvchidir (Hadisdan).
O‘zi sazovor bo‘lmagan hamd-u sano-yu maqtovlarni talab
qilish uyatsiz, telba odamlarning odatlaridandir (Hadisdan).
Tavba qilgan kishi umrining nihoyasi (xotimasi) umrining
boshidir (ya’ni onadan tug‘ilgan kabi gunohsizdir), uning ishlari
Alloh taolo nazdida aybli bo‘lmaydi (Hadisdan).
Kimning xulqi xush, fe’l-aftori to‘g‘ri bo‘lsa, u tilaklariga
yetadi, istiqboli porloq bo‘ladi (Yusuf Xos Hojib).
Inson faqat niyatnigina yo‘qotishdan qayg‘urish kerak,
chunki har qanday xayrli ish niyatsiz durust bo‘lmaydi (Hakim
at-Termiziy).
Badantarbiya bilan mashg‘ul bo‘linsa, hech qanday doridarmonga
zarurat qolmaydi, buning uchun muayyan bir tartibga
rioya qilmoq ham shart (Ibn Sino).
Do‘stlarning do‘stligi mashaqqat va mehnat chog‘ida bilinur
(Xoja Ahror Valiy).
Tarbiya uch qismdan iborat: badan tarbiyasi, aql tarbiyasi,
axloq tarbiyasi (Fitrat).
Ilmning avvali sukut, so‘ng eshitish, so‘ng yod olish, so‘ng
amal qilish, so‘ng uni tarqatishdir (Imom G‘azzoliy).
Qiyinchilik aqlning charxi-yu g‘ayratning qayrog‘i bo‘lar
ekan (Abdulla Qahhor).
Ishga yarab qolsa ilming bir muddat,
Yana oshirmoqqa aylagil shiddat (Mirzo Ulug‘bek).
Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay (Imom al-
Buxoriy).
O‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lar.
Bilim qayda bo‘lsa, buyuklik bo‘lar (Yusuf Xos Hojib).
Qobliyatli odamni tarbiya qilmaslik — zulmkorlik va noqobil
odamga tarbiya xayfdir. Tarbiyangni ayab, uni nobud qilma,
tarbiyangni bunisiga zoye ketkazma (Az-Zamahshariy).
Har qanday mushkul ish aql egalari tufayli isloh qilinur
(Alisher Navoiy).
Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga, mashqqa
(Arastu).
Maktab —dunyo imoratlarining eng muqaddas va qadrlisidir.
Maktabning chin va haqiqiy ma’nosini bilgan millatlar jonlari,
mollari bilan himmat va g‘ayratlarini sarf etib, millatning taraqqiy
rivojiga ijtihod qilurlar (Behbudiy).
Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko‘p zamonlardan beri taqdir
qilinib kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan muqaddas
vazifadir (A. Avloniy).
Hayot yo‘lida birinchi masala maktab masalasidir (Abdurauf
Fitrat).
To‘g‘ri bolalarga, hali ular bola ekan, ota-onalar vasiylik
qilishlari kerak, biroq ayni paytda ular bir umr bola bo‘lib
qolmaydigan tarzda tarbiyalanishlari lozim (X. Viland).
Izzat-hurmat ota va onani, shunungdek, bolalarni ham qo‘-
riqlab turuvchi posbondir: u ota-onani kulfat va g‘amdan, bolalarni
esa vijdon azobidan qutqaradi (O. Balzak).
Tarbiya —buyuk ish: tarbiya bilan inson qismati hal etiladi
(V. Belinskiy).
O‘qish — tarbiya deb ataluvchi gulning faqat birgina gulbargi,
xolos (V. Suxomlinskiy).
O‘qitish ikki barobar o‘qish demakdir (J. Juber).
Inson tarbiyasining bosh yo‘li ishonchdir (K. Ushinskiy).
Inson uchun nondan so‘ng eng muhimi maktab (J. Danton).
O‘z shogirdlarida mehnatdan zavqlanish hissini uyg‘ota
bilgan muallim sharafga loyiq (E. Xabbard).
Kitoblar keksalikda eng yaxshi do‘st, ayni paytda, yoshlikning
eng aziz rahnamosidir (S. Smayls)
Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do‘stlardir (V. Gyugo).
Odamning qanday odamligini hamisha u o‘qiydigan kitoblardan
bilish munlin (S. Smayls).
Hayotda hech narsa mashaqqatli mehnatsiz qo‘lga kiritilmaydi
(Goratsiy).
Mehnat chinakam oliyjanoblikning yagona unvoni hisoblanadi
(R. Rollan).
Tinmasdan gapirib, birovga quloq solmaslik mag‘rurlik belgisidir
(Demokrit).
Ulug‘ ishlar uchun tolmas sabot kerak. Past odamlarning
g‘ururi shundan iboratki, ular doimo o‘zlari haqida gapiradilar,
chinakam insonlarning g‘ururi esa o‘zi haqida mutlaqo gapirmaslikdir
(F. Volter).
Faqat bir ezgulik bor — bilim va faqat bir yomonlik bor —jaholat (Suqrot).
Kichik yoshdagi tarbiyalanuvchilar kollektivlarda talabchan va quvnoq tarbiyachi bo'la oladigan bolalarning faol ijodkorlik bilan to'la hayotini tashkil etib, ular orasida o'zaro xayrihoxlik, g'amxo'rlik vaziyatini, zavqli vaziyatini vujudga keltira oladigan tarbiyachilar katta obro' - etibor qozonadilar. Bolalar katta yoshdagi bunday kishilarni o'z do'stlaridek qabul qilishga moyildirlar. Bunday munosabat eng yaxshi munosabatdir, chunki u katta yoshdagi kishiga jo'shqin qulaylik bag'ishlaydi, uning ko'pgina tashkiliy vazifalarini hal etishni osonlashtiradi, tarbiya vazifalarini mohirlik bilan samarali hal etishga yordam beradi.
Axloqiy tarbiyalanganlik - shaxsning asosiy fazilatlarning (mehnatsevarlik, to'g'riso'zlik, jamoaviylik) yoki axloqchilikning asosiy belgilarining rivojlanishi darajasiga karab aniqlanadi. Aqliy, zehniy tarbiyalanganlik - aqliy va zehniy sifatlari, fazilatlarining rivojlanganlik darajasiga shaxsning yoshiga ko'ra hamma davrlarida intellektual tarbiyalanganligi haqida xulosa chikarish mumkin. Aqliy tarbiyaning maktab yillaridagi mezoniy fazilati mantiqiylik hisoblanadi. Balog'at yoshida esa, aqlning qobiliyatlari yangi malumotlarni vujudga keltiradi. Maktab o'quvchilarning aqliy rivojlanishini boshqarish uchun uch jihat bo'yicha malumotlarni olish kerak: bilishliylik, faollik, aqlning rivojlanganligi (fikrlovchanlik). Demak, tarbiyachi o'quvchilar bilan olib boriladigan manaviy - marifiy ishlarni rejalashtirishda ko'proq bahs - munozara usulida olib boriladigan tadbirlarni belgilashi lozim.
XULOSA
Tarbiya ta‘lim berish bilan mustahkam aloqada bo'lgani holda o'ziga xos qonuniyatlarga ega. Ta‘lim-tarbiya yaxlit pedagogik jarayondir. Lekin ular bir- biriga aynan o'xshash emas. Tarbiya jarayoni murakkab jarayon bo'lib, u uzoq davom etadi hamda uning natijasini ko'rish qiyinroq kechadi. Bolalarni tarbiyalash ular tug'ilgan vaqtidan boshlanadi va muntazam ravishda ta‘lim berish bilan birga olib boriladi. Bolaning o'sishi va tarbiyasi uning faoliyati jarayonida amalga oshiriladi.

Yuqorida bildirilgan mulohazalarga tayangan holda mavzu yuzasidan quyidagi xulosalarga kelish mumkin.


1. Tarbiya jarayonining asosini ijtitmoiy-xayotning ob'ektiv talabalarini, shaxsning ijtimoiy mohiyatini hamda tabiatini aks ettiruvchi qonuniyatlar tashkil etadi.
Tarbiya jarayonini ilmiy asoslangan tarzda olib borish uning qonuniyatlrini chuqur o'rganishni talab etadi.
2. Tarbiya jarayonining muvaffaqiyati uni tashkil etishda qanday tamoyillarga ko'ra ish ko'rilayotganligiga ham bog'liq. Tarbiya tamoyillari-yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqadigan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni, metodlari va yo'nalishiga quyiladigan eng muhim talabalarni belgilab beruvchi asosiy g'oya va qoidalar yig'indisidir.

3. Tarbiya jarayonini tashkil etishda o'quvchi tomonidan qo'llaniladigan metodlar ham muhim ahamiyatga ega bo'lib, ular ijtimoiy jamiyat tomonidan ta'lim muassasalari oldiga quyilgan yosh avlodni har tomonlama barkamol, erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi etib tarbiyalash vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya metodlari o'zaro o'xshash jihatlariga ko'ra uch guruxga bo'linadi.


Tarbiya jarayonida qo'llaniladigan tarbiya vositalari tariya metodjlari ahamiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga tarbiya qoidasi-pedagog ta‘lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlang'ich holat, rahbarlik asosidir. Tarbiya qoidalari o'qituvchi, tarbiyachilarga yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi qoidalar hisoblanadi. Tarbiya qoidalari Sharq va Markaziy Osiyo faylasuf-donishmandlarining fikrlari va milliy pedagogika erishgan yutuqlarga asoslanadi.

Tarbiya qoidalariga quyidagilarni kiritish mumkin: tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi, tarbiyaning insonparvarlik va demokratik qoidasi, tarbiyani hayot bilan, mehnat bilan bog'liqligi qoidasi, tarbiyada milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi qoidasi, tarbiyada o'quvchilarning yoshi va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish qoidasi, izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta‘sirlarning birligi va uzluksizligi qoidasi va boshqalar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Abdullaev M. Madaniyat, ma'naviyat, ma'rifat // Muloqot.-1998.-№3.

2. Abdullajonova D. Milliy tarixiy xotira: mohiyat va talqin // Jamiyat va boshqaruv.- 2004.- №4.

3. Abduraxmonov A. Axloqiy tarbiya va milliy qadriyatlarimiz // Sharq yulduzi.- 1990.- №12.

4. Aminov B., Rasulov T. Vatan yurakdagi javohir.-T.: O'qituvchi, 1996.

5. Amir Temur o'gitlari.- T.: Navro'z, 1992.- 63 b. (Amir Temur vasiyati.-T.: G'afur G'ulom, 1991.

6. Ahmedov B. Ajdodlar o'giti.- T.: Cho'lpon, 1991.

7. Baratov Sh. O'quvchi shaxsini o'rganish usullari.-T.:O'qituvchi,1995.

8. Gasanov Z.T. Problemi vospitaniya patriotizma, drujbi narodov, veroterpimosti: neobxodimost' novix podxodov k razrabotke metodologii i teorii vospitaniya // Pedagogika. - 2001.- №4. - S.

9. Gera R. Vospitanie patriotizma sredstvami kraeveleniya // Vospitanie shkol'nikov. - 2005. -№10. -S.

10. Jabborov A.M. O'zbek maktabi o'qituvchisining psixologik va etnik xususiyatlari. Psixol. fanl. dokt. diss. T.: 1999 y.

11. Yo'ldoshev J. Ta'limimiz istiqlol yo'lida.-T.: Sharq, 1996.

12. Yo'ldoshev M. Madaniyat insonni ulug'laydi // Muloqot.-2000.-№ 5.

13. Yo'ldosheva R. O'zbek xalq o'yinlarining tarbiyaviy ahamiyati.-T.: O'qituvchi, 1994.

14. Mahkamov U. Axloq-odob saboqlari.- T.: Fan, 1994.

15. Meliboev A. Vatan saodati.- T.: Sharq, 1998.

16. Mikryukov V.Yu. Ispol'zovanie fenomena Rossiyskix voenskix traditsiy v voenno-patrioticheskom vospitanii uchashixsya // Innovatsii v obrazovanii. - Moskva, 2007. - №2.- S.

17. Ming bir hadis.- T.: Movarounnahr, 1998.- 144 b.

18. Munavvarov A. Pedagogika. Pedagogika Oliy o'quv yurtlari uchun darslik.- T.: O'qituvchi, 1996.

19. Murodov M. O'zbekning shoir bo'lmagani kam // Muloqot.- 1991.-№7.


20. Musurmonova O. Ma'naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. - T.: O'qituvchi, 1996.
Download 55,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish