Reja:
I. Kirish.
1. Ekologiya fani haqida tushuncha.
II. Asosiy qism
1. O’simliklar dunyosi
2. O’simliklarni muhofaza qilish.
3. “O’simliklar dunyosini muhofaza qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni
III.Xulos
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Ekologiya, populyatsiya, autekologiya, biosfera, landshaft, ijtimoiy ekologiya, koinot ekologiyasi, urbanizasiya, taqqoslash, tajriba, modellashtirish, tasvirlash.
Ekologiya, biologiya fanlari turkumiga mansub bo'lgan mustaqil fan hisoblanadi. U tirik organizmlarning yashash sharoiti va shu organizmlarning o'zlari yashab turgan muhit bilan o'zaro murakkab munosabatlari hamda shu asosda tug'iladigan qonuniyatlarni o'rganadi.
Ekologiya; tushunchasini fanga birinchi bcflib 1866 yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan kiritilgan. «Ekologiya» yunoncha so"z bo’lib uning ma'nosi tirik organizmlarning yashash sharoiti yoki tashqi muhit bilan o'zaro munosabatini bildiradi. Populyatsiya, turlar, biosenozlar, biogeosenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining manbai hisoblanadi. Shuning uchun ham umumiy ekologiya 4 bo'limga bo’lib o'rganiladi.
1. Aut-ekologiya «autos»- yunoncha so'z bo’lib «o'zi» degan ma'noni bildiradi. Ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan munosabatlarini turlarning qanday muhitga ko’proq va uzviy moslashganligini yoritadi.
2.Populyatsion ekologiya «populyason» - fransuzcha so’z bo"lib, «aholi» degan ma'noni bildiradi. Populyatsiyalar dinamikasi, ma'lum sharoitda turli organiznilar sonining o"zgarishi biomassa dinamikasi sabablarini tekshiradi.
3.Sin ekologiya «sin» - yunoncha so'z bo’lib, uning ma'nosi «birgalikda» demakdir. Biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o'simlik va hayvon turlarining o'zaro aloqalarini hamda ularning tashqi muhit bilan bo’lgan munosabatlarini o'rganadi.
4. Biosfera «bios»- hayot- «sfera»- shar so'zlaridan olingan bo’lib, ekosistemalarni tadqiq qilishning rivojlanishi ushbu ta'limotni vujudga keltirgan. Ushbu talimot asoschisi Vernadskiy V.I. hisoblanadi. Sayyoramizda tarqalgan organizmlar, ya'ni yer qobig'idagi mavjudotlar tizimi biosfera deb ataladi.Hozirgi vaqtda ekologiyaning juda kcf p tarmoqlari mavjud. Jumladan filologik ekologiya, bioximik ekologiya, poliekologiya, landshaftlar ekologiyasi, qishloq xo'jaligi ekologiyasi, ijtimoiy ekologiya va inson ekologiyasi, koinot ekologiyasi kabi qator tarmoqlar vujudga keladi.
Ekologiya ilmiy tadqiqot ishlarida bir qancha uslublardan foydalanadi. Ularning keng tarqalgani quyidagilar: 1. Tasviriy, 2. Taqqoslash, 3. Tajriba, 4. Modellashtirish. Tasviriy, taqqoslash va tajriba uslublari deyarli barcha biologik fanlarda foydalaniladi. Ammo modellashtirish yangi rivojlanayotgan uslublardan hisoblanadi. Fan texnika sohasida ro'y bergan inqilobiy o'zgarishlar va sanoat va transportning tez o'sishi, aholining ko’payib borishi, urbanizatsiya xodisasi, shaharlarning kengaya borishi, shaharlar ta'sirining orta borishi, qishloq xo'jaligida kimyolashtirishning kuchli ta'siri va boshqa hollar, bir tomondan tabiiy resurslardan ko’proq foydalanishga olib kelsa, ikkinchi tomondan atrof muhitga salbiy ta'sirlarini ortishiga olib keladi. Natijada tabiiy resurslarning miqdori va sifatiga putur eta boshladi. Bunday munosabatni bartaraf etish hozirgi kunda ekologiya oldiga qo'yilgan birdan-bir dolzarb muammodir. Bu muhim masalani hal etishning amaliy va ilmiy asosi -tabiatni muhofaza qilishdir.
TMQ fani tabiiy resurslarning antropogen dinamikasi qonuniyatlarini, ularning murakkab o'zaro aloqalarini o'rganadi. Bu dinamikaning inson uchun ahamiyatini aniqlaydi, tabiiy boyliklardan ratsional foydalanishni asoslab beradi. Hozirgi avlod va kelajak avlod uchun muhim bo’lgan tabiiy resusrlarning miqdor va sifat xususiyatlarini - saqlash va tiklash usullarini ishlab chiqarish lozim.
TMQ fani kompleks fan bo’lib, tabiiy fanlar ijtimoiy-iqtisodiy va texnika fanlari negizida rivojlanadi. TMQ termini birinchi marta 1913 yilda TMQ ga bagishlangan 1-xalqaro s'ezddan song olimlar tomonidan ishlatila boshlandi. Inson butun mehnat faoliyati davomida tabiat bagrida yashab, unga ta'sir etadi. Va ozi uchun zarur bo’lgan barcha ne'matlarni, oziq-ovqat, kiyim-kechak, qurilish materiallari, energiya va mineral ashyolar va hakozolarni o'z mehnat faoliyati natijasida tabiatdan foyda oladi va sarflaydi. Masalan: dunyo bo'yicha hozirgi kunda har xil yoqilg'ilar ishlatilishi tufayli 10,1 ralyard tonna sarflanadi. qishloq xo'jaligiga yaroqli bo’lgan tuproqning 70 %, o'rmonlarning 50%, chuchuk daryo suvlarining20%, biologik resurslarning 70% kishilar tomonidan o'zlashtirilib foydalanilmoqda. Yer yuzida har yili 4 mlyard tonnadan ortiq neft, gaz 2 mlyard tonnadan ortiq komir yoqilib, 20 mlyard tonna har xil ma'danlar qazib olinadi. uning chang tozonlari, zaharli gazlar, tutun -qurumlari atrofga chiqib uni ifloslantirmoqda. Bularning hammasi insonning tabiatga ko’rsatgan ta'sirining natijasidir. Shunday ekan, tabiatdan to’g^ri foydalanish, tabiat qonunlari bilan hisoblashish va unga rioya qilish shartdir. Aks holda inson qator salbiy oqibatlarga duch keladi. Bugungi kunda shunday oqibatlarga duch kelmoqdamiz ham. Masalan, bundan 3000 yil ilgari yer sharidagi quriqlik yuzasi umumiy maydonining 47 % ni o'rmonlar tashkil qilgan edi. Insonning o'rmonlardan rejasiz ravishda foydalanishi natijasida hozir uning miqdori 27% ga tushib qoldi. Bu esa 2 mlyardga yaqin unumdor yerning Eroziyaga uchgashiga sabab bo'ldi. Bu korsatgich butun quriqlik maydonining 15% ni tashkil qiladi. O'zaro iqtisodiy yordam kengashi (O'IYOK) ning tabiatni muhofaza qilish bo'yicha 1974 yil tasdiqlangan dasturiga binoan tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning quyidagi muammolari o'ta muhimdir.
O’simliklar dunyosi va ularni muhofaza qilish.
O’zbekiston hududidagi balandlik mintaqalarining vujudga kelishi va uning sabablari, u bilan bog’liq bo’lgan qonuniyatlar O’zbekiston Fanlar akademiyasining akkademigi K.Z. Zokirov tomonidan ishlab chiqildi. K.Z. Zokirov tavsiya qilgan to’rtta: cho’l, adir, tog’ va yaylov mintaqalarining har biri o’ziga xos iqlim, tuproq qoplami, o’simlik va xayvonot dunyosiga ega. Ularning xar birida ro’y beradigan tabiiy geografik jarayonlar ham bir-biridan farq qiladi. O’zbekistonning tuproq qoplami, o’simlik va hayvonot dunyosi juda xilma-xil. Respublikamiz hududida 3000 tadan ziyod o’simlik turi mavjud bo’lib, bularning 9 foizi faqat O’zbekistonda uchraydigan endemik o’simliklardir. O’zbekistonning o’simlik va hayvonot dunyosi Kavkaz va Old Osiyo, xususan Eron mamlakatlari hududi bilan muayyan umumiylikka ega. Respublikamizda sut emizuvchilarning 91 ta turi, sudralib yuruvchilarning 57 ta turi, qushlarning 400 ta turi, baliqlarning 40 tadan ortiq turi bor. Ular muayyan qonuniyatlar bo’yicha tarqalgan. O’zbekiston hududi yer yuzasining g’arb va shimoli-g’arbdan janubi-sharqqa va sharqqa tomon ko’tarila borishi sizga malum. Toqqa tomon havo harorati pasayib, yog’inlar miqdori ortadi, tuproq o’simlik qoplami o’zgaradi. Shuning uchun hami respublikamiz tabiat zonalari janubdan shimolga emas, balki g’arbdan sharqqa, yani tekislikdan toqqa tomon o’zgarib, balanlik mintaqalarini hosil qiladi. Yer yuzasi okean sathidan balanlashgan sari iqlim umuman bir butun tabiatning o’zgarib borishini ulug’ allomalar Abu Rayxon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinolar X asrdayoq idrok etgan edilar.
Tuproq turlari. Respublikamiz hududida turli tabiiy sharoit tasirida hilma-hil tuproq turlari tarkib topgan. Bular: 1) qayir allyuvial tuproqlar, 2) o’tloq bo’z tuproqlar, 3) qumli cho’l tuproqlari, 4) cho’l taqir tuproqlar, 5) sho’rxok tuproqlar, 6) sur-qo’ng’ir tuproqlar, 7) sug’oriladigan (madaniy) bo’z tsproqlar, 8) och tusli bo’z tuproqlar, 9) oddiy (tipik) bo’z tuproqlar, 10) to’q tusli bo’z tuproqlar, 11) tog’ jigar tuproqlar va 12) tog’ o’tloq tuproqlaridan iborat.Cho’l mintaqasi. Cho’l mintaqasi okean sathidan 400-500 m balanlikkacha bo’lgan joylarni o’z ichiga oladi va O’zbekiston maydonining 70% ini ishg’ol qiladi.
Cho’l iqlimining juda issiq va quruq ekanligi, yog’inlarning juda kam yog’ilishi sizga malum. Yozda yog’in deyarli yog’maydi. Kunduzi havo harorati 0 0 0+45, +50 S daragacha, qum yuzasi esa +80 S darajagacha qiziydi. Cho’lning qattiq, issiq va qurg’oqchil iqlimi, siyrak o’simliklar sharoitida tuproq hosil bo’lish jarayoni juda sust boradi. Cho’l tuproqlari xilma-xil bo’lib, unda sur-qo’ng’ir, qumli cho’l, taqir va bo’z tuproqlar uchraydi. Cho’ldagi organik miqdori yuqori harorat tufayli tez parchalanib, mineralashadi. Shuning uchun tuproqlar tarkibida chirindi ancha kam bo’ladi. Ustyurt platosi, Qizilqumdagi past tog’lar va Nurota tog’larining etaklaridagi toshloq cho’llarda sur-qo’ng’ir tuproqlar tarqalgan. Bunday tuproqlar chirindi juda kam, ular ko’rincha sho’rtob bo’ladi. Tuproo’ning ustki qatlamida kalsiy karbonat, pastki o’atlamida esa sulfat tuzlaridan gips to’planadi. Tarkibida chirindi miqdori 0,3-1% gacha bo’lgan sur-qo’ng’ir tuproqli joylarda siyrak o’t o’sadi, mayda mollarni boqish imkoniyati vujudga keladi.Qizilqum, Zarafshon daryosi etagi, Markaziy Farg’ona va Mirzacho’ldagi qumli tekisliklarda qumli cho’l tuproqlari tarqalgan. Bu tuproqlar tarkibidagi chirindi miqdori 0,3-0,6% ni tashkil etadi. Bunday tuproqlarda dehqonchilikda foydalanish qiyin. Qumli cho’l tuproqlarda o’sadigan o’simliklardan qorako’l quylari uchun yaylov sifatida foydalaniladi. Cho’llarda taqirlar ham uchraydi, ular gili jinslardan tarkib topgan bo’lib, tarkibidagi chirindi miqdori 0,5-1% ga yetadi. Taqirlar Usyurtda, shunigdek quruq deltalarda, qadimgi daryolarning ko’hna qayirlarda uchraydi. Taqirlarda o’simlik o’sishi qiyin, tuproq yuzasi qattiq va yorilib-yorilib ketadi. Respublikamizning yer osti suvlari yer betiga yaqin bo’lgan joylarda (Mirzacho’l, Markaziy Farg’ona, Qarshi cho’llari va Amudaryo etagida) sho’r tuproqlar vujudga kelgan. Bunday joylarda yer osti suvi yer betiga chiqib bog’lanadi, tuproq tarkibida tuz ko’payadi. Cho’l mintaqasidagi yirik sho’rhoklar (masalan, Borsa-kelmas sho’rhoki) dan dehqonchilikda foydalanib bo’lmaydi. O’zbekistonning daryo vodiylarida, qayir va deltalarida o’tloq va botqoq tuproqlar uchraydi. Respublikamiz tekislik qismining sharqiy va janubiy chekkalarida bo’z tuproqlar keng tarqalgan (ular asosan uch xilda: och tusli bo’z tuproq, oddiy bo’z tuproq va to’q tusli bo’z tuproqqa bo’linadi). Bo’z tuproqlar qalin lyoss yotqiziqlari ustida hosil bo’lgan. Tarkibida chirindi ko’p bo’lmasa ham zarralari mayda bo’lib, suv va havoni o’zidan yaxshi o’tkazadi.
Cho’l mintaqasining okean sathidan 300-500 m balantlikdagi joylarida och tusli bo’z tuproqlar tarqalgan. Och tusli bo’z tuproqning tarkibida 1-1,5% gacha chirindi bo’ladi. Sug’orib, o’g’itlar solinsa unumdor tuproqqa aylanib, yaxshi xosil bernadi.
Amudaryo etagi,Yu Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron, Qashqadaryo va Surhondaryo vodiylaridagi qadimiy obikor dehqonchilik qilinadigan joylarida vohalar vujudga kelgan. Bu yerdagi bo’z tuproqlar uzoq vaqt ishlov berilishi natijasida madaniy tuproqlarga aylangan. Cho’l mintaqasida o’simlik qoplami siyrak. Nam yetarli bo’lgan bahor fasli cho’l mintaqasining manzarasi o’zgacha bo’ladi,Yu bu vaqtda efemer o’simliklar bark urib o’sib, cho’l yam-yashil libosga burkanadi Jazirama yoz issiqlari boshlanishi bilan cho’ldagi o’tlar sarg’ayib, qovjirab quriy boshlaydi. Cho’lda sidirg’a o’simlik bo’lmaydi. Cho’l o’simliklari jazirama va quruq iqlim sharoitiga moslashgan. Ularning ildizi juda uzun, barglari mayda yoki butunlay bo’lmaydi. Shuning uchun tanasida nam kam bug’lanadi. Bazi bir o’simliklar qisqa, sernam va salqin muddatga o’z hayotini tugallashga ulguradi. Qumlm cho’llarda Selin, juzg’un, qora qandim, cherkez, quyonsuyak va iloq o’sadi. Qumlarda qora qandim va qizilcha butalari, shuningdek saksovul (yog’ochi qattiq, suvda cho’kadi) uchraydi. Saksovulsh qumlarni mustahkamlashda katta ahamiyatga ega. Sho’rhok joylarda ajriq, yulg’un, sho’ra va shuvoq o’sadi. Gili cho’llarda qum qiyog’i va qo’ng’irbosh uchraydi. Respublikamiz cho’llarida qorako’l qo’ylari va tuya boqish uchun yaylov sifatida foydalaniladi. Cho’lda foydali o’simliklar ko’p. Masalan, cherkez va isiriq tarkibida turli xil kasalliklarni davolaydigan alkaloidlar bor, sassiq kovrak tarkibidagi smoladan malham tayyorlanadi, ildizi esa krahmalga boy. Ayrim o’simliklardan buyoq olinadi. Cho’l mintaqasining hayvonlari hilma-hil bo’lib, ular cho’l sharoitiga moslashgan bo’z va sarg’ish rangda bo’ladi. Cho’llardagi bazi hayvonlar butunlay suv ichmay yashaydi, ular o’zi istemol qiladigan o’simliklar tarkibidagi nam bilan qanoatlantiradi. Cho’l hayvonlari jazirama issiqqa ham moslashgan. Ko’pchilik hayvonlar chopqir, ko’zlari o’tkir bo’ladi. Cho’lda sudralib yuruvchi kaltakesaklardan agama, dumaloq bosh kaltakesak, gekkonlar yashaydi. Echkemar-eng yirik kaltakesak bo’lib, uning uzunligi 1,5 m ga yetadi. U mayda kaltakesak, ilon, qush bolalari, mayda sut emizuvchilar bilan oziqlanadi. Respublikamiz cho’llarida ilonlar ko’p. Qumlarda bo’g’ma ilonlar yashaydi, ular xasharot, kaltakesak vam ayda kemiruvchilarni tutib yeydi. Tez yuguradigan, hatto saksovul va juzg’unlarga ham epchillik bilan chiqib oladigan o’qilonlar tanasining bir qismini tik ko’tarib tura oladi. Zaxarli ilonlardan charxilon, efa, qalqonbosh (chinqiriq) ilon, chipor ilon, janubda O’rta Osiyo kapchabosh iloni (uni bazan «ko’zoynakli ilon» deydilar) yashaydi. Ilonlar zaxaridan zardob tayyorlanib, turli kasallar davolanadi. Cho’ldagi toshbaqalar va bazi kemiruvchilar kunlar isib, o’simliklar qurib qolgach, kelgusi bahorgacha uyquga ketadilar. Cho’l mintaqasida qo’shoyoq, yumronqoziq kabi kemiruvchilar ko’p. Ular o’simliklarni kemirib, urug’larini yeb, cho’l yaylovlarga zara yetkazadi.
O‘SIMLIK DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH VA UNDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA (YANGI TAHRIRI)
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
botanika kolleksiyasi — ilmiy, madaniy-ma’rifiy, o‘quv-tarbiyaviy va estetik ahamiyatga ega bo‘lgan, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar yashash faoliyati mahsulotlarining tizimlashtirilgan to‘plami (gerbariylar, urug‘lar) hamda sun’iy yaratilgan sharoitlarda (botanika bog‘larida, dendrologiya bog‘larida, pitomniklarda, plantatsiyalarda va boshqalarda) yetishtiriladigan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar;
yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar — madaniylashtirilmagan daraxtlar, butalar, o‘tsimonlar, qirqquloqsimonlar, yo‘sinsimonlar, suvo‘tlar, lishayniklar va zamburug‘lar;
yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning yashash faoliyati mahsulotlari — yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning yashash faoliyati natijasida hosil bo‘lgan ildizlar, piyozboshlar, tanalar, poyalar, novdalar, po‘stloq, barglar, g‘unchalar, gullar, urug‘lar, mevalar, sharbat (elim) va boshqa mahsulotlar;
o‘simlik dunyosi — O‘zbekiston Respublikasi hududida tabiiy muhitda o‘sadigan yoki sun’iy yaratilgan sharoitlarda yetishtiriladigan barcha turdagi yovvoyi o‘simliklar majmui;
o‘simlik dunyosini muhofaza qilish — o‘simlik dunyosining yashash faoliyati uchun qulay sharoitlarni ta’minlashga, uning yo‘q qilib yuborilishining yoki unga boshqacha zararli ta’sir ko‘rsatilishining oldini olishga qaratilgan faoliyat;
o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha biotexnik tadbirlar — o‘simlik dunyosini saqlab qolish, tiklash, takror ko‘paytirish va undan oqilona foydalanishga, u o‘sadigan muhitni saqlab qolishga qaratilgan, ilmiy asoslangan tadbirlar majmui.
4-modda. O‘simlik dunyosiga nisbatan mulkchilik
O‘simlik dunyosi umummilliy boylik bo‘lib, undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Tabiiy muhitda yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar davlat mulkidir.
Sun’iy yaratilgan sharoitlarda yetishtiriladigan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar yuridik yoki jismoniy shaxsning mulki bo‘lishi mumkin.
5-modda. O‘simlik dunyosi ob’ektlari
O‘simlik dunyosi ob’ektlari quyidagilardan iborat:
yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar;
yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning yashash faoliyati mahsulotlari;
botanika kolleksiyalari.
6-modda. O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanuvchilar
Yuridik va jismoniy shaxslar o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanuvchilar bo‘lishi mumkin.
O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanuvchilar o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish borasida o‘zlariga tegishli bo‘lgan huquqni qonun hujjatlarida belgilangan shartlarda va tartibda amalga oshiradi.
Xulosa
Men ushbu mustaqil ish mavzuyim orqali nafaqat mustaqil ta’lim olish balki Ekologiya fani, o’simliklar dunyosi, o’simliklarning turlari va ularni himoya qilish haqida to’liq ma’lumot oldim. Nafaqat ma’lumot balki hozirgi rivojlangan dunyoda ular haqida yangiliklar, o’simliklarni himoya qilish, ulardan oqilona foydalanish kerakligini yana bir bor tushunib yetdim. Hozirgi paytda butun dunyo bo’yicha sanoat, transport, transport va h.k. kabi sohalar va fanlar rivojlanayotgan davrda biz atrof-muhitga e’tiborli bo’lishimiz darkor. Shu sababli atrof-muhitni toza, ozoda va havoni saqlashda o’simliklarning o’rni beqiyosdir. Shuning uchun har bir o’simlikni asrab-avaylashimiz, ularni parvarish qilib, o’z ekologiyamizni saqlashimiz insoniyatning kelajagi uchun juda muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun har bir o’simlikning bir tola bargi ham biz uchun qadrli bo’lishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Ziyonet.uz
Elektron kutubxona.
Boshqa internet saytlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |