Reja: Etika falsafiy fan sifatida



Download 49,5 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi49,5 Kb.
#242373
  1   2
Bog'liq
axloqshunoslik


Etika fani predmeti, maqsadi va vazifalari

Reja:


1. Etika falsafiy fan sifatida.

2. Etika fanining tadqiqod doirasi.

3. Etika (axloqshunoslik) predmeti, muammolari va jamiyatdagi roli.

Etika - yunoncha so'zdan olingan bo'lib, ahloq, hulq, odob ma'nolarini ifodalaydi. Etika falsafiy fan hisoblanib ijtimoiy ong shaklllaridan biri sifatida ahloqning kelib chiqishi, ahloqiy tarbiyaning taraqqiyot bosqichlari, ahloqning ilmiy- nazariy asoslari, ahloqning mezoniy tushunchalari, ahloqiy tarbiya shakllarini o'rgatadi.

"Etika" atamasini birinchi bo'lib qadimgi yunon faylasufi Arastu (millodan avvalgi 384-322 yillar) muomilaga kiritgan.

U barcha fanlarni uch guruhga bo'ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga falsafa, matematika va fizika; ikkinchi guruhga- etika va siyosat; uchinchi guruhga esa san'at, hunarmadchilik va amaliy fanlarni kiritadi. O'sha davrdan boshlab ahloq, odob, hulq haqidagi ta'limotlar "Etika" deb ataldi va fan darajasiga ko'tarildi.

Etika ahloq haqidagi ta'limot sifatida ahloqdan keyin, ya'ni ibtidoiy jamoa tuzumining inqirozi va sinfiy ta'limotning qaror topish bilan vujudga kelgan. Etika ta'limotlari paydo bo'lmasdan avvalroq kishilar ma'lum bir qoida, urf- odat, an'analarga rioya qilganlar. Davr o'zgarishi bilan etika ham falsafiy,nazariy, tarihiy fan sifatida rivojlanib, takomillashib bordi.

Hozirda "Etika", "Ahloqshunoslik" bir hil mazmundagi atama sifatida ishlatiladi. Ahloq - (arabcha hulqning ko'pligi) kishilarning tarihan tarkib topgan hulq- atvori,yurish - turishi, ijtimoiy va shahsiy hayotidagi o'zaro mavqe, jamiyatga bo'lgan munosabatlarini tartibga soluvchi ma'lum bir norma va qoidalar yi`dinsidir. Ahloq normalari kishilarning hatti- harakatlarida o'z ifodasini topadi. Ular ahloqli yoki ahloqsiz deb baholanishi mumkin. Davr o'zgargan sari ahloq ham o'zgarib boradi, rivojlanadi, takomillashib, ma'naviy madaniyatning ko'rinishlaridan biriga aylanadi.

Etika kishilarni halol, pok, mehnatsevar, elparvar, adolatli, imon- e'tiqodli bo'lib faoliyat yuritishiga da'vat etadi. Shu bois etika ahloq falsafasi, ezgulik falsafasi deb ataladi.

Etika bayoniy, nazariy, amaliy hislati bilan ajralib turadi. U insoniyat o'z tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikmatlar, naqllar, matal- maqollar, rivoyat, hikoyat tarzida bayon etadi, kishilarni ahloqiy qonun- qoidalarga o'rgatadi, hulosalar chiqaradi.

O'z davrining buyuk donishmandlari bo'lgan Aflotun, Arastu, Epikur, Tsitseron, Seneka, Avgustin, Farobiy, Ibn Sino, ~azzoliy, Spinoza, Kant, Gegel, Feyerbah va boshqalar etika nazariyasiga oid ta'limotlar yaratdilar. Etikaning amaliy hususiyatlari Kaykovusning "Qobusnoma", Sa'diyning "Guliston", Jomiyning "Bahoriston", Navoiyning "Mahbub ul- qulub"; Montenning "Tajribanoma", Loroshfukoning "Hikmatlar", Gulhaniyning "Zarbulmasal" asarlarida o'z ifodasini topgan.

. Axloqshunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo’lgan qadimiy fan. U bizda «Ilmi ravish»,»Ilmi axloq»,»Axloq ilmi»,»Odobnoma» singari nomlar bilan atab kelingan. Ovropoda esa «Etika» nomi bilan mashhur, biz ham yaqin-yaqingacha shu atamani qo’llar edik. Uni birinchi bo’lib yunon faylasufi Arastu muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga bo’ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga u falsafa, matematika va fizikani; ikkinchi guruhga – etika va siyosatni; uchinchi guruhga esa – san’at, hunurmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta’limotni fan darajasiga ko’targanlar va «Etika» (ta ethiga) deb ataganlar.

Hozirgi

kunda bu fanni ilmiy va zamonaviy talablar nuqtai nazaridan «Axloqshunoslik» deb atashni maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz.

Axloqshunoslik axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o’rganadi. «Axloq» so’zi arabchadan olingan bo’lib, «hulq» so’zining ko’plik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy tushuncha sifatida fanning tadqiqot obyektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakat ining eng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo’lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi.

Odob – inson haqida yoqimli taassurot uyg’otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo’lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakat larni o’z ichiga oladi.

Xulq – oila, jamoa, mahalla-ko’y miqyosida ahamiyatli bo’lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakat larning majmui.

Axloq esa – jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo’la oladigan ijobiy xatti-harakat lar yig’indisidir.

Bu fikrlarimizni misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Deylik, metroda yoshgina yigit, talaba hamma qatori o’tiribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi chiqib, uning ro’parasida tik turib qoldi. Agar talaba darhol: «O’tiring, otaxon!» deb joy bo’shatsa, u chiroyli a’mol qilgan bo’ladi; chetdan qarab turganlar unga ich-ichidan minnatdorchilik bildirib: «Baraka topgur, odobli yigitcha ekan», deb qo’yadi. Aksincha, talaba yo teskari qarab olsa, yoki o’zini mudraganga solib, qariyaga joy bo’shatmasa, g’ashimiz keladi, ko’nglimizdan: «Buncha beodob, surbet ekan!» degan fikr o’tadi, xullas, u bizda yoqimsiz taassurot uyg’otadi. Lekin, ayni paytda, talabaning qariyaga joy bo’shatgani yoki bo’shatmagani oqibatida vagondagi yo’lovchilar hayotida biror-bir ijobiymi, salbiymi – muhim o’zgarish ro’y bermaydi.

Xulqqa quyidagicha misol keltirish mumkin: mahallamizdagi oila boshliqlaridan biri imkon boricha qo’ni-qo’shnilarning barcha marakalarida xizmatda turadi, hech kimdan qo’lidan kelgan yordamini ayamaydi, ochiq ko’ngil, ochiq qo’l, doimo o’z bilimini oshirib borishga intiladi, tirishqoq, oila a’zolariga mehribon va h. k. Unday odamni biz hushxulq inson deymiz va unga mahallamizning namunasi sifatida qaraymiz. Bordi-yu, aksincha bo’lsa, u qo’ni-qo’shnilar bilan qo’pol muomala qilsa, to’y- ma’rakalarda janjal ko’tarsa, sal gapga o’dag’aylab, musht o’qtalsa, ichib kelib, oilada xotin-bolalarini urib, haqoratlasa, uni badxulq deymiz. Uning badxulqliligidan oilasi, ba’zi shaxslar jabr ko’radi, mahalladagilarning tinchi buziladi, lekin xatti-harakatlari jamiyat ijtimoiy hayotiga yoki insoniyat tarixiga biror bir ta’sir o’tkazmaydi.



Axloqqa kelsak, masala jiddiy mohiyat kasb etadi: deylik, bir tuman yohud viloyat prokurori o’zi mas’ul hududda doimo qonun ustuvorligini, adolat qaror topishini ko’zlab ish yuritadi, lozim bo’lsa, hodimning noqonuniy farmoyishlariga qarshi chiqib, ularning bekor qilinishiga erishadi; oddiy fuqaro nazdida na faqat o’z kasbini e’zozlovchi shaxs, balki haqiqiy huquq posboni, adolatli tuzum timsoli tarzida gavdalanadi; u – umrini millat, Vatan va inson manfaatiga bag’ishlagan yuksak axloq egasi; u, o’zi yashayotgan jamiyat uchun namuna bularoq, o’sha jamiyatning yanada taraqqiy topishiga xizmat qiladi. Agar mazkur prokuror, aksincha, qonun himoyachisi bo’laturib, o’zi qonunni buzsa, shaxsiy manfaati yo’lida oqni qora, qorani oq deb tursa, u axloqsizlik qilgan bo’ladi: oddiy fuqoro nazdida birgina kishi prokuror-amaldor emas, balki butun jamiyat adolatsiz ekan, degan tasavvur uyg’onadi. Bu tasavvurning muntazam kuchayib borishi esa, oxir-oqibat o’sha jamiyat yoki to’zumni tanazzulga olib keladi.


Download 49,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish