Reja: Epidemiologik favqulodda vaziyatlar



Download 0,75 Mb.
bet1/3
Sana17.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#813977
  1   2   3
Bog'liq
epidimiologik vaziyatlar va ularni oldini olish chora tadbirlari


Mavzu: Epidemiologik favqulodda vaziyatlar va ularni oldini olish tadbirlari
Reja:

  1. Epidemiologik favqulodda vaziyatlar.

  2. Yuqumli kasalliklarni oldini olish chora-tadbirlari.

  3. Epizotik favqulodda vaziyatlar.

  4. Epifitotik favqulodda vaziyatlar

Epidemiologik favqulodda vaziyatlar karantin yoki o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning tarqalishi bilan kechadigan xolatlar hisoblanadi. Karantin (italyancha quaranta – qirq) – yuqumli kasallik bilan kasallangan yoki yuqumli kasallikka gumon qilingan odam (odamlar guruhi), hayvon, yuk, mol-mulk, transport vositalari yoki aholi punkti bilan muloqotni cheklovchi kompleks chora-tadbirlar majmui. Karantin tushunchasi birinchi marta XIV asrda Venetsiyada qo‘llanilgan bo‘lib, bunda kasallik kirib kelmasligi uchun boshqa mamlakatlar, xususan Xitoydan kelgan kemalarni portdan bir oz uzoqroqda 40 kun davomida ushlab turishdan iborat bo‘lgan. Karantin kasalliklar yuzasidan 1971 yilda xalqaro tibbiy-sanitar qoidalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu qoidalarga ko‘ra o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar ikki guruhga bo‘lingan. Bular:
- karantin qoidalariga to‘liq amal qilinishi lozim bo‘lgan kasalliklar – o‘lat, vabo, sariq isitma, chinchechak;
- xalqaro nazorat ostida bo‘ladigan kasalliklar tepkili terlama, qaytalama terlama, gripp, poliomiyelit, bezgak (malyariya).
Keyinchalik karantin kasalliklar toifasiga kiradigan kasalliklar toifasidan yer yuzida tugatilgan deb hisoblangan chinchechak kasalligi olib tashlangan. O‘ta xavfli kasalliklar toifasiga kiradigan boshqa kasalliklar toifasiga kiradigan boshqa yuqumli kasalliklarning nazorati ushbu kasallik aniqlangan davlat tomonidan amalga oshiriladi. Kiritilgan karantin ushbu kasallikning maksimal inkubatsion davri tugagandan so‘ng bekor qilinadi. Karantin elementlari epidemiyaning oldini olish uchun kundalik sharoitda ham kiritilishi mumkin. Bunga gripp epidemiyasi tarqalganda kasalxonaga kirishni cheklab qo‘yishni, maktabgcha ta’lim muassasalarida kasal bolalarni sog‘lomlaridan ajratib qo‘yishlarni misol keltirish mumkin. Biroq bu tadbirlar to‘laqonli karantin tadbirlari bo‘la olmaydi. Epidemiologik favqulodda vaziyatlarga quyidagilar kiradi:

  • o‘lat, vabo, sarg‘ayma isitma kabi siyrak uchraydigan kasalliklarni keltirib chiqargan alohida xavfli infeksiyalar;

  • odamlarda uchraydigan yuqumli kasalliklar rikketsiyalar — epidemik toshmali tyerlama, Bril kasalligi, Ku-isitma;

  • zoonoz infeksiyalar — Sibir yarasi, quturish;

  • virusli infeksiyalar — SPID;

  • epidemiya — alohida xavfli infeksiyalarga tegishli bo‘lmagan, yuqish manbai bitta yoki yuqish omili bir xil bo‘lgan odamlarning guruh bo‘lib yuqumli kasallanishi, bir aholi punktida — 50 kishi va undan ortiq;

  • aniqlanmagan etiologiya bilan guruh bo‘lib kasallanish — 20 kishi va undan ortiq; tashhisi aniqlanmagan bezgak kasalligi — 15 kishi va undan ortiq; o‘lim yoki kasallanish darajasi o‘rtacha statistik darajadan 3 baravar va undan ortiq bo‘lgan vaziyat;

  • zaharli moddalar bilan zaharlanish — jabrlanganlar soni — 10 kishi, vafot etganlar soni — 2 kishi va undan ortiq:

  • oziq-ovqatdan ommaviy zaharlanish — jabrlanganlar soni — 10 kishi, vafot etganlar soni — 2 kishi va undan ortiq;

  • epizootiya — hayvonlarning ommaviy kasallanishi yoki nobud bo‘lishi;

  • epifitotiya — o‘simliklarning ommaviy nobud bo‘lishi.

Favqulodda vaziyat hududi, ayniqsa ushbu hudud keng ko‘lamli bo‘lganida bu joyda albatta sanitar-gigiyenik tadbirlar olib borilishi lozim. Chunki, o‘z-o‘zidan ma’lumki, favqulodda vaziyat joyida kommunikatsiya tarmoqlari ishdan chiqadi. Bu esa yuqumli kasalliklar kelib chiqishiga, ya’ni, bir FV turiga ikkinchi tur FV — yuqumli kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq FV yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Yuqumli kasalliklar bilan bog‘liq FV yuzaga kelishining oldini olish uchun quyidagi asosiy omillarga qarshi kurashish lozim:
1.Yuqumli kasallikni keltirib chiqaradigan asosiy omillar:

  • Kasallik manbaining mavjudligi. Kasallik manbai har doim mikrob (virus, bakteriya, zamburug‘ va boshqalar) hisoblanadi. Mikrob esa notoza joylarda, axlatlar uyumlarida rivojlanadi.

  • Kasallik yuqish yo‘lining mavjudligi. Notoza joylardagi, axlatlar uyumidagi kimborlar (virus, bakteriya, zamburug‘ va boshqalar) qandaydir yo‘l bilan odamlargacha yetib kelishi lozim. Bu yo‘llar esa juda xilma-xil — kemiruvchilar orqali, oziq-ovqat orqali, suv orqali va hakozo.

  • Kasallikka beriluvchi odamning mavjudligi. Kasallik manbai, ya’ni mikrob, hamda uning tarqalish yo‘li mavjud bo‘lgani holda bu joyda odamlar mavjud bo‘lmasalar kasallik hech kimga yuqmaydi. Boshqacha qilib aytganda favqulodda vaziyat hududida kommunikatsiya tarmoqlari ishdan chiqishi sababli mikroblarga to‘la iflosliklar, uni tarqatuvchi sichqon, kalamush, pashsha, chivinlar bo‘lgani holda bu yerda odamlar bo‘lmasa, ya’ni, odamlar bu hududdan olib chiqib ketilsa yuqumli kasallik hech kimga yuqmaydi — yuqumli kasallik tarqalmaydi.

  • Yuqumli kasalliklar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda kasallik tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan rejimli cheklash choralari ko‘riladi. Favqulodda vaziyatning ko‘lami va kasallik turi qandayligiga qarab, kuzatish (observatsiya) yoki karantin tadbirlarini o‘tkazish ana shunday choralardan hisoblanadi.

2.Kuzatish vaqtidagi tadbirlar cheklash xususiyatli bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • favqulodda vaziyat yuzaga kelgan aholi punktidan chiqishni cheklash;

  • favqulodda vaziyat hududiga unga kirishni cheklash;

  • favqulodda vaziyat hududidan o‘tishni cheklash.

3.Yuqumli kasallik yuqish xususiyati yuqori, o‘ta xavfli bo‘lganda (o‘lat, vabo, tabiiy chechak va h.) karantin rejimi kiritiladi. Karantin rejimi xududdan asosiy chiqish joylarini qurolli soqchilar qo‘yib, hududning butun chegarasi bo‘ylab qurshab, falokat o‘chog‘ini batamom ajratib (izolyatsiya qilib) qo‘yishni ko‘zda tutadi. Ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlanadi, chiqish va kirish butunlay cheklanadi, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashning maxsus tizimi kiritiladi.


Bu cheklash chora-tadbirlari eng so‘nggi kasal topilgan vaqtdan boshlab, kasallikning inkubatsiya davri o‘tib bo‘lguncha vaqt davomida olib boriladi. Observatsiya yoki karantin hududida qolgan aholi ularning oldiga qo‘yilgan barcha talablarni qat’iyan bajarishlari hamda vahimaga tushmasliklari kerak. Bu ayniqsa vaqtinchalik kelib qolgan kishilarga tegishlidir. nRejim hududidan shoshilinch chiqib ketish zarur bo‘lib qolganida ular inkubatsiya davri mobaynida izolyatorga qo‘yilib, nazorat ostida bo‘lganlaridan keyin hududdan tashqariga chiqishlariga ruxsat berilishi mumkin. Yuqumli kasalliklarni oldini olishda dezinfeksiya,deratizatsiya va dezinseksiya chora tadbirlari ko’riladi.

Yuqumli kasalliklarni bartaraf etish va epidemiya avj olib ketishining oldini olish bo‘yicha olib boriladigan kompleks chora-tadbirlardan biri bu dezinfeksiya tadbiri hisoblanadi. Dezinfeksiya obektlardagi va tashqi muhitning turli qatlamlaridagi yuqumli kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilarini yo‘q qilish uchun o‘tkaziladi.
Dezinfeksiyaning bir qancha usullari mavjud. Bular quyidagilar:

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish