Reja 1920-30- yillarda Sovet hokimiyatining mamlakatda ma'muriy-buyruqbozlik siyosati Ta'lim, fan va madaniyat, milliy munosabatlarda bolsheviklar mafkurasi hukmronligining kuchayishi
Mavzu: Sobiq ittifoq davrida O’zbekiston tarixining yoritilishi
Reja 1. 1920-30- yillarda Sovet hokimiyatining mamlakatda ma'muriy-buyruqbozlik siyosati
2. Ta'lim, fan va madaniyat, milliy munosabatlarda bolsheviklar mafkurasi hukmronligining kuchayishi.
3. Totalitar, ma'muriy – buyruqbozlik siyosatining kuchayishi va qatag‘onlik siyosatining vujudga kelishi.
4. Qatag‘onlik siyosati va uning O‘zbekiston xalqlari boshiga keltirgan kulfatlari
1920-30- yillarda Sovet hokimiyatining mamlakatda ma'muriy-buyruqbozlik siyosati 20-yillarning oxirlarida mamlakatda ma'muriy-buyruqbozlik tizimi kuchayib, yangi iqtisodiy siyosat o‘z mohiyatini yo‘qota boshladi. Oqibatda, erkin savdo va xususiy tadbirkorlikka chek qo‘yildi. Mamlakatni sanoatlashtirish va qishloq xo‘jaligini jamoalashtirish harakati ko‘pincha xalqning xohish-istaklariga zid ravishda, kuch ishlatish yo‘li bilan amalga oshirildi. Mamlakatda oziq-ovqat tanqisligini bartaraf qilish uchun dehqonlarning yetishtirgan mahsulotlari majburan tortib olinib, shaharlarda “kartochka” tartibi joriy qilindi. 1929-yilgacha xalq xo‘jaligi 1 yillik, 1929 yildan 5 yillik rejalar asosida boshqarildi. 1 - besh yillikdan boshlab sanoatlashtirish va qishloq xo‘jaligini jamoalashtirish siyosatiga zo‘r berildi. O‘sha davrdan e'tiboran respublikaning butun ijtimoiy-iqtisodiy hayoti kommunistik partiyaning qattiq nazorati ostiga olindi. Insonlarning hayoti, ularning o‘y-fikrlari mavhum yangi jamiyat qurish g‘oyasini amalga oshirishga, haddan tashqari tig‘iz va uddalash nihoyatda og‘ir bo‘lgan besh yillik topshiriqlarni bajarishga bo‘ysundirildi.
1920-30- yillarda Sovet hokimiyatining mamlakatda ma'muriy-buyruqbozlik siyosati Sovet hukumati belgilangan vazifalarning moddiy tomonlarini hal qilishda zayom tarqatish orqali aholidan pul yig‘ib olish usulidan keng foydalandi. Aholiga mafkuraviy, ko‘pincha ma'muriy tazyiq ko‘rsatilishi natijasida 1924-29 yillarda zayom sotish 45 barobar ko‘paydi. Iqtisodiyotning bunday usulda tiklanishiga qarab respublikaning milliy daromadi ham ko‘paydi. U 1924-25-xo‘jalik yilidagi 20338 ming so‘mdan 1932-yilda 837,8 mln. so‘mga yetdi. Ulardan 1932-yili ijtimoiy ehtiyojlarga 332,7 mln. so‘m ajratildi. Lekin, butun ish yuritish tizimi Markazdan belgilab berilganligi tufayli O‘zbekiston byudjet mablag‘laridan mustaqil foydalana olmas edi.
Ittifoqdosh respublikalar iqtisodiyotidan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga intilgan Markaz O‘zbekiston xalq xo‘jaligini chor Rossiyasi davridagidek eng avvalo xom ashyo yetkazib beruvchi manbaga aylantirishga kirishdi. Shu maqsadda birinchi besh yillik davrida O‘zbekistonda 289 ta sanoat korxonasi ishga tushirildi, 79 ta korxona qayta qurildi. Sanoatning asosiy ishlab chiqarish fondlari 3 baravar, neft qazib chiqarish 2,5 baravar, metall ishlash sanoati mahsulotlari 6 baravar, sement ishlab chiqarish 3,5 baravar ortdi. Yengil sanoatning poyabzal ishlab chiqarish, tikuvchilik va ip gazlama ishlab chiqarish sohalarida ish sur'atlari muttasil oshib bordi