Referati toshkent-2022 Sonli tenglik va tengsizlik, ularning xossalari, bir oʻzgaruvchili tenglama va tengsizliklar



Download 24,03 Kb.
Sana07.07.2022
Hajmi24,03 Kb.
#755343
TuriReferat
Bog'liq
Latipova Muxabbat

Nizomiy nomidagi TDPU


boshlangʻich ta’lim fakulteti
21/3-guruh talabasi
Latipova Muxabbatning
boshlangʻich matematika kursi
nazariyasi fanidan
Sonli tenglik va tengsizlik, ularning xossalari, bir oʻzgaruvchili tenglama va tengsizlik” mavzusidagi

REFERATI
Toshkent-2022
Sonli tenglik va tengsizlik, ularning xossalari, bir oʻzgaruvchili tenglama va tengsizliklar
Tenglik va tengsizlik bilan tanishtirish sonlarni raqamlash va arifmetik amʻallar bilan bogʻlangan. Sonlarni taqqoslash eng avvalo, toʻplamlarni taqqoslash bilan, ya’ni toʻplamlarning bir qiymatli mosligiga bogʻlab tushuntiriladi. 10, 100, 1000 ichida sonlarni raqamlash va taqqoslash orqali quyi sinflarda tenglik va tengsizlik tushunchalari keltirib chiqariladi.
Misol. 75> 48 deganda 7 ta oʻnlik 4 ta oʻnlikdan katta degan mazmunda tushutiriladi. Sonli ifodalar mazmuniga koʻra sonlardan tuzilgan boʻladi.
Sonlardan, amal belgilaridan va qavslardan tuzilgan ifodaga sonli ifoda deyiladi. Ya’ni 3+7, 21:7, 5· 2-6, (20+5) · 4 -15 shunday misollarga sonli ifodalar deb aytamiz. Ifodada koʻrsatilgan har bir amalni ketma-ket bajarish natijasida hosil boʻlgan son sonli ifodaning qiymati deyiladi Umuman olganda, sonli ifodani quyidagicha ta’riflashimiz mumkin.
a) Har bir son sonli ifodadir
b) Agar A va B ni sonli ifodalar deb olsak, u holda (A+B), (A-B), (A·B) va (A:B) ham sonli ifoda boʻladi.
Koʻrsatilgan amallar orqali, sonli ifodaning qiymatini topamiz. Oʻquvchilarda matematik ifoda tushunchasini tarkib toptirishda sonlar orasiga qoʻyilgan amal belgisi ham ma’noga ega ekanini hisobga olish kerak: bir tomondan, u sonlar ustida bajarilishi kerak boʻlgan amalni bildiradi.
Dastlab, oʻquvchilarga tenglamalarni tanlash usuli bilan yechishga doir mashqlar beriladi. Tenglamadagi noma’lum son "darcha" bilan ifodalanadi. Tenglik toʻgʻri boʻlishi uchun "darchaga" qanday sonni qoʻyish kerakligini oʻquvchilardan soʻraymiz va ular ogʻzaki topadilar, tekshirishni ham ogʻzaki bajaradilar ( 6+7=13; 12 - 9=3; 16-9 =7). Keyin tenglama atamasini noma’lum son ekanligini tushuntirib oʻtamiz. Kerakli sonni tanlab, oʻrniga qoʻyganlaridau soʻng bunday tengliklar tenglamalar deb atalishini aytamiz. Ya’ni "tenglamani yechish degan soʻz, x ning oʻrniga qoʻyganda tenglik toʻgʻri boʻladigan sonni topish" demakdir. Boshlangʻich sinflarda, xususan, II sinfda oʻquvchilarga bir noma’lumli tenglamalarning ba’zilarining yechilish usullari bilan tanishtiramiz. Tenglamalarni yechishda quyidagi qoidalarni bilish oʻquvchilarga qiyinchilik tugʻdirmaydi:
 Noma’lum qoʻshiluvchini topish uchun yigʻindidan ma’lum qoʻshiluvchini ayirish kerak.
 Noma’lum kamayuvchini topish uchun ayirmaga ayiriluvchini qoʻshish kerak.
 Noma’lum ayiriluvchini topish uchun kamayuvchidan ayirmani ayirish kerak.
 Noma’lum boʻlinuvchini topish uchun boʻlinmani boʻluvchiga koʻpaytirish kerak.
 Noma’lum koʻpayuvchini topish uchun koʻpaytmani koʻpaytuvchiga boʻlamiz.
Oʻqituvchining tenglama bilan tanishtiruvi ushbu koʻrinishdagi masalalarni yechish bilan amalga oshiriladi: "Noma’lum songa 4 ni qoʻshishdi va 12 hosil qilishdi. Noma’lum sonni toping?" Masala boʻyicha x+4=12 tenglama tuziladi. Keyin oʻquvchilarga "tenglamada nima ma’lum?" (Ikkinchi qoʻshiluvchi 4 va yigʻindi 12) "Nima noma’lum?‖ (Birinchi qoʻshiluvchi). ''Noma’lum qoʻshiluvchini qanday topish kerak?" (Yigʻindi 12 dan ma’lum qoʻshiluvchi 4 ni ayirish kerak) savollari bilan murojaat qiladi.
Yechilishi: x+4=12 x=12-4 x=8 Tenglama yechib boʻlingandan keyin tekshirish qilinadi: x=8 8+4=12; 12=12 boʻladi. Demak, boʻlinuvchi x va 60 sonlarining ayirmasi bilan ifodalangan, boʻluvchi 4, boʻlimna.
Noma’lum boʻlinuvchini topish uchun boʻlinmani boʻluvchiga koʻpaytirish kerak va tenglamaning davomini yechish oʻquvchilarga qiyinchilik tugʻdirmaydi. Misol: x·7+210=259 x·7=259-210 x·7=49 37x=49:7 x=7 hosil boʻladi.
Matematika darsligi oʻquvchilarni ba’zi xil masalalarni tenglamalar tuzib yechishga oʻrgatishni nazarda tutadi. Masalalarni tenglamalar tuzish bilan qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish va boʻlish amallarining noma’lum sonlarini topishga doir sodda masalalar yechishga oʻrgatish va misollar bilan birgalikda matnli masalalarni tenglamalar yordamida yechib oʻquvchilarning bilimlarini mustahkamlash muhim vazifa hisoblanadi. Mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlaritirishga, oʻz fikrlarini mustaqil bayon qila olishga zamin yaratib, oʻquvchilarni fikrlash dunyoqarashini kengaytirib, ularni zehnini va hozirjavoblik fazilatini tarbiyalash bosh maqsaddir. Matematika darsligi oʻquvchilarni ba’zi xil masalalarni tenglamalar tuzish bilan yechishga oʻrgatishni nazarda tutadi. Oʻquvchilar masalalarni tenglamalar tuzish bilan yechishni oʻrganib olishlari uchun ular masaladagi berilgan va izlanayotgan miqdorlarni ajratib olishi kerak boʻladi. Tenglamalarni tuzish yordamida sodda masalalarni yechish ikkinchi sinfdan boshlanadi. Ikkinchi sinfda tenglamalar tuzish usuli bilan qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish va boʻlish amallarining noma’lum komponentlarini topishga doir sodda masalalar yechiladi.
Masalan, "Savatda bir necha anor bor edi. Bogʻdan yana 17ta anor uzib kelib savatga solingandan keyin savatdagi anorlar 32 ta boʻldi, Avval savatda nechta anor boʻlgan?". Oldin bu masalani qisqacha shartini tuzib olamiz:
1) oldin savatdagi anorlar sonini x bilan belgilab olamiz;
2) savatdagi anorlar va yana terib kelib qoʻshilgan anorlar sonini (X+17) deb olamiz;
3) barchasi 32 ta boʻladi va tenglama quyidagicha tuziladi:
x + 17 = 32.
Bor edi - ? anor
Uzib kelindi - 17 ta anor
Barchasi - 32 ta boʻldi.
Masalani tenglama usul bilan yechishda oʻquvchining taxminiy mulohazalari: "savatdagi anorlar sonini x bilan belgilasak, uzib kelingan anorlar 17 ta, barchasi 32 ta boʻldi va savatda qancha anor boʻlgan?" demak, masalaning shartiga koʻra tensrlama tuzib ishlaymiz. Yechish: x+17=32 x=32-17 x = 15 demak, savatda 15 ta anor boʻlgan. Oʻquvchilar uchun eng qiyin vaziyat noma’lumni toʻgʻri oʻrinda ishlatib, tenglamani toʻgʻri tuzishdir. Oʻquvchilarda tushunchalar hosil boʻlishi uchun shunga oʻxshash masalalardan yana bir nechtasini tushuntirgan holda ishlab koʻrsatamiz,
Masala. 1. Voleybol toʻgaragida 17 ta oʻgil bola va bir necha qiz bolalar bor edi. Toʻgarakka yana 8 ta qiz qoʻshib olingapidan keyin qiz bolalar soni oʻgʻil bolalar sonidan 4 ta kam boʻldi. Shaxmat toʻgaragida qancha qiz bola boʻlgan?
1) oʻgʻil bolalar 17 ta;
2) bir nechta qiz bolalarni x bilan belgilaymiz;
3) toʻgarakka yana 8 ta qiz qoʻshiladi;
4) qiz bolalar soni oʻgʻil bolalar sonidan 4 ta kam.
Tenglamani quyidagicha qilib tuzib olamiz: demak, oʻgʻil bolalar - 17ta; qiz bolalarni - x + 8 - x Yechish: x + 8 - 4 = 17 x + 4 = 17 x = 17 - 4 x = 13 qiz bolalar soni 13 ta ekan. Shunday qilib boshlangʻich sinfning boshidan oxirigacha sonli tenglik va tengsizliklar, oʻzgaruvchili tengsizlik, tenglamalarni oʻqitish, tenglamalar tuzib masalalar yechish jarayoni tizimli oddiydan murakkabga davom ettiriladi.
2. Agar oʻylangan sonni 2 marta va 17 ta orttirilsa, 47 hosil boʻladi. Shi: sonni toping? Tenglamani quyidagicha tuzamiz: x · 2 + 17 = 47
Yechish: x · 2 + 17 = 47
x · 2 = 47 - 17
x · 2 = 30
x = 30:2
x = 15 demak, oʻylangan son 15 ekan.
Javobiga ishonch hosil qilishimiz uchun tekshirib koʻramiz, x = 15 15 · 2 + 17,= 47 javob toʻgʻri ekan. 3. Bola 5 ta ruchka va 35 soʻm turadigan jurnalga 60 soʻm toʻladi. 1 ta ruchka necha soʻm turadi? Yechish: 5 · x + 35 = 60 5 · x = 60-35 5 · x = 25 x = 25:5 x = 5 Tekshirish: 5 · 5 + 35 = 60 demak, javob x = 5 (1 ta ruchka 5 soʻm turar ekan)
Bir oʻzgaruvchili tenglama va tengsizliklar.
 Masala qaraymiz: «Qafasda tustovuq va quyonlar bor. Ularning boshlari 19 ta, oyoqlari 62 ta. Qafasda nechta tustovuq va nechta quyon bor?» Bu masalani arifmetik yechish mumkin. Ammo eng sodda yechish usuli tenglama tuzib yechishdir. Tustovuqlar sonini x harfi bilan belgilaymiz. U holda tustovuqlar oyoqlari 2x ta. Quyonlar soni 19 - x ta, ularda oyoqlar soni 4(19 - x) ta. Masala sharti boʻyicha 2x + 4(19 - x) = 62, ya’ni 76 - 2x = 62. Tenglama bajarilishi kerak. Bu tenglamani yechamiz: 2x = 76 - 62 , shuning uchun x = 7. Demak, qafasda 7 ta tustovuq va 12 ta quyon boʻlgan. Agar masala shartida quyon va tustovuqlarning oyoqlari soni 61 ta boʻlganda edi 2x + 4(19 - x) = 61 tenglamani hosil qilgan boʻlar edik, bundan x = 7. 5 Bu masala shartiga zid, chunki x - natural son. Biz masalani yechib, unda oyoqlar soni 80 ta ekanligini topish bilan ham ziddiyatga kelar edik. 2x + 4(19 - x) = 80 tenglamaning ildizi x = - 2, lekin tustovuqlar soni manfiy boʻla olmaydi. Umuman, x soni 18 dan katta boʻlmagan natural sonlardan iborat boʻlishi kerak (qafasda hech boʻlmaganda bitta quyon bor deb hisoblansa), ya’ni x soni x = {1; 2; 3; 4; 5; 6; 7; 8; 9; 10; 11; 12; 13; 14; 15; 16; 17; 18} toʻplamga tegishli boʻlishi kerak.
Tenglamalarni yechishda ba’zi shakl almashtirishlarni kiritamiz. Masalan, 76 - 2x = 62 tenglamani yechishda tenglamaning ikkala qismiga 2x ni qoʻshib, ikkala qismidan 62 ni ayirdik. Natijada 2x = 14 tenglama hosil boʻldi. Uni yechish uchun teng­lamaning ikkala qismini 2 ga boʻldik. Bu oʻzgarishlarning har biridan keyin yangi tenglama hosil boʻldi, ammo hosil boʻlgan tenglamalar 76 — 2x = 62 tenglama ham, 2x = 14 tenglama ham, x = 7 tenglama ham (bu ham tenglama) bitta yechimga, aynan 7 soniga ega boʻldi. Endi nimaga asoslanib tenglamalarni bunday oʻzgartirganimizni va nima uchun bunday oʻzgarishlar kiritganimizda yechilayotgan tenglamaning ildizlari oʻzgarmatyotganligini aniqlaymiz. Ba’zan bunday tushuntiriladi: tenglamaning yechimlaridan biri x boʻlsin. U holda x ning bu qiymatida tenglama toʻgʻri sonli tenglikka aylanadi. Agar sonli tenglikning ikkala qismiga bir xil son qoʻshilsa yoki ikkala qismdan bir xil son ayirilsa, sonli tenglik oʻzgarmasligi uchun yuqoridagi oʻzgarishlarni kiritib, oxirida x soni nimaga tengligi topiladi. Bunday yondoshishda x ni son deb qabul qilinadi. Biroq yechimga ega boʻlmagan tenglamalar mavjud, masalan, 2x = 2x + 6. Bundan yuqoridagi oʻzgarishlarni bajarib 0 = 6 yolgʻon tenglikka kelamiz. Bu esa tenglamaning yechimini «x son tenglamaning yechimi boʻlsin» degan ibora bilan boshlash mumkin emasligini bildiradi. Undan tashqari, tenglamani bunday usulda yechish ortiqcha ildizlarga olib keldi, bu ildizlar oʻzgartirishlar kiritilganda hosil boʻlgan tenglamalami qanoatlantiradi, ammo dastlab berilgan tenglamani qanoatlantirmaydi. Shunday qilib, tenglamalami koʻrsatilgan usulda yechishda har bir topilgan ildizni tenglamaga qoʻyib tekshirish kerak, buni har doim ham bajarib boʻlmaydi.
Shuning uchun tenglama va uning ildizlariga aniqroq ta’rif beramiz: x oʻzgaruvchili f 1 (x) v a f 2 (x) ikki ifoda berilgan boʻlsin, bunda x oʻzgaruvchi birorta toʻplamning qiymatlarini birin-ketin qabul qiladi. Bir oʻrinli f 1 (x) v a f 2 (x) x  X predikatni tenglama deymiz. Tenglamani yechish x oʻzgaruvchining qiymatlarini topish, ya’ni berilgan predikatning rostlik toʻplamini topish demakdir, bu qiymatlarni tenglamaga qoʻyganda tenglik hosil boʻladi. Kelgusida f 1 (x) = f 2 (x), x  X predikatning rostlik toʻplamini tenglamalar yechimining toʻplami, bu toʻplamga kiruvchi sonlarni tenglamalarning ildizlari deymiz.
Masalan, (x - 1 )(x - 3) =0 tenglama ikkita ildizga ega: 1 va 3, demak, bu tenglamaning yechimlari toʻplami T= {1; 3} koʻrinishga ega Shunday boʻlishi ham mumkinki, f 1 (x) = f 2 (x) ifoda x toʻplamdan olingan birorta a da qiymatga ega emas. U hold a f 1 (x) = f 2 (x) tenglik yolgʻon hisoblanadi va shuning uchun a son f 1 (x) = f 2 (x) tenglamaning ildizi boʻla olmaydi. 1-ta’ rif. f 1 (x) ) = f 2 (x) va F 1 (x ) = F 2 (x) ikki tenglamaning yechimlari to 'plami teng bo 'lsa, teng kuchli deyiladi, ular, уa’ni birinchi tenglamaning har bir yechimi ikkinchi tenglamaning yechimi boʻlsa va aksincha, ikkinchi tenglamaning har qanday yechimi birinchi tenglamani qanoatlantirsa, bu tenglamalar teng kuchlidir.
Bunda biz ikkala tenglama bitta X aniqlanish sohasiga ega deymiz. Boshqacha aytganda, agar f 1 (x) = f 2 (x) va F 1 (x) = F 2 (x) predikatlar ekvivalent boʻlsa, tenglamalar teng kuchli bo 'ladi. 2-ta’rif. Agar f 1 (x) = f 2 (x) tenglamaning yechimlar toʻplami F 1 (x) = F 2 (x) tenglamaning yechimlar toʻplamining qism toʻplami boʻlsa, F 1 (x) = F 2 (x) tenglama f 1 (x) = f 2 (x) tenglamaning natijasi deyiladi. Boshqacha aytganda, agar f 1 (x) = f 2 (x) tenglamaning har bir ildizi F 1 (x) = F 2 (x) tenglamaniqanoatlantirsa, F 1 (x) = F 2 (x) tenglama f 1 (x) = f 2 (x) tenglamaning natijasidir. Masalan, (x + l) 2 = 16 tenglama x + 1 = 4 tenglamaning na­tijasidir. Haqiqatan, x + 1 = 4 tenglama bitta x = 3 ildizga ega. Bu iidizni (x + l) 2 = 16 tenglamaga qoʻyib, (x + 1) 2 = 16 rost tenglikni hosil qilamiz. Bu tenglik 3 soni (x + 1) 2 = 16 tenglamani ham qanoatlantirishini koʻrsatadi. Agar ikki tenglamaning har biri ikkinchisining natijasi boʻlsa, bu ikki tenglama teng kuchli deyiladi.
Bir noma’lumli tenglama - harf bilan belgilangan noma’lumni oʻz ichiga olgan tenglik. Tenglamaga misol: 2x + 3 = 3x + 2, bunda x - topilishi kerak boʻlgan noma’lum son. Tenglamaning ildizi - noma’lumning tenglamani toʻgʻri tenglikka aylantiruvchi qiymati. Masalan, 3 soni x + 1 = 7 - x tenglamaning ildizi, chunki 3 + 1 = 7-3. Tenglamani yechish - uning barcha ildizlarini topish yoki ularning yoʻqligini isbotlash demakdir. Tenglamalarning asosiy xossalari: 1) tenglamaning istagan hadini uning bir qismidan ikkinchi qismiga qarama-qarshi ishora bilan olib oʻtish mumkin. 2) tenglamaning ikkala qismini nolga teng boʻlmagan ayni bir songa koʻpaytirish yoki boʻlish mumkin.

ekanligini bildiradi. a ayirma manfiy ekanligini bildiradi. Agar a b boʻlsa, u holda b boʻladi. Tengsizlik yoki 7 - 5; 2a + b 2 + b 2 . Istalgan ikkita a va b son uchun quyidagi uchta munosabatdan faqat biri toʻgʻri boʻladi: a b , a = b, a" width="640"


Tengszliklar. Sonli tengsizliklar. a b tengsizlik a - b ayirma musbat ekanligini bildiradi. a ayirma manfiy ekanligini bildiradi. Agar a b boʻlsa, u holda b boʻladi. Tengsizlik yoki 7 - 5; 2a + b 2 + b 2 . Istalgan ikkita a va b son uchun quyidagi uchta munosabatdan faqat biri toʻgʻri boʻladi: a b , a = b, a
Undan tashqari, tenglamani bunday usulda yechish ortiqcha ildizlarga olib keldi, bu iidizlar oʻzgartirishlar kiritilganda hosil boigan tenglamalami qanoatlantiradi, ammo dastlab berilgan tenglamani qanoatlantirmaydi. Shunday qilib, tenglamalami koʻrsatilgan usulda yechishda har bir topilgan ildizni tenglamaga qoʻyib tekshirish kerak, buni har doim ham bajarib boʻlmaydi.
Shuning uchun tenglama va uning ildizlariga aniqroq ta’rif beramiz: x oʻzgaruvchili f1 (x) va f2(x) ikki ifoda berilgan boʻlsin, bunda x oʻzgaruvchi birorta toʻplamning qiymatlarini birin-ketin qabul qiladi. Bir oʻrinli f1 (x) va f2 X(x) x predikatni tenglama deymiz. Tenglamani yechish x oʻzgaruvchining qiymatlarini topish, ya’ni berilgan predikatning rostlik toʻplamini topish demakdir, bu qiymatlarni tenglamaga qoʻyganda tenglik hosil boʻladi.
Kelgusida f1(x) = f2 X(x), x predikatning rostlik toʻplamini tenglamalar yechimining toʻplami, bu toʻplamga kiruvchi sonlarni tenglamalarning iidizlari deymiz.
Masalan, (x - 1 - (x - 3) =0 tenglama ikkita ildizga ega: 1 va 3, demak, bu tenglamaning yechimlari toʻplami T= {1; 3} koʻrinishga ega. Cheksiz koʻp yechimga ega boʻlgan tenglamalar ham mavjud. Masalan, x = \X\V. tenglamani har qanday nomanfiy son qanoatlantiradi. Bunda yechimlar toʻplami barcha nomanfiy sonlardan iborat.
Shunday boʻlishi ham mumkinki, f1(x) = f2(x) ifoda x toʻplamdan olingan birorta a da qiymatga ega emas. U hold a f1(x) = f2(x) tenglik yolgʻon hisoblanadi va shuning uchun a son f1(x) = f2(x) tenglamaning ildizi boʻla olmaydi.

1-ta’ rif. f1(x) = f2(x) va F1(x) = F2(x) ikki tenglamaning yechimlari to 'plami teng bo 'lsa, teng kuchli deyiladi, ular, уa’ni birinchi tenglamaning har bir yechimi ikkinchi tenglamaning yechimi boʻlsa va aksincha, ikkinchi tenglamaning har qanday yechimi birinchi tenglamani qanoatlantirsa, bu tenglamalar teng kuchlidir.



Bunda biz ikkala tenglama bitta X aniqlanish sohasiga ega deymiz. Boshqacha aytganda, agar f1(x) = f2(x) va F1(x) = F2(x) predikatlar ekvivalent boʻlsa, tenglamalar teng kuchli bo 'ladi.
2-ta’rif. Agar f1(x) = f2(x) tenglamaning yechimlar toʻplami F1(x) = F2(x) tenglamaning yechimlar toʻplamining qism toʻplami boʻlsa, F1(x) = F2(x) tenglama f1(x) = f2(x) tenglamaning natijasi deyiladi.
Boshqacha aytganda, agar f1(x) = f2(x) tenglamaning har bir ildizi F1(x) = F2(x) tenglamani qanoatlantirsa, F1(x) = F2(x) teng­lama f1(x) = f2(x) tenglamaning natijasidir.
Download 24,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish