Referat mavzu: ibrohim rahim bajardi: 8-b sinf o`quvchisi Abdullayeva Zulhumor toshkent 2021 y



Download 17,52 Kb.
Sana24.09.2021
Hajmi17,52 Kb.
#183724
TuriReferat
Bog'liq
реферат IBROHIM RAHIM


Yunusobod tumanidagi

17-sonli o`rta ta`lim maktabi

REFERAT

MAVZU: IBROHIM RAHIM




Bajardi: 8-B sinf o`quvchisi

Abdullayeva Zulhumor

TOSHKENT – 2021 y.

IBROHIM RAHIM

Taniqli yozuvchi va jurnalist Ibrohim Rahim 1916 yilning 15 oktyabrida Fargʻona viloyatining Quva tumanida dunyoga keldi. Uch yoshida otasi vafot etib, onasi Toʻxtabibi tarbiyasida voyaga yetadi. Onasi tufayli Ibrohimning qalbida adabiyotga ixlos uygʻonadi. Ana shu ixlos uni 1933 yilda Toshkentga yetaklab keladi. U ikki urushda ‒ Finlandiya va Germaniya fashizmi bilan boʻlgan janglarda (1937–1945) qatnashgan. Ibrohim Rahim urush yillari oʻzbek tilida chiqadigan front gazetalariga muharrirlik qildi. Jangchilarimizning otashin vatanparvarliklarini aks ettiruvchi ocherklar, hikoyalar, xabarlar yozdi.

1946 yilda harbiy xizmatdan qaytib, respublikamizda chop etiladigan gazeta va jurnallar tahririyatlarida ishladi.

Ibrohim Rahim Oʻzbekiston radiokomitetida (1946–1947) masʼul lavozimda, hozirgi “Oʻzbekiston ovozi” (1950–1961) gazetasida muharrir, “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida rahbar (1960–1966), “Guliston” (1966–1970), “Mushtum” (1976–1982) jurnallarida bosh muharrir vazifalarida ishladi. Yozuvchining ijodiy faoliyati 1938 yildan boshlanadi. Birinchi yirik asari chegarachilar hayotidan yozilgan “Bahodir” (1939) dostonidir.

Ibrohim Rahim 1953 yili “Hayot buloqlari” romanini yozdi. Keyinchalik bu asar adabiy tanqidchilarning fikr va mulohazalari asosida qayta ishlanib, “Ixlos” (1958) nomi bilan chop etildi. “Chin muhabbat” (1958) va “Fidoyilar” (1972), “General Ravshanov” (1985) kabi romanlarida Ikkinchi jahon urushi qahramonlarining jangovar hayotini aks ettirdi.

1966 yilgi Toshkent zilzilasi va uning oqibatlarini mardonavor tugatish yozuvchining “Tinimsiz shahar” (1968) romaniga mavzu boʻlib xizmat qilgan. Uning “Taqdir” romani esa yangi shahar qurilishiga bagʻishlangan. Muallifning “Hilola” (1960) qissasi xotin-qizlarning jamoa xoʻjaligidagi oʻrni, ularni rahbarlik lavozimlariga koʻtarish, jamoa xoʻjaligi iqtisodiyotini yuksaltirish singari oʻz davrining muhim muammolarini badiiy hal qilishga qaratilgan.

Yozuvchining “Zangori kema kapitani”, “Olovkor” (1960) qissalarida ham kishilarimizning yuksak maʼnaviy qiyofasi, mehnatdagi qahramonliklari aks etgan. “Oqibat” nomli romani uchun Respublika Davlat mukofoti (1983) berilgan.

Ibrohim Rahim “Jonim fido” va “Chaqmoq” nomli dramalar ham yaratgan (1974). “Chaqmoq”da Belorussiya oʻrmonlarida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashgan oʻzbek yigiti Mamadali Topiboldiyev obrazi yaratilgan. Adib “Farhodning jasorati” nomli badiiy film ssenariysi muallifi hamdir.



Ibrohim Rahim Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi unvonlari bilan taqdirlangan.

Adib Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining besh yilligi munosabati bilan “Doʻstlik”, soʻngra “El-yurt hurmati” ordenlari bilan mukofotlangan.
Download 17,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish