Rasmiy nomi Buyuk britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi. Poytaxti – London



Download 49 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi49 Kb.
#19990

Aim.uz

Buyuk britaniya.

R E J A:

1. 2 –jahon urushi oqibatlari.

2. Ichki siyosat.

3. Tashqi siyosat.



Rasmiy nomi - Buyuk britaniya va Shimoliy

Irlandiya Birlashgan Qirolligi. Poytaxti – London.


Hududi – 244110 km2. Aholisi 60 mln. Davlat tili – ingliz.

Dini – protesfantlik (90%) Pul birligi – funt sterling.


Urush Buyuk Britaniyani ham iqtisodiy, ham siyosiy va ham harbiy jihatdan zaiflashtirdi, uning harbiy harajatlari 25 mlrd. Fund sterlingni tashkil etdi. Milliy boyligining to’rtdan bir qismini yo’qotdi. Oltin va valuta zaxiralari kamaydi. Tashqi qarz ,3, mlrd. Fund sterlingni tashkil etdi.

Faqat AQSH dangina emas, o’z dominionlaridan to’rtdan bir qismidan, savdo flotining 30 foizidan ajraldi. Import eksportdan oshib ketdi. Sanoat ishlab chiqarish hajmi urushdan oldingi darajaning 90 foizini tashkil etdi.

U jahon va imperiya bozorlaridan AQSH tomonidan siqib chiqarila boshlandi. Endilikda Buyuk Britaniya Yevropada ilgari yuritgan “kuchlar baravarligi” siyosatini yurita olmay qoldi.

Dominion va mustamlakalarda milliy – ozodlik kurashining kuchayishi Britaniya mustamlakachilik imperiyasini inqirozga yuz tuttirdi. AQSH ning yadro va strategic qurollarga ega bo’lishi Buyuk Brinaniyaning strategic mavqeiga jiddiy zarba berdi.

Endilikda Buyk Britaniya dunyoning yetakchi davlati rolida da`vo qila olmas edi. Urish g’olibning bu ahvoliga U. Cherchi “Zafar va fojia” deb baho bergan edi.

1945 – yilning 5 – iyulida Buyuk Britaniyada parlament saylovi o’tkazildi. Unda Buyuk Britaniya tarixida eng mashhur siyosiy arboblardan biri Buyuk Britaniya bosh vaziri U. Cherchill partiyasi (Konservatorlar partiyasi) mag’lubiyatga uchradi. Hokimiyat jilovi Leyboristar partiyasi qo’liga o’tdi. Bu partiya parlamentdagi o’rinlarning uchdan ikki qismini egalladi. Leyboristlar o’zlarining saylov oldi dasturini sotsializmni qurish maqsadini ilgari surdilar. Ular bunday sotsializmni islohatlar yo’li bilan qurilishlarini e`lon qildilar.

27 – iyulda K. Ettli boshchiligida tuzilgan leyboristlar hukumati (1945 – 1951) saylov oldi dasturini amalga oshirishga kirishdi.

Hukumat jiddiy islohatlar o’tkazdi. Chunonchi, Buyuk Britaniya banki po’lat, ko’mir va gaz, elektroenergia sanoatini, telegraf va radioaloqa, fuqaro aviatsiyasi, suv va temir yo’l transportini milliylashtirdi. Milliylashtirish sotib olish yo’li bilan amalga oshirildi. 1945 – 1948 – yillarda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish sug’urtalashning kompleks kafolati tizimi yaratildi. Unga ko’ra, ishsizlik bo’yicha, mehnat qobiliyatini yo’qotganlik bo’yicha, kasb kasalligi, bevalik bo’yicha hafaqa, shuningdek, qarilik pensiyalari to’lanadigan bo’ldi.

10 mln. ishchining ish haqi oshirildi. 1948 – yildan boshlab lekin meditsina xizmati joriy etildi. Arzon uy – joylar qurilishi boshlandi.

Hukumat “Marshall rejasi” ga ko’ra 1948 – 1950 – yillar oralig’ida 3 mlrd. dollarlik yordam oldi. 1948 – yilda sanoat ishlab chiqarish hajmi urushdan oldingi darajadan oshdi. Biroq, ayni paytda, moliyaviy inqirozga ham duch kelindi. Bunga AQSH ning “Lendliz” savdosini to’xtatgani, eksportdan keladigan foyda importi tovarlari qiymatini ko’zlangan darajada qoplamasligi, 1949 – yilda funt sterling qiymatini AQSH dollari qiymatiga nisbatan kamaytirishga majbur bo’linganligi, tashqi qarz uchun foiz to’lovlari sabab bo’ldi.

Oqibatda hukumat ijtimoiy sohada belgilangan tadbirlar uchun zarur mablag’ga ega bo’la olmadi. Bu borada berilgan va`dalar to’la bajarilmadi. Bu hol 1951 – yilning 25 – oktabrida o’tkazilgan navbatdagi parlament sayloviga konsenvatorlarning g’alabasini ta`minladi. U. Cherchil yana hukumat tuzdi.

1952 – yilda Buyuk Britaniya yadro quroliga ega bo’ldi. Biroq bu harbiy xarajatlar kamayishiga olib kelgani yo’q. Aksincha, bu mamlakatni oltin va balyuta zaxirasi kamayishiga olib keldi.

Bundan tashqari, mustamlakachilik imperiyasining yemrilishi davom etdi. Ichki va tashqi siyosatdagi qiyinchiliklar U. Cherchillni 1955 – yil aprelda iste`fo berishga majbur etdi. Konservatorlar hukumatni yana 9 - yil boshqardilar. U. Cherchilldan so’ng A. iden (1955 – 1957) va G. Makmillan (1957 – 1963) lar hukumatni boshqardilar.

1962 – yilda iqtisodiy rivojlanish Milliy Kengashi tuzildi. Bu kengash 1961 – 1965 – yillarga mo’ljallangan besh yillik rejani ishlab chiqdi va hukumat uni tasdiqladi.

Biroq rejani hayotga tadbiq etishga muvaffaq bo’linmaydi. Ijtimoiy sohani mablag’ bilan ta`minlash og’irlashdi.

Leyboristlar partiyasi hukumat siyosatini qattiq tanqid ostiga oldi va 1951 yil – 1964 – yillar oralig’idagi yillarni “bekor o’tgan 13 – yil” deb atadi. 1964 – yilgi parlament saylovida leyboristlar partiyasi g’alaba qozondi. Partiya rahbari T. Vilson boshchiligida yangi hkumat tuzildi. Hukumat mamlakat ilmiy – texnika salohiyatini rivojlantirishga katta umid bog’ladi. Shu maqsadda 1965 – yilda parlament birinchi “Milliy besh yillik iqtisodiy dastur”ni qabul qilishiga erishdi.

Dastlab bu tadbir ixtiyoriylik asosida amalga oshirilgan bo’lsa, 1966 yildan boshlab hukumatning ish haqini muzlatishga oid qarori bilan amalga oshirildi. G. Vilson hukumati sanoat ishlab chiqarishi yiliga 5 foiz o’sishini rejalashtirilgan bo’lsa, amalda u 2,3 foizdan oshmadi. Binobarin, leyboristlar mamlakat iqtisodiy ahvolini yaxshilay olmadilar.

G. Vilsonning Buyuk Britaniyani “Umumiy bozor” ga a`zolikka qbul qildirish yo’lidagi urinishlari behuda ketdi. Fransiya hukumati Buyuk Britaniyani AQSH bilan haddan tashqari bog’langanlikda ayblab, uning “Umumiy bozor” ga qabul qilinishga qarshilik ko’rsatdi. Bu omillar leyboristlar hukumatining obro’siga ta`sir etmay qolmadi. 1970 – yilning 18 – iyunida o’tkazilgan parlament sayloviga Konservatorlar partiyasi g’alaba qozondi. E. Xit boshchiligida konservatorlar hukumati tuzildi.

1971 – yilda “Mehnat munosabatlari isboti to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. Qonun tred – yunonlarning huquqini cheklab qo’ydi. Natijada hukumat bilan tred – yunonlar o’rtasida keskinlik vujudga keldi. Mamlakat yalpi ish tashlash yoqasiga kelib qoldi.

1973 – 1974 – yillar qishida tog’ – kon sanotida inqiroz yuz berdi. Shunday sharoitda E. Xit yangi parlament saylovi belgilashga majbur bo’ldi. 1974 – yilning 28 – fevralida bo’lib o’tgan parlament saylovida leboristlar partiyasi g’alaba qozondi. G. Vilson yana bosh vazir lavozimini egalladi.

Biroq 1976 – yilda funt sterling qiymatining yana pasaytirilishi hukumatning harakatlarini amalda yo’qqa chiqardi. G. Vilson o’z ixtiyori bilan iste`fo berishga majbur bo’ldi. Uning o’rnini J. Kallagen (1976 – 1979) egalladi.

J. Kallagen hukumati o’tkir ichki siyosiy muammo – Shimoliy Irlandiya muammosining keskinlashuvi hodisasiga duch keldi. 1921 – yilda Buyuk Britaniya bilan Irlandiya o’rtasida imzolangan shartnomaga ko’ra, Shimoliy Irlandiya Buyuk Britaniya tarkibida qolgandi. Uning aholisi asosan protestantlardan iborat bo’lib, katoliklar ozchilikni tashkil etadi. Protestantlar katoliklarni har jihatdan kamsitib keldilar. 1968 – yilda katoliklar o’z haq – huquqlari uchun kurash boshladilar. Natijada Shimoliy irlandiyada tartibsizliklar boshlandi. Bunga javoban Buyuk Britaniya hukumati u yerga harbiy qism kiritdi.

Mamlakatdagi keskin ichki vaziyat leyboristlar mavqeiga salbiy ta`sir ko’rsatdi. Oqibatda 1979 – yilda o’tkazilgan parlament saylovida bu partiya mag’lubiyatga uchradi. G’alaba qozongan Konservatorlar partiyasi o’z lideri M. Tetcher boshchiligida yangi hukumat tuzdi.

Konsenvatorlar surunkasiga 18 yil davomida hokimiyat tepasida turdilar. 1979 – 1990 – yillar oralig’idagi 11 yil Buyuk Bitaniya tarixiga “Margaret Tetcher davri” nomi bilan ketgan. U Buyuk Britaniya va dunyoda katta obro’ qozondi. Uning dasturi “tetcherizm” nomi bilan atalgan. Bu termin mohiyatini quyidagi qoidalar tashkil etdi.

a) iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi xususiy tadbirkorlikdir. Shunga ko’ra hokimiyat siyosiy yo’lining asosi: erkinlik, imkoniyat hamma uchun, tadbirkorlik ruhini qo’llab – quvvatlash, xususiy mulkchilarga demokratiya bo’lishi kerak;

b) davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvi eng kam darajada bo’lishi lozim. U xususiy tashabbuslarini also bo’g’masligi kerak;

d) barcha mehnatga qobiliyatli kishilar o’zini o’zi ta`minlasin. O’ziga bog’liq bo’lmagan holda mehnatga qobiliyatsizlarga esa davlat va xayriya tashkilotlari yordam ko’rsatdi;

e) kamomadsiz budjet bo’lishi kerak; uning muhim qismini soliqlar tashkil etadi;

f) kasaba uyushmalari mehnatkashlar manfaatlarini qonuniy vositalar bilan himoya qilishga haqli. Biroq bunda boshqalar manfaatlariga zarar yetkazilmasligi lozim; jamiyatga zara yetkazuvchi ish tashlashlar cheklanishi darkor.

Konservatorlar saylovgacha “To’g’ri yondoshuv” deb atalgan dastur ishlab chiqdilar. Unda buyuk Britaniyaning qudratini tiklash, iqtisodiy tanglik va inflatsiyani tugatish asosiy vazifa qilib qo’yildi. Bu dasturni amalga oshirish hukumatdan qat`iylik bilan harakat qilishni talab etar edi.

Muomalada ortiqcha haqd pulning bo’lishiga yo’l qo’ymaslik choralarini ko’rdi. Buning uchun budjet xarajatlari qisqartirildi. Shu tufayli inflatsiyaning pasayishi hamda iqtisodga ko’proq sarmoya sarflash uchun sharoit yaratildi. Natijada ishlab chiqarishni o’stirish borasida sakrash ro’y berishiga erishildi.

Davlat mulkini xususiylashtirish amalga oshirildi. Bu tadbiq davlat budjetiga 28 mlrd. f. s. olib keldi.

Millionlab fuqarolar firma va korxonalarning aksiadorlariga aylandi. Katta yoshdagi aholining 25 foizi turli aksiyalarga ega bo’ldi. Davlat uy – joy fondi ham sotildi.

1990 yilga kelib 65 foiz oila o’zining shaxsiy uy – joyiga ega bo’ldi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi keskin qisqartirildi. Soliqlarni oshirish va tejamkorlik hisobiga kamomadsiz budjet shakllantirildi. Mamlakat aholisining uchdan ikki qismi o’rta tabaqaga aylandi. Ijtimoiy ta`minot unga haqiqatdan ham muhtoj bo’lganlar uchun joriy etildi . 80 – yillarda 2,5 mln. yangi ishchi o’rni vujudga keltirildi. Ishsizlar soni keskin kamaydi. Bu omillarning barchasi, o’z navbatida, 1983, 1987 – va 1991 – yillardagi parlament saylovlarida konservatorlar partiyasining g’alabasini va ularning uzluksiz 18 yil davomida hukumatni boshqarishlarini ta`minladi.

Kamomadsiz budjetni uzoq vaqt ushlab turib bo’lmadi. Inflatsiya va ishsizlik yana kuchaydi. Hukumat daromadidan qat`iy nazar 18 yoshdan yuqori barcha fuqarolarni soliqqa tortish yo’li bilan vaziyatdan chiqmoqchi bo’ldi. Bu esa ommaviy norozilikni keltirib chiqardi. Shunday sharoitda M. Tetcher o’z xohishi bilan iste`foga chiqdi. Yangi bosh vazir J. Meyjor bunday soliqni bekor qildi. U “Teng imkoniyatlar jamiyati” barpo etish dasturini ilgari surdi. 1997 – yilgi va 2001 – yilgi parlament saylovida Leyboristlar partiyasi g’alaba qozondi. Toni Bler boshchiligida yangi hukumat tuzildi.

Buyuk Britaniya jahon siyosatini belgilashda uzoq yillar davomida bosh rolni o’ynab keldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin esa ahvol o’zgardi. Endi birinchilik AQSH ga o’tdi. Buyuk Britaniyaning dunyo siyosatidagi o’rni alohida 3 yo’nalishda bajargan vazifasi bilan belgilanadigan bo’ldi. Birinchidan, u xalqaro maydonda AQSH ning asosiy itifoqchisiga aylandi va shu maqomda dunyoning munim muammolarini hal etishda qatnashdi. Ikkinchidan, G’arbning yetakchi davlatlaridan biri bo’lib qolaverdi. Uchinchidan, hamdo’stlik mamlakatlari boshlig’I edi.

AQSH – SSSR munosabatlari keskinlashib borayotgan bir davrda Buyuk Britaniya bilan ittifoqchilik munosabati o’rnatish AQSH uchun ham zarur edi. 1945 – yilda ingliz – amerika moliya shartnomasi imzolandi. Unga ko’ra, AQSH Buyuk Britaniyaga 5 yil davomida 4,4 mlrd. dollar qarz beradigan bo’ldi. Buning evaziga Buyuk Britaniya AQSH uchun ham boj miqdorini kamaytiradi. Natijada ingliz bozorlarida ham AQSH mavqei kuchaydi.

Mustamlakalarda boshlangan milliy – ozodlik harakati mamlakat hukmron doiralarini tashvishga solib qo’ydi.

Endi Buyuk Britaniya sobiq mustamlakalariga birin – ketin mustaqillik berishga majbur bo’ldi. 1949 – yilda NATO ni tashkil etishda faol qatnashdi. Germaniya muammosi masalalarida AQSH bilan birgalikda hamkorlik qildi. 1950 – yilgi Koreya urushida AQSH tarafida turib urushda qatnashdi. Buyuk Britaniya hududida AQSH harbiy bazasi vujudga keltirildi. 1954 – yilda GFR ni qurollantirish va uni NATO ga tortish to’g’risida imzolangan Parij va London bitimlarining tashabbuskorlaridan biri bo’ldi. 1957 – yilda o’z hududiga AQSH ning o’rta masofaga uchuvchi raketalarini joylshtirishga ruxsat berdi. Shu yilning 15 – mayida vodorod bombasini sinovdan o’tkazdi.

1971 – yilda “Umumiy bozor” ga kirish shartlari haqida bitim imzolandi. 1973 – yilda esa uning a`zoligiga qabul qilindi. M. Tetcher davrida AQSH bilan ittifoqchilik munosabatlarini kuchaytirishga har qachongidan ham katta e`tibor berildi. NATO oldidagi majburiyatlariga sobiq qoldi. Buyuk Britaniya manffatlariga tahdid soluvchi davlatlararo muammolarda o’ta keskinlik bilan harakat qildi. Masalan, 1982 – yilning may oyida Argentina o’z qo’shnini janubiy Atlantikadagi Maklend oroliga tushirganida shunday qilindi. Yevropada yagona pul birligi (yevro)ni joriy etishga qarshilik bildirdi. J. Meyjor hukumati AQSH ning Iroqqa qarshi harbiy harakatlarini qo’llab – quvvatladi va unda Buyuk Britaniya ham ishtirok etdi.

1991 – yilda Buyuk Britaniyaning Maasrix shartnomasiga qo’shilishi bu davlat tashqi siyosatida yevropa muammolarini birgalikad hal etish tomon jiddiy o’zgarish yuz berganligining isboti bo’ldi. 2002 – yildagi AQSH ning Afg’onistonga urushida qatnashdi. AQSH bilan birgalikda Iroqqa o’z qo’shinlarini yubordi. Terrorizmga qator portlashlar o’tkazildi. 60 dan ortiq kishi halok bo’ldi.

1991 – yilda Buyuk Britaniya va O’zbekiston o’rtasida diplomatic munosabat o’rnatildi. 1993 – yilning 17 – 19 – iyun kunlari. Buyuk Britaniya qirolichasining qizi malika Anna O’zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mamlakatimiz bilan, xalqimiz turmush tarsi bilan tanishdi.

22 – 23 – noyabr kunlari O’zbekiston Prezdienti I. Karimov Buyuk Britaniyaga rasmiy amaliy tshrif bilan bordi. Mamlakat qiroichasi Yelizaveta II, shuningdek, bosh vazir J. meyjor bilan uchrashdi. Safar chog’ida o’zaro iqtisodiy aloqalar to’g’risida shartnoma, o’zaro rag’barlantirish va himoyalash to’g’risida hamda ikki davlat o’rtasida havo yo’li ochish haqida bitimlar imzolandi.

Bugungi kunda O’zbekistonda 50 dan ortiq Buyuk britaniya va O’zbekiston qoshma korxonasi faoliyat ko’rsatmoqda. 1997 – yildan O’zbekiston Buyuk Britaniyaning RJ – 85 samolyotlarini sotib ola boshladi.



Nazorat uchun savollar:

1. urushning Britaniya uchun oqibatlari qanday bo’ldi?

2. “tetcherizmning” mohiyati nima?

3. Tashqi siyosatda 3 yo’nalish nimadan iborat?

4. Buyuk Britaniya va O’zbekiston aloqasini gapiring.

5. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.


Tayanch iboralar.

1979 – 1990 yillar tetcher davri.

“To’g’ri yondashuv” dasturi- konservatorlarining dasturi, ANZYUS – Osiyo – Tinch okeani kengashi.
Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Jahon mamlakatlari. Izohli lug’at. Toshkent – 2006 y.

2. G. Hidoyatov. Jahon tarixi. Toshkent – 2005 y.

3. M. Lafasov. Usmonov. Jahon tarixi. Toshkent – 2006 –y.




Aim.uz


Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish