ATMOSFЕRA HAVOSI IFLOSLANISHI OLDINI OLISH HUQUQIY -ME’YORIY ASOSLARI.
Atmosfera deb — Yer kurrasini o‘rab olgan havo qatlamiga aytiladi. Atmosfera yerning himoya qatlami bo‘lib, tirik orga-nizmlarni turli ultrabinafsha nurlardan, turli zararli zarra-lardan saqlaydi. Ma’lumkiatmosfera havosihar hil mexanik gazlarning aralashmasidan iboratdir.
Atmosfera (yunoncha atmos— Bug va sfera — shar) – yer vaboshka fazoviy jismlarning gazsimon qobigi. Yer yuzasida u asosan azot (78,08%), kislorod (20,95%), argon (0,93%), suv bug‘i (0,2-2,6%), karbonat angidrid gazidan (0,03%) tashkil topgan.
Atmosfera tabiatning eng muhim elementlaridan biri hisob-lanadi. Chunki organizm, inson suvsiz, ovqatsiz bir necha kun yashashi mumkin, ammo havosiz 5 daqiqa ham yashay olmaydi. Inson bir bir sutkada 25 kg havoni yutadi.Shuning uchun yerda hayot insonning yashashitoza havoga bog‘liq. Aksincha havo ifloslanib, uning kimyoviy tarkibiva fizik xosslari o‘zgarishi bilan har bir organizmning fiziologik holati o‘zgaradi va turli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Respublikamizda atmosfera havosiayniqsa, aholisi Sanoat korxonalari va transport vositalari ko‘p bo‘lgan Metallurgiya, kimyovamashinasozlikmarkazlari bo‘lgan Toshkent, Farg‘ona Angren, Olmaliq, Bekobod, Navoiy, Andijon shaharlarida havosining iflos-lanishi ancha yuqoridir.
Shuni inobatga olgan holda Respublikamiz Mustaqillikka erishgandan so‘ngjamiyatda yashayotgan insonlar, barcha korxona, muas-sasa, tashkilotlar atmosfera havosi musaffoligini saqlash, uning ifloslanishining oldini olish borasidaqonunchilik talablarini bajarilishi qat’iy zarurligini belgilab qo‘ydi. Shulardan asosiylari O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 1993 y 29 yanvardan kuchga kiritilgan Qonuni va “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Konunidir.
“Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan. Mazkur qonun 30 moddadan iborat. Qonunda atmosfera havosi tabiiy resurslarning tarkibiy kismi ekanligi, u umum-milliy boylik hisoblanishi va davlat tomonidan muhofaza qili-nishi belgilab qo‘yilgan.
Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
atmosfera havosining tabiiy tarkibini saqlash;
atmosfera havosiga zararli kimyoviy, fizikaviy, biologik va boshqa xil ta’sir ko‘rsatilishining oldini olish hamda kamaytirish;
davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solishdan iboratdir.
Ho‘jalik faoliyatida(XFU) Xlorftoruglerodlar, bromli metil, galonlar, erituvchilar kabi birikmalarning ishlatilishi ham ozonqatlamining siyraklashishiga olib keladi.
Kuchli texnologiyalarasri — 21 asr boshiga kelib, aviatsiya, kosmik raketalar ta’siri ham e’tiborga olina boshlandi. Tovushdan tez uchadigan samoletdan azot oksidi chiqishi stratosferaozoniga ta’sir ko‘rsatadi.
Qonunning 5-moddasiga asosan Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari amalga oshirishi, shuningdek 28 moddasiga asosanAtmosfera havosini muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, shuningdek maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘-liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan nazoratqilish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlari hisoblanishi belgilangan.
Andijon viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Atrof tabiiy muhitni ifloslanishini monitoring qilish bo‘limi (tahliliy laboratoriya) xodimlari tomonidan doimiy ravishda shahar va tumanlarda mavjud korxonalardagi manbalardan olingan namunalar laboratoriya sharoitida tahlil qilib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |