R E J A
1. MUSKULLARNING CHARCHASHI.
2. MUSKULLAR VA ULARNING FUNKSIYASI
3. ODAM TANASI MUSKULLARINING ASOSIY GURUHLARI
4. MUSKULLARNING ISHLASHI
5. QAD-QOMATNING SHAKLLANISHI
1. Muskullarning charchashi.
Ma’lum vaqt davomida ish bajarish natijasida muskullar charchaydi. Muskullar charchashining sababi quyidagilardan iborat:
birinchidan, uzoq vaqt davomida qo’zg’alish natijasida miya¬ning muskul ishini boshqaradigan nerv hujayralari charchaydi, ularda qo’zg’alish jarayoni pasayadi, hujayralar tormozlanish holatiga o’tadi;
ikkinchidan, uzoq vaqt davom etadigan jismoniy ish natija¬sida muskul tolalaridagi ATF, KF, glikogen moddalarining zahirasi tugab, muskulning ishi uchun zarur bo’lgan energiya tugaydi;
uchinchidan, qisqa vaqt davomida, ammo katta tezlikda bajarilgan ish jarayonida organizmda kislorod yetishmay qoladi. Charchash yuzaga kelganda, asta-sekin muskul tolalarining qisqarish kuchi kamaya boshlaydi va ular bora-bora bo’shashib, qisqara olmay qoladi. Buning natijasida harakat asta-sekin susayib, keyin to’xtaydi. Ba’zida charchagan muskul tolalari qisqarib, bo’shasha olmay qoladi, bu holat muskullarning kontrakturasi deb ataladi. Ayniqsa, tez yugurgan vaqtda boldir muskullarida shunday holat yuzaga keladi.
Jismoniy mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shug’ullanuvchi odam organizmi yaxshi chiniqqan bo’ladi. Shuning uchun ularning muskullari tez charchamaydi. Chiniqqan kishilarning muskullari yaxshi rivojlanganligi bilan birga, ularning nerv-endokrin, yurak-qon tomir, nafas va boshqa hayotiy muhim ahamiyatga ega bo’lgan organlari hamda to’qimalarining ish faoliyati ham ortadi. Shu bilan birga charchashning tez yoki sekin yuzaga kelishi odamning kayfiyatiga ham bog’liq. Agar kayfiyat yaxshi bo’lsa, bajaradigan ishga qiziqsa, tez charchamaydi. O’ta charchash organizmning kasallik holati hisoblanadi. Agar bir necha hafta va oy davomida ish surunkali ravishda davom eta versa, lekin dam olish o’z vaqtida hamda yetarli bo’lmasa, nerv sistemasida va muskullarda charchash alomatlari asta-sekin to’pla¬nib, o’ta charchash holati yuzaga keladi. O’z vaqtida dam olmas¬likdan tashqari, ovqatlanishning sifatli bo’lmasligi, sharoit no¬qulayligi, kayfiyat buzilishi kabilar o’ta charchash holatining tezroq yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.
O’ta charchash quyidagi belgilari bilan xarakterlanadi: qo’l va oyoq hamda tananing barcha muskullari bo’shashadi, harakat tezligi pasayadi, bosh og’riydi, kunduzi ish vaqtida uyqu bosadi, kechasi esa uyqu kelmaydi, ishtaha pasayadi, hech narsaga qiziqmaydi, harakat qilganda ter bosadi, yurak tez uradi va havo yetishmaganday bo’ladi. O’ta charchashning oldini olish uchun har bir od am kun tartibiga rioya qilishi, ya’ni o’z vaqtida ishJashi, dam olishi, ovqatlanishi, uxlashi kerak. O’ta charchash holati yuzaga kelganda esa shifokorga murojaat qilinadi va uning ko’rsatmasi bilan ma’lum muddatga kundalik ishdan ozod etiladi. Toza havoda sayr qilish, nafas oldiruvchi yengil badan tarbiya mashqlarini bajarish, ko’proq uxlash, ovqat sifatini yaxshilash kabi gigienik tadbirlar tavsiya etiladi.
Tayanch-harakatlanish sistemasining rivojlanishida jismoniy tarbiya va mehnatning roli Jismoniy tarbiya odam organizmining normal o’sishi, rivojla¬nishida, qad-qomatning shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Muntazam ravishda mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish natijasida muskul to’qimasida moddalar almashi¬nuvi kuchayadi, muskullarga qon kelishi ko’payadi, bu esa ularning oziq moddalar bilan ta’minlanishini yaxshilaydi. Tekshirishlar¬dan ma’lum bo’lishicha, jismoniy mashq bilan shug’ullanuvchi kishilarning har 100 ta muskul tolasida mayda qon tomirlar (ka¬pillyar)ning soni boshqalarning muskulidagiga nisbatan ikki marta ko’p bo’ladi. Bunday odamlarmuskullarining, qon, kislorod, oziq moddalar bilan ta’minlanishi yaxshi bo’lganligi uchun mus¬kul hujayralari sitoplazmasida oqsil, ATF, KF, glikogen miqdori ko’payadi. Bu esa muskul tolalarining yo’g’onlashuviga va ular mustahkam bo’lishiga, qisqarish kuchining ortishiga olib keladi.
Muskullarning yaxshi rivojlanishi, tolalari va paylarining baquvvat, mustahkam bo’lishi, o’z navbatida, suyaklarning yaxshirivojlanishiga, ulaming mustahkam bo’lishiga irnkon beradi. Shuning uchun ham odam yoshligidan boshlab jismoniy mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shug’ullansa, tayanch harakatlanish sistemasining o’sishi, rivojlanishi, shakllanishi yaxshi bo’ladi. Shu bilan birga organizmning boshqa hayotiy muhim organ va sistemalari (o’pka, yurak, qon tomir, jigar, buyraklar, oshqozon-ichak, nervlar) funksiyasi ham yaxshilanadi. Buning natijasida odam organizmi har tomonlama garmonik rivojlangan, baquvvat, tashqi muhitning noqulay ta’siriga chidamli va chiniqqan bo’ladi. Ma’lumki, bunday kishilar kasalliklarga kam chalinadi va uzoq umr ko’radi. Mashhur fiziolog I. P. Pavlov 87 yil umr ko’rgan. U juda ishchan, sog’lom, o’tkir zehnli, harakatchan, tetik odam bo’lgan, chunki u muntazam ravishda jismoniy mehnat va sport bilan shug’ullangan. U jismoniy mehnatning ahamiyati haqida: «Men butun umrim bo’yi aqliy va jismoniy mehnatni sevib keldim, ikkinchisini, hatto ortiqroq sevaman» deb yozgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |