Quyosh har soniyada 60 milliard megaton trotil kuchiga EGA energiya chiqaradi. Bu million yil davomida global iste’mol qilingan elektr energiyasining taxminiy miqdoriga teng hisoblanadi



Download 21,57 Kb.
Sana29.11.2022
Hajmi21,57 Kb.
#874487
Bog'liq
Mustaqil ish uchun


Quyosh har soniyada 160 milliard megaton trotil kuchiga ega energiya chiqaradi. Bu 1 million yil davomida global iste’mol qilingan elektr energiyasining taxminiy miqdoriga teng hisoblanadi.Taqqoslash uchun eng yaxshi konfiguratsiyadagi atom bombasi “ЦАРЬ БОМБА” 58,6 megaton tratil ekvivalentidagi quvvatga ega edi. Bu degani Yerdagi eng kuchli 2 730 375 427 dona atom bombasi portlashidagi quvvat, Quyoshning 1 soniyada chiqaradigan quvvatiga teng.

Insoning Neytron yulduzi yuzasida turishini tasavvur qilishning o’zi qo’rqinchli. Agar odamning og’irligi Yerda 80 kg bo’lsa, u neytron yulduzida taxminan 10 milliard tonna og’irlikka ega bo’lardi. O’z-o’zidan bizning tanamiz bunday bosimga bardosh bera olmaydi va shuning uchun odam yulduz yuzasida tekis plastinkaga aylanib qoladi

NASA yulduzlararo missiyani tayyorlamoqda, u 100 yildan ortiq davom etadi. Interstellar Probe deb nomlangan yangi loyiha 2030-yillarda boshlanishi mumkin. Zond inson tomonidan yaratilgan boshqa har qanday kosmik obektga qaraganda tezroq va uzoqroqqa uchadi. Uning vazifasi quyosh tizimining chekkasida joylashgan 130 dan ortiq mitti sayyoralarga tashrif buyurishdir. Astronomlarning taxminiga ko’ra, ularning ba’zilarida muzli okeanlar bo’lishi mumkin. Dastlabki rejalarga ko’ra, zond Voyager 1 da ikki barobar tezroq harakatlanadi. Yulduzlararo missiya bir sabab bilan NASA yoki boshqa kosmik agentliklar qilgan har qanday narsadan farq qiladi – dasturning vaqt miqyosi shunchalik kattaki, uni bir nechta avlod olimlari amalga oshiradi. Bu ishlab chiquvchilarga yangi muammolarni taqdim etadi. Misol uchun, keyingi muhandislar jamoalari dastur kodini tushunishlari va yuz yildan keyin ham nosozliklar yuz berganda qurilmani masofadan turib ta’mirlashlari kerak.

Quyosh qora tuynukka aylanishi uchun uni qandaydir yo’l bilan Shvardshild radiusigacha siqish kerak bo’ladi. Quyosh uchun Shvardshild radiusi: 3 km. Bu shuni anglatadiki Quyoshni 3 km lik sharga aylantirsangiz u qora tuynukka aylanadi. Amalda bu imkonsiz ish.



Yuqoridagi formulada:
m= 2*1030 kg (Quyosh massasi)
c=3*108 m/s (Yorug’lik tezligi)
G=6.66*10-11(Gravitatsiya doimiysi)
Hisoblab korishingiz mumkin.
Yer uchun Shvardshild radiusini toping va yerni qora tuynukka aylanishi uchun uning radiusi qanday bo’lishini hisoblab ko’ring: Yer massasi ~6*1024 kg

Astronomiya haqida qiziqarli ma’lumotlar:



  1. Katta portlash nazariyasi o’z nomini birinchi marta uning tanqidchilaridan biri nutqda ishlatganligi sababli oldi. Biroq, ajoyib nom barcha astronomiya ixlosmandlari, shu jumladan nazariya tarafdorlari orasida ildiz otdi.

  2. Qadimgi odamlar astronomiyaga qiziqishgan. Bu ming yillar davomida saqlanib qolgan qoldiqlardan dalolat beradi. Ular hatto Misr piramidalaridan ham qadimiydir. Bularga, masalan, mashhur ingliz Stonehenge kiradi.

  3. Qizig’i shundaki, barcha fanlar orasida astronomiya Vatikan tomonidan boshqalarga qaraganda ko’proq hujumga uchragan. Osmon jismlari mexanikasi haqidagi kitoblarni rasmiy ravishda chop etishga inkvizatsiya tomonidan faqat 1822-yilda ruxsat berilgan va Vatikan rasmiy ravishda yerning dumaloq ekanligini faqat 1992-yilda tan olgan.

  4. Faqat 20-asrning boshlarida astronomlar bizning Quyosh sistemamiz ulkan galaktikaning bir qismi ekanligini aniqladilar.

Yer 4,6 milliard yil oldin paydo bo’lganida, Yer kuni taxminan olti soat davom etgan. Yaxshiyamki, 620 million yil oldin kunlar allaqachon 21,9 soatga cho’zilgan edi va bu oxirgisi ham emas. Mutaxassislarning fikriga ko’ra, Oyning ta’siri tufayli Yerning o’rtacha 24 soatlik kuni har 100 yilda taxminan 1,7 millisekundga uzayadi.

Agar siz Quyoshni oq qon hujayrasi (leykosit) kattaligiga kichraytirsangiz va somon yo’li galaktikasini ham xuddi shu o’lchovda kichraytirsangiz, u holda somon yo’li AQSHning kattaligiga teng bo’lar ekan.

Yupiter haqida 5 ta qiziqarli fakt:



  1. Yupiter Quyoshdan uzoqligi bo’yicha 5-o’rinda joylashgan va eng ulkan hamda og’ir sayyora. Ushbu ulkan gazsimon sayyoraning og’irligi Yer og’irligidan 317 marta katta bo’lib, 1300 ta Yer sharini uning ichiga bemalol joylash mumkin.

  2. Yupiter ham yulduzga aylanishi mumkin edi. Ha, aynan Quyosh kabi Yupiter ham yulduz bo’lishi mumkin edi, chunki uning tarkibi ham huddi yulduzlarnikidek vodorod va geliydan iborat. Faqat, uning markazida termoyadroviy reaksiya boshlanib, yulduz singari nur sochishi uchun Yupiter massasi hozirgidan 70 marta ortiq bo’lishi kerak edi.

  3. Yupiter eng tez aylanuvchi sayyora. Bu uning o’z o’qi atrofida aylanishiga tegishli bo’lib, 10 soat davomida shunday gigant sayyora 1 marta o’z o’qi atrofida aylanadi. Quyosh atrofida esa 12 yil davomida 1 marta aylanib chiqadi.

  4. Yupiterning ham halqalari mavjud. Saturnning halqasi kabi ulkan bo’lmasa ham Yupiterda 4 ta siyrak halqa mavjud. Bu halqalar uning tabiiy yo’ldoshlari Fiva, Metida, Adrasteya va Almatiyalarning meteoritlar bilan to’qmashishi natijasida yuzaga kelgan degan faraz mavjud.

  5. Yupiter­ - eng ko’p tabiiy yo’ldoshga ega bo’lgan sayyora. Uning 69 ta tabiiy yo’ldosh bo’lib, eng mashxurlari: Io, Evropa, Ganimed va Kalisto hisoblanadi. Ularni ilk bor 1610-yilda Galileo Galiley kuzatgan, shuning uchun ham ular “Galiley” yo’ldoshlari deb yuritiladi.

Hozirgi texnologiyalar bilan osmon jismlariga yetib borish uchun qancha vaqt ketadi?


Oy: 3 kun
Masofa: 384 ming km
Mars: 7 oy
Masofa: 230 million km
Yupiter: 6 yil
Masofa: 855 million km
Saturn: 7 yil
Masofa: 1,4 milliard km
Uran: 8,5 yil
Masofa: 2,9 milliard km
Neptun: 11 yil
Masofa: 4,4 milliard km
Yulduzli Proksima Sentavr: 85 ming yil
Masofa: 4,3 yorug’lik yili
Planet Clapper 452b: 26 million yil
Masofa: 1400 yorug’lik yili
Somon yo’lining markazi: 465 million yil
Masofa: 26 000 yorug’lik yili
Andromeda galaktikasi: tahminan 6 milliard yil
Masofa: 2,5 million yorug’lik yili
Download 21,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish