Qurilish materiallari buyumlari xossalarini strukturalanish qonuniyatlariga bog`likligi va mutanosibligi
Materiallar tarkibi, strukturasi va xossalarining mutanosibligi Qurilish materiallarining xossalari ularning tarkibiga va tuzilishiga bog’liq bo’ladi. Materiallarning kimyoviy, mineral va fazaviy tarkiblarini tekshirmasdan, ular asosida tayyorlangan buyum va konstruktsiyalarni muayyan muh’itda ishlatishga tavsiya etilmaydi. Materiallarning kimyoviy tarkibi elementlar va oksidlar orqali ifodalanib, ular xossalarining-mustah’kamligini, korroziya muh’iti va olovga bardoshliligini, suvga munosabati kabilarni belgilaydi. Material tarkibida kimyoviy elementlar va oksidlar erkin xolda bo’lmasdan o’zaro minerallarga birikkan bo’ladi. Materiallarning mineral tarkibi ularning qanday minerallardan qancha miqdorda tashkil topganini bildiradi. Giltuproq, oh’aktosh, gips toshi va sh.k. larning mineral tarkibi ulardan olingan keramik materiallar h’avoyi va mineral bog’lovchilarning mustah’kamligini va turli muh’itlarga chidamliligini belgilaydi. Materiallarning fazaviy tarkibi qattiq, suyuq va gazsimon xolatda bo’lib, ularni muayyan shaklda ushlab turuvchi, devorlar h’osil qiluvchi (karkas) qattiq fazadan, devorlar orasida h’osil bo’lgan g’ovaklar ichidagi suvdan, h’avodan yoki suv-h’avo aralashmasidan iborat bo’lishi mumkin. Masalan, material g’ovaklarida suvning muzlashi pirovardida uning buzilishiga olib kelishi mumkin; yopiq g’ovaklardagi h’avo materialga issiq-sovuqdan, tovushdan izolyatsiyalovchi xususiyat beradi. Material strukturasini uch darajada tushunish zarur-molekulyar-ion, mikrostruktura va makrostruktura. Molekulyar-ion darajasi materiallarning element, oksid, mineral, oligomer, polimer va sh.k. kimyoviy moddalardan h’osil bo’lishini belgilaydi. Materiallarni bu darajada o’rganish differentsial-termik, rentgenfazaviy, elektron mikroskopik, infraqizil spektroskopik va sh.k. tekshirish usullari bilan amalga oshiriladi. Mikrostruktura materialning tuzilishi va undagi g’ovaklarning o’ta kichikligini (1-2 . 10 -7 sm gacha) bildiruvchi ko’rsatkich. Materialda mikrog’ovaklar buyumning kirishishi natijasida h’osil bo’ladi va ular o’zaro tutash yoki h’ar tomonlari berk bo’lishi mumkin. Materialni tashkil etuvchi bog’lovchi (portlandtsement, gips, bitum, polimer), o’ta mayda to’ldiruvchi (qum kukuni, andezit) mineral yoki polimer qo’shimchalar, suv va sh.k. komponentlardan iborat majmuadir. Qurilish buyum va konstruktsiyalarning barcha xossa va xususiyatlari mikrostrukturaga, uning h’osil bo’lish sharoitiga bog’liq bo’ladi. Mikrostruktura xossalariga bog’lovchining aktivligi, dispersligi, mikrog’ovakligi, o’ta mayda to’ldiruvchilarning yuza tabiati katta tasir etadi. Makrostruktura materiallarning tuzilishi va undagi g’ovaklar-yirik, ko’zga ko’rinadigan xolatdagi ko’rsatkich bo’lib, u mikrostruktura, mayda-yirik to’ldirgichlar va boshqa to’ldiruvchi yoki armaturalovchi komponentlar majmuasidan ibratdir. Makrostruktura kompozit (konglomerat), uyachali, mayda g’ovakli, tolasimon, qatlamli, donador shakllarda bo’lishi mumkin. Kompozitlarga betonlar, qurilish qorishmalari, keramika, silikaltsitlar, polimerbetonlar va sh.k. kiradi. Bunday materiallar suniy konglomeratlar h’am deb yuritiladi. Mayda g’ovakli materiallarga suv yoki yonuvchi qo’shilmalar aralashtirilib kuydirilgan keramika, plastmassalarning bazi turlari kiradi. Uyacha strukturali materiallarga gazbetonlar, ko’pikbetonlar, ko’pik plastmassalar, maxsus qog’ozdan yasalgan turli shakldagi bo’shliqli buyumlar kiradi. Qatlamli strukturaga o’rama, listli, taxtasimon, qatlamli to’ldiruvchi asosidagi plastmassalar (tekstolit, shishaplast, qog’ozplast) kiradi. Donali struktura beton, qorishma, polimerbeton va sh.k.lar uchun mayda va yirik to’ldiruvchilar (qum, chaqiq tosh) kiradi. Tolali struktura yog’och, shisha tolali va mineral tolali materiallar uchun xosdir. Materiallar xossalari (mustah’kamligi, issiqlik o’tkazuvchanligi) tolalari bo’ylab va ko’ndalang yo’nalishlarda turlicha bo’ladi. Materiallar tuzilishi kristall, amorf va kristall-amorf h’olda bo’ladi. Kristall tuzilishli materiallar yuqori mustah’kamlikka, turli muh’itlarga chidamlilikka ega. Odatda ko’pchilik materiallar amorfdan kristall tuzilishga o’tadi. Bir material h’am kristall (kvarts), h’am amorf tuzilishda bo’lishi mumkin. Materialning tuzilishi h’olatiga qarab bu materiallarning kimyoviy birikishlarida ishtirok etishi turli tezlikda va sharoitda bo’lishi mumkin. Kristall tuzilishdagi materiallar o’zgarmas bosimda muayyan erish h’aroratiga ega bo’ladi. Kristall panjarani neytral atomlar, ionlar, molekulalar h’osil qilishi mumkin. Murakkab kristallar (kaltsiy, dala shpati) kovalent va ion bog’lanishlarda bo’lganliklari sababli ularning h’ossalari turlichadir. Qurilish materiallarining asosiy jins h’osil qiluvchi minerallari-silikatlar murakkab tuzilishga ega bo’lib, tetraedrlardan tuzilgan va h’ajmiy panjara tuzilishiga ega. Shu sababli silikatlar noorganik polimerlar deyilishi h’am mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |