Qozoq xalqi etnologiyasi
REJA:
1. Qozoq xalqining etnogenezi va etnik tarixi.
2. Qozoq xalqining an’anaviy xo’jaligi.
3. Qozoq xalqining moddiy va ma’naviy madaniyati.
Qozoqlar Qozog’iston Respublikasining asosiy aholisi (6,54 ming kishidan ziyod). Shuningdek, O’zbekiston (808 ming kishi), Turkmaniston (87 ming kishi), Qirg’iziston (37 ming kishi), Tojikiston va RF (635,9 ming kishi), XXR (1 mln. 115 ming kishi (1990 yillar o’rtalari)), Mongoliya (125 ming kishi) va boshqa mamlakatlarda yashaydi. Umumiy soni 9,42 mln. kishi. Qozok tilida so’zlashadi. Dindorlari - sunniy musulmon.
Qadim zamonlardan buyon Markaziy Osiyoda o’zbeklar, qirgizlar, turkmanlar, tojiklar va boshqa xalqlarning ajdodlari bilan yonma - yon istiqomat qilib kelayotgan mintaqadagi yirik tub xalqlardan biri qozoqlar hisoblanadi. 1920 yillar o’rtalarigacha, ularni notug’ri qirg’iz - kaysak yoki qirg’iz deb atab kelishgan.
Miloddan avvalgi I ming yilliklarda hozirgi Qozog’iston hududida joylashgan shakllar, usunlar, alanlar, kangyuy qabila ittifoqi va boshqalar qozoqlar etnogenezida dastlabki qatlam bo’lgan. Olimlar fikricha miloddan avvalgi VIII - IV asrlarda bu hududda qadimgi sak qabilalari kuchib yurgan. Ular massaget, sarmat, alan, apasak, augasi, dax, gun qabilalari ta’sirida o’z etnik tarkibini ancha boyitgan.
Qozoqlarning etnogenezi turli ko’chmanchi qabilalarning o’zoq muddat davomida aralashuvi sharoitida kechgan. Qozoqlarning qadimgi ajdodlariga saklar, usunlar va boshqalar kirgan. Milodning boshlarida Orol dengizidan g’arbda qozoqlar etnogeneziga ta’sir kursatgan alanlar yashagan.
Qozoq xalqi etnogenezida Turk xoqonligi muhim rol uynagan. VI - VII asrlarda mazkur hududda bu xoqqonlikka kirgan turgash korluk chigil, yogma, turgash va boshka qabilalar bilan ko’p davrlar davomida yonma - yon yashash natijasida qozoqlarning turkiylashishi hamda maxalliy qabilalarning kelgindilar bilan aralashishi jarayoni sodir bo’lgan.
VI-VII asrlarda Qozog’istonning janubi-sharqida yashagan qabilalar G’arbiy Turk xoqonligi tarkibida bo’lgan. Bu davrda sharqdan turkashlar, telelar, qarluqlar va boshqalar kelib joylashgan11.
X - XII asrlarda qozoq eli Qoraxoniylar davlatiga qo’shilgan maxal hududga kidanlar ham bostirib kirgan. IX - X asrlarda hozirgi Qozog’iston yerlarida o’g’uz, pecheneg, qipchoq, kimak va boshqa qabilalar joylashadi. XI - XII asrlarda bu xududda yashaydigan barcha qabilalarning birikishiga ancha turtki bo’lgan. XII asrda Qozog’iston hududiga qora xitoylar (kidanlar) bostirib kirgan, ular maxalliy turkiy aholi bilan aralashib ketgan.
Turli qabila va elatlarning yana ham aralashib ketishiga mug’ullar istilosi sabab bo’lgan. XIII asr boshida mug;ullar istilosi davrida Mo’g’uliston va Oltoydan naymanlar, kyeraitlar va boshqa qabilalar kirib kelgan. Qozoq xalqi shakllanishidagi oxirgi komponenti XIV asr oxirida Oltin O’rdadagi kichik ko’chmanchi qabilalarga borib taqaladi. Oltin O’rda parchalanishi bilan XV asr o’rtasida, O’zbek xonligidagi o’zaro nizolar natijasida bu qabilalarning katta qismi janubi-sharqiy Mo’g’uliston davlati tarkibiga kirgan.
XV asr oxiri XVI asr boshlarida Qozoq xonligi paydo bo’ladi va qozoq xalqi shakllanishi nixoyasiga etadi. XVI asr boshida g’arbga qaytib kelgan qozoq qabilalari Qozoq xonligiga birlashgan (o’zbek qabilalari Shayboniyxon boshchiligida O’rta Osiyoga ketgan). Shu bilan qozoq elatining shakllanish jarayoni tugallangan. Qozoqlarning qabila-urug’lari tarixan uch guruhga bo’linib, alohida hududlarda yashaganlar. Ular jo’zlar deb atalgan: Katta, Kichik va O’rta Jo’z.
Katta (uli) jo’z kangli, sara uysun, shanshikdi, asti, oshakti, dulat, jaloyir, sirgeli, shaprashti, abdan (alban), suan, bes, tangbaliuruglardan tashkil topgan, bo’lib dulat bilan jaloyir urug’lari o’z navbatida yana bir qancha kichik urug’larga tashkil etadi. Jaloyirlar esa shu manak hamda sir - manak urug’ guruhlariga bo’linadi. Shu manakdar andas, mirza, kora kapan, urakti, ok buyim,kalpe, supatoy, sыr - manakdar, arik tinim, boyshigir, sayrshi, bolgali, kayishli urug’laridan iborat.
O’rta jo’z besh yirik urug’larga bo’linadi: arginlar, naymanlar,qipshaqlar, qo’ngirotlar va kereylar.
Qipchoqdar turi aygir, tuyikshi, kitabok, bulting, kora balik, kulde men, tanabuga, kup murin, o’zun urug’larini birlashtirgan.
Kangratlarga beylar - jandar. Orazgeldi, kuljigash bushman, tokbolat, jamanboy, kora kesek jetimayer, kush sansiz urug’lariga bo’lingan. Kereyetlar uak, kora kyerey, hamda abaы ashamayli kereyet urug’lar birlashmasidan tashkil topgan. Qora kyereylar murun, boyjigit va turt ul urug’laridan to’zilgan. Ashamayli koreylari jas taban, myerkit, jadik, jantekey, iteli, shyerushi, kasakas, malki, sarbas, shubar aygir, kong, sadak, shuning urug’lariga bo’linadi.
Nihoyat kichik (kishi) jo’z alim uli, boy uli hamda jetyeru urug guruhlaridan to’zilgan. Olim uli guruhiga ko’ra sokkol, kora kesen, kete, turt kora, shumekey, shekti, boy uli guruhiga aday, jappas, alasha, boy bakti, maskara byerish tazdar, esentemir syerkesh, tana, qizil, kurd, shaykilar kyereyt urug’lariga kiradi. Bu jo’zlarga kiruvchi qabilalar va urug’larining har qaysisi Qozog’istonning muayyan hududida juda qadimdan o’rnashib kelgan.
Ulkan hududda yoyilgan kichik jo’zga kiruvchi qabilalar va urug’larning yerlari Qozog’istonning g’arbiy qismida bo’lgan. Qozog’iston jo’zlari chor Rossiyasi hukumronligi vaqtida ham ana shunday bo’lingan holda o’z avlod - ajdodlari yerlarida yashab kelishgan.
Qozoqlarning qabila - qabila, urug’ - aymoq bo’lib yashash urf - odati o’zoq asr mobaynida davom etdi. Qozoqlar orasida turalar alohida urin tutgan. Ularning ajdodlari chingizxon shajarasiga borib taqaladi deb hisoblanadi. Shuning uchun ular o’zlarini oq suyek (ok suyak)lar deb ataydilar.
Botirlar avlod - ajdodlari harbiy sarkarda,lashkarboshi askarlarining boshligidan tashkil topadi.
Urug’ oqsoqqol boshliqlaridan biylar (yoki beklar) usib chiqadi. Ba’zi biylar o’z urug’i (uruO chegarasida mutlaqo mustaqil bo’lgan, xatto xon, sultonlarga ham bo’ysunmagan.
Oq suyaklar qatoriga xoji, xujalar ham kirgan.
Xar bir ko’chmanchi qozoq ma’lum urug’ yoki urug’ toifasiga bo’ysunishidan tashqari ma’lum bir jamoa a’zosi ham hisoblangan. Ana shu jamoadan ajralgan holda mustaqil kuchib yura olmagan.
Ko’chmanchi dehqonlar o’rta holda - dauletti sharua, kam quvvat o’rta xo’jaliklar kungyerishti sharua hamda kambag’al kedey sharua guruhlariga bo’lingan. Shuningdek qozoqlar orasida qullar ham yashagan.
Asosiy mashg’uloti ko’chmanchi chorvachilik, faqat janubdagi (Sirdaryo bo’yidagi) ba’zi vohalarda sug’orma dehqonchilik bo’lgan.
Asrlar mobaynida qozoqlar ko’chmanchi chorvador qabilalar qatori yashab kelgan. Choravachilikka asosan qoramol,yilqi, qo’y va tuya boqilgan. Qo’ychiligi qo’y - qo’zilarni ko’paytirish bilan shug’ullangan. Qo’yning juni, teri katta ahamiyatga ega edi.
Xo’jalikning ikkinchi muhim tarmog’i yilqichilik edi. Ot bir vaqtni o’zida ham tengi yuq dastyor, transport vositasi, ham kimiz manbai, go’shti, kazi - kartasi esa sevimli taomdir.
Qozog’istonning janubiy, markaziy va g’arbiy cho’l va chala cho’l yerlarida ayniqsa, tuyachilik keng rivojlangan. Asosan bir urkachli (nor tuyalar bilan qo’sh urkachli (ayir urkesh) tuyalar boqilgan. Nor tuyalar nisbatan baquvvat va chidamli bo’lganligi sababli ularni boqishga nisbatan ko’proq e’tibor berib kelingan edi. Tuya yaxshi yuk tashish vositasi bo’lishi bilan birga uning juni juda qimmat turgan, tuya sutidan shubat deb ataladigan tuyimli ichimlik tayyorlangan.
Qozoqlar xjo’aligida qoramol ilgari juda kam bo’lgan. Faqat keyingi asrlardagina qoramol saqlash va boqishga katta e’tibor beradigan bo’lib qolishdi.
Dehqonchilik qozoqlar uchun ikkinchi darajali bir ish deb hisoblanib kelingan. Lekin qozog’istonning ayrim yerlari, chunonchi Yetti suvida, Qora tog’ yon bag’irlarida, Chuv, Talas, Sirdaryo sohillari bo’ylab, Irtish daryosining yuqori oqimi atrofida Markaziy Qozog’istoning ayrim yerlari jumladan Karkarali tumanidan yashayotgan aholi juda qadim zamonlardan buyon dehqonchlik qilib kelgan.
Dehqonchilik bilan mol - holidan ayrilgan, kambag‘allashib qolgan qozoqlargina shug‘illangan.
Qozoq aholisi sug‘orib ekin yetishtirish ishlarini Qozog‘istonni Rossiya bosib olgandan keyigina, sekin asta o’zlashtira boshladi.
Hosilni pichoq va qozoq uroqlari bilan o’rib olishgan. Ba’zan boshoqlarni qo’lda supurib yig‘ishtirilgan. Kirman (xirmon)ni ot yoki xo’kizlar yordamida haydashgan yoki yanchishgan. Donni kuraklar bilan sovurib qoplarga yuklashgan.
Qozoq ahli ovchilik va baliqchilik bilan ham qisman shug’ullangan. Ko’proq tulki ovlashgan. Tulki terisidan bosh kiyim tikishgan. Savdo- sotiq olib borilgan. Juda qadimdan sayg‘a ovlashgan. Suv ichishga kelgan podani bir — biridan 50 - 70 sm oraliqda o’rnatilgan. 7-12 qator qilib kpg‘an ichiga qamab tutishgan. Ba’zan ot bilan quvib yurib charchagan hayvonni suyil bilan urib ovlashgan.
Baliqchilik bilan daryo va ko’llar atrofida yashayotgan kishilargina shug‘ullangan.
Qozoqlar juda ko’p narsalarni o’z xonadonlarida tayyorlashgan. Chorvador xonadonlarda asosan qo’y va tuya junidan, har xil materiallar yasashgan. Xususan namat, kigiz tayyorlash hunari bilan deyarli har bir oila shug‘illangan.
Uy xayvonlari terisidan kun tayyorlash ishlari juda qadimdan keng tarqalgan. Qora mol, echki, ot, tuya terisidan poyafzal, har xil charim idishlar tikilgan. Teridan kiyim - kechak ham ishlangan.
Yog‘ochsozlik kasb - hunarini deyarli har bir xonadon yaxshi bilgan. Bu hunar ko’proq urmonzorlarga boy shimoliy va sharqiy - shimoliy tumanlarga keng tarqalgan. Maxsus uyshi, ya’ni uy - o’tovlari, egarchilar ham ko’p bo’lgan. Yana temirchilik hunarmandchiligi keng rivojlangan.
Qozoq aholisida ikki g‘ildirakli arava, turt g‘ildirakli qo’yma XVI - XVII asrlarda buyon ishlatilib kelinadi. Lekin bunday aravalar juda kam bo’lgan. Yuk tashish uchun ko’pchilik asosan ot, tuya va xo’kiz ishlatishgan12.
Qozoq oilalari asosan o’tov (kig‘iz uy) larda yashashgan. Ularning o’tovi Markaziy Osiyodagi boshqa chorvador oilalar, ya’ni qirg‘iz, turkman, qoraqalpoq o’tovlaridan deyarli farq qilmaydi. O’tovlar Qozog‘istonning turli yerlarida bir - biridan usti bezagi ancha farq qiladi. Qozog‘istoning janubiy yerlarida ilgari Uli Jo’z urug‘lari yashab kelgan qismida o’tov balan va kichikroq qilib qurilgan. Shimoliy cho’l yerlarida esa o’tov pastdan va keng bo’ladi.Boylarning o’tovi keng va balandligi, ustiga qimmat baho nama - g‘ig‘iz yopilgani, bezagi bilan ajralib turadi. O’tovlardan tashqari omonat uylar ham bulan: kurki (chayla), jappa, kus. qamishdan o’tov simon qilib qurilgan yerto’la (kazba) uylarda ham yashagan. Chim uy ko’p bo’lgan.XVIII asr oxiri XIX asr boshiga kelib Qozoqlarning bir qismi utroq hayot kechirishga uta boshlaydi. Natijada doimiy, muqim turiladi uylar paydo bo’la boshlaydi. Qozoq oilalari o’zlari uchun zarur ust - bosh kiyimlarini xonadonning o’zida qo’lda tikishgan. Yupqa namat - kigiz, teri, charim kiyim tikish uchun zarur asosiy materiallardan hisoblangan. Lekin Markaziy Osiyoning qo’shni bozorlaridan olib kelinadigan chit va shoyi gazlamalardan ham foydalanishadi.Kiyim - kechak ko’chmanchi hayot sharoitida moslab tikilgan. Erkaklarning kiyimi ko’ylak, ishton, beshmet, chopon, temak (jun qalpoq), do’ppi, kumis, beldik, kamar, etik, paypoqdan iborat bo’lgan.Ayollarning kiyimini burik qizlar kiyadigan bosh kiyim, saukel (yosh juvon bosh kiyimi) kemshek ayollar bosh kiyimi), ko’ylak, shapan, eng‘siz kamzul, beshmet tashkil etadi.Qish kunlari qo’y terisidan, ba’zan tulki va buri muynasidan tikilgan o’zun pustin kiyishgan. Chakmon (shekpen) ham ishlatilgan.Qizlar sochlari mayda (30 tag‘acha) kokil kilib urib kokil uchlarini ikkita qilib birlashtirishgan. Ayrim yerlarda ayollar shosh ko’p kiyib, ya’ni sochlarini maxsus xaltag‘a solib yurishgan.Asosan boshlariga xilma - xil bezak, taqinchoqlar taqishni yaxshi kurishgan. Qizlar kokillariga tanga va kumish bezaklar tikilgan lentalar urashgan. Ayrim joylarda, ko’proq G‘arbiy Qozog‘iston yerlarida bosh kiyimda biron - bir bezak qadash odat bo’lgan. Quloqlariga turli xil zirak taqishgan. Buyni takinchoklari, bilak o’zuk, o’zuk takish keng tarqalgan. Asosiy taomi sut va sut mahsulotlari. Ko’chmanchi Qozoq oilalari sutni sog’gan zaxoti ichishni yoqtirishgan. Darxol undan qattiq uyushgan, ayron tayyorlashgan. Eng sevimli ichimligi qimiz. Qozog‘iston tuyachilik shug‘ullanadi. Undan non bug‘irsok, kiyiksha non, tandir non, juka non pishiriladi.Qozoqlar juda qadimdan pishirilgan go’sht (et)ni ko’p iste’mol qilishadi. Kulshetay, beshbarmok taomlarini sevib tanovul qilishadi. XIX asr o’rtalarida choy ichadigan bo’lishgan. Bo’za ichish qozoqlar ichida azaldan ma’lum. Uni bug‘doy, suli, g‘uruchdan tayyorlashadi. Taomlardan baliq, parranda go’shti kamdan-kam ishlatiladi. Shuningdek sabzavot, mevalar ham tanovul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |