Qonun ustuvorligi fuqarolik jamiyatining muhim omili



Download 92 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi92 Kb.
#684195
Bog'liq
4-seminar


4-simenar: Qonun ustuvorligi – fuqarolik jamiyatining muhim omili
Reja:
4.1.Qonun ustuvorligi tushunchasi.
4.2.Fuqarolik jamiyati qurishda qonun ustuvorligi tamoyilining mustahkamlanishi. Qonun ustuvorligini ta'minlash mexanizmlarining ishlab chiqilishi.
4.3.Hokimiyatlarning bo'linish tamoyili va kontseptual asoslari. Konstitutsiya va qonunlarda adolat hamda inson manfaatlarining ustuvorligi.
4.4.Fuqarolarda qonunga itoatkorlik tuyg'usini shakllantirish.
4.5.Sud-huquq tizimini isloh qilish. Demokratik talablarga mutanosib keladigan mustahkam qonunchilik bazasining yaratilishi.

Tayanch so'zlar: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonun ustuvorligi, huquq va erkinliklari, jinoiy jazolarni liberallashtirish, huquqiy ong va madaniyat, huquqiy davlat, hokimiyat tarmoqlari, saylov, saylov huquqi, adolat, sud-huquq tizimi.


4.1.Qonun ustuvorligi tushunchasi. O'zbekiston mustaqillikka erishgach, o'z oldiga huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishni maqsad qilib qo'ydi. Chunonchi, demokratik davlatda inson huquqlari, erki, sha'ni va qadr-qimmati eng oliy qadriyat hisoblanib, qonun ustuvorlik qiladi. O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganidek, «qonunning ustuvorligi – huquqiy davlatning asosiy printsipidir. U hayotning barcha sohalarida qonunning qat'iyan hukmronligini nazarda tutadi. Hech bir davlat organi, hech bir xo'jalik yurituvchi va ijtimoiy-siyosiy tashkilot, hech bir mansabdor shaxs, hech bir kishi qonunga bo'ysunish majburiyatidan xalos bo'lishi mumkin emas. Qonun oldida hamma barobardir» .
Shu ma'noda, qonun ustuvorligi printsipi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mamlakatimiz konstitutsiyaviy tuzumining asosiy printsiplaridan biri sifatida belgilab qo'yildi. Asosiy qonunimizning 15-moddasida ham «O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko'radilar» deyilgan. Konstitutsiyamizda o'z aksini topgan ushbu qoidani mamlakatimizda to'laqonli amalga oshishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida bu borada shunday degan edi: «Konstitutsiyamizda belgilangan qonun ustuvorligi printsipi jamiyatimizda inson huquq va erkinliklarini ta'minlash, barcha islohotlarni samarali amalga oshirishning muhim kafolatidir» .
Qonun ustuvorligi printsipini o'rganish demokratik jamiyat qurish jarayonida muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Chunki, demokratik jamiyatda barcha fuqarolar qonunga amal qiladi, qonunga itoatkorlik bosh mezon sifatida qabul qilinadi. Demokratik jamiyat qurish jarayonida qonun ustuvorligi, qonunga itoatkorlik masalalari barchani qiziqtirib kelgan. Qayerda qonunlar ustuvor ahamiyat kasb etsa, fuqarolar qonunga itoatkor munosabatda bo'lishsa, o'sha yerda shaxs huquq va erkinliklari ta'minlanadi, jamiyat taraqqiyotga yuz tutadi.
Buyuk ajdodimiz sohibqiron Amir Temur «saltanatim martabasini to'ra va tuzuklar (qonunlar – muallif) asosida shunday saqladimki, uning ishlariga aralashishga hech bir kimsaning qurbi yetmasdi» , degani ham davlatni qonunlarsiz boshqarib bo'lmasligidan dalolat beradi. Avestoning ikkinchi kitobi «Yasna»ning 7-bobida yozilishicha, Axuramazda yuborgan qonun-qoida, tartibot, axloqiy o'gitlarga amal qilsalar ezgulik yovuzlik ustidan g'alaba qiladi . Bundan ko'rinadiki, ajdodlarimiz qadimdan turli nopok ishlardan, firibgarlik, tovlamachilik, o'g'irlik, poraxo'rlik kabi jinoyatlardan, birovning haqiga xiyonat qilishdan o'zlarini tiyishgan. Yunon mutafakkiri Arastu jamiyatda huquqning o'rniga alohida urg'u bergan. Uning fikricha, qonunlar huquqlardan tashkil topishi zarur. Bu – davlatning demokratligini ko'rsatadigan xususiyat. Arastuning majburiy kuchga ega qonunlar bo'lmasa, jamiyatda fuqarolarning tengsizligi, adolatsizliklar kelib chiqishi to'g'risidagi fikrlari e'tiborga molik .
Darhaqiqat, jamiyatda ijtimoiy munosabatlar qonunlar orqali tartibga solinadi., adolat qaror topishi uchun qonunga murojaat qilinadi. Qonun orqali fuqarolarning huquq va erkinliklari ta'minlanadi, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan adolatsizliklar barham topadi. Qolaversa, turli jinoyatchiliklarning oldini olinadi, qonunlarni chetlab o'tish, uni buzish kabi huquqbuzarliklarga chek qo'yiladi. Bu esa jamiyatda qonunga itoatkorlikning ob'ektiv zarurati hisoblanadi. Qonunning kuchi, obro'si, ta'siri, amaliy ahamiyati hayotda uning halol, haqiqiy, odilona tatbiq etilishidadir.
Bundan nafaqat davlat va jamiyat, balki xalq ham katta naf ko'radi. Abu Nasr Forobiy asarlarida odil va adolatli jamiyatning nazariy asoslari mufassal yoritilgan. Shuningdek, demokratik jamiyat haqidagi g'oyalar o'rta asr ijtimoiy-falsafiy tarixida muhim o'rin egallagan mutafakkir va davlat arbobi Nizomulmulkning «Siyosatnoma» (XI asr) asarida ham uchraydi. Unda adolat, insof, axloq va qonun ijtimoiy-siyosiy kategoriyalar sifatida talqin qilinadi. Nizomulmulk «ko'pchilik bo'lib qabul qilingan tadbir eng savobli bo'ladi va shunday yo'l tutish kerak. Biror ishni maslahatsiz amalga oshirish fikrning zaifligidan dalolat beradi, bundaylarni o'zbilarmon deydilar. Mashvarat va kengashsiz amalga oshirilgan ishning natijasi yaxshi bo'lmaydi» , degan fikrni ilgari suradi.
«Qonun ustuvorligi deganda, barcha davlat hokimiyati organlari faoliyatida Konstitutsiya va qonunlarning boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan ustun bo'lishi hamda davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning ularga qat'iy rioya etishi tushuniladi. Ma'lumki, jamiyatda qonun ustuvorligining ta'minlanishi, avvalo, shu yurtda tinchlik va xotirjamlikni, jamiyat iqtisodiy va siyosiy hayotida doimiy barqarorlikni ta'minlashga xizmat qiladi» .
4.2.Fuqarolik jamiyati qurishda qonun ustuvorligi tamoyilining mustahkamlanishi. Qonun ustuvorligini ta'minlash mexanizmlarining ishlab chiqilishi.
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev ta'kidlab o'tganidek, «jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda faol qatnashayotgan insonlarni rag'batlantirishga alohida e'tibor qaratilishi lozim» . Fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishda vujudga keladigan muammolar oddiy insonlardan tortib, to mansabdor shaxslargacha qonunni chetlab o'z iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy-ma'rifiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan harakatlar qilish jarayonini vujudga keltiradi.
Hozirgi paytda qonun ustuvorligi masalalari bo'yicha nazariy tasavvurlar quyidagi xulosalarga olib keldi:
1) qonun ustuvorligi va u bilan bog'liq nazariy-amaliy masalalarning mohiyatini tushunishda yanada yuqori natijalarga erishish ehtiyojining mavjudligi;
2) qonun ustuvorligi muammosini qonunning oliy yuridik kuchi, huquqiy hujjatlarning qonunga mos kelishi va qonunning barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar uchun majburiyligi nuqtai nazaridan hal etish uchun yetarli darajada emasligi.
«Qonun chiqaruvchi organ tomonidan qabul qilingan qonunning roli ijro etuvchi hokimiyatning o'zboshimchalik bilan qonunga asoslanmagan qarorlarini chiqarishga qarshi uning huquq va erkinliklarini cheklashi bilan belgilanadi» . Zero, jamoatchilik nazoratining asosiy vazifasi ham qonunning jamiyatdagi rolini oshirishga qaratilgan. Ma'lumki, jamoatchilik nazoratini olib boruvchi sub'ektlar ijroiya hokimiyati faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradilar. Qonun ustuvorligini amalga oshirishning zaruriy mexanizmlaridan biri – bu «qonunlarning mazmun-mohiyatini xalqimizga va mas'ul ijrochilarga o'z vaqtida yetkazish, ularning ijrosini to'g'ri tashkil etish hamda qonun talablariga qat'iy amal qilishni ta'minlashdan iboratdir» . Chinakam demokratiya qonunlarning ustuvorligi, huquq va erkinliklarning kengligi, ijtimoiy kafolatlarning kuchliligi orqali ta'minlanadi. Har qanday davlat o'z xalqi manfaatlarini, fuqarolarining or-nomusi va qadr-qimmatini, hayoti va erkinligini ishonchli himoya qilishga qodir bo'lmog'i darkor.
Shuningdek, qonun ustuvorligining qaror topishi quyidagi omillarga bog'liq:
– mamlakatda Konstitutsiya va qonunlar haqiqiy hukmron bo'lib, ularni faqat davlatning oliy vakillik organi qabul qila olishi va davlat rahbari tasdiqlashi, o'zida xalq xohish-irodasini ifoda etishi;
– Konstitutsiya eng oliy o'rin egallashi va uning ustunligi hech qanday huquq yoki axloqiy qoidalar bilan cheklanmasligi;
– qonunlar respublika hayotining muhim masalalari yuzasidangina qabul qilinishi;
– qonunlarda inson manfaatlari, xalqaro huquq normalari ustuvorligining aks ettirilishi;
– Konstitutsiya va qabul qilinajak har qanday qonunning mazmun-mohiyatida ijtimoiy adolat g'oyalarining bo'lishi;
– qonunlar to'g'ridan-to'g'ri, bevosita amalga oshiriladigan hujjatlar bo'lishi.
Demokratik jamiyatda qonun ustuvorligi avvalambor demokratiyaga xos bo'lgan xususiyatlarni amalga oshirishni ta'minlaydi, ya'ni boshqacha qilib aytganda, qonun belgilagan har bir narsa majburiy yoki ta'qiqlov xarakteriga ega va ushbu qoida jamiyatda istiqomat qiluvchi barcha shaxslarga taalluqlidir. Ya'ni, barcha qonun oldida barobardir.
5.1-rasm.
Qonun ustuvorligiga erishish uchun avvalambor ularni qabul qilish jarayonida puxta va mukammal qilib, jamiyatda kelajakda uzoq vaqt o'z foydasini bera oladigan darajada ishlab chiqish lozim.
Qonun ustuvor bo'lgan jamiyatda noroziliklar ham bo'lmaydi, chunki barcha soha vakillari qonun asosida faoliyat yuritar ekan norozilik va tushunmovchilikning o'zi bo'lmaydi. Qonunlarning ustuvorligi jamiyatdagi barcha fuqarolar uchun shu jumladan, davlat xizmatida ishlovchi shaxslar uchun, shuningdek jamiyatdagi barcha sohalarga taalluqli bo'lganligi uning yanada mukammal tus olishigi olib keladi. Qonun ustuvorligi haqida so'z yuritganda uning ustuvorligini ta'minlovchi davlat organlari haqida ham unutmasligimiz lozim. Chunki qonun qabul qilinishining o'zi bu uning jamiyatda o'z-o'zidan ustuvor xususiyatga ega degani emas, buning uchun davlat organlarining bu borada hizmatlari va mehnatlari talab etiladi.
Huquqiy demokratik jamiyatda qonun ustuvorligi printsipini ta'minlovchi asosiy shartlar quyidagilardan iborat.
Birinchidan, hokimiyatlar bo'linishi printsipining joriy etilganligi. Bunga ko'ra qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati bo'g'inlari Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan vakolatlari doirasida faoliyat yuritishining ta'minlanishi. Hokimiyatlarning oqilona taqsimlanishi davlat tuzilmalarining samarali ishlashi, suiste'mollarning bartaraf etilishi, inson huquq va erkinliklari amalda ta'minlanishi, umuman, demokratiya va qonun ustuvorligining muhim garovidir.
Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining birinchi bandiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiya va qonunlariga rioya etilishining kafilidir. Prezident o'z farmonlari va huquqiy qarorlari bilan Konstitutsiyaviy tamoyillarning qonunlarda mustahkamlangan qoidalarining hayotga to'la joriy etilishi uchun yo'l ochadi, tegishli huquqiy mexanizmlarni yaratadi. Prezidentning o'zi qonunlarga qat'iy amal qilishi bilan davlat idoralari va mutasaddi shaxslar uchun ibrat, namuna ko'rsatib, ularni ham Konstitutsiya va qonunlarga og'ishmay rioya etishga safarbar etadi.
Uchinchidan, joriy qonunlar va barcha normativ huquqiy aktlar Konstitutsiyaga tamomila mos va unga muvofiq yaratilishi lozim. Bu esa mamlakatda qonuniylik va huquqiy tartibot, taraqqiyot va barqarorlik hukm surishiga olib keladi.
Asosiy qonunimizning 16-moddasi ikkinchi bandida «birorta ham qonun yoki boshqa normativ huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas» deb qat'iy qilib belgilab qo'yilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi ana shu muhim Konstitutsiyaviy-huquqiy printsipiga rioya etishni ta'minlashga intilib kelmoqda.
To'rtinchidan, qonun ustuvorligini ta'minlovchi va mustahkamlovchi vositalardan biri kodekslashtirishdir. Kodekslar huquq tarmog'ining bosh qonuni sifatida Konstitutsiya printsiplarini rivojlantirish yo'lida yaratiladi va ular konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonunlardan keyingi maqeni egallaydi. Kodekslar o'zining mantiqiy mukammalligi, pishiqligi, ichki barqarorligi huquqiy qoidalarga amal qilganligi tufayli ham ijtimoiy-huquqiy hayotimizda muhim o'rin tutadi.
Beshinchidan, qonun ustuvorligini ta'minlashning asosiy omillarini quyidagicha e'tirof etish mumkin:
- qonun chiqaruvchi jarayonni muttasil demokratlashtirib borish – insonparvar, adolatli xalqchil qonunlar yaratilishining garovidir;
- qonunning sifatini mukammallashtirish, uning ichki mexanizmi puxta, yuridik texnika nuqtai nazaridan benuqson bo'lishiga erishish;
- qonunchilikni isloh qilish va takomillashtirishda «qonunda ta'qiqlanmagan» hamma narsaga ruxsat beriladi (fuqarolar uchun). «Faqat qonunda mustahkamlangan» narsalargagina ruxsat beriladi (mansabdor shaxslar va davlat idoralari uchun) degan printsipga qat'iy amal qilinishiga erishish;
- qonunchilik faoliyatining yaqin yillar va istiqbolga mo'ljallangan strategiyasini hamda qonun ustuvorligini ta'minlash kontseptsiyasini yaratish;
- qonunlar amal qilishining ijtimoiy mexanizmiga e'tibor qaratish. Bu sohadagi ijtimoiy omillar (ta'sir etuvchi kuchlar, vositalar) ni sinchiklab o'rganish;
- aholining huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish.
Oltinchidan, qonun osti, idoraviy normativ hujjatlarga havolalar, ya'ni ilovalar (shior va deklaratsiyalar tarzidagi normalar) ko'p bo'lishining oldini olish zarur. Bunday ilovalar haddan ziyod ko'p bo'lishi keyinchalik amaliyotda qonun chetda qolib, uning o'rnini idoraviy hujjat egallab olishi bilan qonun ustuvorligiga ziyon yetishi xavfini keltirib chiqaradi.
Yettinchidan, qonunlarning barqaror va ustuvor bo'lishiga erishish. Ularga tez-tez qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish, pirovard natijada qonunning ahamiyati va nufuzi tushib ketishiga olib keladi.
Sakkizinchidan, jinoiy jazolarni liberallashtirish qonun ustuvorligini ta'minlashning muhim sharti bo'lib hisoblanadiki, biz mavzuni bayon qilish jarayonida bunga alohida to'xtalamiz.
To'qqizinchidan, Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta'minlashda prokuror nazoratining roli katta. Prokurorlik nazorati faoliyatida qo'llaniladigan taqdimnoma, amrnoma, ogohnoma, qaror va arizalarning sifati va ta'sirchanligining yanada yuqori bo'lishida 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan yangi tahrirdagi «Prokuratura to'g'risida»gi qonunda ko'zda tutilgan qonuniylik, odillik, mustaqillik va oshkoralik printsiplari huquqiy asos bo'lib xizmat qiladi. Bundan maqsad, xalqimiz ham, prokuratura xodimlari ham ushbu tamoyillarni aniq tasavvur etishlari kerak. Holbuki, fuqarolar har bir prokuratura xodimidan ushbu tamoyillarni ro'yobga chiqarishni talab qilish huquqiga ega. Prokurorlik nazorati olib borayotgan prokurorlar esa o'z faoliyatida shu printsiplarga og'ishmay rioya etishi shart.
5.3.Hokimiyatlarning bo'linish tamoyili va kontseptual asoslari. Konstitutsiya va qonunlarda adolat hamda inson manfaatlarining ustuvorligi.
Davlatda hokimiyatning mavjud bo'lishi davlatning asosiy belgilaridan biri sanaladi. Davlatdagi mavjud hokimiyat (davlat hokimiyati) esa ma'lum printsip asosida taqsimlanadi, bo'linadi. Bu «davlat hokimiyatining bo'linish printsipi» deb ataladi. Mazkur printsipga ko'ra, davlat hokimiyati bir-biri bilan chambarchas bog'langan va ayni vaqtda, davlat hokimiyati ma'lum mustaqillikka ega bo'lgan quyidagi uch shoxobchaga bo'linadi: qonun chiqaruvchi hokimiyat, ijro etuvchi hokimiyat va sud hokimiyati (O'RK 11-modda). Davlat hokimiyatining bo'linish printsipining jamiyatda amalda ro'yobga chiqarilishi, ya'ni, hokimiyatlar bo'linishining amalga oshirilishi har qanday davlatning demokratik xususiyatini belgilaydigan omillardan biridir. Davlat hokimiyatida vakolatlarning bo'linishi g'oyasi insoniyatning buyuk daholari tomonidan ilgari surilgan ilg'or tarixiy g'oyalardan biridir. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Aristotelь bu g'oyani dastlab ilgari surganlardan biri bo'lgan . XVIII asrning birinchi yarmiga kelib mazkur g'oya ilmiy-nazariy jihatdan asoslandi. Bunda mashhur frantsuz mutafakkiri, huquqshunos va faylasuf Sharlь Lui Monteskьe (1689—1755)ning xizmatlari kattadir. Uning «Qonunlar ruhi haqida» nomli asarida hokimiyatning bo'linish printsipi asoslab berilgan.

5.2-rasm.



Davlat hokimiyatining bo'linish printsipi davlat hokimiyati organlarining muvozanati va tengligini ta'minlaydi. Lekin buning uchun u maqsadga muvofiq joriy etilishi lozim. Mazkur printsipning oqilona ro'yobga chiqarilishi orqali davlatda biror organ yoki shaxs tomonidan diktatura o'rnatilishining oldi olinadi, davlat boshqaruvi amalga oshirilishining ideal muvozanati ta'minlanadi, davlat organlarining samarali faoliyat yuritishi uchun zamin tayyorlanadi.
Davlat hokimiyatining bo'linish printsipi davlat hokimiyati organlarining kelishib, bir-birini nazorat qilib va o'zaro uyg'unlikda ishlashiga imkon yaratadi. Shuning uchun hokimiyatning bo'linish printsipining karor topishi demokratik davlatga xos jihatdir. Rivojlangan va demokratiya qaror topgan davlatlarda bo'lgani singari O'zbekiston Respublikasida ham davlat hokimiyati uchga bo'lingan.
5.3-rasm.
Konstitutsiya va qonun ustuvorligi haqida gap ketganda, bu masalaga alohida to'xtalishimizning sababi bor, chunki Konstitutsiya qonun hukmron bo'lgan davlatning ajralmas qismidir. Bu o'rinda Konstitutsiya va qonunlarning demokratik jamiyat hayotidagi ahamiyatini ko'rsatish, hokimiyatlarning taqsimlanishi va ularning qonun ustuvorligini ta'minlashdagi o'zaro hamkorligi qirralarini yoritib berish, shuningdek aholi huquqiy madaniyatini qonun ustuvorligini ta'minlashning asosiy omili sifatidagi o'rnini tahlil qilish maqsadga muvofiq.
Qonun ustuvorligining mohiyati O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bob, 15- va 16-moddalarida belgilab qo'yilgan. 15-moddaga muvofiq, O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarning ustunligi so'zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko'radilar deyilgan.
Asosiy qonunimizning 92-moddasida O'zbekiston Prezidenti Oliy Majlis yig'ilishida qabul qilgan qasamyodga binoan, Konstitutsiya va qonunlarga qat'iy rioya etishi belgilangan. Uning 48-moddasida esa barcha fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga majbur ekanliklari mustahkamlab qo'yilgan. Binobarin, Prezidentning davlat boshlig'i sifatida chiqargan farmon va farmoyishlari qonunga asosan hamda uning ijrosini ta'minlash maqsadida qabul qilinadi (89-, 94-, 98-m.). Mahalliy hokimiyat organlari qonunlarni, Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradilar (101-m.). Sudьyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo'ysunadilar (112-m.). Qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan esa prokuror nazorati amalga oshiriladi (118-m.). O'zbekiston Konstitutsiyasi mamlakatda to'la qonun ustuvorligini ta'minlash ruhi bilan sug'orilgan bo'lib, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
4.4.Fuqarolarda qonunga itoatkorlik tuyg'usini shakllantirish.
Fuqarolik jamiyatini qurish jarayonida qonun ustuvorligining tarkibiy qismlari bo'lmish jamiyat va huquq o'rtasidagi munosabat, insonning huquqqa munosabati, huquqiy ong darajasi, huquqiy himoyalanish va huquqdan foydalanish darajalariga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan omillarni ajratib ko'rsatish lozim bo'ladi. Insoniyat uzoq tarixiy taraqqiyot yo'lini bosib o'tar ekan, bu yo'lda olamshumul muvaffaqiyatlar bilan birga, ijtimoiy hayotda muammolar, xatoliklar uchrab turdi. Ko'pgina holatlarda ana shunday muammolarning asosiy sababi jamiyat tomonidan huquq talablari to'la inkor etilganligidir. Bu esa qonunlarning «ishlamasligi»ga, qog'ozda qolib ketishiga sabab bo'lgan. Bilamizki, qonunlar o'z-o'zidan ishlab ketavermaydi va uni harakatlantiruvchi mexanizmlar mavjud.
Mamlakat fuqarolari qabul qilingan qonunlarni ongli ravishda tushunishlari, ya'ni ularning ham huquqiy ongi va huquqiy madaniyati rivojlangan bo'lishi lozim. Buning uchun huquq talablari jamiyat va davlatda o'z yechimini topgan bo'lishi zarur. Bu Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlashda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida shunday degan edi: «asosiy masala – qonunlarning mazmun-mohiyatini xalqimizga va mas'ul ijrochilarga o'z vaqtida yetkazish, ularning ijrosini to'g'ri tashkil etish hamda qonun talablariga qat'iy amal qilishni ta'minlashdan iboratdir. Afsuski, mazkur yo'nalishdagi ishlar talab darajasida emas. Buning oqibatida oxirgi uch yilda davlat organlarining 157 ta qarori o'z kuchini yo'qotgan qonunlar asosida chiqarilgan. Endi o'ylab ko'raylik, qonunchilikka kiritilayotgan yangiliklar o'z vaqtida joylarga, ayniqsa, ijrochilarga yetkazilmaydigan bo'lsa, ularning bajarilishi haqida nima deyish mumkin? Bu muammoni samarali hal qilishning birdan-bir yo'li – qonunlar ijrosini tashkil etish bo'yicha soatdek aniq ishlaydigan mexanizm yaratishdir» .
Darhaqiqat, qonunlarning qabul qilinishi Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga xizmat qilishi lozim. Shu bilan birga, «qonunni buzishga hech kimning haqqi yo'q. Chunki qonun – xalqning xohish-irodasi! Uni buzgan, mensimagan odam xalqning yuziga oyoq qo'ygan kishidir. Biz qonunni hurmat qilish, unga bo'ysunish, rioya qilish yo'lidan borsak, istiqbolimiz porloq bo'ladi» .
Qabul qilingan qonunlar jamiyat a'zolari tomonidan xayrixohlik bilan kutib olinsa va ular tomonidan qonunlarga so'zsiz rioya etilsa, huquqiy davlat qaror topadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, «...avvalambor, qonun loyihalarini puxta va ijtimoiy munosabatlarni to'g'ridan-to'g'ri tartibga soladigan darajada ishlab chiqish» lozim.

5.4-rasm.


Ta'kidlash zarurki, «o'zbek modeli»ning muhim printsipi qonunlarning ustuvorligi jamiyatda ijtimoiy adolat, tenglikni ta'minlashga xizmat qiladi. Qonunlar ustuvorligi orqali mamlakatda ijtimoiy adolat o'rnatilar ekan, bu jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta'minlaydi, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan turli nizo va kelishmovchiliklarning oldini oladi, barchaning qonun oldida tengligini ta'minlaydi. Qonun ustuvorligiga erishmasdan turib, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qura olmaymiz.
Buning uchun esa fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish muhim ahamiyatga ega. O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezident Islom Karimov«huquqiy madaniyat darajasi faqatgina qonunlarni bilish, huquqiy ma'lumotlardan xabardor bo'lishdangina iborat emas. U – qonunlarga amal qilish va ularga bo'ysunish madaniyati demakdir» , degan edi. Huquqiy madaniyat yuksalgan jamiyatda hech kim qonunlarni buzmaydi yoxud uni «chetlab o'tish»ga harakat qilmaydi. Chunki, qonunlar xalq xohish-irodasini ifodalab, jamiyat tinchligi, osoyishtaligi hamda ijobiy xatti-harakatlarga xizmat qiladi. Shu bilan birga, jamiyatda huquqiy madaniyat darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, inson huquqlari ham shunchalik yuqori ta'minlanadi. Professor U. Tadjixanov ta'kidlaganidek, «huquqiy madaniyat deganda, jamiyatda qaror topgan huquqiy tizimning darajasini, xalqning bu tizimdan xabardorlik darajasini, fuqarolarning qonunga bo'lgan hurmati, huquqiy normalarning ijro etilishi darajasi, huquqqa rioya qilmaganlarga murosasiz bo'lish, qonunga itoatkorlik darajasini tushunamiz» .
Bugungi kunda jamiyatda qonun ustuvorligi va qonuniylik printsiplari samaradorligiga bir qancha omillar salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Shulardan biri qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi va aholiga ularning mazmun-mohiyatini tushuntirmaslik holatidir. Shu sababli ham aholi orasida qabul qilingan qonunlarni targ'ib-tashviq qilish, ularning mazmun-mohiyatini batafsil yetkazish o'zining ijobiy natijasini beradi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 fevralь kuni imzolagan «Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori ham aynan shu masalaga bag'ishlangan.
Har bir fuqaro yoki mansabdor shaxs huquqiy madaniyatli bo'lsa, qonunlarga amal qilsa, jamiyatda inson huquqlari buzilmaydi. Qonunning eng asosiy vazifasi ham inson huquqini himoya qilish, uni ta'minlashdan iborat. Qonunlarning har tomonlama mukammalligi, hayotga to'g'ri tatbiq etilishi fuqarolar tomonidan ularning bekamu-ko'st bajarilishiga olib keladi. Qonunni turli yo'llar bilan «chetlab o'tish»ga xizmat qiluvchi turli salbiy omillarga barham beriladi. Buning samarasi o'laroq, jamiyatda huquq-tartibot o'rnatiladi, huquqbuzarlik sodir bo'lmaydi, ya'ni jamiyat ma'naviy-ruhiy tozalanadi, poklanadi. Eng muhimi, inson huquqlari, erkinliklari hamda manfaatlarining ta'minlanishida muhim omil bo'ladi.
Fuqarolarning davlat tuzilmalari bilan munosabatlari jarayonida qonunlarga rioya etilishi yoki etilmasligi «fuqaro – davlat» munosabatlarining butun bir tizimdagi ijtimoiy adolat qoidalarining holatini belgilab beradi. Davlatimiz rahbari Sh. M. Mirziyoyev ta'kidlab o'tganidek, «qonun talablarini bajarmayotgan rahbar va mansabdor shaxslarni nafaqat ma'muriy, balki jinoiy javobgarlikka tortish zarur» . Bu esa, o'z navbatida, rahbar va mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilishi mumkin bo'lgan qonunga zid xatti-harakatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Bu borada O'zbekiston Respublikasining «Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi qonuni (2017 yil 3 yanvarь) ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, «qonun ustuvorligini ta'minlash har bir mutasaddi rahbar va ayniqsa, huquq-tartibot idoralarining dolzarb vazifasi bo'lib qolishi kerak» .
Bu o'rinda fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish davr talabiga aylanadi. Shu ma'noda, «jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha yangi Milliy dasturni yaratish» bugungi kunda kechiktirib bo'lmaydigan vazifalarimizdan biri edi. «Mamlakat taraqqiyotida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash, davlat siyosatini xalq irodasi asosida yuritish amaliyotini o'rnatish, qabul qilinayotgan qonunlarda aholining manfaatlari kengroq ifodalanishiga erishish, jamiyatdagi ijtimoiy qatlam va guruhlarning manfaatlarini mutanosiblashtirish va kelishtirish, hokimiyat organlariga yangi va sog'lom kuchlarning kirib kelishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, aholining siyosiy ongi va madaniyatini yuksaltirish va nihoyat, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat asoslarini shakllantirish» dolzarb masalalardan hisoblanadi. Agar fuqarolarda huquqiy madaniyat yuksalmagan bo'lsa, jamiyatning rivojlanishi ortga surilishi muqarrar.
Chunki, «yuksak huquqiy madaniyat – demokratik jamiyat poydevori va huquqiy tizimning yetuklik ko'rsatkichidir. Shu munosabat bilan, bugungi siyosiy-huquqiy voqelikni hisobga olgan holda, mamlakatimizda huquqiy ta'lim va ma'rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar targ'ibotini tubdan yaxshilashga yo'naltirilgan maqsadli, keng ko'lamli chora-tadbirlar, dasturlar ishlab chiqish zarur. Ushbu dasturning amalga oshirilishi aholining inson huquq va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo'lishini, fuqarolarda qonunga itoatkorlik tuyg'usining yanada ortishini ta'minlaydi» . Shunday ekan, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish jarayonida huquqiy targ'ibot-tashviqotni amalga oshirish o'zining ijobiy natijasini beradi.
Huquqiy madaniyat – bu qonunni tushunish, bilish, hayotga tatbiq etish, ijrosini ta'minlash, har bir shaxsning, fuqaroning ijtimoiy hayotda faol ishtiroki va bunday faollikni boshqalardan ham talab qilish jarayonidir. Huquqiy madaniyatni, avvalo, insonning ichki dunyosi, ichki madaniyati, umuminsoniy an'analarga va huquqiy bilimlarga bo'lgan munosabati belgilaydi. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, huquqiy savodxonlikni yuqori darajaga ko'tarish g'oyaviy tarbiya borasidagi faoliyatimizning asosiylaridan biri hisoblanadi.
4.5.Sud-huquq tizimini isloh qilish. Demokratik talablarga mutanosib keladigan mustahkam qonunchilik bazasining yaratilishi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar Strategiyasi to'g'risida”gi o'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-sonli farmoni asosida qabul qilingan 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar Strategiyasining ikkinchi ustuvor yo'nalishi bevosita “qonun ustuvorligi va sud-huquq tizimini isloh qilishning ustuvor yo'nalishlari”ga bag'ishlanagan.
Bundan ming yil muqaddam ulug' bobomiz Abu Nasr Forobiy: “Qonunlari kuchli davlat qudratli bo'ladi. Qonunlari mukammal shahar mukammal shahardir”, - degan edi. Darhaqiqat, haqiqiy erkinlik, erkin va ozod faoliyat amaldagi qonunlar doirasidagi faoliyatdir. Boshqacha qilib aytganda, haqiqiy demokratiya - qonunlar diktaturasi. Ana shundagina qonun ustuvorligiga erishiladi va barchaning qonun oldida tengligi ta'minlanadi. Har qanday davlatning mustahkamligi, uning adolatli va qat'iyatli siyosati, ijtimoiy adolatni, haqiqatni, fuqarolar haq-huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar asosida qo'riladi. Ayni qonun doirasidagi erkinlik, qonun doirasidagi erkin faoliyat ishlab chiqarish madaniyatini ham, turmush turzi ma'naviy meyorlarini ham davlat boshqaruvi tamoyillarini ham qadriyatga aylantiradi.
5.5.-rasm
Harakatlar strategiyasi qabul qilinguniga qadar, uning muhokamasi davrida va qabul qilinganidan so'ng sud-huquq tizimi bilan bog'liq bo'lgan bir qator hujjatlar qabul qilindi. Dastlab O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrda “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmon;
2016 yil 20 sentyabrda “Ichki ishlar organlari to'g'risida”gi Qonun;
2017 yil 3 yanvarda “Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi Qonun;
2017 yil 21 fevralda “O'zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmon;
2017 yil 29 martda “Ma'muriy qamoqni o'tash tartibi to'g'risida”gi Qonun;
2017 yil 29 martda “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta'minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Qonun;
2017 yil 6 aprelda “O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyasiga o'zgartishlar va qo'shimcha kiritish to'g'risida”gi Qonun (80, 81, 83, 93, 107, 110, 111, 112);
2017 yil 12 aprelda “O'zbekiston Respublikasi sudyalar oliy kengashi to'g'risida”gi Qonun;
2017 yil 12 aprelda «Sudlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga, O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xo'jalik protsessual kodekslariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida”gi Qonunlar qabul qilindi.
Ushbu hujjatlarga asosan bu yo'nalishda qator islohatlar amalga oshirildi. Inson himoyachisi hisoblangan sud organlarining chinakam mustaqilligini ta'minlovchi dastlabki qo'yilgan qadam sudyalarni almashtirib bo'lmaslik printsipining mustahkamlanishi bo'ldi.
Sudya lavozimida bo'lishning ilk marotaba besh yillik, keyin o'n yillik muddatini, so'ng muddatsiz davrini belgilashga oid normalar kiritildi. Sudlarning mustaqilligiga bag'ishlangan Yevropada nufuzli hujjat sanaluvchi Sudyalarning mustaqilligi, samaradorligi va roli to'g'risidagi 12-Tavsiyalarga asosan, sudyalar mustaqilligining muhim tamoyillaridan biri, bu ularni almashtirib bo'lmaslik printsipidir. Mazkur hujjat mazmuniga ko'ra, sudya pentsiyaga chiqqunga qadar vakolat muddati kafolotlangan bo'lishi nazarda tutilgan. Sudyani lavozimiga doimiy tayinlash, faqat u intizomiy yoki jinoiy javobgarlikka tortilganda yoxud o'z sudyalik vazifalarini bajara olmay qolganda tugatilishi mumkin. Muddatidan oldin pentsiyaga chiqish faqat sudyaning iltimosiga yoki tibbiy asoslarga ko'ra yo'l qo'yilishi belgilandi.
Oliy sudning sudyalari uchun sudyalik lavozimida bo'lishning eng yuqori yoshi 70 yoshni, boshqa sudlarning sudyalari uchun 65 yoshni tashkil etadi.
5.6.-rasm

Ushbu kiritilgan normalar sudyalar mustaqilligini kafolotlash, mamlakatimizda professional sudyalar korpusini shakllantirish, sud tizimini yetuk va malakali, odil sudlov sohasida katta tajribaga ega bo'lgan, qo'li va dili toza sudyalar bilan to'ldirishga imkon beradi. Shu bilan bir qatorda, sud hokimiyatining boshqa hokimiyat organlari ta'siridan xalos bo'lishiga xizmat qiladi.


Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta'minlashda O'zbekiston Respublikasi sudyalar oliy kengashining roli ham katta ahamiyatga ega bo'lishi nazarda tutilmoqda. Oliy sudlov standartlariga doir o'z tavsiyalari bilan mashhur Venetsiya komissiyasi sudyalarni tayinlaydigan organ ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi hokimiyatdan mustaqil bo'lishi zarurligini e'tirof etadi. Shu maqsadda, hokimiyatlar o'rtasidagi muvozanatni ta'minlash, siyosiy qarashlardan xoli va boshqa tashqi ta'sirlardan himoyalangan organ sifatida Sudyalar Oliy Kengashi shakllantirildi. Kengash jami yigirma bir nafar kishidan iborat tarkibda:
sudyalar;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar;
fuqarolik jamiyati institutlari vakillari;
huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar orasidan shakllantirilishi lozimligi mustahkamlandi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti uchchala davlat hokimiyati organlariga nisbatan masofa saqlagani bois (O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 89-moddasi) Kengash tarkibini shakllantirishda muayyan vakolatlarga ega. Qonunchilikka ko'ra Kengash raisi Prezident tavsiyasi va Senat tasdig'i asosida shakllantirilishi belgilandi.
Navbatdagi o'zgartirish va qo'shimchalardan biri sud hokimiyatining ikki oliy organi – Oliy sud va Oliy xo'jalik sudining sud tizimini boshqarishdagi vazifalarini takrorlanishiga barham beruvchi normadir. Uning mazmuniga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo'jalik sudi birlashtirilib, fuqarolik, jinoiy, ma'muriy va iqtisodiy ish yurituvi sohasida sud hokimiyatining yagona organi – O'zbekiston Respublikasi Oliy sudini tashkil qilish mustahkamlandi. Mazkur norma ikki sud o'rtasidagi huquqiy ishlarning taalluqliligi borasidagi tortishuv va ziddiyatlarga chek qo'yadi. Tegishli qonun hujjatlarini amaliyotda qo'llash yuzasidan yagona sud amaliyotini ta'minlanishiga zamin yaratib, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolotlarini kuchaytiradi.

5.7.-rasm


Kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarning navbatdagisi ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma'muriy nizolarni, shuningdek, ma'muriy huquqbuzarliklarni ko'rib chiqishga vakolatli bo'lgan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlari, tuman (shahar) ma'muriy sudlari tashkil etilishiga doir bo'lgan normadir. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 110-moddada ma'muriy sud ishlarini yuritishga doir bo'lgan masalani o'z mazmunida mustahkamlagan edi. Biroq ularning tuzilishi bilan bog'liq bo'lgan munosabat biroz oqsayotgan edi. Ma'muriy sudlarni tuzish masalasini jadallashtirishgan yana bir omil – jinoyat qonuni normalarini liberallashtirish siyosati bo'lib hisoblanadi.
Qonunchilikda o'z ifodasini topgan o'zgartirish va qo'shimchalardan yana biri bu – tumanlararo iqtisodiy sudlarning tashkil etilishidir. Fuqarolar o'rtasidagi iqtisodiy, fuqaroviy, ma'muriy va boshqa huquqiy nizolar xo'jalik sudlari tomonidan ko'rib chiqilar edi. Biroq ushbu toifadagi nizolar asosan viloyat xo'jalik sudlarida birinchi va apellyatsiya bosqichlarida ko'rilishi nazarda tutilgan edi. Xo'jalik sudlarining faqatgina viloyat darajasida mavjudligi, ularning alohida tumanlardan uzoq masofada ekanligi tumanlararo iqtisodiy sudlarni tashkil etish zaruratini keltirib chiqardi.
“Harakatlar strategiyasi”dan kelib chiqib, 2017 yilning 1 aprelidan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan muqobil jazo turlarini qo'llashni kengaytirish orqali qamoq tariqasidagi jinoiy jazo tugatilishi, jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga, qamoqqa olish va uy qamog'i tarzidagi ehtiyot choralarini qo'llashning, shuningdek dastlabki tergovning eng ko'p muddati 1 yildan 7 oyga qisqartirilishi; pochta-telegraf jo'natmalarini xatlab qo'yish va eksgumatsiya qilish uchun sanktsiya berish huquqi sudlarga o'tkazilishi; sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamog'i tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash rad etilganda muqobil ehtiyot choralarini qo'llash huquqi berilishi; tergovning to'liq emasligini sud muhokamasi jarayonida to'ldirish mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qo'shimcha tergov yuritishga qaytarish instituti bekor qilinishi; fuqarolik ishi bo'yicha sud qarorini nazorat tartibida qayta ko'rib chiqish muddati 3 yildan 1 yilga qisqartirilishi; viloyat darajasidagi sudlar tomonidan jinoyat va fuqarolik ishlarini nazorat tartibida ko'rib chiqish instituti tugatilib, tegishli sud raislari va prokurorlarning nazorat tartibida protest keltirish bo'yicha vakolatlari bekor qilinishi kabi masalalar belgilab berildi.
Inson huquq va erkinliklarini ustivor ekanligini tasdiqlovchi yana bir norma qo'shimcha tergovning bekor qilinishi bo'lib hisoblanadi. Bu qoida konstitutsiyaviy norma – aybsizlik prezumpsiyasining mantiqiy rivojlanishi bo'lib, tortishuv va taraflar tengligi, haqiqatni anglash printsiplari real ta'minlanishiga kafolat beradi.

5.8.-rasm


Fuqarolarning huquq va erkinliklari institutining ishonchli kafolat etuvchi munosabatlardan yana biri, bu – mediatsiya – yarashtirish institutini takomillashtirishdir (“Mediatsiya to'g'risida”gi qonun 2018y. q.q.). Jismoniy va yuridik shaxslarga o'zaro nizolarni suddan tashqarida, muqobil hal etish imkonining berilishi, avvalambor, fuqarolarga nizolarni qisqa muddatlarda yechilishini, shuningdek, ortiqcha mablag'larning sarflanishiga chek qo'yilishini, turli ovoragarchiliklarni oldini olinishi kabi imkoniyatlarni beradi. Bu vaziyatdan kutiladigan natija esa, taraflar orasidagi o'zaro hurmat va ishbilarmonlik munosabatlarini saqlanib qolinishi bo'lib hisoblanadi.
Ma'muriy, jinoyat, fuqarolik va xo'jalik qonunchiligini takomillashtirish masalalariga oid munosabatlar qaysi yangi normalar bilan boyitildi?
2017 yil 9 yanvarda “Ma'muriy qamoqni o'tash tartibi to'g'risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunning maqsadi, ma'muriy qamoqni o'tash tartibi bilan bog'liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ma'muriy qamoq Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 29-moddasiga muvofiq 3 sutkadan 15 sutkagacha bo'lgan muddatga, favqulodda holat rejimi sharoitlarida esa 30 sutkagacha muddatga qo'llanishi nazarda tutilgan.
Ma'muriy qamoqqa olish ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 21 ta moddasida ko'zda tutilgan. Biroq, shu paytga qadar qonunda ma'muriy qamoq ko'rinishidagi jazoni o'taydigan joylar va ularning huquqiy mavqei belgilanmagan edi. Qonun qabul qilingach, ma'muriy qamoqni o'tash tartibi bilan bog'liq barcha munosabatlar huquqiy jihatdan tartibga solindi.
2017-yilning 19 yanvarida “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qaroriga asosan yuridik xizmat nufuzi oshirildi va yangi vazifalar bilan to'ldirildi.
Xususan, yuridik xizmatga jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga ta'sir etadigan davlat organlari va tashkilotlarining qarorlari yuzasidan xulosalar berish;
Rahbariyatga faoliyatida qonun ustivorligi va qonuniylikni ta'minlash ahvoli yuzasidan hisobot taqdim etish;
Nizolar vujudga kelganda ularni sudgacha hal qilish choralarini ko'rish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakati yoki harakatsizligi yuzasidan berilgan shikoyatlarning majburiy tartibda yuridik xizmatlar tomonidan ham ko'rib chiqilishini belgilovchi va boshqa masalalarda ular mas'uliyatini oshirishga qaratilgan yangi funktsiyalar yuklandi.
Yuridik xizmat xodimlarini lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etish masalalarini majburiy tartibda adliya organlari bilan kelishish hamda adliya organlariga yuridik xizmat faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik talablarini buzgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, yuridik xizmat xodimlariga nisbatan intizomiy ish yuritishni qo'zg'atish huquqini beruvchi tartiblarning joriy etilishi har bir rahbarning mas'uliyatini kuchaytiradi.
Albatta, mazkur vazifalarning ijrosini ta'minlash amalda sudlar mustaqilligini ta'minlash bilan birga, fuqaroning haq-huquqlarini, ularning qonuniy manfaatlarini so'zsiz bajarilishiga olib keladi. Birgina, qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatilib, uning o'rniga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazoning muqobil turlarini qo'llash amaliyoti jinoiy jazolar tizimidan nisbatan qattiq ta'sir choralaridan biri chiqarilayotganligi anglatadi. Ushbu amaliyotni mamlakatimizda jinoiy jazolarni liberallashtirishga, huquqbuzarlarga nisbatan tarbiyaviy-tuzatish ta'sir choralarining ilg'or shakl va uslublarini keng qo'llash bo'yicha olib borilayotgan siyosatning mantiqiy davomi deb hisoblasak, to'g'ri bo'ladi.
Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta'minlash, sudlarning mustaqilligini amalda ro'yobga chiqarish, «Xabeas korpus» institutining qo'llanilishini yanada kengaytirish borasida ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ma'lumki, mamlakatimizda «Xabeas korpus» instituti 2008 yildan boshlab ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanktsiya berish huquqi prokurordan sudga o'tkazildi. Huquqni qo'llash va sud amaliyotiga 2001 yildan boshlab yarashuv instituti kiritildi va u samarali faoliyat ko'rsatmoqda. Ushbu amaliyot doirasi yanada kengaytirilib, endilikda prokurorlarning pochta-telegraf jo'natmalarini xatlab qo'yish va eksgumatsiya qilish kabi tergov harakatlarini o'tkazishga sanktsiya berish bo'yicha vakolatlari sudlarga o'tkazilmoqda. Tintuv o'tkaznshga va jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxslarning telefondagi muloqotlarini eshitib turishga sanktsiya berish huquqini sudlarga o'tkazish oldimizda turgan navbatdagi vazifa ekanligini O'zbekiston Prezidenti o'z Murojaatnomasida alohida ta'kidlab o'tdi (22.12.2017 y.).
Bu o'zgartishlar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda xalqaro huquqning umume'tirof etilgan printsip va normalariga to'la mos kelib, insonning shaxsiy huquq va erkinliklari daxlsizligi, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo'yishga hech kim haqli emasligini anglatadi hamda jamiyatda qonun ustuvorligi printsipini ta'minlab beradi.
Ma'lumki, mamlakatimizda sud-huquq sohasiga jiddiy e'tibor qaratilib, qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Sud-huquq sohasida ijobiy ishlar amalga oshirilganligiga qaramasdan, hali ham mazkur sohada yechimini kutayotgan bir qator muammolar, kamchilik va e'tirozlar yuzaga kelmoqda. Sohada yuzaga kelayotgan muammolarni oldini olish, sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish maqsadida 2017 yilning 21 fevralida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni qabul qilindi.
Mazkur sohadagi islohotlarni davom ettirish 2018 yil va undan keyingi yillarning ham bosh vazifasi bo'lib qoladi. O'zbekiston Prezidenti tomonidan «Oliy Majlis huzurida Sud hokimiyati mustaqilligini ta'minlashga ko'maklashish komissiyasini tashkil etish» taklifi kiritildi.
O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari tizimida mavjud bo'lgan, tegishli qonunlar asosida tasdiqlangan 16 kodeksning ikkitasi — O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Jinoyat-protsessual kodeksi normalari doirasida ham keyingi vaqtlarda jiddiy o'zgartishlar amalga oshirildi. Bu jarayon hamon davom etmoqda va kelgusida ham davom ettiriladi. Chunki ba'zi bir qilmishlarni jinoyatlar toifasidan chiqarish va liberallashtirish borasida zamon talablaridan kelib chiqqan holda, dunyo davlatlari tajribasida erishilgan ilg'or an'analarni e'tiborga olib, xalqimizning insonparvarlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan mentalitetiga asoslanib, shuningdek, jinoiy jazolarning bosh vazifasi aybdor deb topilgan shaxslarni azobga solish emas, balki ularni tarbiyalash ekanligi printsipiga tayangan holda qonunchilikda tegishli o'zgartishlarni amalga oshirishga ehtiyoj seziladi. Shunday ekan, ushbu masalaga ham alohida e'tiborni qaratish lozimdir.
Shundan kelib chiqib, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston parlamenti a'zolariga qilgan Murojaatnomasida 2018-2021 yillarda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni rivojlantirish kontseptsiyasini qabul qilish lozimligi to'g'risida gapirdi. Bu boradagi eng muhim vazifalardan biri, bu - jinoiy javobgarlikka tortish muddatlarini qayta ko'rib chiqish vazifasidir. Alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish va jinoiy jazolarni insonparvarlashtirish bo'yicha jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberalizatsiya qilish, ularning ijrosini ta'- minlashga olib keladi. Bu esa, yuqorida qayd etilganidek, xalqimizning kechirimli bo'lish va bag'rikenglik kabi azaliy qadriyatlaridan kelib chiqadi, albatta.
Mazkur masalada 2017 yilda bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan muqobil jazo turlarini qo'llashni kengaytirish orqali qamoq tariqasidagi jinoiy jazo tugatildi. Voyaga yetmaganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazolarni liberallashtirish, protsessual harakatlarni o'tkazishda ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish ishlari amalga oshirildi. Qilmishning jinoiyligini istisno etadigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunni qo'llash tartibi belgilandi. Sudlanganlik holatining tugallanishi va olib tashlanishining amaldagi muddatlari qisqartirildi. Yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish insti- tuti kengaytirildi. Ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish orqali tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish choralarini kuchaytirishga qaratilgan «majburiy jamoat ishlari» jinoiy jazosi kiritildi. Ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan, bozor munosabatlari asoslariga muvofiq kelmaydigan hamda tadbirkorlikning rivojlanishini va iqtisodiy aylanmani to'xtatib turuvchi ayrim iqtisodiy jinoyatlar dekriminallashtirildi.
Muxtasar qilib aytganda, jamiyatda qonun ustuvorligi –qonunlarning barcha tomonidan hurmat qilinishi, ijro etilishi va qat'iy amal qilinishi bilan belgilanadi. Bu huquqiy demokratik davlatga xos bo'lib, jamiyatning barcha sohalarida inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashga xizmat qiladi. Qonunlarga itoat etish, rioya qilish va ularning ijrosi eng avvalo, jamiyatda adolatni ta'minlaydi. Aksincha, adolatsizlik ildiz otgan joyda taraqqiyot va barqarorlikka putur yetadi. Qonunga itoatkorlik jamiyat a'zolarining yuksak siyosiy-huquqiy madaniyatidan kelib chiqadi. Ya'ni uning negizini qonunning maqsad va vazifalari, mohiyatini ongli ravishda tushunib olish, unga o'z ixtiyori bilan rioya qilish tashkil etadi.
Qonun ustuvorligi, qonun oldida barchaning tengligi printsiplari – demokratiyaning asosiy talablaridandir. Mazkur talablar nuqtai nazaridan qonun ma'naviyat bilan uyg'unlashadi. Zero, inson ma'naviyatining ifodasi bo'lgan insof, o'zgalarga nisbatan hurmat-izzat va halollikka putur yetsa, ya'ni bir odam boshqalarning huquqlarini buzsa, qonun ishga tushadi va kimning haq yoki nohaq ekanligini adolat tarozisida o'lchab beradi.
Jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish uchun ularga so'zsiz rioya etish majburiyatga emas, balki ma'naviy fazilatga aylanmog'i lozim. O'z navbatida, jamiyatda qonun ustuvorligining qaror topishi, qonunlarga itoatkorlik oliy qadriyatga aylanishi bir necha omillarga bog'liq. Ulardan eng asosiysi – mukammal va sifatli qonunlarning qabul qilinishidir. Binobarin, jamiyatda demokratik printsiplar hamda qadriyatlarning qaror topishi bevosita qonun ustuvorligi va unga itoat etish bilan belgilanadi. Nazorat savollari:
1. Qonun ustuvorligi tushunchasi va uning mohiyati nima?
2. Qonun ustuvorligini ta'minlovchi asosiy shartlar nimalardan iborat?
3. Fuqarolik jamiyati rivojida qonun ustuvorligi qanday ahamiyat kasb etadi?
4. «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi»ning sud-huquq tizimini isloh etish yo'nalishi bo'yicha qanday ishlar amalga oshirildi?
5. Qonun ustuvorligi inson huquq va erkinliklari kafolati
6. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston parlamenti a'zolariga qilgan Murojaatnomasida sud-huquq tizimi haqida.
Download 92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish