Qissasi misolida Òtkir Hoshimovning,,Bahor qaytmaydi



Download 72,23 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.06.2022
Hajmi72,23 Kb.
#688511
Bog'liq
tasvirdagi mahorat



Òtkir Hoshimovning tasvirdagi mahorati(,,Bahor qaytmaydi”
qissasi misolida) 
Òtkir Hoshimovning ,,Bahor qaytmaydi”qissasidagi 
har bir qahramon va tasvirning asardagi òrni 
beqiyosdir.Yozuvchi asarning nomidanoq kimlar uchundir bahor endi hech qachon qaytmasligini 
voqealar timsolida kòrsatib beradi.Asar boshlanmasida 
tòģridan
-
tòģri asar qahramonlari haqida 
ma’lumot beribgina qolmay,kitobxonni asar voqealariga zimdan tayyorlab boradi.Buni birgina
,, Bòston 
qishloģi
ga ogir-
vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi”
gapi misolida kòrishimiz mumkin.Yozuvchi 
oddiygina tarzda kuz kirib keldi deb aytmasdan, ,,
oģir vazmin qadamlar bilan”birikmasi orqali 
qahramonlarning hayotidagi yuz berishi kutilayotgan voqealarning oddiy emas,ayni damda qiyin va 
ziddiyatli jarayonlarda yuz berishini va mana shu jarayonda qaysi qahramonlar òz muvozanatini saqlay 
olishi-yu 
,qaysilari 
saqlay 
olmasligini 
anglatmoqchi 
bòladi. 
Alimardon-asarning 
bosh 
qahramoni,mag

rur va òziga ishongan shaxs,dòsti Anvar esa uning aksidir.U soddagina ,quvlik 
nimaligini bilmaydigan,ishonuvchan va atrofidagi yaqinlarini xuddi òzi kabi sof va samimiy, halol deb 
o’ylovchi,bòshangina yigit.Alimardon 
makkor va òz maqsadlariga erishish yòlida yaqinlarini qurbon 
qilishdan ham toymaydigan,birovlarning yaxshiligini ham,galabasini ham kòra olmaydigan hasadgòy 
inson.U oģrib qolib yotganida
,dòsti Anvar uni ko

rgani kelib birga suhbat quradi.Shunda Anvar yangi 
ishga joylashganini aytadi.Alimardon esa òzining bolalikdagi dòstiga ham hasad qiladi va ichida ,,Qiziq 
bir xil odamlarning ishi òz-òzidan yurishib ketaveradi,meniki-
chi”deya 
òz ich- etini yeydi.Shu sòzlardan 
ham ma’lumki,Alimardon Anvarni hech qachon 
dòst sifatida kòrmaydi,yozuvchi,, do

stimning

so

zini 
qo

yish òrniga
, ,,bir xil odamlar” deya ifodalaganidan ham buni sez
ish mumkin. ,,Quyoshning iliq 
,tansiq nurlari odamlarga hush yoqadigan bòlib qoldi
” gapidagi ,,tansiq”sòzi
bejiz qòllanmagan.Quyosh 
yaxshiga ham, yomonga ham birdek nur sochishini bilamiz,ammo bu yerdagi quyosh 
Anvardir.Faqatgina u Alimardonga tansiq mehr bera oladi,kelajagi haqida qayg’ura oladi, 
,,
tansiq”so’zining istilohiy ma’nosi kamyob deganidir.Shu o’
rinda aynan Anvardan keladigan mehr va 
sodiqlik uning Muqaddam 
bilan bo’lgan suhbatidan ham ma’lum bòladi.
U har ikki gapining birida 
Alimardonning iste’dodli ekanligini ,undan yaxshi artist chiqishini aytib òtadi.
Haqiqatdan ham, 
Alimardonning iste’dodi bor edi,lekin u bu iste’doddan 
òz òrnida foydalana olmadi,òzining 
tajribasizligiga qaramay shon-shuhratga berilib,yaqinlarini va òzining òzligini yòqatar darajaga 
keldi,asar oxirida esa jarlikka quladi.Aslida u òz dòstiga xiyonat qilayotgan kuniyoq jarlikka qulagan 
edi,xato ustiga xato qilib qòlidagi bor narsalardan ham birin-ketin ayrilib bordi.Bu dunyoda òzini 
unutar darajaga yetishdanda ko

ra ayanchli narsa bòlmasa kerak.Muqaddam havoyi nafsga berilib,sof 
va chin muhabbatidan vos kechgan,Alimardonni ilk kòrganidayoq,chimirilgan qoshlarida,kòrkam 
ch
iroyli chehrasidagi qat’iyatdan yuzlari qizargan,ilk kòrgandayoq òzida anglab bòlmas hislar uyģongan 
edi.
Darhaqiqat,Alimardon qat’iyatli edi,lekin bu qat’iyatning ortida razillik yashiringanini 
u bilan 
yashagach bildi, Alimardon uni hech qachon baxtli qilmaganini,boshidanoq baxtsiz qilib kelganini va 
endi ham baxtli qilolmasligini,oilada ham,Alimardonning hayotidan ham òrni yòq ekanligini,shuncha 
yillik turmushi sarobdan iborat ekanligini,barchasi xazondek tòkilganini kech tushunib yetadi.Shu 
sababli ham voqealarning boshlanishi kuz faslida xazonlar tòkilishi bilan tasvirlangan.Tabiatni 
tasvirlash orqali inson bolalari òzlarini idrok eta olmasa,daraxtdagi barglar singari xazonga aylanishini 
birgina Alimardon misolida kòrsatib berilgan.
E’tibor beri
lsa,voqealar kuz faslida boshlanadi va yoz,qish 
fasli kòp òrinlarda tilga olinsa ham asar tugashida bahor tasviriga kòchiriladi,bahor tasviri asarning 
ba’zi òrinlaridagina keltiriladi
.Tòy oqshomida kimningdir qalbida bahor gullab,kimningdir qalbida qish 
boshlagani,kimdir kimgadir intizor bòlganini aytiladi.Bu yerdagi qalbida bahor gullagan obraz 
Alimardon,yozuvchi uning qalbiga bahor tasvirini kiritish orqali bahor fasli ortidan yoz yoki kuz,yoki 
qish kelishi mumkinligini,Anvarning qalbida qish bòlgan bòlsa ham uning ortidan ,albatta,bahor 
kelishini aks ettirgan.Alimardon uchun bahor hech qachon qaytmas bòlib keldi,u Muqaddamga 
uylanganidan keyin kòchadagi xiyobonlarda sayr qilayotgan yoshlarni kòrib òzining endi hech qachon 
shu yoshlar kabi yura olmasligini alam bilan his etishi ham bunga yorqin misoldir.Yozuvchi Anvar 


obrazini kòklarga kòtarib tasvirlamasa ham,uning Alimardondan ustunligini òr òrnida bildirib 
òtgan.Anvar Muqaddam bilan oddiy,hashamsiz ,sokin joylarda kòrishgani uning xarakteridagi 
xususiyatlarni namoyon qiladi.Alimardonlarnikidan qaytishayotgan kuni Anvar Muqaddamga Qonqus 
rivoyatini sòzlab beradi.Òtkir Hoshimov asar ichida asar keltirish yòli bilan bòlishi yuzda tutilayotgan 
hodisani Qonqus rivoyatidan foydalangan holda xabardor qiladi.Anvar Muqaddamdan ham,òz jonidan 
ortiq kòruvchi dòstidan ham bir kunda ayriladi.Uni qiynayotdan oģriq Muqaddamdan emas,balki 
Alimardon tomonidan kelgan xiyonatdir.Qaysi ishi,qaysi xatosi uchun dòsti bilan turib unga yomonlikni 
ravo kòrganini tushuna olmaydi.Bir vaqtning òzida ikki insondan ranj kòradi.U òzining soddaligi va 
insonlarni òzi kabi deb òylagani,ishonuvchanligi pand berganini òylaydi va bundan keyin hammaga 
shubxa bilan qaraydi,saylgohlardagi sevishganlarni kòrib,bugun bunga, ertaga esa boshqasiga xiyonat 
qilishlarini òylab nafratlanadi
.Inson tuģilayotganda pok bòlsa
-yu,nega bunchalik razil bòlib ketishini 
kòrib qayģuga botadi.
Yozuvchi òz fikrlarini va davrning dolzarb muammosiga aylanayotgan yomon 
illatlarni Anvarning òylari orqali ifodalaydi.
Alimardon maģrurligi oqibatida yangi kuylar yaratmay 
qòydi, sahnadagi insonlar u uchun kelishini ich ichidan sezib havolanib yurdi,mòmaygina daromad 
topish ilinjida tòylarga chiqdi.Zufar Xodiyevich bilan bòlgan suhbatdan sòng ham òzini 
tòģrilamadi.
Shunda ham òz bilganidan qolmadi, ichida zòr qòshiqlar yaratishini òylab uyga qaytdi,lekin 
harchand urinmasin yangi kuyni yarata olmadi.Qayerdan ham yangi kuy yarata olardi,axir uning qalbi 
razillikka tòlib-
toshgan edi.Iste’dodini vaqtida jilovlab,òz ustida tinimsiz ishlash qayoqda
-yu,erta-yu 
kech tòylarda bir xil taronalarni yaratish qayoqda.Bir xillik uni odamlardan yiroqlashtirdi,bora-bora 
undan yaxshi aytuvchi Mutal Qodirovni,Alimardondan 
ta’sirlanib qòshiq kuylovchi òsha yigitni 
òzidan 
òtishini ham kòra olmaydi.Xasadgòylik,òzini hammadan ustun deb bilish uni xazondek tòkilishiga olib 
keldi.
Muqaddam va òģli Shavkatdan ayrilgand
an keyin mudhish bir tumanlik ichida adashgan ikki yil 
òtadi.Aslida yillar emas,Alimardon adashgan,tuman esa uning shon-shuhratidir.U shon-shuhrat 
tashvishida adashdi.Endi uni hdch kim eslamas,faqatgina Anvar,bir paytlar òzi xiyonat qilgan,dòst 
sifatida kòrmagan Anvar uni kòrishga kelar edi.U òģlining boshqa insonni 
ota deyishini eshitib oxirgi 
umidi ham uziladi
.Òsha kuni Alimardon Oynatoģdagi tòydan
qaytayotib jarlikka qulaydi.U voqealardan 
bir necha yil avval òz uyida bir tush kòradi,yuksak toģlardan ot minib parvoz qilar va 
birdaniga jarlikka 
qular edi,ehtimol yozuvchi shu tush orqali Alimardonni ogohlantirmoqchi bòlgandir.Voqealarning 
sodir bòlishidan avval quyoshning òz òrnida,yer bilan tutashgan joyida botishi haqida aytilganda hali 
hammasi òz maromida borayotgani ,asar sònggida esa hodisalar òz òzidan izdan chiqqanligini,, ufqqa 
quyosh qon sachratib yuborgani,bu oqshom oftob qiynalib botgani,ufq etagida uzoq osilib turdi-da 
,oxirgi umidi uzilganday sekin-sekin yer ortiga chòkib ketdi ,,tarzida keladi.Oxirgi umidi uzilgan quyosh 
emas,balki Alimardondir.Qabri ustid
agi yakka qizģaldoq ham uning òzi,u ham
,, tonga qadah turib,erta-
indin tòkilib ketishi,òzidan na bir muattar bòy,na meva qolishidan bexabar yal-yal yonardi
” 
.Yonishini,oxiri haqiqat ,adolat qaror topishini bilsa ham òz bilganidan qolmagan va qolmayotdan 
Alimardonlar hali ham 
yòq emas.Yozuvchi ,,Bahor qaytmaydi”qissasini 1969
-yildagina dolzarb bòlgan 
mavzuni emas,bugungi kunda ham bor bòlgan muammoni qahramonlarning hayoti timsolida olib 
chiqdi.U Alimardonlarga asar qahramoni kabi yòl tutishda davom etishsa,ularning taqdiri ham asardagi 
kabi yakun topishini uqtirmoqchi bòldi.Hayotda tajribasizlik qilib bir xato ortidan ikkinchisini 
qilish,òzidan boshqalarni kòra olmay,xudbinlik bilan yòl tutish yaramaydi.Asar òzida barcha yaxshiliklar 
qayoqqa,yomonliklar qayoqqa olib borishini ifoda etagni uchun ham bu mumtoz asar barchaning 
qalbida òz òrniga ega bòldi. 

Download 72,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish