Qishloq xo'jaligi sug'oriladigan yerlar kartasini tuzishda uchuvchisiz uchish apparati (dron) lardan foydalanish mavzusida
ARGUMENTLASHTIRILGAN ESSE Qishloq xo'jalik kartasini tuzishda zamonaviy usul tizimi asosini ishlab chiqish va undan samarali va oqilona foydalanishning ilmiy asoslari va muammolari bo'yicha juda ko'p olimlar ilmiy izlanishlar olib borishgan. Ularning ilmiy ishlarida iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish, shuningdek respublikamizning barcha sohalarida yer resurslariga bo'lgan extiyoj tobora ortib borayotgan sharoitda masofadan zondlash tizimlaridan to'laqonli foydalanish ishlari amalga oshirilmoqda.
Hozirda mamlakatimizda yer va suv resurslaridan unumli foydalanish, ularni tartibga solish, ilmiy izlanishlar olib borishda aero suratlardan tayorlangan fototarxlardan foydalanishda katta yutuqlarga erishilmoqda. Xozirgi kunda innovatsion texnologiyalarni qo'llanilishi sababli xar bir soha tez suratlarda rivojlanib katta yutuqlarga erishilmoqda. Hammamizga ma`lumki avvallari xaritalarni yangilash (yaratish) monoxramik analogli aero suratlardan foydalanilgan holda amalga oshirilgan. Bu holatda Respublika xududi bo'yicha ortofototarxlarni yaratishda quyidagi qiyinchiliklarga olib kelgan.
- Olingan aero tasvirlar oq-qoraligi; (rangsiz)
- Xududni tasvirga tushirishda xarajatlarning yuqoriligi; (samalyot, yoqilg'i va x.k)
- Kameral holda ishlarni bajarishda ko'p vaqt sarflanishi; (tasvirlar geobog'lanmaganligi, dasturiy ta`minotlarni eskiligi, va x.k)
- Qo'l mexnatining ko'pligi;
- Planga va balandlik bo'yicha bog'lash ishlariga ko'p vaqt va mablag'larningsarflanishi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 31-avgustdagi 287-son qaroriga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi fuqarolik va davlat aviatsiyasida dronlar (uchuvchisiz parvoz qiluvchi qurilmalar) ekspluatatsiyasi tartibi to'g'risidagi Nizom tasdiqlandi. Shuningdek uchuvchisiz parvoz qiluvchi qurilmalar parvozi havo kemalari parvozi uchun maxsus hududlarda qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Uchuvchisiz parvoz qiluvchi qurilmalar parvozi nazorati O'zbekiston Respublikasining parvozlar xavfsizligi nazorat qilish bo'yicha Davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 14 martdagi 258-f sonli farmoishiga asosan qishloq xo'jalik yerlari, qishloq xo'jaligi ekinlarini ekish va parvarishlar ishlarini monitoringi va xududlarni elektron raqamli xaritalarini yangilash (yaratish) ishlarini texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish va modernizatsiyalash ishlarini amalga oshirish maqsadida respublika korxonalari bir necha uchuvchisiz uchar qurilmalari bilan ta'minlanmoqda. Hozirda ushbu qurilmalardan foydalanish va rahbariyatga tegishli ma`lumotlarni berib borish yuzasidan tegishli tashkiliy chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
- Korxonani birinchi navbatda o'zining tasarrufidagi bino bilan ta'minlash.
- Ushbu ishlarni sifatli va o'z muddatida bajarilishini ta`minlash uchun korxonada moddiy texnika bazasini rivojlantirish.
- Yuqori darajadagi komp`yuterlar, elektron raqamli xaritalarni bosmadan chiqarish ishlarini bajarishda yuqori sifatli rangli bosmadan chiqarish apparati bilan ta`minlash.
- Axborot taxlil markazlarini yaratish maqsadida 1 dona markaziy server bilan ta`minlash.
Yer maydonlarini An-2 samolyoti va uchuvchisiz parvoz qiluvchi qurilmalar yordamida o'lchash natijalari taqqoslandi. Ma`lum bo'lishicha, 100 gektar maydonni samolyot yordamida 20 soatda o'rganilsa, uchuvchisiz parvoz qiluvchi qurilmalar qo'llanilganda xuddi shu hajmdagi ishlarga 4 soat sarflaydi. Bundan tashqari, ekinlarga agrodron, OVX purkagich va samolyot yordamida ishlov berishning imkoniyatlari ham yuqori baholandi. “Davergeodezkadastr” qo'mitasi tizimidagi “Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi hududida aero-kosmosuratlarni dalada deshifrovka qilish, ushbu deshifrovka ishlari natijasi bo'yicha hududlarning elektron raqamli xaritalari hamda yer maydonlarini yer turlari va konturlari bo'yicha xisoblash qaydnomalarini yaratish ishlari korxona tomonidan bajarib kelinmoqda. Bugungi kunda ishlab chiqarishga kirib kelayotgan yangi texnologiyalar, jumladan yuqori aniqlikga ega bo'lgan kosmosuratlar, elektron raqamli xaritalarni yaratish bo'yicha zamonaviy dasturiy ta'minotlarga asoslangan holda elektron raqamli xaritalarni yaratish ishlari olib borilmoqda. Korxona tomonidan xozirgi kunda foydalanilayotgan zamonaviy texnologiyalardan biri Phantom 4 Pro uchuvchisiz parvoz qiluvchi qurilma bunga misoldir.
Uchuvchisiz parvoz qiluvchi qurilma xususiyatlari:
- 1:100-1:1000 miq'yosdagi raqamli topografik tarxlarni yaratish va yangilash uchun rejali topografik aerosuratlarga olish;
- Muhandislik inshootlari va infrastruktura obektlari (sanoat maydonlari, elektr uzatish tarmoqlari, avtomobil va temir yo'llar, neft, gaz va boshqa maxsulotlarni yetkazib beruvchi quvurlarning trassalari)ni texnik holatini masofadan turib aniqlash maqsadida aerosuratlarga olish ishlari;
- Turli ko'rinishdagi deshifrovka ishlarini o'tkazish maqsadida aerosuratga olish ishlari;
- Joyni oldindan tekshirib, bilish va uzoqni ko'zlagan holda aerosuratga olish ishlari;
- Issiq ko'rinishli va kichik spektrali aerosuratga olish ishlari;
- Ko'rinish doirasi (chegara)sida fotochaqmoqdan foydalangan holda yangi aerosuratga olish ishlari.
AQSH, Germaniya va Frantsiya davlatlarida olib borilayotgan keng qamrovli va murakkab geografik tahlil hamda kosmik tadqiqotlar Yer yuzasi landshaftlarini monitoring qilishga imkoniyat beradi. Buning uchun kosmik suratlarni deshifrovka qilish jarayoni zamonaviy GIS texnologiyasi orqali boshqariladi va landshaftlarning mahalliy xususiyatlari kosmik ma'lumotlar bilan umumlashtirilib, yuqori aniqlikda tez suratlarda landshaft kartalari tuziladi. Tadqiqot dorasida Landsat8 LIO kosmik apparati orqali olingan suratlar yordamida o'rganilayotgan hududning landshaft tipologik kartasi, voha madaniy landshaft turlari hosildorligi aniqlanib, 2019 yilgi holat bo'yicha paxtachilik kartasi tuzildi. GIS texnologiyasi yordamida landshaft turlarining kichik hududiy areallari kosmik suratlardan foydalanib deshifrovka qilindi va ma'lumotlar GIS bazasiga kiritiladi.
Xulosa Xulosa qilib aytganda qishloq xo’jaligi sug’oriladigan yerlari kartasini tuzishda buguni kundagi agrozamonaviy texnologiyalardan foydalanish ishlari yo’lga qo’yilgan. Qishloq xo'jalik yerlari kartalarini tuzishda geoma'lumotlar bazasidan foydalanish bo'yicha tadqiqotlar olib borildi. Tadqiqotlarga ko'ra ArcGIS dasturini qo'llashda tezkor ravishda zarur karta va planlarni tuzish va ularning sifatini oshirish, tarmoqlari punktlari o'rnining xatoligi kamayishi mumkinligi aniqlandi. Qishloq xo'jalik ekin yerlarining kartalarini tuzishda ArcGIS dasturi qo'llanildi. Bu ko'rsatgichlar an'anaviy usullar yordamida bajarilgan o'lchashlar aniqligidan ancha yuqori hisoblanib, vaqtni tejashiga imkon yaratdi. Uchuvchisiz parvoz qiluvchi qurilma qishloq xo'jaligida qo'llanishi natijasida, dalani elektron kartasini avtomatik tarzda aerosuratga olish orqali yaratish hamda ma'lumotlarga avtomatik tarzda qayta ishlov berish, qishloq xo'jalik ekinlarini invertarizattsiya qilish, bajarilgan ishlar xajmini baholash va ularni bajarilishini nazorat qilish, ekinlarni holatini opperativ monitoring qilish, qishloq xo'jalik ekinlarini xosildorligini nazorat qilish, qishloq xo'jalik yerlarini ekologik monitoringini olib borish, qishloq xo'jalik ekinlarini sug'oriladigan yerlar kartasini tuzishda zamonaviy ArcGIS dasturini qo'llash orqali bajarildi unib chiqishini nazorat qilish, yerni haydash sifatini tekshirish, shuningdek ekranda ko'rib turgan xolda taxlil qilish va jo'natish imkoniyatini beradi. Qishloq xo'jaligi kartalarini tuzishda masofadan zondlash materiallaridan foydalanishning kartografik ishlar uslubini takomillashtirish bosqichlari ishlab chiqildi. Yakuni sifatida ob'ektning qishloq ekin yerlari kartasi hamda sug'orish tarmoqlari kartalari tuzilgan.