1
Kazus
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi hududiy organi
boshlig‘i G.Anvarjonovga intizom ustavlarini buzganlik uchun boshliq tomonidan
xayfsan jazosi qo‘llanildi. Bu bo‘yicha maxsus buyruq rasmiylashtirildi va intizomiy
jazo berilganligi to‘g‘risida bojxona organlari mansabdor shaxsiga saf oldida,
yig‘ilishda e'lon qilindi. G.Anvarjonov Bojxona organlarining bojxona organlari
ko‘krak nishoni bilan mukofotlanganganligi unga nisbatan bu turdagi jazo qo‘llash
qonunga zidligi hamda buyruqni saf oldida e'lon qilinishini uning izzat-nafslari va
qadr-qimmatlari kamsitilganligini vaj qilib or-nomus o‘rtoqlik sudiga murojaat
qildi. Ushbu holatga huquqiy baho bering.
2
Kazus yechimi.
Ushbu vaziyatga huquqiy baho berishda quyidagicha savollarga javob
berishimiz lozim:
Birinchidan, bojxona organlari xodimlariga intizomiy jazo turi sifatida
hayfsan jazosining qo‘llanilishi qonunchilikda nazarda tutilganmi?
Ikkinchidan, bojxona organi xodimiga intizomiy jazo kim tomonidan
qo‘llanilishi mumkin?
Uchinchidan, bojxona organi xodimiga qo‘llanilgan izntizomiy jazoning
hammaga ma’lum qilinishi qay darajada qonuniy hisoblanadi?
To‘rtinchidan, bojxona organlarining bojxona organlari ko‘krak nishoni bilan
mukofotlangangan xodimiga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash masalasi
qonunchilikda o‘z aksini topganmi?
Beshinchidan, xodim va yuqori turuvchi mansabdor o‘rtasida vujudga kelgan
nizolarni qanday hal qilish mumkin?
Endi ushbu savollarga yuqoridagi ketma-ketlikda javob beramiz.
Birinchidan, bojxona organlari xodimlariga intizomiy jazo turi sifatida
hayfsan jazosining qo‘llanilishi qonunchilikda nazarda tutilganmi? O‘zi qanday
intizomiy jazo turlari mavjud? Ushbu savollarga javob berishda amaldagi qonun
hujjatlariga tayanamiz. Birinchi navbatda, mehnat sohasidagi barcha tuzilmalar
uchun amal qiladigan, mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan
normalar
yig‘indisi—Mehnat
kodeksiga
yuzlanamiz.
Intizomiy
jazolar
qo‘llanilishining umumiy asosi va tartibi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.
Mehnat kodeksi 181-moddasiga muvofiq intizomiy jazoning quyidagi turlari
mavjud:
1)
Hayfsan;
2)
Ish haqining o‘ttiz foizigacha jarima;
3)
Mehnat shartnomasini bekor qilish.
Agar xodim mehnat intizomini buzsa, odob-axloq qoidalariga rioya qilmasa,
unga nisbatan inztizomiy jazo qo‘llanadi. Intizomiy jazo ish beruvchi, ishga qabul
qilish huquqi berilgan shaxs tomonidan qo‘llanadi. Xodimga aynan bir nojo‘ya xatti-
harakati uchun bir nechta intizomiy jazo chorasi qo‘llash mumkin emas. Mehnat
kodeksiga muvofiq hayfsan intizomiy jazo turlaridan biri hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Mehnat kodeksi mehnatga oid munosabatlarni
umumiy tartibga solishga qaratilgan. Bundan tashaqari, davlat organlari o‘zining
ahamiyati, xizmatning alohida xususiyatidan kelib chiqib, xodimlarining xizmat
o‘tash tartibini belgilashi mumkin. Bunda ham, albatta, nizomlar Mehnat kodeksiga
muvofiq bo‘lishi lozim.
3
Bojxona organlarida ham xizmat o‘tash bojxona xizmatining alohida
xususiyatlaridan kelib chiqib, Prezident qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va
Bojxona organining alohida nizomlari bilan tartibga solingan. Shu bilan birga,
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonuni 36-
moddasida Bojxona organlari xodimlari xizmat intizomini buzganlik uchun
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Bojxona
organlarining intizomiy ustaviga muvofiq javobgar bo‘lishi belgilangan. Demak,
yuqoridagi vaziyatda Davlat bojxona qo‘mitasi hududiy organi boshlig‘i
G.Anvarjonovning intizom ustavlarini buzganlik uchun javobgarligi masalasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qarori
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati
organlarining Intizomiy ustavi” bilan tartibga solinadi.
Ushbu Intizomiy ustav bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat
bojxona organlarining INTIZOM NIZOMIning 28-bandida Bojxona organlari
xodimlariga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi mumkinligi
keltirib o‘tilgan:
a) hayfsan;
b) qattiq hayfsan;
v) xizmatga to‘liq muvofiq emasligi haqida ogohlantirish;
g) maxsus unvonini bir pog‘ona pasaytirish;
d) egallab turgan lavozimidan ozod etish (pasaytirish);
d
1
) gauptvaxtada hibsda ushlab turish;
e) bojxona organlari xizmatidan bo‘shatish.
Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib, bojxona organi xodimlariga nisbatan
ham hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanilishi mumkin, degan xulosaga kelamiz.
Ikkinchidan, bojxona organi xodimiga intizomiy jazo kim tomonidan
qo‘llanilishi mumkin?
Ushbu savolga javob beradigan bo‘lsak, Mehnat kodeksining 182-moddasiga
muvofiq, intizomiy jazolar ishga qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan shaxslar
tomonidan qo‘llanishi belgilangan. Bizning vaziyat bevosita bojxona xizmati bilan
bog‘liq bo‘lgani uchun yuqorida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi davlat
bojxona organlarining INTIZOM NIZOMIdan foydalanamiz. Unga ko‘ra,
rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralari boshliqlar tomonidan o‘zlariga berilgan
vakolatlar doirasida qo‘llaniladi.
1
Ushbu nizomga muvofiq quyidagi shaxslar hayfsan, qattiq hayfsan, xizmatga
to‘liq muvofiq emasligi haqida ogohlantirish, egallab turgan lavozimidan ozod etish
(pasaytirish) hamda bojxona organlari xizmatidan bo‘shatish huquqiga ega:
O‘zbekiston Respublikasi DBQ raisining o‘rinbosarlari;
O‘zbekiston Respublikasi DBQning Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari
boshliqlari;
1
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona organlarining INTIZOM NIZOMI. 30-band.
4
“Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
boshlig‘i;
OHBI boshliqlari;
Milliy kinologiya markazi direktori.
Bundan tashqari, ushbu nizomning 33-bandida O‘zbekiston Respublikasi
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Nizomda belgilangan rag‘batlantirish va intizomiy
jazo choralarini qo‘llash, shuningdek xodimlarni O‘zbekiston Respublikasining
faxriy unvonlariga va davlat mukofotlariga taqdim etish vaolatlariga ega ekani
belgilangan. demak, intizomiy jazoni O‘zbekiston Respublikasi DBQning
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari
boshliqlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tayinlay
olar ekan.
Yuqorida bizga berilgan vaziyatni ikki xil tushunishimiz mumkin.
Birinchi holat, G.Anvarjonovni Davlat bojxona qo‘mitasi hududiy organi
boshlig‘i deb hisoblasak, demak bu holatda uning o‘zi hududiy boshqarma boshlig‘i
bo‘lgani uchun unga nisbatan intizomiy jazo boshliq—ya’ni Davlat bojxona
qo‘mitasi raisi tomonidan tayinlangan.
Ikkinchi holat, Davlat bojxona qo‘mitasi hududiy organi boshlig‘i tomonidan
xodim G.Anvarjonovga nisbatan intizomiy jazo tayinlangan. Ikkala holatda ham
intizomiy jazo ushbu jazoni qo‘llashga vakolatli shaxs tomonidan qo‘llanganini
ko‘rishimiz mumkin.
Uchinchidan, bojxona organi xodimiga qo‘llanilgan intizomiy jazoning
hammaga ma’lum qilinishi qay darajada qonuniy hisoblanadi?
Ushbu savolga javobni ham O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona
organlarining INTIZOM NIZOMIdan topishimiz mumkin. Ushbu nizomning 55-
bandida intizomiy jazo chorasi buyruq bilan e’lon qilinishi, intizomiy jazo chorasi
qo‘llanilganligi haqida xodimga shaxsan, saf oldida yoki kengaytirilgan yig‘ilish
(majlis)da e’lon qilinishi belgilangan. Bunda uch xil holatda e’lon qilinishi
mumkinligi belgilanmoqda. Bulardan birini tanlash intizomiy jazo tayinlayotgan
mansabdor shaxsning tanloviga bog‘liq. Xatto, xodim tomonidan sodir etilgan
nojo‘ya xatti-harakat unchalik ahamiyatga ega bo‘lmasa, boshliq unga nisbatan
intizomiy jazo chorasini qo‘llamasligi va boshqa bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik
borasida og‘zaki ogohlantirish berish bilan kifoyalanishi ham mumkin. Mansabdor
shaxs intizomiy jazoni shaxsan, saf oldida yoki kengaytirilgan yig‘ilishda e’lon
qilinishini tanlashda xodimning intizomiy jazoga tortilishiga sabab bo‘lgan nojo‘ya
xatti-harakatining qanchalik darajada xodimning ish faoliyatiga va atrofdagilarga
salbiy ta’sir etish darajasini hisobga olishi lozim. Bojxona xodimiga hayfsan u
normativ-huquqiy hujjatlar va Nizom talablarini, xizmat guvohnomasidan
foydalanish qoidalarini buzgan, belgilangan kun tartibiga muntazam ravishda amal
qilmagan va xizmat majburiyatlarini bajarmagan, jamoadagi ma’naviy-ruhiy
muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatgan hollarda berilishi mumkinligi belgilangan. Ushbu
keltirilgan asoslardan bir nechtasini buzgan taqdirda yoki uning xatti-harakatlari
jamoaning ruhiy holatiga, ishchanlik xususiyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan taqdirda
5
qolganlar uchun namuna bo‘lishi uchun xodimga tayinlangan intizomiy jazo saf
oldida, yig‘ilishda e’lon qilinishi mumkin.
Yuqoridagilarni hisobga olib, G.Anvarjonovga nisbatan tayinlangan hayfsan
intizomiy jazosining saf oldida, yig‘ilishda e’lon qilinishi huquqiy asosga ega ekan.
Demak, ushbu holatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi hududiy
organi boshlig‘i G.Anvarjonovga intizom ustavlarini buzganlik uchun boshliq
tomonidan xayfsan jazosi qo‘llanilishi hamda bu haqida bojxona organlari
mansabdor shaxsiga saf oldida, yig‘ilishda e'lon qilinishi qonun normalariga zid
emas.
To‘rtinchidan, bojxona organlarining bojxona organlari ko‘krak nishoni bilan
mukofotlangangan xodimiga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash masalasi
qonunchilikda o‘z aksini topganmi?
Bojxona organlari xodimlarini rag‘batlantirish choralari sifatida O‘zbekiston
Respublikasi davlat bojxona organlarining INTIZOM NIZOMIda quyidagilar
qo‘llanishi mumkinligi belgilangan:
a) minnatdorchilik e’lon qilish;
b) qimmatbaho sovg‘a yoki pul mukofoti bilan taqdirlash;
v) Faxriy yorliq bilan taqdirlash;
g) idoraviy ko‘krak nishoni bilan taqdirlash;
d) muddatidan oldin navbatdagi maxsus unvon berish;
e) egallab turgan lavozimida ko‘zda tutilganidan bir pog‘ona yuqori maxsus
unvon berish.
Ushbu nizomning 40-bandida idoraviy ko‘krak nishoni bilan yuqori xizmat
intizomi va ko‘p yillik benuqson xizmati, bojxona organlari tizimini
takomillashtirishga salmoqli hissa qo‘shgan, xizmat burchini bajarish chog‘ida
mardlik va jasorat ko‘rsatgan, shuningdek yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida
tarbiyalashga munosib hissa qo‘shgan xodimlarga berilishi nazarda tutilgan. Lekin
bu kabi rag‘batlantirish choralari qo‘llanilgan xodimga boshqa nojo‘ya xatti-
harakatlari uchun imtizomiy jazo chorasi qo‘llanishi mumkinligi taqiqlanmagan.
Chunki xodim har bir xatti-harakati uchun yoki taqdirlanadi, yoki jazoga tortilishi
muqarrar bo‘lmog‘i lozim. Bu kabi qoidalar xodimlar o‘rtasida intizomni saqlash,
xizmat faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish
uchun zarur.
Yuqoridagi normalardan xulosa qiladigan bo‘lsak, G.Anvarjonov Bojxona
organlarining bojxona organlari ko‘krak nishoni bilan mukofotlanganganligini asos
qilib, unga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanishi mumkin emasligini aytgan. Lekin
amaldagi qonun hujjatlari va ushbu davlat organing boshqa normativ hujjatlarida
ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan xodimga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanishi
taqiqlanmagan. Bundan kelib chiqadiki, G.Anvarjonovga nisbatan ushbu holatda
qo‘llanilgan intizomiy jazo chorasi qonun normalariga zid emas.
6
Beshinchidan, xodim va yuqori turuvchi mansabdor o‘rtasida vujudga
kelgan nizolarni qanday hal qilish mumkin?
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 26-moddasida hech kim qiynoqqa
solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa
tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan. Bundan
tashqari, Konstitutsiyamizning 44-moddasida har bir shaxsga o‘z huquq va
erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat
birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish
huquqi kafolatlanishi belgilab qo‘yilgan. Demak, har bir shaxs qadr-qimmati
kamsitilganda, uning konstitutsiyaviy erkinligiga daxl qilinayotgan bo‘ladi. Bunday
holatda ushbu shaxs erkinliklarini sud orqali himoya qilishi mumkin.
Lekin bizga berilgan holat bevosita davlat organida yuz berganini hisobga
olib, avvalo, ushbu organ tomonidan belgilangan normalarni ko‘rib chiqsak.
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona organlarining INTIZOM NIZOMI 45-
bandida jamoada yuzaga kelgan nizoli vaziyatlarni hal etish, nojo‘ya xatti-harakatlar
sodir etgan xodimlarga jamoatchilik ta’sirini o‘tkazish maqsadida bojxona
organlarida saylov asosida o‘rtoqlik axloq sudlari tashkil etilishi hamda uning
faoliyat ko‘rsatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi DBQ raisi tomonidan
belgilanishi mustahamlab qo‘yilgan. Yuqoridagi holatda ham G.Anvarjonov o‘zidan
yuqori turuvchi boshliq ustidan o‘rtoqlik axloq sudiga murojaat qilmoqda. Lekin
ushbu sud tizimi jamoada nizo kelib chiqqanda va nojo‘ya xatti-harakatlar sodir
etgan xodimlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, xolos. Bizning vaziyatda esa nizo
jamoada emas, balki G.Anvarjonov hamda undan yuqori turuvchi boshliq o‘rtasida
vujudga kelmoqda. Menimcha, ushbu vaziyatda nizomning 60-bandida belgilangan
“har bir xodim boshliqning unga nisbatan g‘ayriqonuniy yoki nohaq harakatlari
ustidan yuqori turuvchi rahbariyatga yozma shikoyat berishga haqli” ekanidan
foydalanib, yuqori turuvchi organga murojaat qilishi lozim edi.
Umumiy xulosa qiladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona
qo‘mitasi hududiy organi boshlig‘i G.Anvarjonovga intizom ustavlarini buzganlik
uchun boshliq tomonidan hayfsan jazosi qo‘llanilishi huquqiy asosga ega. Intizomiy
jazo berilganligi to‘g‘risida bojxona organlari mansabdor shaxsiga saf oldida,
yig‘ilishda e'lon qilinishi qonun normalariga zid emas. G.Anvarjonov Bojxona
organlarining bojxona organlari ko‘krak nishoni bilan mukofotlanganganligi unga
nisbatan intizomiy jazo qo‘llanmasligiga olib kelmaydi hamda bu qonunga zid emas.
Intizomiy jazo haqidagi buyruqning saf oldida e'lon qilinishi qonun normalarida
belgilangan tartibda amalga oshirilgan. G.Anvarjonov izzat-nafsi va qadr-
qimmatlari kamsitilganligini vaj qilib or-nomus o‘rtoqlik sudiga murojaat qilish
o‘rniga yuqori turuvchi organga murojaat qilishi maqsadga muvofiq edi.
Mantiqiy savollar:
1. Davlat xizmatchilarini huquqlarini nazariy va huquqiy jihatdan tahlil qiling.
7
Davlat xizmatchisi nazariy jihatdan juda ko‘plab huquqlarga ega. Ular
jumlasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
xizmat pog‘onalari bo‘yicha o‘sish (meritokratiya);
ijtimoiy va huquqiy himoya hamda qonunchilikka muvofiq
pensiya bilan ta’minlanish;
qonunchilik belgilangan tartibda adolatli rag‘batlantirilish va
mukofotlar olish;
mehnat
shartnomasida
belgilangan
tartibda
adolatli
rag‘batlantirilish va mukofotlar olish;
sog‘lig‘i, samarali ishlash uchun xavfsiz va zarur mehnat
sharoitlari bilan ta’minlanish;
salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi sharoitlarda ishlamaslik;
o‘zi faoliyat yuritayotgan davlat organi yoki tashkiloti faoliyatini
takomillashtirishga oid takliflarni berish;
rahbarlar, boshqa mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan
sha’ni va qadr-qimmatining hurmat qilinishi;
shaxsiy hujjatlari bilan istalgan vaqtda tanishib chiqish va
ulardan foydalanish;
davlat organi va tashkiloti tomonidan malaka oshirishga
yuborilgan taqdirda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa
hollarda davlat lavozimini va ish haqini saqlab qolish;
intizomiy yoki ma’muriy ish to‘g‘risida tegishli ravishda
xabardor bo‘lish, xizmat tekshiruvi hujjatlari bilan to‘siqsiz tanishib chiqish,
zarur hollarda, shaxsan tushuntirish berish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rahbarning qarorlari va
harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish;
davlat fuqarolik xizmati masalalari bo‘yicha vakolatli organiga
murojaat qilish;
rahbardan mansab vakolatlarining hajmi va vazifalarini
aniqlashtirishni talab qilish;
vijdonsizlik, nopoklik yoki intizomiy qilmishlarda ayblovlar
mavjud bo‘lgan taqdirda hamda intizomiy huquqbuzarlik sodir etilganda,
xizmat tekshiruvini o‘tkazishni talab qilish;
mehnati uchun adolatli ish haqi bilan ta’minlanish;
pensiya yoshiga yetganda, belgilangan miqdorda pensiya olish va
boshqalar.
Davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyatini yaxshilash maqsadida ushbu
huquqlarning deyarli barchasi qonun hujjatlari bilan mustahkamlab qo‘yilgan.
Masalan, “O‘zbekiston Respublikasining “Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul
foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunida ko‘plab guruh odamlar qatori
muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha oddiy
askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar kabi davlat xizmatchilariga
ham shahar yo‘lovchilar jamoat transportidan bepul foydalanish huquqi berilgan.
8
Shu kabi boshqa qonunlarda ham davlat xizmatchisining huquqlari belgilab
qo‘yilgan. Bunday qonun hujjatlari qatoriga, eng avvalo, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, Mehnat kodeksi, Sudlar to‘g‘risidagi qonun, Prokuratura
to‘g‘risidagi qonun, Davlat bojxona xizmati to‘g‘risidagi qonun, Davlat soliq
xizmati to‘g‘risidagi qonun va boshqa qonunlarni keltirishimiz mumkin.
2. Davlat xizmatchilari jinoiy javobgarlikka tortish asoslarini va tartibini tahlil
qiling. Amaliy misolar keltiring.
Davlat xizmatchilari boshqalar kabi o‘z xatti-harakatlari uchun qonunda
belgilangan tartibda javob beradi. Davlat xizmatining muhim tamoyillaridan biri
qonuniylik hisoblanadi. Davlat xizmatchilari o‘z faoliyatini qonunga va ular
asosidagi hujjatlarga binoan olib boradi. Amaldagi qonunchilikda nafaqat davlat
xizmatchilarini rag‘batlantirish, balki qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka:
intizomiy, ma'muriy, moddiy va jinoiy javobgarlikka tortish ham nazarda tutilgan.
Davlat xizmatchisining jinoiy javobgarligi O‘zbekiston Respublikasining
Jinoyat kodeksiga binoan quyidagilardan biri bo‘lishi mumkin:
hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish (205-
modda);
hokimiyat yoki mansabdor vakolati doirasidan chetga chiqish
(206-modda);
mansabga sovuqqonlik bilan qarash (207-modda);
hokimiyat harakatsizligi (208-modda);
pora olish (210-modda);
pora berish (211-modda);
pora olish berishda vositachilik qilish (212-modda) va boshqalar.
Ushbu tarzda jinoiy javobgarlikning belgilanishi davlat xizmatchisining,
ayniqsa, mansabdor shaxsining o‘z harakati yoki harakatsizligida g‘uluga ketishdan,
haddan oshishdan saqlash, aybdorga jazo tayinlash orqali qolgan davlat
xizmatchilariga jinoyat uchun jazo muqarrar ekanini ko‘rsatish va boshqalar maqsad
qilib olingan.
Lekin mening fikrimcha, ushbu jazo turlari ayrim doiralarda ishlamaydi.
Shuning uchun yuqori davlat xizmatchilari uchun jazoni aynan belgilash maqsadga
muvofiq deb hisoblayman. Vazirlik va boshqa yuqori lavozimda ishlovchi
mansabdor shaxslar aksariyat hollarda jazodan qutulib qolishiga guvoh bo‘lamiz.
Ularga nisbatan bunday javobgarlikning amal qilmasligi davlat xizmatining xalq
ko‘z o‘ngida obro‘sizlanishiga olib kelishi turgan gap.
Do'stlaringiz bilan baham: |