Qanday qilib (yana va yana) ishga tushiriladi Kat Manyalak tomonidan Transkripsiya



Download 15,98 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi15,98 Kb.
#196479
Bog'liq
5 part 1 - Dauranbek Majit uli Abdiganiev


Qanday qilib (yana va yana) ishga tushiriladi

Kat Manyalak tomonidan

Transkripsiya

Kat: Men Kat Manyalakman. Men “Y Combinator”da hamkorman va asoschilarga koʻp yordam beradigan narsalarimdan biri – bu ishga tushirishga tayyorgarlikdir. Bugun sizlarga aytib beradigan narsa ham mana shu. Shunday qilib, sizning ishga tushirishga boʻlgan munosabatingizni oʻzgartirmoqchiman. Koʻpchilik odamlar ishga tushirishni faqat bir marta amalga oshirish mumkin deb oʻylashadi, lekin men… Mana masalan, men hozirgina olti oy ishga tushirishga tayyorgarlik koʻrgan jamoa bilan gaplashdim. Ular oʻz mahsulotini barchaga ulashishdan oldin mehr bilan har bir pikselini mukammal qilishga harakat qilgan va hozir esa ular maqsad varagʻining har bir qatori ustida bosh qotirishmoqda, va bilasizmi, ular hamma narsani belgilangan vaqt bilan moslashtirishga harakat qilishmoqda. Lekin agar siz koʻpchilik startaplarga oʻxshab biron narsa ishga tushirsangiz, hech kimga bu qiziq boʻlmaydi. Va agar sizga oʻshangacha olti oy ketgan boʻlsa, startapingizni yana ishga tushirishga imkoniyat berilguncha startapingiz balki nihoyasiga yetar. Shunday bois, men har doim xafa boʻlaman. Men ishga tushirishni har doim amalga oshirish mumkin boʻlgan narsa sifatida qarashingizni xohlayman. Men ishga tushirish faqatgina vaqtning bir lahzasida boʻlishi haqidagi fikrni yoʻq qilishni xohlayman, sababi agar sizda hammasi yaxshi boʻlsa, va agar siz yangi mahsulotlarni va yangi funksiyalarni ishga tushirsangiz, siz hech qachon ishga tushirishdan bosh tortmaysiz. Shunday ekan, keling, ishga tushirishning barcha yoʻllari haqida gaplashayik. Mana bugun oʻtmoqchi boʻlgan ishga tushirishning har xil imkoniyatlari. Men bularning press-relizdan boshqa har biriga alohida toʻxtalib oʻtaman. Matbuotni ishga tushirish boʻyicha startaplar toʻgʻrisida oldingi maʼruzada tanishdik va men oxirida unga havola va baʼzi manbalar bilan oʻrtoqlashaman, ammo biz bularning koʻpini yoritamiz. Va bu narsalarning koʻpchiligini siz Startap Maktabida amalga oshirayotgan boʻlishingiz kerak. Keling boshida nima uchun uzluksiz ishga tushirish zarurligi haqida gaplashaylik.



Demak, sizning toʻliq ishlaydigan mahsulotingiz boʻlmasdan oldin ham, siz oʻzingizning taqdimotingizni mashq qilish va uni takomillashtirish imkoniga egasiz. Siz uni A/B-testidan oʻtkazingiz va odamlar gʻoyangizga aslida qadnay reaksiya bildirishini koʻrishingiz mumkin. Va keyin sizda MVP yoki boshqacha aytganda mahsulotingizning eng boshlangʻich versiyasi mavjud boʻlganida, turli kanallar boʻyicha ishga tushirish sizga odamlar ushbu mahsulotingizning boshlangʻich versiyasiga qanday reaksiya bildirishini koʻrish imkoniyatini beradi. Bilasiz, yana turli kanallarda ishga tushirish sizga kerakli foydalanuvchilar bilan gaplashayotgan yoki yoʻqligingizni aniqlashga ham yordam beradi, sababi bilasiz, bitta kanalda ishga tushirib hech qanday javob olmasligingiz mumkin, keyin boshqa kanalda ishga tushirsangiz siz koʻpgina javoblar olasiz. Shu tariqa, bu sizga yaratayotgan narsangiz uchun mos foydalanuvchini aniqlashga yordam beradi. Keling, Startap Maktabida qilishingiz mumkin boʻlgan baʻzi ishga tushirish turlari haqida gaplashaylik. Va men Startap Maktabi boshlanganidan beri hozirgacha sizlardan 1000tangiz ishga tushirganingizdan xursandman. Aqlbovar qilmaydi. Demak, men forumga joylagan asoschilarning 10 ta tasodifiy Startap Maktab kompaniyasini tanlab oldim va ularning faqatgina yarmida maqsad varagʻi bor edi. Buni men jimgina ishga tushirib deb atayman va buning uchun maxsus hech nima talab qilinmaydi. Sizga kerak boʻladigan narsalar bular domen nomi, kompaniyangiz nomi, qisqa tavsif, kontakt va karakatga chaqiruv xolos. Mana masalan, bu asoschi forumga joylagan men topgan tasodifiy Startap Maktab kompaniyasi. Ularning kompaniyasi “Zn” deb ataladi. Ular domenga ega, ularning firma nomi bor, ularning bir qatorli qisqa matni bor, qisqacha tavsifi va harakatga chaqiruvi bor, yaʼni "Biz bilan bogʻlaning". Harakatga chaqiruv “Bizning axborot byulletenimizga obuna boʻling” yoki “Ishga tushirganimizda koʻproq bilish uchun obuna boʻling” kabi boʻladi. Masalan, “Product Hunt”da “Ship” deb ataluvchi ishga tushirishdan oldingi kompaniyalari uchun haqiqiy mahsuloti bor va potensial foydalanuvchilar qiziqishini toʻplashning yoʻlidir. Mana masalan, bu Dizaynerlar Maktabi deb ataluvchi narsa va buning asoschilari tomonidan qisqacha kirishi, kompaniyaning nima qilishi haqida qisqacha tavsifi va “Obuna boʻling” degan harakatga chaqiruvi bor. Bilasizki, siz “Product Hunt”ga oʻtishingiz va bu betlarning bittasini sozlashingiz mumkin. Lekin albatta, siz oʻzingizning maqsad varagʻingizni nihoyatda tez va oson yaratishingiz mumkin va bu shunday boʻlishi kerak, agar sizda bu boʻlmasa shu hafta oxirida qilasiz.

Demak, keyingisi – doʻstlaringizni va oilangizni ishga tushirish. Agar siz gʻoya bosqichida boʻlsangiz, oʻzingizning qisqa taqdimotingizni oilangizda va doʻstlaringizda sinovdan oʻtkazishingiz va ular qanday reaksiya bildirishini koʻrishingiz mumkin. Va sizda MVP boʻlishi bilanoq, doʻstlaringiz va oilangizni imkon qadar tezroq ishga tushiring. Oʻzining dastlabki kunlarida “Reddit” faqatgina asoschilarning “YC” dagi partiyasi orasidagina mavjud boʻlgan. Bilasizki, faqatgina sakkizta kompaniya mavjud boʻlgan. Bu haqiqatdan juda kichik jamiyat boʻlgan. Men “Reddit”ning dastlabki kunlari qanday koʻrinishda boʻlganligini koʻrish uchun “Wayback Machine” dan foydalandim. U uncha koʻp oʻzgarmagan. Lekin, agar siz yaqinroq qarasangiz, bu aslida ular buni “upvotes” deb atagan ovoz berishdir. Ular buni “boosts” yaʼni kuchaytirgichlar deb atashgan. Bu 2005-yildagisi, adashmasam iyul. Shunday qilib, mana ular faqatgina oʻzlarining asoschilar jamiyati orasida tarqatish orqali oʻzlarining birinchi foydalanuvchilariga ega boʻlishgan. Men sizlarga beradigan maslahatlarim: mahsulotingizni doʻstlaringiz va oilangizgaulashing, ularning buni ishlatishini tomosha qiling, ularning yonida oʻtiring va fikrlarini soʻrang, ammo ushbu fazada juda uzoq qoling ketmang, sababi doʻstlaringiz va oilangiz sizning mahsulotingizga yoki yaratayotgan narsangizga aniq toʻgʻri, ideal foydalanuvchi boʻlmasligi mumkin va baʼzida ularning fikrlari haqiqiy foydalanuvchilarnikidek foydali boʻlmasligi mumkin. Misol uchun, agar Aleksis va Stiv buni ota-onasiga koʻrsatganida, ularning ota-onasi “Bu yana qanaqa laʼnati narsa?” deb oʻylashi mumkin edi. Shunday ekan, oʻsha oilangiz va doʻstlaringiz qurshovidan iloji boricha tezroq chiqib oling.
Download 15,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish