Qadim davrlardan boshlab jahon sivilizatsiyasini rivojiga katta hissa qo'shgan O'zbekiston xalqi faqat mustaqillik davriga kelib ro'shnolik ko'rdi



Download 0,53 Mb.
bet1/79
Sana11.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#656550
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
6-СЕМ. МАЪ.МАТ. Харакатлар стратегияси.маъруза-22.



KIRISh
Qadim davrlardan boshlab jahon sivilizatsiyasini rivojiga katta hissa qo'shgan O'zbekiston xalqi faqat mustaqillik davriga kelib ro'shnolik ko'rdi. Milliy davlatchilik shakllandi, sobiq ittifoq davrida toptalgan milliy madaniyat va ma'naviyat qaytadan tiklandi, xalq haqiqiy erkinlikni o'z hayotida chuqur his eta boshladi. Mamlakatda bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining boshlanishi, xususiy mulkchilikning tiklanishi, butunlay yangi ijtimoiy qatlam – o'rta sinfning shakllanishi kabi o'zgarishlar demokratik qadriyatlarni o'sishiga zamin yaratdi. Fuqarolarning dunyoqarashida tub o'zgarishlar ro'y berdi. Totalitar mafkuradan butunlay holi bo'lgan yangi avlod shakllandi. Ular hayotida o'z atrofidagi voqeliklarga o'z mustaqil nuqtai nazari qarash, o'z taqdirini Vatan taqdiri bilan bog'liq holda his etish kabi qadriyatlar shakllandi. Mustaqillik davridagi buyuk o'zgarishlar haqida Prezident I.A.Karimov quyidagi fikrlarni bildiradi: ―Bugun insonning o'zi o'zgarmoqda, uning grajdanlik va siyosiy ongi, huquqiy madaniyati o'smoqda. Biz kommunistik mafkura asoratlaridan, boqimandalik kayfiyatidan, turli soxta qoliplardan to'la xalos bo'lib bormoqdamiz. Mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga ega, hayotga yangicha qaraydigan, sobiq mustabid tuzumga xos tushunchalardan ozod bo'lib voyaga yetayotgan, o'z fikri va qarashlariga ega bo'lgan navqiron yoshlarimiz hayotga ishonch bilan kirib kelmoqda, jamiyatimizda mustahkam o'rin olmoqda va mamlakatimizning taraqqiyoti yo'lida hal qiluvchi kuchga aylanmoqda.
Hayotimizda amalga oshirilayotgan bunday o'zgarishlar avvalo nimani anglatadi? ...Bu amaliy ishlar avvalambor mamlakatimizda zamonaviy demokratik jamiyat qaror topayotgani va izchil rivojlanayotganidan, aholining hayot darajasi va sifatining yuksalib borishiga zamin bo'layotgan iqtisodiyotimizning barqaror sur'atlar bilan o'sayotganidan, O'zbekistonimizning xalqaro maydondagi obro'-e'tibori tobora ortib borayotganidan darak beradi‖ .
Mustaqillik davrida mamlakatning iqtisodiy salohiyati ham yuksaldi. Sanoatning O'zbekiston uchun butunlay yangi sohalari – avtomobilsozlik, energetika - neft-gaz ishlab chiqarish, sanoat va uy-joy qurilishi, avtomobil va temir yo'l qurilishi, dori-darmon ishlab chiqarish kabilar shakllandi va rivojlandi. Mamlakat yalpi ichki mahsulotida shaxsiy sektorning ulushi ustuvorlik qila boshladi. Qishloqqa fermerlik va kichik biznes kirib keldi. Barcha ekin maydonlari fermerlarga bo'lib berildi. Xususiy mulkchilikni joriy etilishi oilalarning farovonligini o'sishiga kuchli ta'sir ko'rsatdi. Mamlakatda xo'jalik yuritishning rivojlangan mamlakatlar uchun xos bo'lgan shakli – bozor iqtisodiyoti munosabatlari tezlik bilan rivojlana boshladi.
Davlatning bosh islohotchilik rolini oshirish, kuchli ijtimoiy himoya siyosatini amalga oshirish jarayoni ―O'zbek modeli‖ asosidagi islohotlarni hech bir ijtimoiy larzalarsiz amalga oshirishga shart-sharoit yaratdi. Davlat byudjetining uchdan ikki qismiga yaqini ijtimoiy sohalarga ajratilishi mamlakatdagi siyosiy tuzumning asosan milliy manfaatlar va xalq farovonligini amalga oshirish yo'lida faoliyat yuritishini ifodalay boshladi.
Mustaqillikning chorak asrga yaqin davri ichida mamlakatning yuz yilliklarga teng bo'lgan rivojlanish yo'lini bosib o'tishi – bu mamlakat Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi va yo'lboshchiligi asosida fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishning asosiy strategik pirovard maqsad sifatida e'lon qilinishi, bu sohada ―O'zbek modeli‖ asosida islohotlarni bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilganligi bo'ldi. So'nggi o'n yillikda mamlakat yalpi ichki mahsulotining 8 foizdan ortiq ravishda o'sib borishi fikrimizning dalilidir.
Davlat siyosatining va jamiyat taraqqiyotining asosiy ustuvor yo'nalishlari insonga, uning farovonligi va erkinligiga qaratila boshlandi. O'zbekiston tarixida yangi bir davr boshlandi. Bu davr – fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish davri sifatida trixga kirdi.
Ko'rinib turibdiki, mamlakatda fuqarolik jamiyati strategik maqsad sifatida e'lon qilinishi natijasida yangi dolzarb vazifalar paydo bo'ldi. Ma'lumki, bu kabi jamiyatlar rivojlangan mamlakatlarda bir necha yuz yilliklar ichida nazariya sifatida shakllanib, XX asrning o'rtalaridan boshlab amaliyotda namoyon bo'ldi. Bu mamlakatlar tajribasini o'rganish, mamlakatimiz tarixida shakllangan fuqarolik jamiyatining milliy unsurlarini demokratlashtirish va ularni xorijiy tajriba bilan uyg'unlashtirish davr talabi sifatida o'zligini namoyon qila boshladi. Shuningdek, fuqarolik jamiyatiga doir nazariy va amaliy bilimlarni yoshlar ongiga singdirish mamlakat kelajagi va istiqbolini belgilovchi omil sifatida paydo bo'ldi. Chunki, yangi quriladigan jamiyatning belgilari hamda tarxi yoshlar ongi va tasavvurida namoyon bo'lmas ekan, bu ulug'vor vazifani bajarishga kirishib bo'lmaydi. Shuning uchun ham ―Fuqarolik jamiyati‖ faniga doir darslik va boshqa o'quv qo'llanmalarini yaratish amalga oshirilayotgan islohotlarning ma'naviy-ijtimoiy omili sifatidagi zaruriyatga aylandi.
Ko'rinib turibdiki, hozirgi davrga kelib fuqarolik jamiyati qurish islohotlari sharoitida yoshlarni bu jarayonda faol ishtirok etishlari va o'z dunyoqarashlarini fuqarolik jamiyati qurishga doir nazariyalar bilan boyitishlari uchun shar-sharoitlar yaratish eng dolzarb vazifalar sirasiga ko'tarildi.
Fuqarolik jamiyati fani hozirgi islohotlar davri yanada rivojlanishga doir izlanishlarni chuqurlashtirish jarayoni kun tartibiga qo'ygan vazifalardan kelib chiqib ―O'zbek modeli‖ asosida fuqarolik jamiyati qurish va uning istiqbollari to'g'risida bilimlar beradi. Shuningdek, bu fanni o'qitish jarayonida rivojlangan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati qurish tajribasi ham o'rganiladi, ular mamlakatdagi islohotlar natijasiga o'zgarishlar qiyoslanadi.
Mazkur fanni o'qitishda asosiy e'tibor talabalarning erkin fikrlashi, ularning jamiyatda ro'y berayotgan o'zgarishlarga nisbatan mustaqil o'z munosabatlarini shakllantirishga qaratildi. Fanning yana bir asosiy maqsadlaridan biri – bu yoshlarda vatanparvarlik his-tuyg'ularini yuksaltirish, ularning mamlakatga sadoqatini oshirish, yangi jamiyat qurishga befarq bo'lmaydigan inson sifatida tarbiyalash vazifalarni amalga oshirishdir.
O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani fuqarolik jamiyati qurish nazariyasi va amaliyotini ―Falsafa‖, ―Huquqshunoslik‖, ―O'zbekiston tarixi‖, ―Sotsiologiya‖, ―Iqtisodiyot‖, ―Milliy g'oya: asosiy tushuncha va tamoyillar‖ ―Siyosiy fanlar‖, kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan uzviy o'zaro aloqadorlikda o'rganadi, o'zining va mazkur fanlarning qonuniyatlariga ham tayangan holda qo'laniladi.
―Fuqarolik jamiyati‖ fanidan namunaviy dastur (bakalavr yo'nalishi uchun) asos qilib olindi.
e-mail: a.utamuradov@umail.uz

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish