Pul tizimi va uning tarkibiy qismlari



Download 2,7 Mb.
bet1/6
Sana16.06.2022
Hajmi2,7 Mb.
#676690
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi azamat Otaqulov


TOSHKEN VILOYATI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INISTITUTI

PEDAGOGIKA FAKULITETI
MAKTAB MENEJMENTI TA’LIM YO’NALISHI
20/2GURUH TALABASI
OTAQULOV AZAMAT NING
INNOVATSION IQTISODIYOT ASOSLARI FANIDAN
PUL TIZIMI VA UNING TARKIBIY QISMLARI” mavzusidagi
KURS ISHI taqdimoti
Ilmiy rahbar: “Pedagogika va menejment”
Kafedrasi o’qituvchisi A.SUYAROV

MUNDARIJA
KIRISH
I BOB PUL TIZIMI HAQIDA TUSHUNCHA.

    1. Pulning kelib chiqish tarixi

    2. Qog'oz pullarninig muomilaga kiritilishi.

II BOB O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PUL TIZIMI.
2.1. O’zbek milliy valyutasining joriy etilishi.
2.2. O'zbek so'mining hozirgi kundagi holati.
2.3 Hozirgi kunda zamonaviy eletron pullar.
Umumiy hulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

1.1.Pulning kelib chiqish tarixi

Pul sivilizatsiyamizdagi eng qadimiy va muhim ixtirolardan biri bo'lib, savdo-sotiq rivojlanishining yetakchi omili sifatida xizmat qildi. Pul joriy etilguncha savdo munosabatlari mahsulot ayirboshlash shaklida amalga oshirilar edi.Ibtidoiy munosabatlarga asoslangan har qanday jamiyatda insoning moddiy mavqei uning ba’zi bir mahsulotlarga egalik huquqi bilan belgilanar edi. Masalan, suruv-suruv qo‘yi, yilqisi, qoramoli yoki ziroatkor dalalari bor odam badavlat hisoblangan. Har bir hududda qimmatbaho sanalgan mahsulot bozor munosabatlarining vositachisi bo'lib xizmat qilgan.Qadimgi Afrikada kauri chig‘anoqlari, Shimoliy Amerika qabilalari orasida esa vampun chig‘anoqlaridan qilingan tizimlar mol ayirboshlash vositasi sanalgan.Keyinchalik qimmatbaho mahsulot va ashyolar o‘rnini mis,kumush, oltin kabi rangli metallar egalladi. Biroq bir bo‘lak metal bo‘lagiga aylangan boylikni asrash noqulaylik tug‘dirardi, yaxshilab yashirib himoya qilinmasa o‘g‘irlatib yoki oldirib qo‘yish hech gap emas edi. Shuning uchun ham Qadimgi sivilizatsiya rivojlangan hududlar - Mesopatamiya va Misrda xazinalar ibodatxonalar ichida joylashgan bo‘lardi. Ibodatxonalarning muqaddasligi haqidagi tushunchaning o‘ziyoq yomon niyatli kimsalarni qaytarib turardi. Davlat arboblari-yu, savdo xodimlari bu pullarga qanchalik ehtiyoj sezishmasin, ibodatxonadan olishga hech ham jur’at qilishmagan.Qadimgi Bobilda er.av. XVIII asrga taalluqli qaydnomalarda Xamurappi davrida davlat ibodatxonalardan qarz olganligi aytib o‘tiladi. Bu bank tizimining eng qadimiy ko‘rinishi bo‘lgan deb aytishimiz mumkin.
Bugungi kunda insoniyat ehtiroslarining ob’ekti hisoblangan pul savdo munosabatlarini yengillashtirib xaridorga qachon va qay tarzda mahsulot sotib olishni hal qilish imkonini berdi.
Bugungi kunda esa ijtimoiy-iqtisodiy status bank hisob raqamlaridagi mablag‘ miqdoriga qarab belgilanadi.
Insoniyat tarixidagi ilk tanga ishlab chiqaruvchi zarbxonalar eramizdan avvalgi VII asrda hozirgi Turkiya g‘arbida joylashgan qadimgi Efes shahrida paydo bo‘lgan. Tangalar tilla va kumushning tabiiy qorishmasidan ishlab chiqarilgan. Tangalar oval shaklda bo‘lib bir tomoniga belgi tushirilgan
Asosiy maqsad ilgari grammlab sotilgan qimmatbaho metallni endi pul sifatida muomalaga kiritish bo‘lgan va zarbxonalar tangalar tarkibidagi oltin(55%) va kumush (45%)nisbatiga qat’iy rioya qilganlar.
VII asr oxiriga kelib tanga zarb qilish tizimi butun Kichik Osiyo hududida ommalashdi. Badavlat Lidiya shohi Krez qiymati bir biridan farq qiluvchi toza oltin va toza kumush tangalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Tangalarning bir tomoniga arslon yoki ho‘kizning boshi tasviri tushirilgan edi.
Xuddi shu davrda Xitoyda ham parallel ravishda tanga zarb qilish ishlari boshlab yuborilgan edi. Biroq Xitoyning uddaburon ustalari eritilgan bronzani maxsus qoliplarga quyish bilan tanga zar qilishni yo‘lga qo'ydilar. Bu temir dastgohda tayyorlagandan o‘n chandon tez va samarali edi. Biroq Xitoy tangalari Lidiyanikidan farqli ravishda aylana emas, dastali pichoq yoki dastasiz belkurak shaklida edi. Tangalar Xitoy ierogliflari bilan bezatilgan edi. Er.av III asrda Xitoy yarim orolidagi kichik davlatlarni yagona imperiya ostiga birlashtirgan Chin Shi Xuandi muomala uchun qulay bo‘lgan dumaloq tangalarni zarb etishni yo‘lga qo'ydi. Tangalar aylana shaklda, o‘rtasida to‘rtburchak teshigi bo‘lib keyingi ikki ming yil davomida o‘z mavqeini yo‘qotmadi.

Gretsiya va Rimda ham er.av IV asrdan boshlab moliya va bank munosabatlari taraqqiy eta boshladi. Biroq ulardagi munosabatlar Xitoy yoki Kichik Osiyodagidan ko‘ra murakkabroq bo‘lib xususiy ishlab chiqaruvchilar, ibodatxonalar davlat bilan teng mavqeda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirar edilar.

Bugungi valyuta birliklarining ko‘pchiligi tarixi o‘rta asrlarda zarb qilingan qadimgi Rim tangalariga borib taqaladi. Vizantiyaning barqaror tilla tangasi - solidus keyinchalik Yevropa hududida ishlab chiqarilgan shillinglarga poydevor bo‘lib xizmat qildi. Eramizning VI asriga kelib Arab Xalifaligi hududlari kengayishi bilan solidus halifa Abd-ul-Malik zarb etgan dinorlar bilan birlashdi.

Keyingi asrlarda tilla solidus va shillinglar ortidan kumush chaqalar ham muomalaga kirib keldi. Ularning qiymati 1: 12: 20 (penni, shiling, funt) shaklida belgilanib Evropaning ko‘p davlatlarida XX asr o‘rtalarida o‘nlik tizim joriy etilmaguncha amal qilib keldi.

Shu o‘rinda dunyo moliya tarixida iz qoldirgan tangalardan biri Venetsiyaning 1284 yilda zarb etib boshlangan dukat va 1252 yilda Florentsiyada zarb qilingan fiorino doro (oltin fiorin)larni ham ta’kidlab o'tish o‘rinlidir. Tilla fioro Evropa bank tizimida yuksak qadrlanib shaharning bank tizimi taraqqiyotiga zamin bo‘lib xizmat qildi.


Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish