Potensial xavfli ob’ektlarning xavfsizligini ta’minlash. Binolarning to’satdan vayron bo’lishi va sabablari.
O‘quv savollari:
Potensial xavfli obektlar.
Binolarning vayron bo‘lish sabablari.
O‘zbekiston Respublikasida inson va jamiyatning barcha munosabatlari tartibga solinishi bilan bir qatorda sanoat xavfsizligi ham qabul qilingan shartlar va talablar asosida tartibga solinadi.
Sanoat xavfsizligi shaxs va jamiyat hayotiy muhim manfaatlarining ishlab chiqarish ob’ektlaridagi avariyalar va noxush hodisalardan hamda ularining oqibatlaridan himoyalanganlik holatidir.
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligini ta’minlash, avariya va jarohat etkazilishi bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qilish samaradorligini oshirish, avariyalar kelib chiqishi sabablarini belgilab beradigan qonuniyatlar va omillarni tadqiq etish, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini hisobga olish va identifikatsiyalash, sanoat xavfsizligi ekspertizasini o‘tkazish tizimini shakllantirish va rivojlantirish, sanoat xavfsizligini deklaratsiyalash, «Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar etkazganlik uchun xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridan foydalanayotgan tashkilotlarning javobgarligini majburiy sug‘urta qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan va hayotga tadbiq etilgan qonunlar va qonunosti xujjatlar asosida sanoat xavsizligi ta’minlanib va ushbu soha tegishli vazirlik va idoralar tomonidan muvofiqlashtirilib kelinmoqda.
Mazkur ma’ruzada sanoat xavsizligi talablari, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini identifikatsiyalash tartibi, prinsiplari va shartlari va shuning bilan bir qatorda xavfsizlik chora-tadbirlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlash, xavfli ishlab chiqarish ob’ektidagi avariyalarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarning etarliligi va samaradorligini baholash maqsadida xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida ishlab chiqiladigan sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish tartibi va qoidalari yoritiladi.
Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish:
sanoat xavfsizligi talablarini belgilashni;
sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini;
xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida qo‘llaniladigan texnika qurilmalarini sertifikatlashtirishni;
faoliyatni ayrim turlarini litsenziyalashni;
sanoat xavfsizligi ekspertizasini;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralarini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |