Portret va uning badiiy asardagi oʻrni oripova Gulnoza



Download 47 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi47 Kb.
#784275
Bog'liq
ALIJANOVA MAFTUNA 1-KURS MAGISTRANT MAQOLA(1)


PORTRET VA UNING BADIIY ASARDAGI OʻRNI


Oripova Gulnoza, FarDU katta oʻqituvchisi, filologiya fanlari boʻyicha falsafa
doktori (PhD), e-mail:gulnoza_oripova81@mail.ru,
Alijanova Maftuna Azimjon qizi, FarDU 1-kurs magistranti,
e-mail:gulchiroy_ibrohimova@mail.ru


Annotatsiya. Maqolada badiiy asar kompozitsiyasida portret, uning turlari va badiiy asardagi o’rni tadqiq qilingan.
Kalit so`zlar: Portret, kompozitsiya, dinamik portret, kontrast portret, ruhiyat tasviri, xarakter.
Annotation. The article examines the portrait in the composition of a work of art, its types and its place in the work of art.
Keywords: Portrait, composition, dynamic portrait, contrast portrait, mental image, character.
Аннотация. В статье рассматривается портрет в композиции художественного произведения, его виды и место в художественном произведении.
Ключевые слова: Портрет, композиция, динамический портрет, контрастный портрет, ментальный образ, персонаж.

Badiiy jarayon bir-biri bilan uzviy bog`liq, biri ikkinchisini to`ldirib keluvchi, yozuvchi niyatini osonlik bilan ochib berishiga yordamlashuvchi badiiy unsurlardan iboratdir. Asar kompozitsiyasida har bir unsur, detal badiiy qiymatga ega. Asar strukturasida badiiy unsurlarning o`zaro hamohang qo`llanishi yozuvchi badiiy mahoratini ko`rsatadi.


Badiiy adabiyot insonshunoslik ekan, unda inson ichki kechinmalari, o`y-xayollari, surati va siyratini ifodalash muammolari birlamchidir. Badiiy asarda inson tashqi qiyofasi, ruhiyati manzaralari tasvirlashda badiiy portret muhim rol o`ynaydi. Ma`lumki, portret (fransuzcha portraire – tasvirlamoq) kompozitsion unsur bo`lib, insonning tashqi qiyofasi va ichki olami haqidagi tavsifdir. “Portretga yana qahramonning gap ohangi, o`ziga xos qiliqlari va turli ruhiy holatlar munosabati bilan uning yuzida bo`ladigan o`zgarishlar (mimika) ham kiradi”[1,115]. Portret yaratish usullari quyidagilar: 1) statik portret; 2) dinamik portret; 3) kontrast portret.
Badiiy asarga xos hissiy-emotsional, estetik ta’sir asardagi aynan ruhiyat tasvirlarida ta’sirli ko`rinadi. Shuning uchun ham bunday tahlillar jahon va o`zbek adabiyotshunoslarining e’tiborini tortib kelgan. Adabiyotshunos olim A.Rasulov ta’kidlaganidek: “Psixologik belgilar portret tasvirida aniq ko`rinadi. Mohir san’atkor qahramonning portreti orqali uning qalbini chuqur yoritadi. Portret bilan xarakter yo`nalishi o`rtasida birlik bo`lishi, portret qahramon qalbini yoritishga xizmat qilishi lozim”[2, 173-179].
Rus adabiyotining yirik vakili M.Y.Lermontov ”Bizning zamonamiz qahramoni” romanida qahramon tashqi ko`rinishining dastlabki batafsil tahlili xususiyatlaridan birini ko`rsatib bergan. Ushbu asarda barcha badiiy vositalar muallifning asosiy niyati - qahramonning turli qahramonlarning ko`zlari bilan ko`rish asta sekin o`quvchini Pechorin shaxsiyati sirini ochib berishga yaqinlashtiradi, xarakteri ochib beriladi. Yozuvchi roman qahramonlarining tashqi qiyofasi va ichki siyratini ifodalashda dinamik portret unsuridan keng foydalangan.
”San’atkor yozuvchi qahramonning tashqi qiyofasini chizish orqali uning ruhiyatiga kirishga intilgan. Xususan portret unsurlaridan ko`z, yuz, ko’z yoshi va boshqalar. Portret san’atkor uchun qahramon ruhiy dunyosini ochuvchi kalit bo’lib xizmat qiladi” [2,177] Xarakterning psixologik portretini ochishda F.M. Dostoyevskiy o`zining “Jinoyat va jazo” romanida ikki o`rinda qahramonning tashqi qiyofasini tasvirlashga murojaat qiladi. Kitobning birinchi sahifalaridayoq u Roskolnikovni qisqacha tasvirlaydi: “Aytgancha, u juda chiroyli, ko`zlari qora, o`rtacha bo`yli, ingichkadan kelgan”. Keyinchalik asar davomida qahramon tasviri turfalanadi. “Raskolnikov juda rangpar, tarqoq va ma’yus edi. Tashqaridan u yaradorga o`xshab ko`rinar yoki qandaydir qattiq jismoniy og`riqni boshidan kechirardi. Qoshlari chimirilgan, lablari soliqqan, ko`zlari xiralashgan”. Raskolnikov o`zining tashqi qiyofasida aks ettirilgan axloqiy mohiyatini o`zgaradigan murakkab mafkuraviy halokatni boshidan kechirganini yozuvchi uning tashqi ko`rinishi orqali ifodalaydi. Jahon adabiyotida badiiy portret orqali inson tashqi qiyofasi va his-tuyg`ularini mukammal ifodalashda mahorat bilan foydalanilgan.
O`zbek adabiyotida Said Ahmadning “Qora ko`z majnun” hikoyasi qahramoni Saodat xola portreti ham o‘ziga xos tasvirga ega. “Saodat yoshligida juda chiroyli qiz bo`lgan. Sochlari taqimini o`pardi. Taraganda shamshod taroq ushlagan qo`llari sochining uchiga yetmasdi. Yarmini qismlab turib tarardi. Opasi bu sochlarni qirqta qilib o`rganda, yana shunchasi ortib qolardi.­

  • E soching qursin! -derdi opasi – qo`llarim o`g`rib ketti.

- Sochingni o`rdirishga odam kerak”. [3,52]
Saodat aya portreti tasviri orqali yozuvchi o`zbekona, milliy qizlarga xos sochi uzunlikni, soch o‘rish tasvirini keltiradiki, bu Saodat ayaning yoshlik chog‘lari haqida tasavvur hosil qiladi. Yillar o`tib, Bo`rixonning sog`inchi uning yuzidagi nurni, sochlaridagi qoralikni o`chirib yuboradi. “Ertalab kampir hech narsa bo`lmaganday o`rnidan turdi. Qumri qarasa onasining qolgan qora sochlari ham bir kechada oqarib ajinlari ko`payibdi”. N.V.Gogol haqli ta’kidlaganidek, ”yozuvchi hech vaqt oddiy nusxadan portret chizmaydi. U portret yaratadi”. Hikoyada farzandini yillar davomida kutgan ona sog`inchi uning sochlaridagi oqning oralashiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, Bo‘rixonning islom dinidan chiqib, xristianlik dinini qabul qilishi qolgan sochini ham bir kechada oqartirib yubordi. Yozuvchining mahorati shundaki, ayol ichki kechinmalari, ruhiyat manzaralari, dard to`la qalbi, nidolarini ifodalashda birgina soch tasviri orqali ayol portretini yaratgan..
Xulosa shuki, portret – obraz haqida boshlang`ichi ta`savvur beruvchi muhim kompozitsion unsur, uning ruhiy olamini ochib beruvchi adabiy vositadir. Mahorat bilan yaratilgan portret tasvirida qahramonning yoshi, qaysi ijtimoiy tabaqaga xosligi, kasbi, mashg’uloti, xarakteri, odobi, psixikasi, ruhiy holatlari, xattoki, qaysi davrga mansubligi ham o’z ifodasini topadi. Mohirona yaratilgan portret yozuvchining betakror uslubiy mahoratidan dalolat beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. I.Sulton. Adabiyotshunoslik nazariyasi. -Toshkent: O`qituvchi, 2005. – B. 115-117.

  2. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. - Toshkent: O`zbekiston, 2002. – B.173-179.

  3. Solijonov Y. Ko`zgudagi hayot. -Toshkent, 2013.

  4. S.Ahmad Tanlangan asarlar. -Toshkent: Sharq, 2000. – B. 52-60.

Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish