Plazma haqida tushuncha - Plazma (yun. plasma — shakllangan) — toʻliq yoki qisman ionlashgan va har bir elementar hajmdagi elektron va ionlarning yigʻindi zaryadi nolga teng boʻlgan gaz holati.
- Fizika va kimyoda plazma (yun. plasma — „shakl quyaman“) atamasi ostida gazga oʻxshash, zarrachalari ionlashgan modda holati tushuniladi. Gazni qizdirish uning atom yoki molekulalarini ionlantirib, plazmaga aylantirishi mumkin. Issiqlikdan tashqari kuchli elektromagnit maydoni (lazer yoki mikrotoʻlqin) yordamida ham plazma hosil qilish mumkin.
- Umumiy holda Plazmani tashkil etuvchi elektronlar, ionlar va neytral atomlarning oʻrtacha kinetik energiyalari birbiridan farq qilishi mumkin. Bunday termodinamik muvozanatsiz holatdagi Plazmaga noizotermik Plazma 0deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |