Mavzu: Mulkchilikning asosiy shakllari.
Kirish:
Reja:
1. Mulk va ularning turlari tushunchasi.
2. Mulk, uning turlari va shakllari.
3.Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni.
4.O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi,
yo’llari va usullari.
Mulk bu daromad olish ishlab chiqarish obeyktlarini o’z ichiga olish
ishlatish va ularning tasarruf etish foydalanish va ularni tasarruf etish maqsadida
ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan munosabat. Iqtisodiy aloqalar- ishlab
chiqarish vositalari bilan mulkiy munosabatlar.
Mulkning huquqiy toifasi – mulk to’g’risidagi tayinlanishning mol-ulkiga
bog’liqligi (qonun normalarda belgilngan). Mulkning huquqiga toifasi sifatida
mulkiy munosabat. Bu mol-mulkning mol – mulki yoki narsalarga bo’lgan
munosabatidir.
Mulkchikik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy
munosabatlaridan birini tashkil qilib insoniyat taraqiyotining mahsuli hisoblanadi.
Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda
jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. Shunday ekan,
mulkchilik munosabatlari – bu mulkga egalik qilish foydalanish tasarruf etish va
o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Mulkka egalik qilish mulkning egasi qo’lida saqlanib turishini bildiradi va
yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi.
Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiorida saqlangan holda, undan
amalda foydalanish esa boshqalar qo’lida bo’ladi. Bunga ijaraga berilgan mol –
mulkning misol qilib keltirish mumkin. Mulkdan foydalanish - bu mol – mulkning
iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishidir. Mol –
mulkni o’zlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojini
qondirish uchun ishlatilishini bildiradi. Mulkni tasarruf etish bu mol –mulk
taqdirining taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U mol – mulkni sotish meros
qoldirish hadya etish ijaraga berish kabi holatlarni erkin tanlash imkoniyati orqali
namoyon bo’ladi.
Mulkchilik munosabatlari uning obektlari va subektlari bo’lishini shart qilib
qo’yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik obektlaridir. Mulk
obekti bo’lib inson yaratgan moddiy va manaviy boyliklar tabiiy boyliklar aqliy
mehnat mahsuli insonning mehnat qilish qobiliyati – ishchi kuchi va boshqalar
hisoblanadi. Mulk obektiga asosiy bo’g’in – bu ishlab chiqarish vositalariga egalik
qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo’lsa ishlab chiqarilgan
mahsulot ham unga tegishli bo’ladi.
Mulkchilik munosabatlari uning obyektlari va subyektlari bo'lishini shart qilib
qo'yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik obyektlaridir. Mulk
obyekti boʻlib, inson yaratgan moddiy va ma'naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy
mehnat mahsuli, insonning mehnat qilishi qobiliyati - ishchi kuchi va boshqalar
hisoblanadi. Mulk obyektida asosiy bo'g'in bu ishlab chiqarish vositalariga egalik
qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki boʻlsa, ishlab chiqarilgan
mahsulot ham unga tegishli bo'ladi.
Mulk subyekti jamiyatda maʼlum ijtimoiy iqtisodiy mavqeiga ega bo'lgan, mulk
obyektini Oʻzlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari
boʻlib,
ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan boʻladi. Ayrim
kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik subyekti boʻlib chiqadi.
MULK, M i l k (koʻpligi - amlok) - ma’nodosh boʻlgan va koʻpincha aralash holda
qoʻllaniladigan istiloxdar (MLK oʻzagidan -"ega boʻlmoq"). Mulk ham
cheklanmagan hokimiyat (jumladan, podsho hokimiyatini) va shak-shubhasiz
xususiy egalikni, ham mana shu xususiy egalik ob’ektini, milk esa - faqat xususiy
egalik ob’ektini anglatadi. Xususiy egalik huquqi meros, sotib olish, in’om,
xususiy egalik ob’ektini yaratish (buyumlar yasash, unumsiz yerni oʻzlashtirish,
foydali qazilmalar qazib chiqarish va b.) va harbiy oʻlja sifatida bosib olish yoʻli
bilan vujudga keladi. M. muddatga ega emas,shuning uchun topib olingan
buyumning egasi noma’lum boʻlsa, topgan kishining xususiy mulki boʻla olmaydi
- uni xayriya maqsadlariga berish yoki sarflash lozim boʻladi (bundan qad.
xazinalar mustasno). Tashlandiq egasiz yer, uni qayta ishlagan shaxsning xususiy
yeriga aylanadi - bu holda yer oʻz mohiyatini yoʻqotgan, foydasiz boʻlib qolgan va
shuning uchun xususiy egalik ob’ekti boʻla olmaydi deb hisoblanadi. Biroq,
amalda tashlandiq yer koʻpincha oldi-sotdi ob’ektiga aylangan, demak uning egasi
hayotligida yerga ishlov berilmagan hodda ham xususiy egalik huquqi bekor
qilinmagan. Soliq belgilashdagi farqlar, soliq maqomining oʻzgarishlari yerga
xususiy egalik huquqiga ta’sir qilmagan. Butun oʻrta asrlar tsavrida katta-katta
mulk yerlari davlat boshliqlari ixtiyorida boʻlib kelgan. Musulmon huquqiga koʻra,
M. nafaqat moddiy ob’ektlar, balki turli huquqlar (mas., kanaldagi suvdan
olinadigan ulushga boʻlgan huquq) ham boʻlishi mumkin, ularni ham sotib olish va
sotish, garovga berish ham mumkin boʻlgan. Faqat musulmon kishi uchun foydasiz
yoki man etilgan narsalargana (vino, choʻchqa va b.) xususiy egalik ob’ekti
boʻlishi mumkin emas.
Mulk — moddiy va maʼnaviy neʼmatlarning muayyan kishilar egaligida boʻlishi va
ular tomonidan oʻzlashtirilishi; mulkka egalik huquqi hamda mulk obʼyektlariga
egalik, ularni boʻlish, taqsimlash boʻyicha kishilar oʻrtasida yuzaga keladigan
iqtisodiy munosabatlar. Mulk obʼyekti yer va yer osti boyliklari, korxona, bino,
inshootlar, mashina va uskunalar, tayyor mahsulot, pul, qimmatli qogʻozlar, sanʼat
va adabiyot asarlari, ilmiy va texnikaviy ishlanmalar va boshqalar boʻlishi
mumkin. Moddiy va maʼnaviy neʼmatlarni amalda oʻzlashtiruvchilar mulk
subʼyektlari, yaʼni egalari hisoblanadi. Bularga ayrim kishilar, oilalar, jamoalar va,
nihoyat, davlat kiradi. Mulkdan amalda foydalanib, bundan naf koʻrish mulkni
iqtisodiy tasarruf qilish hisoblanadi.
Kishilarning moddiy neʼmatlarni yaratishdagi, ularni taqsimlash va isteʼmol
etishdagi oʻrni, siyosiy hayotda tutgan mavqei, asosan, ishlab chiqarish vositalariga
egalik qilishlariga bogʻliq. Jamiyat taraqqiyoti tarixida egalik qilish shakliga koʻra
mulkning bir necha turi bor: ibtidoiy jamoa tuzumida ishlab chiqaruvchi kuchlar
gʻoyat past rivojlanganidan kishilar birgalikda, guruh-guruh boʻlib mehnat
qilishgan. Shubhasiz, shunday sharoitda mehnat qurollari va mahsulotlari
jamoaning umumiy mulki boʻlgan. Mehnat qurollari va mehnat malakasi
yuksalgach, kishilar yakka holda mehnat qila oladigan boʻldi. Bu oʻzgarish tufayli
jamoa mulki parchalanib, xususiy mulkka aylangan. Xususiy mulk — bu mulkni
oʻzlashtirishning xususiy usuliga asoslangan shakli. U 2 xil boʻladi: 1) individual
— yakka xususiy mulk, yaʼni ayrim shaxslar yoki oilalarga tegishli mulk; 2)
korporativ xususiy mulk, bu ham ayrim kishilarga qarashli, lekin aksiyadorlar
jamiyatidagi umumiy mulkning bir qismi sifatida mavjud boʻlgan mulk.
Korporativ mulk dividend keltiruvchi mulkdir. Jamoa mulki — bu jamoaga
ixtiyoriy ravishda birlashgan kishilarning umumiy mulki boʻlib, bu mulkning
egalari shu jamoada mehnat qilishi shart. Bu yerda mulk egasi ayni bir vaqtda shu
mulkni amalda ishlatuvchi ham hisoblanadi. Davlat mulki — davlat ixtiyorida
boʻlgan mulk, davlat hokimiyati organlari tomonidan tasarruf etiladigan
monopollashgan mulkdir. Bunday mulk obʼyekti — yer, tabiat resurslari, asosiy
vositalar, binolar, moliya, moddiy resurslar, axborot, moddiy va maʼnaviy
boyliklar boʻlishi mumkin.
Bu mulk ijtimoiy neʼmatlarni yaratishga xizmat qiladi.
Davlat bor yerda uning mulki mavjud, lekin ushbu mulkning milliy iqtisodiyotdagi
ulushi turli mamlakatlarda farqlanadi va mamlakat iqtisodiyotining modeliga
bogʻliq. Fuqarolik jamiyati doirasida davlat mulki tobora ijtimoiy yoʻnalish
olmoqda, yaʼni umummilliy manfaatlarni himoya qilishga yoʻnaltirilgan. Ijtimoiy
mulk — tarixan sobiq sotsialistik mamlakatlarda mavjud boʻlgan. Bunda kishilar
mulk egasi sifatida teng boʻladi, shuning uchun har bir kishining jamiyatdagi
mavqei, turmush darajasi uning mehnati bilan belgilangan.
Mulkga egalik va uni tasarruf etish muayyan iqtisodiy munosabatlarni paydo etadi
va u mulkchilik munosabatlari deb ataladi. Mulk paydo boʻlishi uchun mulkka
aylanadigan narsalar naf keltira olishi zarur. Mulkchilik munosabatlari mulkni
kishilarning oʻziniki yoki oʻzganiki ekanligini bildiradi. Bunday munosabatlarning
3 jihati bor: 1) mulkka egalik qilish, yaʼni mulkdorlik huquqining mulk egasida
saqlanib turishi; 2) mulkdan foydalanish va uni amalda ishlatish. Mulkdan
foydalanilganda shaxsiy ehtiyojlarni qondirish yoki daromad topish yuz beradi.
Mulkdor oʻz mulkini ishlatganda egalik qilish va mulkdan foydalanish bir qoʻlda
toʻplanadi, mulk keltirgan nafni uning egasi tanho oʻzlashtiradi. Mulk oʻzgalar
qoʻlida ishlatilganda bundan olingan daromadni mulkdor mulkni amalda
ishlatuvchi bilan baham koʻradi; 3) mulkni tasarruf etish — bu mulk taqdirini
mustaqil hal qilish, yaʼni mulkni sotish, merosga qoldirish, hadya etish, garovga
qoʻyish kabi xatti-harakatlarni erkin amalga oshirilishidir. Mulkiy munosabatlarda
mulkni ijaraga berish muhim oʻrin tutadi. Yer, suv havzalari, bino va inshoot kabi
koʻchmas mulklar oddiy ijaraga beriladi. Qimmatbaho mashina va uskunalar
(traktor, kombayn, samolyot, teplovoz, paroxod, yuk avtomashinalari va vagonlar)
ijarasi lizing shaklida amalga oshiriladi. Mulk boʻlgan pul mablagʻlarni oʻz egasi
tomonidan, oʻzgalarga foydalanib turish uchun berish kredit shakliga kiradi. Mulk
milliy boylikni hosil etadi
Mulk –ishlab chiqarishning zarur sharti va ishlab chiqarilgan boyliklarning
ozlashtirilishi natijasi hisoblanadi. Insonlar buyumlarni, ne'matlarni oziniki qilib
olgandagina ozlashtirishlari mumkin, chunki jamiyatda ozganiki bolgan
ne'matlarni ozlashtirib bolmaydi.Har bir shaxs mulkdor bolish huquqiga ega
bolib,oz mulkidan ixtiyoriy ravishda va istalgan vaqtda foydalanadi. Mulk sohibi
oz mulkiga mustaqil tayanib ish koradi.
Mulk ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni egallash,
foydalanish va ularni tasarruf etish sohasida boladigan ijtimoiy munosabatlarning
majmui sifatida ta'riflanishi ham mumkin. Jamiyatning iqtisodiy mustaqilligini
ta'minlash mamlakatimizda bozor munosabatlarini shakllantirish bilan
chambarchas bogliq bolib, zero, hech qaysi bir mamlakatni mulkchilik
munosabatlarisiz tasavvur qilib bolmaydi. Ozbekiston Respublikasi Mulkchilik
togrisidagi qonuniga kora, mulkdor oziga tegishli mol-mulkka oz ixtiyoriga kora
egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Bunga asosan mulkdor oz
mulkiga bolgan huquqlarini ixtiyoriy ravishda oz xohishiga kora amalga oshiradi.
Mulkdorning oz xohishi deyilganda, uning oz erki, irodasi bilan ozining,
shuningdek boshqalarning yoki ijtimoiy manfaatlarini kozlab birovning tazyiqisiz,
zorlashsiz harakat qilishi nazarda tutiladi.
Mamlakatimizda kichik va orta biznes, xususiy tadbirkorlik yetakchi rol
oynaydigan kop ukladli iqtisodiyot jadal shakllanmoqda. Kichik biznesni
rivojlantirishni ragbatlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, tadbirkorlarning huquq
va manfaatlarini himoya qilish boyicha samarali mexanizmning amalda joriy
etilgani iqtisodiyotimizda katta ahamiyatga ega bolgan xususiy tarmoqni yanada
rivojlantirish va mustahkamlash imkonini berdi5.
Ozbekiston Respublikasi “Mulkchilik togrisida”gi qonuniga kora, mulkdor oziga
tegishli bolgan mulkka egalik qiladi, foydalanadi hamda tasarruf etadi.
Mulkni egallash huquqi –Mulkni qolda yoki unga nisbatan oz huquqlarini amalga
oshiradiga imkon beruvchi biron joyda saqlab turishga aytiladi. Birovning
ogirlatgan yoki yoqotggan mulkini qolda saqlashga qonunsiz egallash deb aytiladi.
Mulkdan foydalanish huquqi-Mulkning foydali xususiyatlarini olishga, mulkdan
iqtisodiy maqsadlarda foydalanishga tushunamiz. Mulkdan foydalanish huquqi,
mulkni egalik qilish huquqi bilan uzviy ravishda bogliqdir.Negaki mulkka egalik
qilmay turib, undan foydalanib bolmaydi. Ya'ni xalq ta'biri bilan aytganda, yoq
narsadan bor qilib bolmaydi. Ozganinig mulkidan kelishuvsiz, qonunda
korsatilmagan tartibda foydalanilsa, noqonuniy foydalanish deb topiladi.
Mulkni tasarruf etish huquqi – Mulkning taqdirini belgilashga, mulk yuzasidan
boshqa shaxslar bilan boladigan huquqiy munosabatni belgilash, ozgartirish, yoki
bekor qilishga qaratilgan huquqga aytiladi.Agar shaxs qonuniy ravishda tasarruf
etgan bolsa, boshqa shaxslar bilan mulk yuzasidan bitimlar , shartnomalar
shuningdek , mulkni sotish, hadya qilish, ijaraga qoyishi mumkin.
Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 17-moddasida korsatilishicha: Har
bir inson yakka holda, shuningdek boshqalar bilan birgalikda mulkka egalik qilish
huquqiga ega. Hech kim zoravonlik bilan oz mulkidan mahrum etilishi mumkin
emas.
Mulkdorlar ozlariga tegishli bolgan mol-mulkdan qonunga zid holda
foydalanishga, birovlarning mulkiy huquqlarini kamsitishlariga yol qoyilmaydi.
Oddiy misol qilib, agar shaxs biron-bir kop qavatli uy qurmoqchi bolsa, albatta
qoshnisining roziligini olib, keyingina uy qurishligi mumkin. Agar ozboshimchalik
bilan bu harakatni amalga oshirsa , tegishli tartibda harakati asossiz deb topiladi.
Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasida shunday deyiladi:
Mulkdor mulkdan foydalanishda ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar ,
yuridik shaxslar va davlatntng huquqlarini hamda qonuniy bilan qo`riqlanadigan
manfaatlarini buzmasligi shart.
Fuqarolik Kodeksining 192- moddasiga kora , yoqolgan ashyoni topib olgan shaxs
bu haqda uni yoqotgan shaxsni yoki ashyo egasini yoxud uni olish huquqiga ega
bolgan ozga ma'lum shaxslardan birontasini darhol xabardor etishi hamda topilgan
ashyoni shu shaxsga topshirishi shart.
Fuqarolik Kodeksining 193- moddasiga asosan, agar olti oy mobaynida
topilmaning egasi aniqlanmasa, ashyoni topib olgan shaxs unga egalik huquqini
qolga kiritadi.
Mulk shakli deganda- Moddiy ne'matlarni muayn subyektlarga tegishli bolishini
mustahkamlovchi va tegishli mulkning huquqiy rejimini belgtlovchi huquqiy
me'yorlar yigindisidan iborat.6
Ozbekiston Respublikasi FK ning 167-moddasiga Ozbekiston Respublikasi
quyidagi mulk shakllari mavjud:
1. Xususiy mulk.
2. Ommaviy mulk.
Shu bilan birga xususiy mulk ham bir necha turlarga bolinadi: a) yakka shaxsga
tegishli mulk.b)nodavlat yuridik shaxslar mulki. Ommaviy mulk esa: a)
Ozbekiston Respublikasi mulki. b) ma'muriy tuzilmalar mulki.(munitsipal mulk).
Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq, xususiy
mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat
qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi
mumkin. Demak davlat barcha mulk shakllarini himoyalaydi, ularga keng
imkoniyatlar yaratib beradi. Agar mulkdor qonundan chetga chiqqan holda faoliyat
olib borsa, oziga tegishli bolgan mulkdan mahrum bolishi mumkin. Fuqaro mulki
xususiy mulkning oziga xos korinishi bolib, mulkning boshqa turlariga nisbatan
quyidagi afzalliklariga ega:
1. Mulkdor har doim konkret shaxs boladi.
2. Mulkdor mulkka nisbatan eng yaqin boladi.
3. Bunday mulk tashmachilik, ogrilik, xojasizlikning qurboni bolish ehtimolidan
uzoq boladi.
Ozbekiston Respublikasi FK ning 209-moddasiga asosan xususiy mulkning
subyektlariga quyidagilar kiradi:
-uy-joylar, xonadonlar, dala hovlilar, ekinlar, hayvon va parrandalar, uy-rozgor
buyumlari;
- aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qogozlar;
-ishlab chiqarish; xizmat korsatish , savdo va boshqa xojalik faoliyati sohasidagi
korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshooatlar, uskuna, transport va boshqa
ishlab chiqarish vositalari;
-ixtirolar, seleksiya yutuqlari, sanoat namunalari va intellektual faoliyatining
boshqa natijalari;
- iste'mol qilishga va ishlab chiqarishga moljallangan har qanday boshqa mol-mulk
qonunlarga muvofiq xususiy mulk bolishi mumkin, ayrim mol-mulk turlari bundan
mustasno.
Ozbekiston Respublikasida ommaviy mulkning, xususiy mulk singari bir qancha
turlari mavjud. Bularga:
a) Ozbekiston Respublikasi mulki.
b) ma'muriy –hududiy tuzilmalar mulki ( munitsipal mulk)
Ozbekiston Respublikasi mulkiga quyidagilar kiradi: davlatga tegishli bolgan mol-
mulk, yer, yer osti boyliklari, suv, havo boshligi, osimlik va hayvonat dunyosi
hamda boshqa tabiiy boyliklar.
Ozbekiston Respublikasi ma'muriy –hududiy tuzilmalar mulkiga esa quyidagilar
kiradi: mahalliy budjet mablaglari, munitsipal uy-joy fondi va komunal xojalik
korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, xalq ta'limi, madaniyat, sogliqni
saqlash massasalari.
Ozbekiston Respublikasida yuridik shaxslarning mulk turlari quyidagicha
turlanadi:
a) mahalla mulki. b) ijara korxonasining mulki.v) xojalik shirkati mulki.g) diniy
tashkilotlarining mulki.ye) jamoat birlashmalarining mulki.
Chet el fuqarolariga Ozbekiston Respublikasi hududidagi mulklariga egalik qilish
huquqi beriladi. Davlat bu mulkning daxlsizligini va boshqa davlatlarga erkin
otkazilishini kafolatlaydi. Ozbekiston iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb
qilish borasida amalga oshirilayotgan keng miqiyosdagi islohatlar shu kafolatlar
mavjud ekanligidan kelib chiqib olib borilmoqda.
Mulkchilik turi va shakli bevosita bog'liq bo'lib, ijtimoiy hayotning aniq tarixiy
shartlari bilan oldindan belgilab qo'yilgan. Shu bilan birga, mulk turi ma'lum bir
ijtimoiy-iqtisodiy tizimning mavjudligi bilan belgilanadi. Ma'lumki,
mulkturlarining bunday tasnifi u bilan to'liq mos kelmasa ham, shakllanish deb
ataladi. Mulkchilikning har xil shakllari mulkchilik turlariga mos keladi. Xususiy
mulk ishlab chiqarish vositalari va natijalari jismoniy shaxslarga tegishli bo'lgan
joyda sodir bo'ladi. Kollektiv (guruhli) mulk mehnat va mulkning jamoaviy
birligini, ya'ni jamoaning har bir a'zosi ishlab chiqarish vositalari va
mahsulotlarning egasi bo'lgan ularning holatini ifodalaydi. Jamoat mulki - bu
umumiy narsadir, ayrim ob'ektlarning butun jamiyatga tegishli bo'lishi. Ushbu
mulk shakli, qoida tariqasida, davlat mulki shaklida harakat qiladi. Xususiy mulk
ustun bo'lgan bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat mulki quyidagilnatijasida
vujudga kelishi mumkin.
MULKCHILIK SHAKLLARI
SHaxsiy mulk-fuqarolarning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojlarini qondirishga
qaratilgan mulk
Aralash mulk
turli mulk shakllari sintezidan tashkil topib, shunga muvofiq tarzda
o'zlashtiriluvchi vosita va ne'matlar
Davlat mulki -
o'z vazifalarini bajarish maqsadida davlat tomonidan o'zlashti chi turli vosita va
ne'matlarga aytilad.
Yakka tartibdagi xususiy mulk - alohida olingan mulkdor tomonidan
o'zlashtiriluvchi vosita va ne'matlar
Korporativ xususiy mulk - ma'lum maqsad yo'lida o'zaro birlashgan mulkdorlar
mablag'iga asoslangan korxonalar tashkil etish orqali o'zlashtiriluvchi vosita va
ne'matlar
Xususiy mulk -
ayrim kishilar va guruhlarga tegishli bo'lib, yollanma mehnatdan foydalanib
daromad topishga qaratilgan
Affiliatsion mulk umumiy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun mulkning
bir shaklida, bir nechta yuridik yoki shaxslarning kapitalini o'z ichiga oladi. Biz
o'zaro hissasi (ishlab chiqarish, er, pullar, moddiy qiymatlar, innovatsion g'oyalar)
asosida tashkil etilgan korxonalar haqida gapiramiz.
Korporativ mulk kapitalning mulkiy sarlavhalari - aktsiyalarning bepul sarlavhalari
tomonidan shakllangan kapitalning ishlashiga asoslanadi. Harakatning har bir egasi
aktsiyadorlik jamiyatining egasi hisoblanadi.
Doirasida Davlat mulki Jamoat, davlat va milliy mulki ajratilishi kerak.
Kollektiv mulk U jamoa xodimlari orasida ushbu korxonada band bo'lgan jamoa
xodimlari orasida shakllantiriladi (bunday yopiq aktsiyadorlik jamiyati).
Davlat mulki Bu jamiyatning barcha a'zolarining mulkiy vazifasini bajaradi. Biroq,
mulkchilik munosabatlari orqali tayinlash munosabatlarini amalga oshirish
davlatning barcha qatlamlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini, jamiyatning
barcha qatlamlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini aniqlash uchun
mo'ljallangan.
Umumiy mulk U butun jamoat domenining o'ng tomoniga (to'g'ridan-to'g'ri) va bir
vaqtning o'zida hamma va har bir kishiga tegishli ekanligini taxmin qiladi.
"Rossiya Federatsiyasida xususiy, davlat, munitsipal va boshqa mulkchilik
shakllari tan olingan va himoyalangan (Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasining
8-moddasi).
Ga mulkchilikning boshqa shakllari Mamlakatimiz quyidagilarni o'z ichiga oladi.
Individual mulk. Ushbu shakl bitta mavzuda kontsentratsiya qiladi: mehnat,
menejment, daromad va mulkni yo'q qilish. Zamonaviy iqtisodiyotda, ular deb
atalmagan mulkdorlar deb nomlanish uchun bu erda hisobga olinishi mumkin.
Rossiyada bu bo'lishi mumkin: dehqonlar, etakchi fermer xo'jaligi; individual
savdogarlar (shu jumladan "transport vositalarida"); Himoya shifokorlari;
Advokatlar, mehnat, menejment, daromad va mulkni yo'q qiladiganlar.
Kooperativ mulk. Ushbu shakl individual egalarning ittifoqiga asoslanadi.
Hamkorlikning kooperativida o'z mehnat va mol-mulkida qatnashadi, dona
daromadlarni taqsimlashda teng huquqlarga ega.
Aktsiyadorlik. Bu qimmatli qog'ozlar - aktsiyalar va obligatsiyalarni amalga
oshirish va amalga oshirish natijasida yaratilgan guruhli xususiy mulk. Qimmatli
qog'ozlar mavjudligi aktsiyadorlik mulkchilikning o'ziga xos xususiyati
hisoblanadi.
Aralash mulk. Bu ish turli shakllar va mulkiy munosabatlarning tarqalishi
natijasida, individual shakllarning ichki miqdori murakkablashadi. Masalan, davlat
korxonalarida xususiy tavsiyalar va kooperatsion xarakterga ega bo'lishi mumkin.
Rossiyaning o'tish davri iqtisodiyotida bu jarayon muhim miqyosda amalga
oshirildi.
Birlashtirilgan shakllar. Zamonaviy iqtisodiyotni samarali ishlash va amalga
oshirish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish turli xiLda bo’ladi.
Jamoa mulki - muayyan maqsad yo‘lida o‘zlarida bo‘lgan ishlab chiqarish
vositalarini umumlashtirib jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va
ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o‘zlashtirishni bildiradi. Jamoa mulki
davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to‘lab korxona qurishi, aksiya
chiqarib, ularni sotish kabi yo‘llar orqali paydo bo‘ldi. Jamoa mulkining muhim
xususiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mehnat mahsuliga ayrim
shaxslar emas, balki ma’lum guruh, kishilar egalik qiladi. Jamoa mulkiga
kooperativlaming, ijara va jamoa korxonalarining, aksiyadorlar jamiyatlari,
xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlar-ning
mulki kiradi.
Shaxsiy mulk - bu fuqarolar mulki bo‘lib, ularning oilaviy faoliyat yuritishida
shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishiga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan
shaxsning yoki uning oila a’zolarining mehnati va undan kelgan daromadlari
asosida ko‘payadi va rivoj topadi.
Fuqaroning shaxsiy mulki asosan, ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan,
o‘z xo‘jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va
ko‘payadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan olinadigan
dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbalarga ham
asoslanadi. Shaxsiy mulk ob’yektlari - bu turar joylar, bog‘-hovli va uylar,
transport vositalari, pul jamg‘armalari, uy-ro‘zg‘or va shaxsiy iste’mol buyumlari,
yakka tartibda va boshqa xo‘jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish
vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo‘lishi mumkin.
«O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida»gi qonunda ko‘rsatilganidek,
savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, iqtisodiyotning boshqa
tarmoqlaridagi kichik korxonalar fuqaro va uning oila a’zolarining mulki bo‘lishi
mumkin. Shaxsiy mulk ob’yektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib,
daromad topish yo‘lida ishlatilishi mumkin.
Xususiy mulk - ayrim tadbirkorlarga qarashli bo‘lib, yollanma mehnatga
asoslangan holda daromad olishga qaratilgan mulkdir.
Bozor tizimida alohida tartibdagi insonlar va ishlab chiqaruvchilar mulk
resurslarini ko’piga egalik qiladi. Kapitalga bu tarzda keng miqyosda egalik
qilishdan kapitalizm termini kelib chiqqan.
Xusisiy mulkdorlik insonlar va ishlab chiqaruvchilarga resurslardan o’zlari
istaganidek foydalanish imkoniyatini beradi. Xususiy mulkdorlarning meros
belgilash ayni paytda xususiy mulkdorlik institutlarini saqlab qolishga yordam
beradi. Mulk huquqlari investitsiya, innovatsiya, ayriboshlash, mulkni o’zida
saqlab qolish va iqtisodiy yuksalishlarga turtki bo’ladi.
Hukumat yordamisiz alohida tartibdagi tadbirkorlar yer va resurslardan hech
qanday foyda ko’rolmas edi. Mulk huquqlari ko’lamini tovar markalari, mualliflik
huquqlari va patentlar olish kabi masalalar ham tashkil etadi. Yakka tartibdagi
insonlarni huquqlarini hukumat tomonidan bunday himoyalanishi juda ko’p turli
faoliyat turlari bilan hadikmay harakatlanishini ta’minlaydi. Buning ustiga,
muldorlik huquqlari ayriboshlashni yengillashtiradi. Aytaylik, avtomobilning
hujjatlari yoki biror firma bilan tuziladigan rasmiy shartnoma uning huquq doirada
harakatlanayotganini ko’rsatadi. Shunigdek, mulkka aloqador huquqlar o’z mulkini
qiymatini oshirish yoki saqlab qolish uchun uni takomillashtirishga yoki saqlab
qolishga rag’batlantiradi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, mulkdorlik huquqlari
insonlarga tovar ishlab chiqarish va xizmatlarni himoya qilish va saqlab qolish
uchun ketkazgan vaqt va resurslardan ularni ishlab chiqarishda foydalanishga
yordam beradi.
Ishlab chiqaruvchi korxonalarning uchta asosiy qonuniy shakllari mavjud:128
Yagona boshqaruvga asoslangan mulkdorlik-ka bir inson egalik qiluvchi va
boshqaruvchi korxona kiradi. Odatda, mulkdor butun ishlab chiqarish jarayonini
boshqarib boradi.
Ishlab chiqarish muassasasining o’zaro hamkorlikka asoslangan sheriklik shakli
yagona boshqaruvga asoslangan mulkdorlikni tabiiy kattalash-tirilgan turi
hisoblanadi. Bunda korhonada, ishlab chiqarishni amalgam oshirish uchun bir
necha ishchi xizmatchilar hamkorlikda ish olib boradilar. Odatda, ular o’zlarining
moliyaviy resusrslari va biznes mahoratlarini baham ko’radilar. Natijada, ular
yo’qotish va foydaga erishishda tavakklachilikka asoslanadi.
Korporatsiya resurslar va aktivlarga ega bo’ladi, tovarlarni ishlab chiqaradi va
sotadi, qarzlar oladi, kreditlarni cho’zdiradi, qonuniy da’volar ochadi yoki unga
nisbatan qonuniy da’volar qo’zg’atilishi mumkin va ishlab chiqarishni boshqa
turlari bajaradigan vazifalarni bajaradi. Korporatsiya yakka tartibdagi
aksionerlardan farq qiladi. ko’p korporatsiyalar yollanma boshqaruvchilar
tomonidan boshqariladi.
Biznes korxonalarining korporativ boshqariluv shakli ko’pgina afzal-liklarga ega
bo’lib, ularni AQShdagi eng katta foyda ko’ruvchi va savdo faoliyatlarini amalga
oshiruvchi qilib shakllantirgan. Korporatsiya o’z imkoniyatlari va ishlab chiqarish
ko’lamlarini kengaytirishni moliyalashtirish uchun pul-mablag’larini yig’adigan
biznes tashkiloti turning eng samarali turi hisoblanadi. Korporatsiya aksiya va
obligatsiyalarni sotish orqali yagona moliyalashtirish metodlariga ega bo’lib, bu
uni ko’p kishilarning moliyaviy resurslarini bir maqsadga yo’naltirishga imkoniyat
beradi.
Oddiy aksiya korporatsiya egaliligida baham ko’rishni ifoda etadi. Akiya sotib
olgan inson korporatsiyaning mutasaddi laviozimli ishchisini saylash va
dividendlar bo’lishib olishga huquqli insondir. Agar siz Out Tell korporatsiyasini
100000 ta aksiyadan 1000 tasini sotib olsangiz, kompaniya daromadlarining 1
foiziga ega bo’lasiz,bu esa sizga direktorlar komiteti tomonidan belgilangan
dividendlarni 1 foizini olishga va kompaniyani yuqori lavozimli kishilarini saylash
ovozlarini 1 foiziga ega bo’lasiz.l mulkchilik shakllarini birlashtirish, har birida o'z
tarkibini o'z ichiga oladi. Natijada, birlashtirilgan shakllar hosil bo'ladi. Bularga
qo'shma korxonalar, xoldinglar, moliyaviy va sanoat guruhlari, tashvishlar, ishonch
va boshqa shakllar, huquqni kengaytirish, daromadlarni taqsimlash va mulkni yo'q
qilish.
Xususiy mulk huquqi qonun bilan himoyalangan. "Har bir inson mulkka egalik
qilish, ularning mulkiga egalik qilish, ularning ikkalasi ham, boshqa shaxslar bilan
birga, undan zavqlanish, zavqlanish va ularni boshqa shaxslar bilan birgalikda
tasarruf etish huquqiga ega
Xorijiy investistiyalar uchun bunday imtiyozlarning belgilanishi, shubhasiz, yaqin
yillar davomida mamlakatimizdagi mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish jarayonlarida ular ishtirokining yanada kengayishi va, buning
natijasida, mazkur jarayonlar samaradorligining sezilarli darajada oshishiga olib
keladi.
Res’ublikada xususiylashtirishning adresli yo’naltirilganligi uning navbatdagi
xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va
natijaliroq qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning adresli
yo’naltirilganligi uy-joylarning o’z egalariga imtiyozli yoki be’ul berilishida,
aholining ko’’roq muhtoj va zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlashning turli xil
dasturlari byudjet mablag’lari hisobiga qo’lanishida, qishloq aholisi o’z yordamchi
xo’jaligi uchun chek erlar olishi kabilarda ifodalanadi.
O’zbekistonda xususiylashtirishning to’lovliligi uning navbatdagi muhim
xususiyatidir. ‘ulni to’lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob’ektlarni
xususiylashtirishda mulkni be’ul taqsimlash bilan bog’liq salbiy holatlar bartaraf
etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan
asosiysi avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan
qo’llab-quvvatlashning moliyaviy manbalari ‘aydo bo’ladi, bozor infrastrukturasini
bar’o etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash
dasturini ro’yobga chiqarish uchun mablag’lar jamlanadi.
Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo’li orqali ularning mulkchilikning
boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan
mablag’lar shu korxonaning o’zini qo’llab-quvvatlashga, yangi raqobatlashuvchi
korxonalar bar’o etishga ham sarflanadi.
Navbatdagi muhim xususiyat - res’ublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish
chog’ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta’minlandi. Ijtimoiy
kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular xususiylashtirilayotgan
korxona mehnat jamoasiga akstiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi
mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infrastruktura ob’ektlarini be’ul
to’shirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog’lar va shu kabilarni
imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish, hamda soliq to’lashda ayrim imtiyozlar
berish kabilardir.
Ijtimoiy kafolatlar iste’mol savatining eng kam miqdorini kuzatib borish, eng kam
ish haqini, daromad solig’ini tartibga solish kabilarni ham o’z ichiga oladi.
Ijtimoiy muhofazalash davlatning barcha mulkdorlar: hissadorlar,
xususiylashtirilgan uy-joylarning, sotib olingan texnika va avtotrans’ort
vositalarining, er maydonlari, xususiylashtirilgan fermalar va boshqa vositalarning
egalarining huquqlarini himoya qilishda o’z ifodasini to’adi.
Res’ublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o’ziga xos boshqa jihatlari
‘rezidentimiz I.A.Karimov tomonidan bayon qilingan iqtisodiy islohotlarni amalga
oshirishning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Bular quyidagilar:
a) davlat mulkini xususiylashtirish res’ublikada amalga oshirilayotgan
islohotlarning ichki mantiqiga bo’ysindiriladi va ularning asosini tashkil qiladi;
b) mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi;
v) xususiylashtirishni huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlashda qonunlarga rioya
etiladi.
Res’ublikamizda xususiylashtirish bo’yicha qo’yilgan vazifa, davlat sektori bozor
sharoitida ham sezilarli rol o’ynashi inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning davlat
korxonalari saqlanib qolishi kerak bo’lgan sohalar ham mavjud. Bunday
korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon
beradigan xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Ishlab chiqarish usuli - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish
munosabatlari birligi hamda o’zaro ta’siri.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar - ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni
ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birligi.
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar - bu kishilar uchun zarur bo’lgan hayotiy
ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va is’temol qilish jarayonida
vujudga keladigan munosabatlar.
Ishlab chiqarishning texnologik usuli - mehnat vositalari, materiallar, texnologiya,
energiya axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish majmui.
Mulkchilik munosabatlari - mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni
o’zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Mulkdan foydalanish - mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy
hayotda qo’llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi.
Mulqni tasarruf etish - mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish.
Mulkka egalik qilish - mulkdorlik huquqining uning egasi qo’lida saqlanib turishi
va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shakli.
Mulk ob’ektlari - mulkka aylangan barcha boylik turlari.
Mulk sub’ektlari - mulk ob’ektini o’zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy
munosabatlar ishtirokchilari.
Xususiylashtirish - mulkka egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishi.
Davlat tassarrufidan chiqarish - davlat mulki hisobidan boshqa nodavlat mulk
shakllarining vujudga keltirilishi.
Xulosalar:
1. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bir xilda va tekis ketmay, uni turli
bosqichlarga ajratish mumkin. Mazkur bosqichlarini bilishda tarixiy-formastion,
madaniylashish (stivilizastiya) darajasi, texnika va texnologik taraqqiyot darajasi,
sostial-iqtisodiy shakllarning o’zgarishi kabi jihatlar bo’yicha yondoshuvlar
mavjud.
2. Iqtisodiy tizim har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy
munosabatlar – iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo’jalik mexanizmi va
iqtisodiy muassasalar majmuasini o’z ichiga oladi. Iqtisodiy nazariyada ko’’incha
iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi
bilan bog’lab, shu asosda dunyodagi mamlakatlar iqtisodiyoti an’anaviy
iqtisodiyot, ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlariga
ajratiladi.
Mulkchilik munosabatlari – shaxsiy, jamoa va davlat manfaatlarini o’zida ifoda
etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foydalanish borasida kishilar,
jamoalar, tarmoqlar, hududlar va davlat o’rtasidagi munosabatlar majmuasidir.
4. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va ma’naviy
ne’matlarni o’zlashtirish borasidagi iqtisodiy munosabatlarni o’zida aks etadi.
Agar mulkchilikning iqtisodiy mazmuni u yoki bu ob’ektni o’zlashtirish va
foydalanish borasida sub’ektlar o’rtasidagi munosabatlarni bildirsa, mulkchilikning
huquqiy mazmuni sub’ektning ob’ektga nisbatan bo’lgan munosabatini aks
ettiradi.
5. Mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish – korxonalar ustav
fondida davlat ulushining qisqarishi, ularning investistion jozibadorligini oshirish
va xorijiy investorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni kengaytirishga
qaratilgan kom’leks dasturdan iborat jarayondir.
Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkchilikning
rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan davlatning mono’ol hukmronligiga chek
qo’yib, jamiyatda faollik ko’rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbussiga keng yo’l
va imkoniyatlar ochib berishdan iborat. Aslida xususiylashtirish iqtisodiyotning
davlatlashtirishdan qaytish yo’llaridandir. Xususiylashtirish davlat mulkini ma’lum
darajada haqiqiy egalari -fuqarolarga berish demakdir. Ko’’incha xususiylashtirish
- bu davlat mulkini ishlovchilarga berish, deb talqin qilinadi. Aslida mamlakatning
barcha aholisiga davlat mulkini bo’lib berib bo’lmaydi, bunda aholining hammasi
mulkka ega bo’lib, ishlab chiqarishni tashkil etish, uni boshqarish ishlab chiqarish
hamda mahsulotni ayirboshlash kabi mashaqqatli ishlarni o’z zimmasiga
olavermaydi.
Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish jarayonida, avvalom bor,
xususiylashtirish yo’li bilan yaxshi iqtisodiy natijalarga erishgan mamlakatlar
tajribasidan to’laroq foydalanish va ular yo’l qo’ygan xatolar takrorlanmasligi
kerakki, bu bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlashi mumkin.
Xususiylashtirishni amalga oshirish uchun davlat mulkini xususiylashtirishning
keng ko’lami dasturini ishlab chiqarish zarur.
Xuquqiy jihatdan xususiylashtirilgan barcha korxonalarga erkin iqtisodiy xo’jalik
yuritish huquqi berilishi va davlat sektori bilan teng imkoniyatlarga ega bo’lishi
kerak. Davlat sektoriga nisbatan bu korxonalarga soliqlarni birmuncha kamaytirish
va ayrimlarini ma’lum muddatga soliqdan ozod qilish zarur.
Xususiylashtirish natijasida aholi orasida ijtimoiy jihatdan tabaqalanish yuz beradi
va kishilarning bajargan ishiga qarab oladigan haqi turlicha bo’lib, aholining
daromadlarida ham tabaqalanish yuz beradi. Kishilar turli sohalarda, masalan
biznesda turli shakllardagi mulkka ega bo’lib, akstiya sotib olish va korxona
mulkida o’z hissalarini oshirib borishga harakat qiladilar.
Xususiylashtirish orqali korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, ma’lum jamoa
va shaxslarga sotilgandan keyin faoliyatlarini bozorning shafqatsiz raqobat
qonunlari asosida tashkil etadi. Bozor korxonalarining yashovchanligini va ularni
doimo raqobat kurashida o’z manfaatlarini himoya qilishga majbur etadi. Mabodo
korxona raqobat kurashiga dosh berolmay sinsa, oldingi davrdagidek davlat
byudjetidan mablag’ hisobiga uni saqlab qolish hollariga xususiylashtirish orqali
barham beriladi.
Xususiylashtirish mulkning bir shaklidan ikkinchi shakliga o’tishni aks ettirmasligi
kerak, balki xususiylashtirish oldiga qo’yilgan vazifa katta bo’lib, ya’ni
xususiylashtirish orqali avvalo barcha sohani o’z qaramog’ida turli uslublar orqali
birlashtirib turgan davlat hukmronligini iqtisoddan ajratish uchun bir qancha
tadbirlarni ishlab chiqish kerak bo’ladi.
Davlat korxonalarini xususiylashtirish bu mulkchilikning rivojlanishiga, uning
yangi bosqichiga o’tishiga bo’lgan talabidan kelib chiqadigan bir jarayondir.
Xususiylashtirishning rivojlanishini ta’minlaydigan muhim omillardan biri - bu
ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlarning tashabbusi, ularning ishlab
chiqarishdagi faolligi hamda ishbilarmonligidir. Davlat mulkini xususiylashtirish
natijasida hokimiyat va ishlab chiqarish sohalariga yangi ishbilarmonlar, aholining
faol qismi jalb etiladi va mulkiy munosabatlarni rivojlantirishdan hamda mulk
shakllarini takomillashtirishdan aholining shu qismi manfaatdorgina bo’lib
qolmay, balki o’rta va quyi ijtimoiy qatlamni ham mulkiy munosabatlarni
takomillashtirishdan manfaatdor qiladi.
Davlat mulkini xususiylashtirish siyosati mamlakatning o’ziga xos xususiyatlarini,
mahalliy va milliy sharoitlarni, urf-odatlarni hisobga olgan holda olib borilishini
ko’zda tutadi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik
xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni
mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun zarur bo’lgan muassasalar
tizimi
vujudga
keltirildi.
Savdo, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiy va
jamoa mulki qilib berildi. Natijada, 1997 yilda savdo-sotik hajmi va umumiy
ovqatlanish yalpi mahsulotining 95 foizdan ortiqrog’i davlatga qarashli bo’lmagan
sektorga to’g’ri keldi. Uy-joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat
ixtiyorida bo’lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95
foizdan ortiqrog’i fuqarolarning xususiy mulki bo’lib qoldi.
Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |