3-Modul. AUDITNING NAZARIY ASOSLARI
6-MAVZU. AUDITNING MOHIYATI, ZARURLIGI VA AXAMIYATI.
Reja
6.1.Audit
va
auditorlik
faoliyatining
mohiyati.
O‘zbekiston
Respublikasining moliyaviy nazorat tizimida auditning tutgan o‘rni.
6.2.Audit maqsadi va vazifalari. Auditorlik faoliyatining rivojlanish
bosqichlari.
6.3. Audit va buxgalteriya hisobi o‘rtasidagi farqlar. Audit va taftish,
ularning o‘xshashlik va farqli tomonlari.
Tayanch
iboralar:
Audit
usullari,
hujjatli
tekshiruv,
inventarizatsiya,
kalьkulyatsiya, taftish, taxdid, ekspertiza, audit uslubi, auditning turlari, tashqi
audit, ichki audit, moliyaviy audit, qonunlarga moslikning auditi, iqtisodiy
samaradorlikning auditi, tavakkalchilikning auditi, auditning boshqa turlari, audit
turlarining o‘zaro bog’liqligi va farqlari, auditning huquqiy asoslari, «Auditorlik
faoliyati to‘g’risida»gi Qonun, «Buxgalteriya hisobi to‘g’risida»gi Qonun, audit
standartlari, auditorlik shartnomasi.
6.1. Audit va auditorlik faoliyatining mohiyati. O‘zbekiston
Respublikasining moliyaviy nazorat tizimida auditning tutgan o‘rni.
Audit shu kunga qadar uzoq tarixga egadir. Birinchi mustaqil auditorlar
Yevropaning aktsiyadorlik kompaniyalarida XIX-asrlaridayoq paydo bo‘lgan.
Audit so‘zi turli tarjimalarda u "eshitadi" yoki "eshitmoqda" degan ma’noni
anglatadi.
Auditning
paydo
bo‘lishi korxonani bevosita boshqarish bilan
shug’ullanayotganlar (ma’muriyat, menedjerlar) va uning faoliyatiga pul
qo‘yayotganlar (mulkdorlar, aktsiyadorlar, investorlar) manfaatlarini ajralishi
natijasi bilan bog’liqdir.
Moliyaviy ma’lumotni to‘g’ri ekanligini tekshirish va moliyaviy hisobotni
tasdiqlash uchun, aktsiyadorlarni fikri bo‘yicha ishonish mumkin bo‘lgan shaxslar
taklif etilar edi. Auditorga nisbatan qo‘yiladigan asosiy talablardan uning so‘zsiz
halolliligi va mustaqilligidir. Buxgalteriya hisobining murakkablashganligi
auditorning jiddiy malakaviy tayyorgarlikka ega bo‘lishligini taqozo etadi.
O‘rta asrlardan boshlab Yevropada hokimiyat shartnomalarini turli
javobgarlar tomonidan tasdiqlab, qayd etish odat tusiga kirdi va shu yo‘sinda asta –
sekin buxgalteriya hisobi va nazorat shakllana boshladi, XIV asrda ikki yoqlama
yozish usuli paydo bo‘ldi va mulk yo‘nalishi ustidan nazorat kuchaydi.
1862 yili Angliyada, 1867 yili Frantsiyada, 1937 yili esa AQSh da majburiy
audit to‘g’risidagi qonun qabo‘l qilingan. Hozirgi paytda bozor iqtisodiyoti
rivojlangan mamlakatlarda o‘zining tashkiliy huquqiy infratuzilmalariga ega
bo‘lgan audit institutlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |