M tojiyev, I. Nigmatov



Download 8,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/244
Sana15.11.2022
Hajmi8,77 Mb.
#866824
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   244
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M

866824


- -

■ 
.
M.TOJIYEV, I.NIGMATOV
HAYOT
FAOLIYATI
XAVFSIZLIGI
Ж


C V Z B EK IST O N R E S P U B L IK A S I O L 1Y VA 0 ‘RTA
M A X S U S T A ’L IM V A Z IR L IG I
M.X. TOJIYEV, L N1GMATOV
HAYOT FAOLIYATI
XAVFSIZLIGI
0 ‘zbekiston Respublika Oliy va o ‘r1a maxsus ta ’lint vazirligi
tomonidan oliy ta ’lim muassasalari talabalari uchun o ‘quv
qo ‘11 an mu sifatila nashrga tavsiya etilgan
TOSHKENT - 2012


UDK: 61.4.8.084(075)
68.9
T60
Tojiyev M.X.
Hayot faoliyati xavfsizligi: o ‘quv q o ila n m a / M. Tojiyev, I. Nigmatov; 
0 ‘zbekiston Respublika Oliy va o ‘rta maxsus ta ii m vazirligi, -Toshkent: 
«Tafakkur-Bo‘stoni», 2012 yil, 272 bet.
KBK 68.9
T a q r i z c h i l a r :
S. Sulaymonov
— Toshkent arxitektura-qurilish instituti 
professori, texnika fanlari doktori,
A.X. Yuldashev
- 0 ‘zbekiston milliy universiteti «Hayot 
faoliyati xavfsizligi» bo‘limi boshlig‘i,
I. Abdulqosimov -
Toshkent moliya instituti 
«Mintaqaviy iqtisodiyot» kafedrasi mudiri.
Mazkur o ‘quv qo‘llanma insonlarning hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash 
bilan b o g iiq bo‘lgan tadbirlaming huquqiy-me’yoriy hujjatlar doirasida tashkil 
eta oladigan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmaga ega bo'lgan insonni tayyorlashga 
m oijallangan mavzular, m a’lumotlar va tavsiyalar atroflicha muhokama etgan 
holda yaratilgan.
0 ‘quv qo'llanmada inson hayotiy faoliyati xavfsizligiga taalluqli boigan: 
mehnat faoliyatining fiziologik-gigiyenik asoslari, ish sharoitidagi mikroiqlim 
muhiti, ularning sanitar-gigiyenik m e’yorlari, mehnat muhofazasini boshqarish 
tizimi va uni nazorat qilish tashkiiotlari, mehnatni muhofaza qilishning huquqiy 
asoslari, tabiiy, texnogen va ekologik favqulodda vaziyatlardan fuqarolami, 
iqtisodiyot tarmoqlarini, moddiy boyliklarni, atrof muhitni himoya qilish, talafot 
ro‘y bergan hududlarda qutqaruv va tiklov ishlarini o‘tkazish, jarohat olgan 
insonlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yong‘in xavfsizligi masalalari va 
boshqa dolzarb mavzular ilmiy jihatdan asoslab keltirilgan.
0 ‘quv qoilanm a barcha oliy o‘quv yurtlarida ta iim olayotgan bakalavrlarga 
m oijallangan. Shuningdek, undan korxona va tashkilotlarning rahbarlari, 
xodimlari hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash ta iim tizimi tinglovchilari 
foydalanishlari mumkin.
ISBN - 978-9943-362, 
NAMAK3AN DAVLAT 
UNIVERSITETI
Ahborot-res'.' ^ m arkazl
69-7
© «Tafakkur-Bo‘stoni», 2012 yil


KIRISH
0 ‘zbekiston Oliy ta ’lim tizim ida «Ta’lim to ‘g ‘risida»gi Qonun 
va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» m azm un-mohiyati asosida tub 
islohotlar am alga oshirilmoqda. Talabalarga tez o ‘zgaruvchan axborotlar 
umm onidan ilm javohirlarini izlab topishda dasturulamal bo iadigan , 
ularda orttirilgan bilim, k o ‘nikm a v a m alaka asosida kasbiy mahoratni 
shakliantiradigan o 'quv adabiyotlam ing yangi avlodini yaratish ushbu 
islohotlam ing bosh talablaridan biridir.
Sayyoram izda ro ‘y berayotgan tabiiy, texnogen, ekologik xarakterdagi 
xavf-xatarlarni bartaraf etish, talafotlar ko‘lamini toraytirish, insonlar 
hayoti va ular tom onidan yaratilgan moddiy boyliklarga yetadigan 
zararlarning oldini olish yoki ulam i kamaytirishni ta ’m inlash o ‘ta muhim 
va dolzarb m uam m olar sirasiga kiradi. Shuni alohida ta ’kidlash lozimki, 
XXI asm ing boshlaridanoq xavfsiz hayotni ta ’minlash masalalari eng 
dolzarb m uam m oga aylanib qoldi. Chunki ishlab chiqarish jarayonining 
misli ko‘rilm agan yuksak taraqqiy etgan texnologiyalar bilan ta ’minlanishi, 
tabiiy rivojlanishdagi ayrim noxush vaziyatlam ing murakkablashuvi aholi 
salomatligi, atro f muhit tozaligi va iqtisodning barqaror rivojlanishiga 
tahdid solib turibdi. BM Tning «Xalqaro fuqaro muhofazasi tashkiloti» 
hujjatlarida: «dunyoda taraqqiyot shiddat bilan rivojlanib borishi bilan 
yonm a-yon xavf-xatar ham ortib boradi, shu bois barqaror rivojlanish 
kafolati bu - fuqarolar m uhofazasi»dir deb yozib qo‘yilgan. Shuning 
uchun insonlami hayot faoliyati xavfsizligiga tayyorlashga alohida e ’tibor 
berish m uhim aham iyat kasb etadi. Chunonchi, 0 ‘zbekiston davlatining 
ijtimoiy-sotsial taraqqiyotining asosiy omilini fuqarolam ing m ehnat 
qilishi v a ularning hayotiy faoliyatini m uhofaza qiiish tashkil etadi. Shu 
sababdan ham ishlab chiqarish tarm oqlarining asosiy m aqsadi, nafaqat 
yuqori k o ‘rsatkichda va sifatda m ahsulot ishlab chiqarish, balki ishlab 
chiqarish sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishda ishlovchilam ing 
jarohatlanishiga va kasb kasalliklariga uchrashlariga olib keladigsr 
manbalarni y o ‘qotishdan iborat.
Ishlab chiqarish tarm oqlarida ishlovchilar uchun qulay sanitariya- 
gigiyena sharoitlarini yaratish, o g ‘ir jism oniy kuch sarfianadigan m ehnat 
turlarini mexanizatsiyalashtirish, avtom atlashtirish, ish jarayonida yuzaga 
keladigan salbiy xavf-xatarlam i yo'qotish chora-tadbirlarini amalga 
oshirish, inson hayot faoliyati xavfsizligini ta ’m inlasbning bir qirrasini
3


tashkil etadi. Oxirgi yiliarda ko ‘pgina ishlab chiqarish tarm oqlarida ish 
sharoitlari yaxshilangan b o isa -d a , ayrim sohalarda bunday sharoitlar 
talab darajasida emas. Bunga sabab ishlab chiqarish das tgoh I arming 
eskirganligi, ishlab chiqarish m uhiti talablarining buzilishi, xavfsizlik 
vositalarining kamligi yoki yo'qligidir. Shular oqibatida ishlovchilam ing 
jarohatlanishi, kasallanishi ro ‘y berib, natijada m ehnat nogironiga aylanib 
qolmoqda. Shuning uchun ishlab chiqarish tarm oqlarida xavfsiz s o g io m
m ehnat sharoitini yaratish, ish jarayonidagi kam chiliklam i y o ‘qotish, 
mehnatni ilmiy tarzda tashkil etish, xavfsiz m ehnat uslublarini q o ilash , 
m ehnat charchoqliklarini chiqarish tadbirlarini q o ilash n i talab etadi. Bu 
vazifalar m ehnatni m uhofaza qilish b o ‘yicha qabul qilingan qonunlar, 
hukum at qarorlari va kerakli standartlar asosida am alga oshiriladi. Hayot 
faoliyati xavfsizligini ta ’m inlashning ikkinchi qirrasini atro f muhitni 
m uhofaza qilish tashkil etadi. Hozirgi davm ing eng dolzarb m uam m olari 
qatoridan biri - ekologik xavfsizlikni ta ’m inlash hisoblanadi. Chunki 
insoniyat o‘z taraqqiyotining turli davrlarida bu m asalalarga to ‘qnash 
kelgan, ammo hozirgi kecha-yukunduzda bu m uam m olam ing yechim ini 
kechiktirm ay hal qilish zarur hisoblanadi.
M a’lumki, atrof muhitni ifloslantiruvchi qator sanoat, qishloq x o ‘j aligi va 
qurilish m ateriallari ishlab chiqarish tarm oqlarida ishlatiladigan, olinadigan, 
tashiladigan, saqlanadigan zaharli v a zararli m oddalarning amosferaga, 
atro f m uhitga chiqib ketishi, to ‘kilishi, tarqalishi yer, suv va havoning 
ifloslanishiga olib kelmoqda. Jumladan, issiqlik elektrstansiyalarida, 
m etallurgiya sanoatida, avtom obilsozlikda y o q ilg ila m i yoqish natijasida 
hosil b o ia d ig a n zaharli gazlar atmosferani ifloslantirmoqda. Shulardan 
avtomobil transporti - 40% ni, energetika sanoati - 20% ni, sanoat ishlab 
chiqarish - 14% ni va m aishiy-kom munal va qishloq x o ‘jaligi - 26% 
ni tashkil qiladi. B irlashgan M illatlar Tashkiloti m aiu m o tlarig a k o ‘ra 
oxirgi 25 yil ichida 4 0 -4 5 mlrd. tonna turli yoqilg‘ilar yoqilgan, ulam ing 
yonishiga yiliga 10-15 mlrd. tonna kislorod sarflangan. Shuningdek, 
260 mln. dan ortiq avtomobil yiliga 80 mln. kishi yutadigan kislorodni 
yoki 1000 km yurgan yengil avtomobil bir kishining bir yillik yutadigan 
kislorod miqdorini sarflar ekan. Shunga o ‘xshash ayanchli holatlar 
kim yo, neftni qayta ishlash, rezina-texnika, sem ent ishlab chiqarish va 
boshqa sanoat korxonalaridan millionlab tonna zaharli gazlarni, sanoat 
changlarini atro f m uhitga chiqarilib vuborilishi oqibatida ekologik xavf- 
xatarlarni yuzaga keltirm oqda. A grar sohada ham qishloq x o ‘jaligi
4


m ahsulotlarining samaradorligini oshirish maqsadida, m e’yoridan ortiq 
miqdorda ishlatilayotgan k o ‘plab zaharli kim yoviy vositalar nafaqat atrof 
m uhitga x a v f soladi, balki olingan m ahsulotlar tarkibidagi ortiqcha nitrit 
birikmalari ham insonlar hayotiga x a v f tu g ‘dirmoqda. Bunday dolzarb 
m uam m olar xususida respublikam iz Prezidenti Islom Karim ov tomonidan 
ta ’kidlanganidek «Ekologik xavfsizlik muam mosi allaqachonlar milliy va 
mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umum iy m uam m osiga 
aylangan»1.
Yuqoridagi m uam m olar tufayli inson manfaatlari muhofazasi, ayniqsa, 
O 'zbekistonda davlat siyosatining birinchi darajasiga ko‘tarildi. Shu 
m unosabat bilan hozir 0 ‘zbekistonda ekologik harakatning tuzilishi 
bugungi davm ing dolzarb talabi hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgan 
m uam molarni hal qilishda 0 ‘zbekiston ekologik harakati tomonidan 
«Sog‘lom m uhit - inson salom atligi» g ‘oyasining am aliy bajarilishini 
ta ’miniash m aqsadida siyosiy, iqtisodiy v a ijtimoiy islohotlarni amalga 
oshirish jarayonida m avjud m uam m olarga y o ‘naltirilgan yondashuv 
nafaqat 0 ‘zbekiston, balki m intaqaning barqaror rivojianishida eng 
muhim omil b o iib , atrof m uhit xavfsizligi va inson salom atligi haqidagi 
g ‘oyalam i qo‘llab-quw atlash istagida b o ig a n m am lakatim izning yetuk, 
barkamol avlodlarini birlashtirishga y o ‘naltirilgan global aham iyatga ega 
harakat ekanligi e ’tiborga molik.
Ekoharakat - 0 ‘zbekiston fuqarolarining hozirgi va kelgusi avlodi 
qulay atro f m uhit sharoitida yashashi, aholi salom atligini yaxshilash, 
barcha tabiiy resurslarni m uhofaza qiiish va ulardan oqilona foydalanish 
ham da ularga so‘zsiz rioya etilishini ta ’m inlashga qaratilgan yangilanish 
jarayonlarini 
yanada chuqurlashtirishda jam iyatning 
bor kuch va 
salohiyatini safarbar qilishiga shubha y o ‘q.
Inson hayot faoliyati xavfsizligiga katta x av f keltiradigan omillardan 
yana biri - bu tabiiy ofatlar, avariyalar va halokatlar hisoblanadi. Tabiiy 
ofatlam ing turi xilma-xil b o isa-d a, ammo hududim izga xarakterli 
b o ig a n : yer silkinishi. tuproq, qor ko ‘chishlari, suv toshqini, sel 
hodisasi, qurg‘oqchilik ofatiari nafaqat insonlam ing hayotiy faoliyatiga, 
balki ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalariga ham katta x avf soladi. 
Jum ladan, bino, inshootlaming qulashiga, yashash, ishlash joylarining, 
ekinzorlarning suv ostida qolishiga, butun boshli qishloq, aholi yashash
1 LA. Karimov, 0 ‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik 
shartlari va taraqqiyot kafolatlari». — Т.: « 0 ‘zbekiston», 1997.
5


maskanlarining tuproq ostida qolishiga, Orol dengizidan k o ‘tari!ayotgan 
zaharli chang, tuzlar ekin m aydonlarining choilanishiga, sho‘rlanishiga 
olib kelib, oqibatda insonlam ing hayot faoliyati buzilishiga va o ‘limiga 
sabab b oim oqda.
Misol tariqasida 1975, 1991, 1994-yillarda Toshkent viloyatining 
Ohangaron tum anida ro‘y bergan yer surilishlari, 1999-yilda respub- 
likamizning «Qamchiq» dovonidagi qor k o ‘chkisi, 1988, 2002-yillarda 
F arg‘ona viloyatining Shohimardon hududidagi sel ofatlari, 
1976, 
1984-yillardagi Gazli, 1966-yildagi Toshkent zilzilalarini, va boshqa tabiiy 
ofatlam i aytish o ‘ririlidir. Har qaysi tabiiy ofat nafaqat iqtisodiy zarami
balki hech narsa bilan o ic h a b b o im ay d ig an m a’naviy zararlam i (insonlar 
o iim i) keltirib chiqaradi.
Butun jahon «Qizilxoch» hamjam iyati tashkiloti m a’lum otlariga k o ‘ra 
oxirgi 30 yil m obaynida butun dunyoda tabiiy ofatlardan qariyb 1 mlrd. 
inson jabrlangan (yiliga 40 mln. kishi) va bulardan ko ‘rilgan moddiy 
zararlar miqdori yiliga qariyb 100 mlrd. dollami tashkil etgan.
Avariya va halokatlar ham xavfli 
hodisalar bo‘lib, 
oqibatda 
inshootlam ing buzilishi, mashina, m exanizm, uskunalam ing yaroqsiz 
holga kelishi, y o n g in va portlashlar yuz berishi, zaharli va zararli 
m oddalam ing atro f m uhitga tarqalishi ham da boshqa salbiy zararlam ing 
kelib chiqishi inson faoliyatiga, hayotiga katta x a v f soladi. Jumladan, 
1986-yil 26-fevralda Chem obl (Ukraina) elektrstansiyasida ro ‘y bergan 
avariya natijasida 11 ta viloyat yerlari radioaktiv zarrachalar bilan 
zararlangani, 60 m ingdan ortiq odam lam ing yuqori darajali nurlanishdan 
o'lgani, 234 m ing kishi turli darajadagi nurlanish kasalligiga uchragani, 
130 m ing aholi o ‘z joylarini tashlab, evakuatsiya qilingani va bu 
halokatdan k o ‘rilgan moddiy zarar miqdori o ‘sha vaqtdagi narxda 8 
mlrd. rublni tashkil qilgan. Shunga o ‘xshash holat 2009-yil 17-avgustda 
Rossiyaning Sayan-Shushensk GESda yuz bergan avariyani, 2010-yilda 
Polsha Prezidenti va uning safdoshlari tushgan havo transporti halokatini 
ham da boshqa falokat va halokatlam i misol tariqasida keltirish o ‘rinlidir.
Demak, yuqorida ta ’kidlab o ‘tilgan ishlab chiqarish jarayonlarida 
m ehnat sharoitlarining buzilishi, atrof m uhitning ifloslanishi ham da tabiiy 
ofat, avariya va halokatlam ing yuz berishi natijasida insonlam ing hayotiy 
faoliyatlari xavf-xatarlar ostida ekanligini esdan chiqarm aslik kerak. Bu 
degani inson hayotining har daqiqasi va har soniyasi xavf-xatar ta ’siri 
ostida b o ia d i. Shu sababdan hozirgi kunda insonning hayot faoliyati
6


xavfsizligini ta ’minlash dolzarb m uam m olardan hisoblanadi. Aynan bu 
m uam m oning yechimini «Hayot faoliyati xavfsizligi» fani o‘rganadi.
«Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining asosiy m aqsadi insonlarning 
xavfsiz hayot faoliyatini ta ’m inlashdan iborat. Buning uchun XFX o ‘zining 
tekshirish obyektlari bo ‘yicha qabul qilingan qonunlar va hukum at 
qarorlari asosida inson hayot faoliyati xavfsizligini ta ’m inlashning nazariy 
bilimlarini, amaliy k o ‘nikmalarini ham da jarohatlanganlarga tez tibbiy 
yordam ko ‘rsatish qoidalarini o ‘rgatadi.
U shbu o‘quv qo'llanm ada har bir m avzuning mazmunini t o i iq
yoritishda ham nazariy, ham amaliy m a’lumotlar, mavzularni o ‘zlashtirish 
uchun tayanch so ‘z va iboralar, ulam ing m azmunini m ustahkam lash 
uchun savollar keltirilgan. M avzulam ing k o ‘rgazmali vositalar yordam ida 
bayon qilinishi, ulami tushuntirishda, yangi pedagogik texnologiyalarning 
q oilan ilish i, o‘quv qoMlanrnaning qiziqarli va ahamiyatli b o ‘lishidan 
tashqari, talabalam i mustaqil ta ’lim bo‘yicha m a’lum vazifalarni bajarishiga 
ham yordam beradi. M azkur o ‘quv qo‘llanm a zamon talablariga javob 
beradigan, yetarli m a’lumotlar keltirilgan holda yozilgan. 0 ‘quv q o ila n m a
barcha ta’lim y o ‘nalishidagi bakalavrlar uchun m o ija lla b yozilgan.
7



Download 8,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish