Botqoqlik
Botqoqlik
— yerning doimo yoki uzoq vaqt nam, zax boʻlib yotadigan joyi. B.da torf qalin (0,2—
0,3 m) boʻladi, oʻsimliklarning ildizlari torf ostidagi gruntga yetib bormaydi. Torf qatlami yupqa
boʻlsa, botqoqlashgan yerlar deb ataladi. B. xalq xoʻjaligida katta ahamiyatga ega. B.
quritilgandan soʻng torf asosan oʻgʻit, yoqilgʻi va mol tagiga toʻshama sifatida ishlatiladi, undan
kimyoviy mahsulotlar olinadi, qurilishda foydalaniladigan plitalar ishlab chikariladi. B. koʻpincha
oʻrmoni kesilib yoki kuyib ketgan joylarda va oʻgloqlarni uzoq muddat suv bosishi, shuningdek
sayoz suv havzalarini ut qoplashi natijasida hosil boʻladi. Oʻsimliklar tarkibi va oʻsimliklarning
oziklanish tartibiga koʻra B.lar 3 xil boʻladi: pastqam B., doʻng B. va oraliq B. Pastqam B. uchun
evtrof oʻsimliklar harakterli. Ular mineral tuzlarga boy grunt suvlari koʻp boʻlgan daryo
qayirlarida, vodiylarda, eski koʻllar oʻrnida va suvayirgʻichlarning pastqam joylarida uchraydi.
Bunday B.larda asosan, qiyoq, qamish, roʻvak, qirqboʻgʻimlar; daraxtlardan olxa (qandagʻoch) va
qayin oʻsadi. Pastqam B.da suv kalamushlari, dala sichqonlari, qunduz, balchiqchi, botqoqtovugʻi,
oʻrdak, gʻoz yashaydi, qobon, qamishzor mushugi, qizil gʻoz, saqoqushlar uchraydi. Doʻng B.
uchun oligotrof oʻsimliklar harakterli boʻlib, ular suvayirgʻichlarda yoki daryolarning baland
terrasalarida uchraydi va yogʻindan tashqari mineral tuzlari kam grunt suvlaridan toʻyinadi.
Oʻsimliklari kam. Doʻng B.lar oʻrmonli va oʻrmonsiz boʻladi. Oraliq B. oraliq holatni egallaydi va
yogʻindan hamda oʻrtacha minerallashgan grunt suvlaridan tuyinadi. Oraliq B. uchun mezotrof
oʻsimliklar xos. Qayin, qaragʻay, bardidoshlar, sfagn yoʻsinlari oʻsadi. B.larning koʻp qismi Shim.
yarim sharda boʻlib, qariyb 350 mln. ga.
Turkiston oʻlkasida B.lar yirik daryolar (Amudaryo, Sirdaryo, Chu va Ili daryolari) vodiysida,
yoyilmalarning tevarakatroflarida va pastqam joylarda uchraydi. Torf qatlami juda yupqa yoki
butunlay yoʻq, oʻsimliklardan qoʻgʻa va qamish oʻsadi. Sharqiy Pomirda, Oqsuv, Muzqoʻl daryolari
vodiylarida, Zoʻrkoʻl, Qorakoʻl va boshqa koʻllar atrofida ham B. koʻp.
Soʻnggi tahrir 6 yillar avval
Ximik1991Bot
tomonidan amalga oshirildi
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Botqoq
lik&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Botqoqlik&oldid=1823149
"
dan olindi
Adabiyotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |