Perseptiv obrazlarni kontur va sturkturaning ahamiyati
1.
Idrok va uning nazariyalari.
2.
Idrokning konstantligi.
3.
Idrok turlari.
4.
Idrokning yangi qirralari.
5.
Illyuziya va gallyusinasiya.
6.
Gestalt psixologiyasining asoslari.
Idrok va uning nazariyalari.
Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo‘lib
hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va
inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar,
kunikmalar bir
davrning o‘zida namoyon bo‘ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi.
Idrok tushunchasi lotin tilida “perceptio” qabul qilish, idrok deb
nomlanadi, uning yuqori bosqichi esa «appersensiya» (lotincha perception –
idrok, qabul qilish) deyiladi. Appersepsiya – idrok jarayonini shaxsning oldingi
bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivasiyasi, ehtiyojlari va
odatlari, umuman, ruhiy hayotning barcha mazmuni bilan belgilanishidir.
Appersepsiya hodisasi tufayli odamlar o‘zaro idrokining mazmuni bilan bir-
birlaridan muayyan
darajada tafovutlanadilar, yaʼni ular aynan bir xil narsani
o‘zining bilim saviyasi, maslagi, pozisiyasi, dunyoqarashi
va ijtimoiy kelib
chiqishiga asoslangan holda turlicha idrok qiladilar hamda aks ettiradilar.
Masalan, “ildiz” tushunchasini biologlar o‘simliklarning moddiy asosi sifatida,
matematiklar sonlarning ildiz ostidagi ko‘rinishida, ijtimoiy nuqtai nazardan
qarindosh-urug‘chilik shaklida ko‘z ungiga keltiradi. Psixologiya fanida idrok
muayyan shakllarga
ajratilib tadqiq qilinadi, vaqt, harakat, fazo yordami bilan
atrof-muhitning, biosferaning, ijtimoiy turmushning mohiyati yuzasidan
axborotlar maʼlumotlar, xususiyatlar aks ettiradi.
Borliqdagi narsa va
hodisalarning yashash shakli, uzluksiz ravishda harakatda bo‘lishi , muayyan
obʼektiv vaqt birligidagi hukm surilishi inson ongida bevosita inʼikos kilinadi.
Odatda, inson tomonidan vaqtni idrok qilish, asosan,
ruhiy hodisalar, holatlar,
vaziyatlar, xususiyatlarning o‘zaro urin almashinuvi tufayli namoyon bo‘ladi va
o‘ziga xos tugilishi bilan mazkur jarayonning boshqa shakllaridan farq qilib
turadi. Vaqtni idrok qilish inson tomonidan aks ettirilayotgan vaqt birligining
obʼektiv (haqqoniy, holis)
mazmuniga, shaxsning unga nisbatan munosabatiga
bog‘lik bo‘lib, xuddi shu mezon orqali uning maxsuldorligi o‘lchanadi. Masalan,
shaxsning ehtiyoji, motivasiyasi, qiziqishlari va intilishga mos, muttanosib vaqt
birligini, idrok birligini idrok qilgan taqdirdagina vaqt obʼektiv jihatdan
(kechinmalar,
xis-tuyg‘ularga
nisbatan
shaxsning
ijobiy,
haqqoniy
munosabatlarida) tez o‘tganday idrok qilinadi, odatda,
yoqtirmaslik, idrok
maydoniga (qamrovga ) nomutanosiblik esa shaxsda zerikish, vaqt “ sekin”
utinsh tuyg‘usini uyg‘otadi.