Suvoʻtlar
'
(Algae)dunyochasi; sodda tuzilgan, asosan, suvli muhitda oʻsadi. S. bir hujayrali mikroskopik
kattalikda koloniya boʻlib yashaydigan, koʻp hujayrali va uz. 60 m gacha boʻlgan turlarni oʻz
ichiga oladi. Ayrim turlarida toʻqimalar rivojlangan. Tanasining hujayralari ixtisoslashmagan,
oʻtkazuvchi toʻqimalari rivojlanmagan. Rizoidlari substratga yopishish uchun xizmat qiladi.
Koʻkyashil va proxlorofit S. — prokariotlar; ularni, odatda, mustaqil guruh sifatida
sianobakteriyalarga, evglenasimon S.ni koʻpincha bir hujayrali hayvonlarga (xivchini boʻlishi,
ayrim turlarining golozoy oziqlanishi tufayli) kiritiladi. Eukariot S hujayrasi xloroplastlari
(xromatoforlari)da pirenoid, harakatchan S.da xivchin, baʼzan koʻzcha, qisqaruvchi vakuola
boʻladi. Koʻpchiligi avtotrof, bir qancha turlari geterotrof va golozoy oziklanadi. S.ning bir
qismi geterotrof, jumladan, parazit oziqlanishga oʻtgan. Vegetativ, jinssiz va jinsiy
(gologamiya, izogamiya, anizogamiya, oogamiya) koʻpayadi. S. zoosporalar hosil qilib
koʻpayishi bilan yuksak oʻsimliklardan farq qiladi.
Biokimyoviy xususiyati (pigmenti, hujayra qobigʻi tarkibi, zaxira oziq moddalar xili)ga va
gʻujayrasining submikroskopik tuzilishiga binoan, S. 10 boʻlim; koʻkyashil, qizil, tillarang , diatom,
dinofit, qoʻngʻir, sariqyashil, evglenasimon, yashil, harasimonlarga ajratiladi. 41000 dan ortiq turi
maʼlum. Dengizlarda qirgʻoqdan boshlab 200 m gacha va undan ham chuqurroqda, chuchuk va
oʻta shoʻrlangan suv havzalari, qaynoq buloqlar, tuproqda, jumladan, togʻ va dashtlarda uchraydi.
Xivchinli davrga ega boʻlgan S. 2 guruhga boʻlinadi: a va v xlorofillga ega boʻlgan yashil S.
(evglenasimonlar, yashil S, harasimonlar) hamda v xlorofillsiz, lekin koʻpincha s xlorofillga ega
boʻlgan sariqqoʻngʻir S. (tillarang , diatom, sariqyashil S). S.ning har xil boʻlimlari turli xil bir
xujayrali organizmlardan mustaqil holda kelib chiqqanligi taxmin qilinadi.
S. biosferada organik moddalarni ilk bor hosil qiluvchi organizmlar sifatida juda katta
ahamiyatga ega; okeanlarda Si biomassasi 1,7 mlrd. t ga yaqin (1 yilda 550,2 mlrd. t). S. 1 ga suv
yuzasiga nisbatan 1,3—2,0 t quruq biomassa hosil qiladi.
Yer atmosferasida erkin kislorodning paydo boʻlishi ham S. bilan bogʻliq. S. eng qad. organizmlar
boʻlib, ulardan boshqa oʻsimliklar kelib chiqqan. Koʻpchilik bir xujayrali S. zamburugʻlar bilan
simbioz yashashi tufayli lishayniklar xrsil boʻlgan (qarang
Lishayniklar
). S.ning Yer yuzidagi
geokimyoviy ahamiyati kalsiy va kremniyning tabiatda aylanishi (diatom S. qoldiqlari) bilan
bogʻliq. Yirik S. ovqat uchun ishlatiladi, chorva ozigʻi sifatida qoʻllanadi va tibbiyotda alginatlar,
yod va mikrobiologiya sanoati uchun zarur boʻlgan agaragar olinadi. Laminariya, makrotsista,
porfira va boshqa S. dengizlarda maxsus koʻpaytiriladi (qarang
Akvakuloʻpura
), Koʻpchilik S.dan
oqova suvlarni biologik tozalash va suv havzalarining ifloslanishini aniqlashda bioindikator
sifatida foydalaniladi. Sni oʻrganuvchi fan — algologiya deyiladi.
Oʻktam Pratov.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Suv
o%CA%BBtlar&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Suvo
ʻ
tlar&oldid=2440673
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |