11-ma’ruza: tarbiya turlari



Download 242,93 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.02.2022
Hajmi242,93 Kb.
#423574
Bog'liq
11-ma\'ruza



11-ma’ruza: TARBIYA TURLARI 
 
Reja: 
Tarbiyaning ta’limda tutgan o‘rni va ahamiyati 
Geografiya ta’limida tarbiya turlari 
Geografiya darslarida ekologik, iqtisodiy va ma’naviy tarbiyani 
shakllantirish yo’llari 
 
Geografiya o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi 
to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish, tashkil etish jarayonida talabalarni 
ijtimoiy axloqiy me’yorlar mazmunidan habardor etish, ularga axloqiy 
me’yorlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini tushuntirish, ulardan ijtimoiy
axloqiy me’yorlar (talab va ta’qiqlar)ga nisbatan hurmat hissini qaror toptirish 
asosida aqliy ong madaniyatini shakllantirish. 
Aqliy tarbiyani yo‘lga qo‘yish chog‘ida talabalarni ilm-fan, texnika va 
texnologiya borasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlardan, yangilik va 
kashfiyotlardan boxabar etish, ularga ijtimoiy fanlar asoslari xususidagi bilimlarni 
berish tarzida ularda tafakkur qobiliyatini qaror toptirish, dunyoqarashini 
shakllantirish.
Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining 
qanday metoddan foydalanishiga bog‘liq. Metod, ya’ni usul axborotni uzatish 
va qabul qilish xarakteriga qarab:
1.
So‘z orqali ifodalash usuli.
2.
Ko‘rgazmalilik usuli.
3.
Amaliy, namuna usuli.
4.
Rag‘batlantirish va jazo usuli 
YUqoridagi metodlar (usullar) o‘z navbatida quyidagi guruhchalarga 
bo‘linadi:
Birinchi guruh - so‘z orqali uzatish, maslaxat berish, ma’lumotlarni 
eshitish orqali qabul qilish, xikoya, ma’ruza, suxbat va boshqa usullarga;


Ikkinchi guruh - kinofilmlar, tasviriy san’at, badiiy san’at va 
boshqa ko‘rish orqali tarbiyalash usullariga;
Uchinchi guruh - tarbiya ma’lumotlarini amaliy mexnat xarakatlari 
orqali berish. o‘rnak ko‘rsatish, boshqalarni amaliy mexnatini misol qilib 
ko‘rsatish;
To‘rtinchi guruh - o‘quvchi-talabalarning yaxshi bajargan ishlarini, 
o‘rtoqlari oldida yoki ota-onalar majlisida ma’qullash, minnatdorchilik 
bildirish, iqtisodiy yordam, stipendiyalarini oshirish, maqtov yorliqlari 
topshirish.
Estetik tarbiyani olib borish jarayonida talabalarda estetik his-tuyg‘u, 
estetik didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirish, estetik
madaniyatini shakllantirish. Ekologik tarbiyani olib borish chog‘ida talabalarga 
ekologik bilimlar berish asosida shaxs, jamiyat va tabiat biriligi hamda 
aloqadorligini talabalarga tushuntirish, ularda ekologiyaning inson, insoniyat,
jamiyat taraqqiyotidagi muhim o‘rni va ahamiyati borasida tushunchalarni
qaror toptirish, shuningdek, ekologik madaniyatni shakllantirish.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridagi tarbiya muhitining 
muhim tarkibiy qismlari:
• jamoaga aloqadorlikni ifodalovchi tarix, an’analar va rituallar, 
oliy ta’lim muassasasidagi jamoaga tegishli bo‘lgan ma’naviy-axloqiy
qadriyatlar (etakchi ideallar, o‘zaro munosabatlarning mezon va qoidalari, ruhiy 
qulaylik va ijtimoiy himoyalanganlik),
• oliy ta’lim muassasasining tashqi va ichki bezaklari, moddiy-
texnikbazasi.
Talaba-yoshlarning ma’naviy tarbiyasiga ta’sir o‘tkazuvchi omillar:
• milliy madaniy merosni chuqur o‘rgatish;
• sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;
• mafkuraviy tahdidlarni yoshlar ongiga ta’sir o‘tkazuvchi asl 
maqsadlarini ochib berish;


• zamonaviy madaniyat va san’atga bo‘lgan ongli munosabatni 
shakllantirish va boshqalar.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida ma’naviy-ahloqiy tarbiya 
ishlari tizimini takomillashtirishda ayniqsa quyidagilarga e’tibor berish dolzarb 
ahamiyatga ega.
1. 
Ma’naviy-axloqiy 
tarbiya 
jarayonlariga 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalarini joriy etish nazariyasi tahlili mazkur jarayonlarni yaxlit pedagogik
tizimini yaratish faoliyatni takomillashtirishning zaruriy sharti sifatida qaralishi 
lozimligini ko‘rsatdi. 
2. Ma’naviy-axloqiy tarbiya yo‘nalishdagi elektron resurslarini yaratish
sof texnik masala bo‘lib qolmasdan, balki buning uchun ilmiy-metodik, 
tashkiliy va pedagogik imkoniyatlarini tizimli yondashuv asosida yo‘naltirish talab 
etiladi.
3. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid elektron resurslarni yaratish ob’ektiv
zarurat ekanligi asoslandi, uni ishlab chiqishning metodik asoslari yaratildi va 
tarkibiy qismlari shakllantirildi. Bunda elektron resurslarning shakllantirishning
bosh maqsadi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash 
asosida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari sifati va samaradorligini oshirishdan
iborat etib belgilab olindi. 
4. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari ma’naviy-axloqiy tarbiya 
ishlari tizimining barcha yo‘nalishlarida axborot texnologiyalarini joriy etilishi 
talabalarning qiziqishi, faolligini oshirish hamda kuchaytirish asosida ta’lim-
tarbiya jarayonlarini intensivlashtiruvchi omil sifatida pedagogik imkoniyatlarga 
ega ekanligi ko‘rsatildi.
5. Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlar samaradorligini oshirishda hamda 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining mazmunini ishlab chiqishda oliy
ta’lim muassasalarining pedagogik-psixologik, texnik shart-sharoitlarini
o‘rganish asosida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim-tarbiya
jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik xususiyatlari 
aniqlandi.


6. Tadqiqotlar natijasida oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida 
ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari tizimiga axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish modeli ishlab chiqildi hamda uning ta’lim-tarbiya
jarayonlarini yuqori sifatli va mazmunli tashkil etishdagi o‘rni asoslab berildi. 
7. Ijtimoiy gumanitar fanlarga oid elektron resurslar tashkiliy-metodik,
axborot-o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi didaktik funksional bloklardan tashkil 
topishi belgilandi hamda ularning ma’naviy-ma’rifiy materiallarini gipermedia
muhitida taqdim etish, talabalar bilan pedagoglar orasidagi didaktik muloqotni
zamonaviy texnologiyalar vositalari orqali amalga oshirishni ta’minlovchi
pedagogik-psixologik


Oliy ta’lim muassasalari ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari tizimiga axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish modeli vazifalari aniqlandi.
Elektron resurslarni taqdim etishning zamonaviy vositalari tarkibi va mazmuni 
pedagogik jihatdan asoslandi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimiga zamonaviy axborot texnologiya larini 
joriy etish istiqbolli tadqiqot yo‘nalishlari sifatida quyidagi tavsiyalarga e’tibor 
qaratish lozim deb hisoblaymiz:
1. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida talaba shaxsining 
ma’naviy kamolotini ta’minlashga nisbatan texnologik yondashuvga erishish;
2. Mafkuraviy immunitetni shakllantirishga ehtiyoj tobora ortib 
borayotgan sharoitda talaba shaxsini ma’naviy kamolotini ta’minlashga 
qaratilgan milliy va umuminsoniy qadriyatlarga oid elektron resurslarni yaratishni 
kengaytirish, ulardan foydalanish asosida talabalarda mustaqil o‘z-o‘zini 
rivojlantirish sifatlarini shakllantirish;
3. Masofaviy ta’lim texnologiyalaridan ijtimoiy-gumanitar fanlarni
o‘qitish jarayonida foydalanish imkonini beruvchi dasturiy ta’minotni 
rivojlantirish.


Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nixoyatda beqiyosdir. 
Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mexnat qilishga undash va bu xatti-
xarakatini sekin-asta ko‘nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning 
mushoxada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi va mushoxada qilish aqlni 
pyoshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’naviy manbaga 
aylanadi. SHu tarzda inson asta-sekin takomillashib, komillikka erishib boradi.
Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan o‘zoq davom etadigan 
mas’uliyat, sharafli mexnat va qunt, irodani talab etadi. Buning uchun bolalarning
yosh xususiyatlarini xisobga olish zarur. Ma’naviy, insoniy sifatlarning
shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muxit va bolalarga bo‘lgan 
munosabat muxim rol o‘ynaydi.

Download 242,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish