O’zbekistondagi ekologik muammolar va uni hal qilish yo’llari



Download 128,81 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana01.02.2022
Hajmi128,81 Kb.
#422942
  1   2   3
Bog'liq
O’zbekistondagi ekologik muammolar va uni hal qilish yo’llari



O’zbekistondagi ekologik muammolar va uni hal qilish yo’llari 
(Mustaqillik davri) 
Bugungi kunda fan-texnika jadal sur’atlarda rivojlanib, inson va tabiat 
o’rtasidagi tabiiy muvozanat buzilayotganligi, tabiatga nisbatan jamiyat 
a’zolarida g’amxo’rlik sust ahvolga kelib qolganligi oqibatida atrof-muhitga katta 
ziyon yetmoqda. Ona tabiatga istiqbolni ko’zlab munosabatda bo’lish, kelajak 
avlodga uni go’zal va tabiiyligicha qoldirish bugungi kunning muhim vazifasi bo’lib 
turibdi. Chunki tabiatga nisbatan inson qanchalik berahmlik bilan munosabatda 
bo’lsa, tabiat ham insonga nisbatan aynan ana shunday javob qaytaradi. Har bir inson 
ongida ekologik madaniyat qay darajada shakllansa, jamiyat ham shu darajada 
taraqqiy etadi. 
Mustaqil O’zbekiston yirik sanoat va agrar mintaqa bo’lib, kelajakda dunyoga 
yuz tutgan mashina sozlik, energetika, kimyo, oziq – ovqat sanoati, transport 
majmuini yanada rivojlantirish ko’zda tutulgan. Bunday ishlab chiqaruvchi 
kuchlarning rivojlanishi Respublikada ijtimoiy – ekotizmlarning holatiga muayan 
darajada salbiy ta`sir ko’rsatadi.[1] 
Respublikada keskin bo’lib turgan ekologik va tabiatni muhofaza qilishga oid 
muammolar quyidagilar: 
1. Yirik hududiy – sanoat majmualari joylashgan rayonlarda ya`ni Angren-
Olmaliq Chirchiqlarda, Farg’ona-Marg’ilonda, Navoiy va boshqa rayonlardagi 
tabiatni muhofaza qilish muammolari. Bu rayonlarda ijtimoiy-ekotizm holati yaxshi 
emas. Chunki sanoat markazlarida chiqayotgan turli-xil gazlar va chiqindilar atrof-
muhitni ekolgik holatini buzulishiga olib kelmoqda.[2] 
2. Agrosanoat majmuidagi ekologik muammolar. 


3. Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari pestisedlar va mineral o’g’itlar 
bilan ifloslanishi ham muammolardan biridir. 
4. O’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash 
muammolari, qo`riqxonalar va milliy bog`lar tarmog`ini kengaytirish. 
O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona 
foydalanish borasidagi asosiy strategik maqsadlar quyidagilar hisoblanadi: 
Aholining sihat-salomatligi uchun qulay sharoit yaratish, beosferaviy 
muvozanatni saqlash; O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish samaradorligi 
va barqarorligini ko`zlagan holda tabiiy resurslardan foydalanish qayta tiklanadigan 
tabiiy resurslar ishlab chiqarish va iste`mol jarayonlarining muvoznatini saqlash 
tiklanmaydigan resurslarni ishlab chiqarish, chiqindilardan oqilona foydalanish; 
regional va lokal darajalarda tabiatni qayta tiklanish hususiyatini tiklash; tabiatning 
daslabki turlari va ularning genofondini landshaftlarning xilma – xiligini saqlash.[3] 
Meteorologiya markazi 10 ma’lumotlariga qaraganda Orol dengizining 
qurigan va qariyb bir necha ming kvadrat kilometrga cho’zilgan tubidan har yili 
million tonnalab ko’z ilg’amas darajadagi chang va tuz shamol bilan uchirib ketilishi 
natijasida. Orol bo’yi xududlarda ekologik xavfsizlik darajasi ortib bormoqda. 
Ekologik holatning salbiy o’zgarishiga hududlarning metrologik sharoitlari ham 
ta’sir qiladi. Markaziy Osiyo hududida quyosh haroratining yuqori bo’lishi inson 
organizmida qon aylanishini kuchaytiradi, ko’p miqdorda terlatib, ayrim kimyoviy 
moddalarning teri orqali so’rilishiga, xatto me’yornomada ko’rsatilgan eng kichik 
raqam ham halokatli zaharlanishga olib kelishi mumkin. Bunday sharoitlarda ruhiy 
(85 foizga) va asab xastaliklari (109 foizga), nafas olish a’zolari xastaliklari (108 
foizga) ko’payadi. Тarkibida nitrobirikmalar mavjud bo’lgan suv va oziq-ovqat 
mahsulotlarini uzoq muddat iste’mol qilish moddalar almashinuvi, tayanch-harakat 


va asab tizimlari xastaliklarini, irsiy nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Respublikada 
Chirchiq, Olmaliq, Ohangaron, Angren, Farg’ona, Marg’ilon, Navoiy va boshqa bir 
qator joylarda kimyoviy, neft-kimyoviy hamda mikrobiologik tarmoqlar 
korxonalarining, ko’p quvvat va suv talab qiladigan ishlab chiqarish vositalarining 
ko’pligi tufayli ekologikning salbiy o’zgarishi keskinlashdi. Тojikistonning 
Тursunzoda shahrida joylashgan alyuminiy zavodining salbiy oqibatlari 
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Denov, Sho’rchi va Oltinsoy tumanlarida 
sezildi. Natijada anor va xurmoning hosildorligi va sifati pasayib ketdi, aholi 
salomatligi esa, yomonlashdi.Vujudga kelgan Orol dengizi muammosi bilan bog`liq 
halokatli ekologik – iqtisodiy va ijtimoiy ahvolni yaxshilash, Orol dengizini saqlab 
qolish maqsadida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta`minlash. Orol bo’yi aholisini 
normal sanitar sharoitlar va ozuqa bilan ta`minlash uchun Markaziy osiyo davlatlari 
bilan birgalikda qisqa vaqt ichida yagona suv xo`jaligi siyosatini ishlab chiqish 
hamda har-bir Respublikaning Orol dengiziga quya oladigan suvi, ya`ni Orol 
bo’yidagi barcha tabiiy ko’llarni saqlab qolish kabi ishlar rejalashtirilgan. 
Atmosfera havosini muhofaza qilishning asosiy yo’nalishi shahar va aholi 
yashaydigan punktlarda atmosfera havosining sifatini yaxshilash, keyinchalik 
sanitar-gigienik qoidalarga rioya qilish buning uchun Respublikamizning barcha 
hududlarida chiqindilarni kamaytirish, kam chiqindili texnilogiyalarni yaratish, 
chang to’plovchi va tozalovchi yangi qurilmalarni yaratish va ularning ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirish eskirgan qurilmalarni yaxshilash bilan 
almashtirish va boshqalar. Orol dengizinimg qurishi iqlim o’zgarishiga ham 
sababchi bo’ldi. Qurg’oqchilik tufayli iqlimning keskin kontenentalligi ortib ketdi. 
Dengiz va quruqlik o’rtasidagi haroratning o’zgarishi, shamol tezligining ortishi, 
suvning to’lqinlanish hodisasini kuchaytirishiga olib keldi.[4] 


Sut emizuvchi hayvonlar va qushlar kamayib ketdi. Qurigan maydonlar xavfli 
kasalliklarni tarqatuvchi kemiruvchi bilan to’lib bormoqda. Orol bo’yining sanitar-
epidemiologik ahvoli nihoyatda og’irlashmoqda. Agar zudlik bilan tabiatda vujudga 
kelayotgan muammolar hal qilinmasa insoniyat va butun mavjudodning hayoti xavf 
ostida qoladi. Biz tabiatga qarammiz, biz tabiatsiz yashay olmaymiz, shunday ekan 
biz barchamiz tabiatni asrab avaylashimiz, uning har-bir qarich yerini ko’z 
qorachig`iday asrashimiz, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishimiz, har-bir 
tomchi suvni tejab ishlatishimiz, tabiat haqida doimo g’amxo’rlik qilishimiz lozim. 
Uzoq yillar davomida eski ma’muriy buyruqbozlik tizimi sharoitida Markaziy 
Osiyi mintaqasidagi ekologik muammolarga e’tibor berilmadi. Tabiatni muhofaza 
qilish tadbirlariga arzimas darajada kam mablag’ ajratilardi. Bu mablag’ tabiatga 
yetkazilgan zararni also qoplamasdi. Sobiq ittifoq zamonida atrof-muhit va 
atmosfera havosining ifloslanishi, toza ichimlik suvi yetishmasligi tashvishli hol 
ekani haqida bilib, bilmaslikga olindi. Qonunlar rasmiyat uchun qabul qilinadiyu, 
ammo ular hayotga joriy etilmadi. Sho’ro tuzumi davrida inson tabiatni o’z irodasiga 
bo’ysundirishi lozim degan soxta aqida uzoq yillar ustuvorlik qildi. Natijada barcha 
hududlarda ekologik muvozanat qo’pol ravishda buzildi. [5] Mintaqamizda, 
shuningdek, O’zbekiston Respublikasida ham tashvishlanarli ekologik vaziyatlar 
yuzaga keldi. O’zbekiston Respublikasiga sobiq ittifoqdan, eski mustabid tuzumdan 
aytib o’tganimizdek paxta yakka hokimligi va boy mineral xom ashyo resurslaridan 
nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan iqtisodiyot og’ir meros bo’lib qoldi. 
Respublikamizga xom ashyo yetishtirib beradigan chekka o’lka sifatida qaraldi. 
Mamlakatimizdan katta miqdorda yetishtirilgan paxta hosilining aksariyat hajmi 
tekinga tashib ketilar edi. Oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategik ahamiyatga 
ega materiallar jahon bozorining o’ta xaridorgir bo’lgan boshqa qimmatbaho 
mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foyda O’zbekiston xazinasiga 


tushmas edi. Hududimizda yuz bera boshlagan ekologik inqiroz nihoyatda 
keskinlashib ketib, ijtimoiy tus ola boshladi. Ekologik tanazzuldan esa keng 
jamoatchilik tashvishga tushishi tabiiy hol,albatta. Odamlar qanday xavf qarshisida 
turganliklarini, atrof-muhitga yetkazilayotgan zarar qanday ko’rgiliklarga olib 
kelganligini yaqqol his etdilar. Tabiatga qo’pol va takabburlarcha munosabatda 
bo’lish odamlarning qirilib, genofondning yo’q bo’lib ketishiga muqarrar ravishda 
olib kelishini tushunib yetgan kishilar, olimlar, shoir va yozuvchilar, mutaxassislar, 
deputatlar bong ura boshladilar. Dunyoning hamma mamlakatlarida, boshqa 
mintaqalarda sodir bo’lganidek Markaziy Osiyoda, O’zbekistonda ham ekologik 
muammolar dolzarb bo’lib qoldi.[6] O’zbekistonda eng xavfli ekologik muammolar 
toza havo, ichimlik suv, tuproq tarkibining buzilishi va Orol dengizi muammolari 
hisoblanadi, O’zbekiston Respublikasi Davlat sanitariya epidimologiya nazorati 
bergan ma’lumotga ko’ra hozirda Respublikamiz sanoati va qishloq xo’jaligi 
tarmoqlarida 3 milliondan ortiq kishi band bo’lib, shuning qariyb 1 millionga yaqini 
zararli sharoitlarda(chang, shovqin, titrash, ultra- va infratovushlar ta’sirida) mehnat 
qilmoqda. Zararli mehnat sharoitlari hisobiga kasb-patologiya kasalliklar ko’payishi 
kuzatilmoqda. Jumladan Respublikada so’nggi besh yil davomida bu kasallik (har 
10000 ishchiga nisbatan) 1,2 dan to 1,76 gacha ko’paygan, Navoiy tog’-metallurgiya 
kombinatida bu ko’rsatgich 1,62 dan to 3,2 gacha oshgan. Markaziy Osiyodagi 
mintaqaviy ekologik muammolardan eng muhimi Orol va Orol bo'yi ekologik 
muammosidir. Orol dengizi yaqin vaqtlargacha eng yirik dengizlardan biri 
hisoblangan. U muhim baliqchilik, ovchilik, transport va rekreatsion ahamiatga ega 
edi. Sug'oriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida Amudaryo va 
Sirdaryoning suv quyishi 1970 yilga kelib 37,8 km kub, 1980 yilda esa 11,1 km kub 
gacha kamayib ketdi. Suvning sho'rlanish darajasi litriga 9-10 g dan 34-37 g/litr 
gacha ortdi. Hozirgi kunda dengiz satxining yillik o'rtacha pasayishi 80-110 sm 
(oldin 53 sm bo’lgan 33 metr ga tushsa orol 2 ga bo'linib qoladi, hech bo'lmaganda 


33,5 metr balandlikda saqlab qolish kerak). Orolning qurigan tubi yirik chang to'zon 
makoniga aylandi. Aholi ichadigan suv pestitsidlar bilan ifloslangan, keyingi 10 yil 
ichida o'lim 2 marta ortgan. Bolalar o'limi har tug'ilayotgan 1000ta chaqaloqdan 45-
90 taga to"g'ri keladi. Ayollarning 80%ida kamqonlik xastaligi uchraydi. 
Bolalarning 90%ida siydigida tuzlar miqdori ortib ketgan. Orol muammosining hal 
qilinishining tub mohiyati suv resurslaridan oqilona foydalanishni amalga oshirishga 
bog’liq. Orolni saqlab qolish uchun Markaziy Osiyo Respulikalari bilan birgalikda 
qisqa vaqt ichida yiliga 20-21 kub km suv Orolga quyiladigan miqdorda yagona suv 
xo'jalik siyosatini ishlab chiqish bunda Orolbo'yidagi barcha tabiiy ko'llarni saqlab 
qolish e'tiborga olinishi lozim. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi 
respublikada ijtimoiy ekologik holatiga muayyan darajada salbiy ta'sir ko’rsatadi 
Yurtimizda boshqa sohalar qatori ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholining qulay 
tabiiy muhitga ega bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, tabiiy resurslardan 
oqilona va samarali foydalanish, yuzaga kelayotgan ekologik muammolarning oldini 
olishva ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalariga ham jiddiy e’tibor 
qaratib kelinmoqda.[7] 
Prezidentimizning 2017 yil 12 iyuldagi Oliy Majlis palatalari, siyosiy 

Download 128,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish