O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
SERVIS VA TURIZM” FAKULTETI
«Xizmatlar ko‘rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi
Qo‘lyozma huquqida
TOJIYEVA UGILOY
Samarqand shahridagi «Navbahor» restoranida
mehmonlarga xizmat ko‘rsatish turlari va ularni
takomillashtirish
5811000-Servis texnika va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha)
Bakalavr
akademik darajasini olish uchun yozilgan
BITIRUV MALAKAVIY ISH
Ilmiy rahbar:
t.f.n., dotsent Xudoyberdiyev A.Yu.
________________________
Samarqand-2013
“Himoyaga tavsiya etildi”
«Xizmatlar ko‘rsatish, servis va
uni
tashkil
etish”
kafedrasi
mudiri,
professor______________J.M.Kurbonov
“Xizmatlar ko‘rsatish, servis va uni tashkil etish”
kafedrasi majlisi bayonnomasi
№ __ 2013 yil “____” ________________
2
MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………… 3
I-BOB.
ADABIYOTLAR TAXLILI……………………………………
7
1.1.
Umumiy ovkatlanish korxonalari turlari va tavsifi………………
7
1.2.
Umumiy ovkatlanish korxonalarida kursatiladigan
servis xizmatlari tavsifi………………………………….
11
1.3.
«Navbaxor» restoranida xizmt kursatuvchi xodimlarga
qo‘yiladigan talablar……………………………………………..
13
II-BOB. ASOSIY QISM………………………………………………….. 16
2.1.
«Navbaxor» restoranining tavsifi………………………………… 16
2.2.
Restoranda kursatiladigan xizmatlar…………………………….. 19
2.4.
Restoranda xizmat kursatuvchi xodimlarga kuyiladigan
talablar va xizmat kursatish texnikasi……………………………
33
III-BOB. «NAVBAXOR» RESTORANIDA XIZMAT
KURSATISH GIGIYENASI VA XAYOT
FAOLIYATI XAVFSIZLIGI ………………………………….
48
3.1.
Restoranda xizmat ko‘rsatish gigiyenasi………………………… 48
3.2.
Restoranda yong‘in xavfsizligi tadbirlari va ofitsiantlar
xavfsizligiga kuyiladigan talablar………………………………..
52
Xulosa va takliflar…………………………………………........ 56
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………. 58
3
KIRISH
Xizmatlar sohasining rivojlanishi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi va
sifati bo‘yicha biz iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardan hamon jiddiy orqada
qolmoqdamiz.
Shuni ta’kidlash joizki, mamlakatimiz iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish
va tarkibiy o‘zgartirish bo‘yicha aniq yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni
amalga oshirish natijasida xizmat ko‘rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi
ulushi 2005 yildagi 38,7 foizdan 2011 yilda 50,5 foizga o‘sdi. Axborot-
kommunikatsiya, bank, sug‘urta, lizing, sayyohlik-ekskursiya va boshqa
zamonaviy yuqori texnologik va bozor iqtisodiyotiga mos xizmat turlari ildam
sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
2012 yilda esa xizmatlar sohasi, ayniqsa, aloqa va axborotlashtirish (24,5
foizga), kompyuter dasturlashtirish (18 foizga), texnologik asbob-uskunalarni
ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish (17 foizga), moliya-bank xizmatlari (17,6
foizga) singari xizmatlarning yuqori texnologik va bozorga xos turlari yuqori
sur’atlar bilan rivojlandi. Mamlakatning yalpi ichki mahsulotida xizmatlar
sohasi ulushi 52 foizdan ortiqni tashkil etdi.
Eng muhimi, shuni unutmaslik kerakki, katta kapital qo‘yilmalar talab
qilmaydigan bu soha iqtisodiyotning yuksalishiga, aholi bandligi va
daromadlarining ortishiga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
2006-2011 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasini tezkor rivojlantirish
hisobiga, avvalambor kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda 1,1 mln. yangi ish
joylari yaratildi.
Shu bilan birga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning erishilgan darajasi va
sifati, ayniqsa qishloq joylarda, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar darajasiga,
respublika aholisining real talablariga, mavjud resurslar hamda imkoniyatlarga
hali mos kelmayapti.
4
Xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, avvalambor qishloq
joylarda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning turini kengaytirish hamda sifatini
yaxshilash va buning asnosida mamlakat iqtisodiyotini barqaror va shiddatli
rivojlantirishda, aholining bandligini ta’minlash, daromadini ko‘paytirish va
farovonligini yuksaltirishda xizmat ko‘rsatish sohasining roli hamda ahamiyatini
oshirish muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun bu borada O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 mayda «2012-2016 yillarda
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturi
to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Bu qarordan kelib chiqib, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning
hududiy dasturlari va ularni amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-
tadbirlarni ishlab chiqishda quyidagilarga alohida e’tibor berildi:
- xizmat ko‘rsatish sohasi tarkibini yanada takomillashtirish, aholi
talabgor bo‘lgan zamonaviy xizmat turlari bilan bozorni jadal rivojlantirish va
to‘ldirishga;
- shahar va qishloq aholi punktlari hududlarining qurilishini
rejalashtirishda tasdiqlangan me’yorlardan kelib chiqqan holda mintaqalar
aholisiga turli ijtimoiy va kommunal-maishiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish
va ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
- birinchi navbatda qishloq aholi punktlarida xizmat ko‘rsatish
korxonalarini rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasiga oilaviy tadbirkorlik
sub’ektlari hamda ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim
muassasalari bitiruvchilari ichidan yoshlarni keng jalb etish.
Bunga asosan 2016 yilgacha mamlakatimizning yalpi ichki mahsulotida
xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi 55 foizgacha oshirilishini nazarda tutildi.
Mavzuning dolzarbligi: O'zbekiston Respublikasida iktisodiyotrni
erkinlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalash, makroiqtisodiy barqarorlikni
ta’minlash evaziga uzluksiz iqtisodiy o‘sishga erishishdek dolzarb vazifa
5
qo‘yilgan. Bu esa, servis va xizmat ko‘rsatish sohalarini yalpi ichki
mahsulotdagi ulushining ortib borishi bilan baholanmoqda. Ayni paytda servis
korxonalariga, jumladan: umumiy ovkatlanish korxonalariga bo‘lgan talabning
ortib borishi mamlakatning bozor tizimiga asta sekinlik o‘tayotganligi ham
misol bo‘ladi. Shuning uchun, ovqatlanish korxonalarini turlari, xususiyatlari,
tavsifi, umumiy ovqatlanish korxonalarining zamonaviy xizmat kursatish
usullari, xizmat kursatuvchi xodimlarning burch va vazifalari, ularga qo‘yilgan
talablarni taxlil qilish hamda iste’molchilarga ularni tavsiya etish xozirgi
kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi: Xizmat ko‘rsatish sohasi
sub’ektlari faoliyatining tabiati hamda ularni tashkil etishning samaradorligini
oshirish muammolari umumiy ovqatlanish sohasi sub’ektlari samaradorligini
oshirish masalalari chet ellik olimlardan: A.S.Ratushniy, L.A.Starostina,
Ye.V.Gorshkova,
T.I.Zaharova,
K.Maxmudov,
T.A.Xudayshukurov,
J.M.Qurbonov, N.N.Mo‘minov, J.S.Fayziyev va boshqalar tomonidan tadqiq
qilingan. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz olimlari tomonidan ham xizmat
ko‘rsatish soxasi samaradorligini oshirish bo‘yicha qator izlanishlar olib
borilgan. Biroq, xizmat kursatibgina kolmay, balki ularning xizmat
kursatishdagi texnikasi, texnologiyasi, xizmat kursatish sifatini taxlil kilish
hamda mexmonlarga kursatiladigan xizmatlar adabiyotlarda yetarlicha ochib
berilmagan.
Tadqiqotning maqsadi: Umumiy ovkatlanish korxonalari, jumladan:
“Navbaxor” restorani misolida mexmonlarga kursatilayotgan xizmatlarni
urganib chikish, tadkikot qilish hamda xizmatlarning sifatini, darajasini, texnika
va texnologiyasini taxlil qilishda bitiruv malakaviy ish uz ichiga quyidagi
vazifalarni belgilab oladi:
- Umumiy ovqatlanish korxonlarining rivojlanish istikqollari;
- Ovkatlanish korxonlarining turlari va tavsifi;
- Ovkatlanish korxonalarida kursatiladigan xizmatlar;
- “Navbaxor” restoranining tavsifi va undagi xizmat turlari;
6
- Xizmat kursatish texnika, texnologiyasi;
- Xizmat kursatuvchi xodimlarga kuyilgan talablar:
- Xizmat kursatuvchi xodimlarning malakasi:
- Korxonada mexnatni muxofaza kilish masalalari.
Tadqiqot ob’ekti: Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti sifatida Samarqand
shahri O'zbekiston kuchasida joylashgan va faoliyat kursatayoyotgan
“Navbaxor” restorani kabul kilindi.
Tadqiqotning predmeti: tadkikotning predmeti etib zamonaviy umumiy
ovkatlanish korxonalarida xizmat kursatish texnika-texnologiyasini taxlil kilish,
kursatilayotgan xizmat turlarini oshirish va xizmat kursatuvchi xodimlarning
malakasini oshirish bilan bog‘liq munosabatlar hisoblanadi.
Tadqiqot usullari: Bitiruv malakaviy ishi doirasidagi tadqiqotlar
davomida xizmat kursatuvchi xodimlarning xizmat kursatish darajasi, turlari va
xizmat kursatishda kullaniladigan ularning texnikasini urganib chikish va taxlil
kilish kabi bir qator usullardan foydalanildi.
Bitiruv malakaviy ish tarkibi: kirish, 3 ta bobdan iborat bulib,
Adabiyotlar taxlili, asosiy kism va xayot faoliyati xavfsizligini uz ichiga oladi.
Undan tashkari, bitiruv malakaviy ishi buyicha xulosa, foydalanilgan adabiyotlar
ro‘yxati, jadvallar hamda kushimcha materiallar ko‘rsatilgan. Ishning xajmi 60
betdan iborat.
7
I-BOB. ADABIYOTLAR TAXLILI
1.1. Umumiy ovkatlanish korxonalari turlari va tavsifi
Umumiy ovqatlanish korxonalari deganda kulinar, hamirli konditer va
bulochka mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va ularni iste’mol
qilishni tashkil qilish uchun mo‘ljallangan korxona tushuniladi.
O‘ziga xos faoliyatiga ko‘ra umumiy ovqatlanish korxonalari quyidagi
turlarga bo‘linadi:
- umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil qiluvchi
korxonalar (tayyorlov fabrikalari, yarim tayyor va tayyor kulinar mahsulotlarini
ishlab chiqarish bo‘yicha sexlar, ixtisoslashgan kulinariya sexlari, bortda
ovqatlantirish korxonlri yoki sexlari va boshqalar);
- umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish
va shu joyda iste’mol qiluvchi iste’molchilarga xizmat ko‘rsatuvchi hamda
kulinariya, hamirli konditer va bulochka mahsulotlarini boshqa ovqatlanish
korxonalari (restoranlar, barlar, kafelar, oshxonalar, tamadixonalar, choyxonalar,
tez xizmat korxonalari, qahvaxonalar);
- umumiy ovqatlanish mahsulotlarini realizatsiya qiladigan korxonalar
(kulinariya magazinlari, bufetlar, kafeteriylar, chakana savdo korxonalari);
- mehmonxona nomerlariga va boshqa joylashtirish vositalariga
mahsulotlarni keltirib, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar;
- sayyor xizmat ko‘rsatish korxonalari.
Umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil qiluvchi
korxonalar ishlab chiqargan mahsulotlari bilan ko‘rsatilgan boshqa barcha
ovqatlanish korxonalarini ta’minlaydi.
8
Umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil qiluvchi
korxonalar tayyorlovchi, umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi
va shu joyda iste’mol qiluvchi iste’molchilarga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar,
mehmonxona nomerlariga va joylashtirish vositalariga mahsulotlarni keltirib,
xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar hamda sayyor xizmat ko‘rsatish korxonalari va
yarim tayyor mahsulotlarda ishlaydigan korxonalar. Yarim tayyor mahsulotlarni
kulinar tayyor darajasiga yetkazuvchi korxonalar deyiladi, chunki ular xom
ashyolardan tashqari, boshqa korxonalar ishlab chiqargan yarim tayyor
mahsulotlarda ham ishlashlari mumkin. Tayyor mahsulotlarda ishlaydigan
korxonalar faqat boshqa korxonalarda tayyorlanib keltirilgan taom va
ichimliklarni realizatsiya qiladi, shuneing uchun bunday korxonalar suzib
uzatuvchi korxonalar deyiladi.
Tayyorlovchi korxonalardan tashqari barcha umumiy ovqatlanish
korxonalari o‘zlari ishlab chiqaradigan kulinar va hamirli konditer, bulochka
mahsulotlari assortimenti, ularni tayyorlash va bezatish texnologiyalarining
murakkabligi, texnik ta’minoti (moddiy-texnika bazasi, muxandis-texnik
ta’minoti, jihozlari, sex va xonalar tarkibi va boshqa ko‘rsatkichlari), xizmat
ko‘rsatish usullari va shakllari, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish vaqtining
davomi (kutish vaqti, xizmatni taqdim etish va iste’mol qilish vaqti),
xodimlarning kasbiy tayyorgarlik va malaka darajasi hamda xizmat ko‘rsatish
sharoitlari (zal va mebellarning shinamliligi, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning
etikasi, xonalar va binolar inter’eri va tashqi ko‘rinishi) bo‘yicha tiplarga
bo‘linadi.
Faqat restoran va barlar xizmat ko‘rsatish darajasi va ko‘rsatiladigan
xizmatlar nomenklaturasi bo‘yicha lyuks, oliy va birinchi klasslarga bo‘linadi.
Korxonalarning qolgan tiplari klasslarga bo‘linmaydi.
Restoran – bu oziq-ovqat mahsulotlarining barcha turlaridan keng
assortimentda murakkab tayyorlash texnologiyasiga ega bo‘lgan taomlarni, shu
jumladan buyurtma bo‘yicha tayyorlanadigan taomlarni, ekzotik taomlarni,
9
hamirli konditer va bulochka mahsulotlarini ishlab chiqaradigan, keng
assortimentda alkagolli, issiq va sovuq ichimliklarni, sotib olingan
mahsulotlarni, shu jumladan tamaki mahsulotlarini istemolchilarga taklif
qiladigan korxona. Restoranlarda tushliklar va qechquringi nonushta tashkil
etiladi.
Bar – bar stoykasi bilan jihozlangan va ixtisoslashiga ko‘ra alkogoli va
(yoki) alkogolsiz ichimliklarni, issiq va salqin ichimliklarni, kokteyllarni, sovuq
va issiq gazaklarni hamda o‘ta chegaralngan assortimentda taomlarni va sotib
olingan mashulotlarni realizatsiya qiladigan umumiy ovqatlanish korxonasi.
Kafe – ovqatlanishni va xordiq chiqarishni (yoki xordiqsiz) tashkil
qiladigan hamda restoranlarga nisbatan chegaralangan assortimentda ovqatlanish
mahsulotlarini, firma hamda buyurtma taomlarni va mahsulotlarni, alkogolli va
alkogolsiz ichimliklarni realizatsiya qiladigan umumiy ovqatlanish korxonasi.
Ularda asosan ertalabki nonushta tashkil qilinadi.
Oshxona – hammabop yoki iste’molchilarning ma’lum bir kontinentiga
xizmat ko‘rsatadigan, haftaning kunlari bo‘yicha farq qiladigan menyuga ko‘ra
taom va kulinar mahsulotlarni ishlab chiqarib, realizatsiya qiladigan umumiy
ovqatlanish korxonasi. Odatda oshxonalarda ertalabki va kechqurungi nonushta
hamda tushlik tashkil qilinadi.
Ta’madixona – assortimenti chegaralangan, tayyorlanishi bo‘yicha
murakkab bo‘lmagan taom va mahsulotlarni, ba’zan alkogolli ichimliklarni
realizatsiya qiladigan hamda iste’molchilarga tez xizmat ko‘rsatadigan umumiy
ovqatlanish korxonasi.
Choyxona – ikkinchi issiq taom va gazaklarni ishlab chiqaradigan, keng
assortimentda choy va salqin ichimliklarni, sotib olingan hamirli konditer,
bulochka, non mahsulotlarini hamda shirinliklarni realizatsiya qiladigan umumiy
ovqatlanish korxonasi.
10
Tez xizmat ko‘rsatuvchi korxona – o‘ta chegaralangan assortimentda
yuqori darajada texnologik ishlov berilgan yarim tayyor mahsulotlardan
tayyorlangan taom va mahsulotlarni hamda oddiy tayyorlash texnologiyasiga
ega bo‘lgan ichimliklarni realizatsiya qiladigan va iste’molchilarga xizmat
ko‘rsatishga minimal vaqt sarflaydigan umumiy ovqatlanish korxonasi. Tez
xizmat ko‘rsatadigan korxonalar iste’molchilarning intensiv harakat qiladigan
ko‘plab to‘planadigan joylarida tashkil qilinadi. Masalan, savdo komplekslarida,
markazlarida, kinoteatrlarda, teatrlarda, markaziy ko‘cha va maydonlarda, dam
olish zonalarida va boshqa joylarda. Ular kioskalarda, avtopritseplarda tashkil
qilinishi mumkin. Odatda taom iste’mol qilish zallari bo‘lmaydi, mahsulotlar
iste’molchilarga tarqatish darchasi orqali beriladi. Ular o‘zlari ishlab chiqargan
mahsulotlarni realizatsiya qiladi.
Qahvaxona – keng assortimentda kofe, kakao va choydan issiq
ichimliklarni, chegaralangan assortimentda hamirli taom, konditer, bulochka,
kulinar mahsulotlarni (yuqori darajada texnologik ishlov berilgan yarim tayyor
mahsulotlardan) ishlab chiqarishga, ularni, alkogolli ichimliklarni va sotib
olingan mahsulotlarni realizatsiya qilishga ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish
korxonasi. Qahvaxonalarda asosan iste’molchilarga ofitsiantlar orqali xizmat
ko‘rsatiladi.
Kafeteriy – bufut yoki bar stoykasi bilan jihozlangan, joyida iste’mol
qilish uchun kofe va choylardan issiq ichimliklarni, salqin ichimliklarni va
chegaralangan assortimentda yuqori darajada ishlov berilgan yarim tayyor
mahsulotlardan ishlab chiqargan umumiy ovqatlanish mahsulotlarini, shu
jumladan buterbrodlar, hamirli bulochka va konditer mahsulotlarini, murakkab
tayyorlash texnologiyaga ega bo‘lmagan issiq taomlarni va sotib olingan
mahsulotlarni realizatsiya qiladigan umumiy ovqatlanish korxonasi.
Bufet – yashash va jamoa binolarida joylashgan, joyida iste’mol qilishi
uchun chegaralangan assortimentda yuqori darajada ishlov berilgan yarim tayyor
mahsulotlardan ishlab chiqarilgan umumiy ovqatlanish mahsulotlarini, shu
11
jumladan, murakkab tayyorlash texnologiyasiga ega bo‘lmagan sovuq taomlar,
gazaklar, issiq shirin taomlarni, hamirli kulinar, bulochka, konditer
mahsulotlarini, hamda sotib olingan mahsulotlarni realizatsiya qiladigan
umumiy ovqatlanish korxonasi.
1.2. Umumiy ovkatlanish korxonalarida kursatiladigan servis
xizmatlari tavsifi
Umumiy ovkatlanish korxonalar o‘zlarining xizmat ko‘rsatish turlari bilan
farqlanadi: ofitsiantlar bilan xizmat ko‘rsatish, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish va
aralash xizmat ko‘rsatish. Turistlarning ovqatlanish tartibi bo‘yicha keltirib
o‘tilgan korxonalar o‘zida faqat nonushta, to‘la pansionli, yarimpansionli,
maxsus ovqatlantirish, bolalar uchun ovqat tayyorlash va boshqa xillari kabi
xizmat ko‘rsatadilar. Mehmonxonlar qatorida esa oshxonalar, kichik barlar
joylashgan bo‘lib, u yerdagi xizmat ko‘rsatish esa buyurtma yoki chaqirish
orqali amalga oshiriladi.
Bu xizmatlar turistlarning ovqatlantirish assortimentlari bo‘yicha,
kompleks ovqatlantirish hohishi bo‘yicha, ovqatlantirish, taxminiy buyurtma
asosida ovqatlantirishlarga bo‘linadi. Shuningdek, bayramlarda, yubileylarda,
har xil banketlarda va boshqalarda xizmat ko‘rsatiladi.
Ovqatlanish korxonalari ishlash tartibi (kecha-kunduz va chegaralangan
vaqt bo‘yicha) va o‘rinlar soni bo‘yicha klassifikatsiyalanadi.
Texnik jihozlanganligi, ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati va hajmi bo‘yicha,
joylashishi, narxi, binoning badiiy bezatishi, mahsulotlar assortimentlari,
avtomatlashtirilgan
darajasi
va
boshqa
ko‘rsatkichlari
bo‘yicha
ovqatlantirishning turistik industriyasi sinflariga bo‘linadi.
12
Sinf – bu ovqatlantirish korxonalarining alohida bo‘limi bo‘lib, xizmat
ko‘rsatish sifatining darajasi bilan tavsiflanadi. Bunda asosiy xizmat talablar
asosida bajariladi. Umumiy ovqatlanish korxonalari chegaralari (atrofi) nafaqat
toza yig‘ishtirilgan, balki asfaltlangan yoki dekorativ qoplamalar bilan
ta’minlangan bo‘lishi shart. Bunday bezaklar turistlar kompleks atrofini bezash
bilan birga, u yerda har xil ko‘lmaklar, kirlar paydo bo‘lishini oldini olishi
kerak. Shuningdek, turistik kompleksning tashqi ko‘rinishiga bir qancha talablar
mavjud.
Barcha binolarda programalashtirilgan jihozlar bo‘lishi shart, chunki
turistlar shu ko‘rsatkichlar orqali kompleksni o‘rganadilar. Kompleksning
ko‘rinadigan joyiga, ya’ni vestibyulida ovqatlanish korxonasiga berilgan
sertifikatning nusxasi olinishi lozim, bu uning asosiy sinf ekanligini ko‘rsatib
turadi.
Qo‘shimcha talablarga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1. Turistik guruhlarga pul ko‘chirish yo‘li bilan ovqatlantirishni tashkil
etganda, nonushta, tushlik va kechki ovqatda ularning hohishi va milliy tamo
turlariga e’tibor bergan holda taomnoma tuziladi. Hatto yo‘l harakatiga
sarflanadigan energiyasi ham e’tiborga olinishi shart. Taomnomalar ro‘yxati
guruhlarda 10 kungacha o‘zgartirilmaydi, ovqat turlari bo‘yicha esa 4 kungacha
o‘zgartirish mumkin. Ovqatlanish ratsioni bo‘yicha tuzilgan taomnoma albatta,
guruh rahbari bilan kelishilgan holda tuziladi.
2. Stollarni taxminiy servirovkalash, non idishlari bilan, sovuq taomlar va
har xil qo‘shimchalar bilan bezab qo‘yish faqat pul ko‘chirish bilan xizmat
ko‘rsatadigan guruhlarda qo‘llash mumkin.
3. Taom tayyorlash uchun ishlatiladigan mahsulotlar sog‘liqqa ta’sir
etmasligi to‘g‘risidagi tasdiqlangan hujjat bilan olinadi. Agar bu hujjat
bo‘lmasa, unda mahsulot maxsus laboratoriya tahlil xonasidan o‘tkaziladi. Unda
13
har xil mikroblar va sog‘liqqa ta’sir o‘tkazadigan qo‘shimchalarning
bo‘lmasligini nazorat qilinadi.
4. Har doim besh yilga bir marta korxonada bo‘lim xodimlarini
malakasini oshirish maqsadida, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, tashkil etish
va boshqarish, texnikaviy jihozlar attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Uch yilga bir marta esa turistik tashkilot xodimlari maxsus dastur asosida
o‘z malakalarini oshirish maqsadidad maxsus kurslarda o‘qitiladi.
5. Metrdotel, somele (spirtli ichimliklar bo‘yicha mutaxassis), ofitsiant va
barmenlar eng kamida bitta chet tilini bilishlari shart. Xizmatchilar guruhlariga
bir necha chet tillarini biluvchi ofitsiantlar kirgiziladi.
6. Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar iste’molchilarga nisbatan iliq
munosabatda bo‘lib, ularning har bir iltimosini (vazifasidan kelib chiqib),
bajargan holda, e’tiborli va mas’uliyatli bo‘lishlari lozim. Agar biror
norozichilik yoki e’tiroz bo‘lganda, darhol ish boshqaruvchi, metrdotel yoki
tashkilot rahbari chaqirtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |